Reja: Jismlarning yorug‘lik xossalari



Yüklə 75,48 Kb.
səhifə1/4
tarix21.12.2023
ölçüsü75,48 Kb.
#187799
  1   2   3   4
5 maruza




5-MA’RUZA


CHO’G’LANMA CHIROQLAR.


Reja:
1. Jismlarning yorug‘lik xossalari.
2. Ob’ektiv fotometriya.
3. Sub’ektiv fotometriya.


Jismlarning yorug‘lik xossalari
Qaytarish koeffitsienti (ρ)- bu jism qaytargan yorug‘lik oqimini unga tushayotgan yorug‘lik oqimiga nisbatidir.

YUtulish (singish) koeffitsienti () - bu jism yutgan yorug‘lik oqimini unga tushayotgan yorug‘lik oqimiga nisbatidir.

O‘tkazish koeffitsienti () - bu jism orqali o‘tgan yorug‘lik oqimini unga tushayotgan yorug‘lik oqimiga nisbatidir.

Energiyaning saqlanish qonuniga asosan.
Bu tenglamaning hamma a’zolarini F-ga bo‘lib, quyidagini olamiz:

Ko‘pchilik materiallar uchun bu koeffitsientlar ma’lumotnoma jadvallarida keltiriladi.
Sirtlarning aksariyati yorug‘lik oqimini tanlab qaytaradi, ya’ni ularning qaytarish koeffitsienti, har xil to‘lqin uzunligi uchun, bir xil emas.
SHuning uchun spektrial qaytarish koeffitsienti tushunchasi kiritiladi. Bu jism qaytargan monoxromatik yorug‘lik oqimini unga tushayotgan monoxromatik yorug‘lik oqimiga nisbatidir.
Har xil to‘lqin uzunliklari uchun sirtning qaytarish qobiliyati funksiyasi bilan ifodalanadi.
Ma’lum sirtlar (ko‘k, sariq, qizil) spektrning tegishli rangida eng katta spektrial qaytarish koeffitsientiga ega. SHuning uchun, yorug‘lik oqimining tarkibi bunday sirtlardan kitarilganda, o‘zgaradi. Bunday sirtlarning rangi, ularga tushayotgan yorug‘lik oqimining spektrial tarkibiga hamda to‘lqinning har xil uzunliklari uchun sirtlarning qaytirish qobilyatiga, bog‘liq.
Tanlab qaytaruvchi sirtlar uchun qaytarishning integral koeffitsienti tushunchasi kiritiladi va u teng bo‘ladi.

Nurlanuvchi jism, yorug‘lik oqimini qaytara turib, qisman uni yutadi. Bundan tashqari bunday jism yorug‘lik oqimini tanlab o‘tkazadi. SHuning uchun, nurlanuvchi materiallarning spektrial xarakteristikasi sifatida o‘tkazishning spektrial koeffitsienti xizmat qiladi. Bu, jism orqali o‘tgan monoxromatik yorug‘lik oqimini jismga tushayotgan monoxromatik yorug‘lik oqimiga nisbati sifatida aniqlanadi:

Nurlanuvchi sirtlarning har xil to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik oqimini o‘tkazish qobilyati ham funksiyasi bilan ifodalanadi.
YOrug‘likni tanlab o‘tkazuvchi sirtlar uchun yuqoridagiga o‘xshab o‘tkazishning integral koeffitsienti tushunchasi kiritiladi:

Qaytarilgan yoki o‘tkazilgan yorug‘lik oqimining taqsimlanish xarakteristikasi bo‘yicha fazoda ajratiladi (bo‘linadi).

Yüklə 75,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin