Asosiy inshootlari va uskunalariga:
- bosh bino - unda umumiy quvvati 305 MVt bo‘lgan 6 ta turbina joylashtirilgan;
- qozon sexi - unda quvvati 3510 t/soat bo‘lgan 12 ta energetik qozonlar o‘rnatilgan.
11-rasm. «Muborak IEM» AJ
12-jadval.
«Farg‘ona IEM» AJning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
Bosh reja ko‘rsatkichi bo‘yicha korxona hududi maydoni 32,61 gektar ni tashkil etadi. SHundan:
- hudud maydoni - 25,21 ga;
- sanoat qurilish maydoni - 7,4 ga.
Korxona hudud-iqlim sharoiti quruq hasoblanib, havo harorati qishda ham yozda ham tez o‘zgaruvchandir:
- absolyut maksimum harorat +500S ni tashkil etadi;
- absolyut minimum harorat -230S ni tashkil etadi;
- yillik yog‘ingarchilik mikdori 168 mm;
- eng namgarchilik yuqori bo‘lgan vaqtlar, bu may-sentyabr oylaridir;
- er qatlamining muzlash chuqurligi - 0,8 m;
- qurilish hududi seysmik holati - 8 ball;
- stansiyaning elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaviy quvvati - 120 MVt;
- stansiyaning issiklik energiya ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaviy quvvati - 1500 t/soat.
Korxonada 6 ta sex, 6 ta bo‘lim va yordamchi xo‘jaliklar mavjud bo‘lib, bulardan:
- sexlar: KTS; ES; XS; IAO‘TS; MTS; ATS.
- bulimlar: AUP; VOXR; AXO; GJX; RSU, OPPR.
- yordamchi xo‘jaliklar: asalarichi; yordamchi xo‘jalik.
Korxonada mavjud bo‘lgan asosiy uskunalar:
- TGME-464 markali qozon uskunasi - 3 dona (bug‘ ishlab chiqarish uchun);
- R-50-130/13 markali turbina agregeti - 2 dona (generatorni aylantirish uchun);
- TVF-63-2 markali generator - 2-dona (elektr energiyasi ishlab chiqish uchun xizmat qiladi).
«Olmaliq KMK» IEM. "Olmaliq KMK" AJ tarkibiga kiruvchi elektr issiqlik markazi, Toshkent viloyati Olmaliq shahrining sanoat hududi doirasida joylashgan. Elektr issiqlik markazi 1959 yilda ishga tushirilgan (59-rasm).
Elektr issiqlik markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- "Olmaliq KMK" AJ ishlab chiqarish sexlarini bug‘ va issiq suv ko‘rinishidagi issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash;
- tegishli tashkilotlarni issiqlik energiyasini sotish bo‘yicha taqdim etilgan jadvallariga muvofiq kombinat korxonalari va Olmaliq shahri aholisini isitish va issiq suv ta’minoti bilan;
- kombinat korxonalari ehtiyojlarini qisman qoplash uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Elektr issiqlik markazi "O‘zbekenergo" AJ tizimi bilan parallel ishlaydi.Ishlab chiqarish faoliyati ko‘rsatgichlari (2013 yil holatida):
Elektr energiyasi - 210,3 (mln. kVt*soat);
Issiqlik energiyasi - 872,2 (ming. Gkal).
12-rasm. «Olmaliq KMK» IEM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.03.2009 yildagi "Ishlab chiqarishni 2009-2014 yillar mobaynida "Modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish bo‘yicha muhim loyihalarni joriy etish choralari dasturi to‘g‘risida"gi PQ-1072-sonli qaroriga muvofiq, turar-joy-kommunal sektori va sanoat korxonalarini issiqlik va elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlash maqsadida, E-75-39-440 GM rusumli 5 ta bug‘-qozon agregatini o‘rnatish bo‘yicha texnikaviy loyiha ishlab chiqildi.
2011 yilda E-75-39-440 GM rusumli beshinchi bug‘-qozon agregati ishga tushirildi. 2012 yilda rekonstruksiya ishlarini olib borish chog‘ida APT 12-1 rusumli turboagregatni uning analogi bo‘lgan PT-12/3,4/1,0/0,1 rusumli turboagregatga almashtirildi.
Foydalangan adabiyotlar
1. Qodirov T.M., Alimov H.A. «Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti», O‘quv qo‘llanma, Toshkent sh., 2006.
2. Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007.
3. Allaev K.R. Elektroenergetika Uzbekistana i mira, T.: «Fan va texnologiya», 2009.
4. Majidov T.SH. Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, O‘quv qo‘llanma, Toshkent sh., 2014.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |