Reja: Kirish Adabiyotlar ro’yxati


Aksiyadorlik Jamiyatini qayta tashkil etish va tugatish



Yüklə 62,68 Kb.
səhifə8/10
tarix10.05.2023
ölçüsü62,68 Kb.
#110753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aksiyadorlik jamiyatlari . Mustaqil ish

Aksiyadorlik Jamiyatini qayta tashkil etish va tugatish

Jamiyatni boshqarish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.
Jamiyatni qayta tashkil etish
Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Qonunchilikda belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish faqat vakolatli davlat organlarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, bundan qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish mustasno.
Jamiyat boshqa yuridik shaxsga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etilganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qo‘shib yuborilgan yuridik shaxsning (jamiyatning) faoliyati tugatilganligi haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning faoliyati tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyat o‘z kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni tugatishni yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararlarning o‘rnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabardor etish orqali talab qilishga haqli:
qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay;
bo‘lish yoki ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar javobgar bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qayta tashkil etish natijasida tugatilayotgan jamiyat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan, shuningdek u yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilganidan keyin yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi.

Yüklə 62,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin