Reja: Kirish 2



Yüklə 351,35 Kb.
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü351,35 Kb.
#165994
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Po’lat ishlab chiqarishda elektr pechlari

Pechni xozirlash.
Erish jarayonida eritish materiali otkosdan tayyorlangan bo’ladi va bu material qisman shlakka o’tadi. Bu jarayon otkos qalinligini kamayishiga olib keladi.
Taglikning eng yuqori qavati shixta uyum bo’lganda mexanik ta’sirga uchraydi, erish davrida elektr yoy ta’siriga uchraydi, qaynash va tiklash davrida suyuq metallgacha, erish vaqtidagi tiklanishda shikastlanadi. Shuning uchun uym solishdan oldin pech eritishga hozirlanadi (zapravka qilinadi).
Metall chiqqan zahoti taglik yaxshilab shlakdan va metalldan tozalanadi va otkosga tashlanadi. Magnezitli poroshok bilan taglikni vannasini dastlabki shaklgacha tiklanadi.
Pechni xozirlash vannadagi namlikni yo’qotish va futerovkaning yemirilgan qismini tamirlashdan iborat. Suyuq xolatdagi shuningdek yuqori xaroratda shlak futerovkani ayniqsa shlak joylashgan zonalarini yemiradi.
Pechning futerovkasi yirik xolatdagi lomlar,shixtalar yuqoriroqdan tushirilganda zararlanadi.
Elektrod ostidagi podning futerovkasida yamalar xosil bo’lib bu xolat yengil shixta eritilayotganda kuzatiladi.Yama xosil bo’lishining sababi elektrodlar pastga tushirilib podga yaqinroq keladi va o’tga chidamli g’ishtlarning chidamlilik xaroratidan kattaroq xarorat paydo bo’ladi.
Eritilgan maxsulot to’kib olingandan so’ng poddina metall va shlak qoldiqlaridan tozalab olinadi.Zararlangan xududlar magnezitli kukun bilan to’ldiriladi.Agar zararlangan xududlar kichikroq bo’lsa suyuq shishadan foydalaniladi.
Shixtani yuklash.
Eritish uchun uglerodli va past ligerlangan po’lat va cho’yanlar chiqindi materiallari shixta materiallarni oksidlovchisi sifatida ishlatiladi.
Volfram va vanadiyli chiqindilar ishlatilganda yo’qotishlar katta bo’lgani uchun ular oksidlash davrida ishlatilmaydi. Shu sababga ko’ra yuqori xromli tarkibga ega chiqindilar ham ishlatilmaydi.
Shixtada uglerod darajasini oshirish uchun cho’yan koks yoki elektrodlar ishlatiladi. Cho’yanning shixta tarkibiga kiritish uning tarkibidagi fosfor miqdorini oshiradi. Shixtada fosfor miqdorining ortib ketmasligi uchun cho’yandan 10% nigina qo’shiladi.
Shixtani asosiy tashkil etuvchisi po’lat lomlari xisoblanadi ( 90-100 % ). Uglerod miqdorini oshirish maqsadida cho’yan ( 10 % gacha ), elektrodniy boy yoki koks qo’shiladi.Qo’shilgan cho’yan,elektrodniy boy yoki koks tarkibidagi uglerod miqdorini 25 tonna sig’imli pechlar uchun shixtada 0.5-0.6 % dan oshmasligi kerak. Katta pechlar uchun esa 0.4-0.5 % dan yuqori bo’lishi kerak. Shixtani yuklash badya,maxsus idish shuningdek sig’imi kichik bo’lgan pechlar uchun yuklash mashinalarida amalga oshiriladi. Pechni podinasiga futerovkani yirik lomlar zararlamasligi uchun mayday shixta yuklanadi. Podning markaziga yani elektrodlarning tagiga yirikroq shixta,devorlarni yoniga o’rtacha yiriklikdagi lomlar,ustki qismiga esa mayda shixta yuklanadi. Shixtani zich xolatda yuklash yoyning yaxshi tarqalishini va erish jarayonini tezlashtirishga olib keladi.
Shixtani badyalar bilan yuklashda iloji boricha badyani pastroqqa tushirib yuklash zarur. Sababi pechning podi va devorlariga zarar yetmasligi kerak.
Pech tagiga ko’pincha temir qirindi va bir qism yengil shixtalar yuklanadi. Shixtaga bu qatlamni solishdan maqsad uni og’ir lom bo’laklari zarbasidan asraydi. Yengil shixta ustiga og’ir lom va o’rta o’lchamli shixtalar, tepa qismiga esa mayda shixtalar bilan to’ldiriladi. Og’ir lom bo’lmasa, pech yuqori qismida, shixta cho’kayotgan vaqtda xavf kamayadi.
Hozirgi zamon yoy pechlarida shixta badya yordamida pech yuqorisidan yuklanadi. Shixta lomi birinchi badyadan yuklanishi bilan pech yoqiladi. Birinchi badyadan tushgan shixta erishi bilan pechda katta hajm paydo bo’ladi va keyin ikkinchi badyadan shixta yuklatiladi va hokazo.



Yüklə 351,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin