Reja: Kirish 2


Elektr yoyli pechlarda eritish texnologiyasi



Yüklə 351,35 Kb.
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü351,35 Kb.
#165994
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Po’lat ishlab chiqarishda elektr pechlari

Elektr yoyli pechlarda eritish texnologiyasi.
Temirdagi uglerod, Mn, Si, Cr va bir qancha boshqa elementlar bilan birga qattiq eritmasi po’lat deb ataladi. Ba’zi bir elementlar po’lat tarkibiga ularni mexanik va fizik xossalarini yaxshilash uchun ularda nuqsonlarni paydo bo’lmasligi uchun qo’shiladi.
Bunday elementlarga C, Mn, Si, Cr, Ni, W, Mo, V, va boshqalar kiradi.
Po’latda doimo ma’lum miqdorda zararli qo’shimchalar bo’ladi: P, S, O2, H2, va N2. Bu qo’shimchalar pech atmosferasidan va shixta materillardan po’latga kelib tushadi.
GOST bo’yicha po’latlarni harf sonli belgilash tizimi qabul qilingan. Ligerlangan elementlar quyidagi harflar bilan belgilanadi:
Г- marganes, Е-kremniy, X- xrom, H- nikel, M- molibden, B- volfram, Ф- vanadiy, K- kobalt, Ю- alyuminiy, T- titan, P- bor, Б- niobiy.
Birinchi harf oldiga qo’yilgan son o’nli yoki yuzli foizlarda uglerodning o’rtacha qiymatini belgilaydi. Harflar po’latninig qaysi element bilan ligerlanganini ko’rsatadi.
Har bir harfdan keyin ko’rsatilgan sonlar po’latdagi ligerlangan elementlar miqdorini foizlarda ko’rsatilgan bo’ladi.
Ligerlangan element miqdori bir yoki undan kam % bo’lsa belgilangan harfdan so’ng son tashlab qoldiriladi. Marka oxiridagi A harfi fosfor va oltingugurt miqdorini ko’rsatib, bu po’latlarga yuqori talablar qo’yilishini uqtiradi. Bu po’latlarda S va P miqdori ruxsat etilgan eng kam miqdor bo’yicha 0,025 % ni tashkil etadi.
Agar oxirida A harfi tushib qolgan bo’lsa, ligerlangan po’latda P va S miqdori 0,035 % gacha bo’lishi ruxsat etiladi. Po’lat eritish texnologiyasining ko’p turlari mavjud. Ular bir-biridan qo’llaniladigan agregatlari bilan farqlanadi ( elektr yoy pech, induksion pech ). Qo’llaniladigan futerovkasi bo’yicha (nordon va kislotali ) ga bo’linadi. Erish jarayoni bosqichlari ketma-ketligi turlariga qarab ham bo’linadi.
U yoki bu texnologiya bo’lishidan qat’i nazar, po’latga qo’yiladigan talablar, qo’llaniladigan shixta materiallar tavsifi, texnik-iqtisodiy mulohazalar shundayligicha qoladi.
Yoyli pechlarda eritish texnologiyasi 2 turga bo’linadi: yangi shixtani eritish yoki legirlangan chiqindilarni shixta bilan birga eritish.
Birinchi xolatda shixtaga malum bir miqdorda uglerod beriladi; eritish jarayonida pechga kremniy,marganes,fosfor va uglerodni oksidlanishi uchun temir rudasi yoki gazsimon kislorod beriladi,vannada qaynash xosil bo’lib natijada gaz va metallmas qo’shimchalar yo’qoladi.
Ikkinchi xolatda esa shixta sifatida fosfori kam bo’lgan legirlangan chiqindilar qo’llaniladi. Bu eritish jarayonida ruda yoki gaz xosil qiluvchi kislorod qo’llanilmaydi. Metallni qaynashi xosil bo’lmaydi. Metallni oksidlanishi kuzatilmaydi. Ayrim xollarda eritilayotgan legirlangan chiqindilardan iborat shixtaga kislorod purkaladi.
Elektro pechlarda yangi shixtani eritishdan maqsad metal tarkibidagi fosfor,gaz ( vodorod va azot ) oltingugurt,kislorod,metallmas qo’shimchalardan tozalash xisoblanadi va natijada kerakli tarkibdagi po’lat olinadi.
Eritish jarayonida quyidagi bosqichlarni ko’rishimiz mumkin:
1) Pechni zapravka qilish ( xozirlash ).
2) Shiztani yuklash.
3) Shixtani erishi.
4) Fosforsizlantirish ( defosforatsiya ).
5) Qaynash va metallni qizishi.
6) Oksidlangan shlakni chiqarish.
7) Uglerod bilan to’yintirish
8) Oksidsizlantirish
9) Oltingugurtni yo’qotish
10) Kerakli kimyoviy tarkibga keltirish.
Ko’rsatib o’tilgan ayrim jarayonlar bir vaqtning o’zida parallel boradi. Masalan oksidsizlantirish,oltingugurtni yo’qotish va kerakli kimyoviy tarkibga keltirish. To’rtinchi va oltinchi bosqich eritishning oksidlanish davridir. 7-10 bosqich tiklash davridir.

Yüklə 351,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin