Ishlab chiqaruvchining ortiqchaligi va isteʼmolchi
Iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda talab egri chizigidan foydalanish
Iste'molchi ortiqchaligi mahsulotga bo`lgan talab egri chizigi bilan bog'liq. Ular-ning bog'liqligini yuqorida keltirilgan Elvis Presleyning nodir albomi misolida ko`rib chiqamiz.
Biz albomga bo`lgan talab miqdorining jadvalini aniqlashimiz uchun ehtimoliy to`rt xaridorning to`lov uchun tayyorligidan foydalanamiz. 1-rasmda talab miqdori ha-qida malumot keltirilgan. Agar narx 100$ dan yuqori bo`lsa, savdo 0 ga teng bo`ladi, chunki hech qaysi xaridor bu albom uchun undan qimmatroq narxda sotib olmoqchi emas. Agar narx 80$ va 100$ oraligida bo`lsa, talab miqdori 1ga teng, chunki faqat Jon bunday yuqori narxni berishga tayyor. Agar narx 70$-80$ atrofida bo`lsa, talab miqdori 2, chunki Jon va Pol bu miqdordagi mablagni to`lashga tayyor. Shu tarzda talab jadva-lini mavjud narxlar asosida tahlil qilishimiz mumkin. Shu tariqa talab miqdori to`rt xa-ridorning to`lov uchun tayyorligiga binoan turli xil bo`ladi.
1-chizmada keltirilgan grafik, talab egri chizigi talab jadvaliga mos kelishini ko`r-satadi. Bunda eng yuqori talab miqdori va to`lov uchun tayyorligi o`rtasidagi munosa-batlarga etibor berish zarur. Har qanday miqdorda talab egri chizigi belgilagan narx eng quyi to`lashga tayyor xaridorni ko`rsatib beradi, bu xaridor o`zi xohlagan narxdan oshsa, birinchi bo`lib savdodan chiqib ketadi. 4- albomni misol qilib olsak talab egri chizigining yuqori ko`rsatkichi 50 $ bo`ladi bu Ringo (eng quyi narxda sotib oluvchi xaridor)ning to`lashga tayyorligidan kelib chiqadi. Agar 3 albom misolida olib ko`rsak, bunda talab egri chizigining eng yuqori ko`rsatkichi 70$ teng bo`ladi va bu eng quyi narxda sotib olish istagini bildirgan Jorjga qarab belgilanadi.
Chunki talab egri chizigi xaridorlarning to`lashga tayyorligiga tasir ko`rsatadi va biz uni iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda ham qo`llashimiz mumkin. 2-rasmda biz-ning ikkita misol orqali istemolchi ortiqchaligini hisoblashda talab egri chizigidan foydalanadi. (a ) chizmada narx 80 $ (va undan baland), talab miqdori 1. Etibor bering, narx va talab egri chizigi o`rtasidagi farq 20 $ga teng. Bu miqdor biz avval hisoblaga-nimizdek, 1ta albom sotilgandagi aniq istemolchi ortiqchaligi demakdir. 2-rasmning (b) chizmasi narx 70 $ (va undan baland), bo`lgandagi istemolchi ortiqchaligini ko`rsatadi. Bu holatda, narx va talab egri chizigi ikkita burchakning yigindisiga teng. Jonning bu narxdagi istemolchi ortiqchaligi 30 $ va Paulniki 10 $ ga teng. Bu maydon 40 $ tashkil etadi.
Yana bir bor takrorlaymizki, bu biz yuqorida hisoblagandek iste`mol darajasidir. Bu misoldan talab darajasiga aloqador quyidagi xulosa kelib chiqadi: quyi talab egri chizi-gi va yuqori narx bozordagi iste`molchi ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Bu haqiqat, chunki talab egri chizigining yuqoriligi istemolchilarning tovar uchun to`laydigan nar-xini belgilaydi va shu bilan birga to`lov uchun tayyorligini ham bildiradi. Bozordagi narx va to`lov istagi o`rtasidagi farq sotib oluvchilarning iste`molchi ortiqchaligi de-makdir. Bundan kelib chiqadiki past talab egri chizigi va yuqori narx oraligidagi umu-miy masofa bu xaridorlarning bozordagi tovar va xizmatlarga iste`molchilar ortiqcha-liklari yigindisidir.