Sochiluvchan va g’ovak materiallar
To’kib qo’yiladigan yoki issiqlik-tovush izolyatsiasi buyumlari komponentlarida qo’llaniladigan sochiluvchan va g’ovak materiallar quyidagicha bo’lishi mumkin: tabiiy-vulqon kuli, pemza qumi va chaqiqtoshi, diatomitli qum, slyuda, asbest; boshqa ishlab chiqarishdagi chiqindilar asosida olinadigan –yoqilg’I va donador shlak (toshqol), kul, yog’och qipig’i, probka uni, zig’irpoya, maydalab qirqilgan poxol, asboshifer kukuni; sun’iy olinadiganmineral va shisha paxta, agloporit, toshqolli pemza, keramzit, termovermikulit, shishirilgan perlit. Mineral paxta tog’ jinslari (ohaktosh, mergellar, dolomitlar, loyli slanetslar, bazaltlar, granitlar, diorit va boshqalar), metallurgiya sanoatining chiqindilari (domna va yoqilg’I shlaklari (toshqollari)) va qurilish materiallari sanoati chiqindilaridan (loy va silikat g’isht siniqlari) 1300-1400 0С haroratli eritma hosil qilib va uni suv bug’I yoki siqilgan havo oqimi ta’sirida puflash yo’li bilan olinadigan ingichka shisha ko’rinishidagi tolalardan iborat.
Mineral paxta buyumlari juda keng tarqalgan issiqlik izolyatsiasi materiallari
hisoblanadi. Uning juda keng ishlab chiqarishining mohiyati zichligining
kamligi (100-200 kg/m3), issiqlik o’tkazish koeffitsientining pastligi (λ =0,05 –
0,077 Вт/ (м ּ ◌ºС), bioturg’unligi va issiqqa turg’unligir-(800-1000 0K).
Mineral paxta buyumlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) sochiluvchan-dona-donali pahta; 2) egiluvchan- namatkigiz, rogojka (qalin ogazlama), mat, tikma to’shaklar; 3) qattiq plita, segment va skorluplar (bitum yoki sintetik bog’lovchilar asosida).
Bitumli bog’lovchi asosidagi kompozitsiyalar juda kichik yuk ta’sirida sezilarli bo’lmasa ham deformatsiyalanishi, uni tovush izolyatsiyasi uchun ishlatishga yo’l qo’ymaydi. Uning rangining to’qligi tovush yutuvchi material sifatida qo’llashni qiyinlashtiradi.
Mineral pahta xom ashyosidan issiqlik tovush izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarishda sintetik qatronlarning (smolalarning) qo’llanilishi, uning mexanik xossalarini oshirishga, zichligini iloji boricha kamaytirishga va sifatini keskin oshirishga imkon beradi. Shisha pahta, shisha tola –puflash yoki cho’zish usuli bilan (eritilgan xom ashyoni ingichka teshiklar orasidan o’tkazish)olinadigan uzun, ingichka tolalardir.
Toshqolli pemza (termozit)-eritilgan domna toshqolini cuv bilan tez sovutish yo’li bilan g’ovak strukturali parchalangan ko’rinishda olinadigan sun’iy g’vakli chaqiqtosh (sheben).
Agloporit –gilli xom ashyoni va ko’mir ishlab chiqarish sanoati chiqindilarini aglomeratsion mashinalarda shishirib pishirish yo’li bilan olinadigan sun’iy g’ovak material zichligi 350-1000 kg/m3 .
Shishirilgan perlit –nordon vulqon jinslarini 900-1100 0C da tez qizdirish natijasida olinadi. Shishirilgan perlit qizdirish natijasida hajmi 10-25 marta kattalashadi. U o’tga chidamli: namni o’ziga tortib olmaydi, kimyoviy inertsiyali, zichligi 80-180 kg/m3; λ =0,05-0,06 Вт/ (м ּ ◌ºС). Gilli va diatolitli bog’lanishda perlit qizdirilganda devorbop material (Rsiq=60 kg/sm2, λ =800 kg/m3) olish mumkin.
Shishirilgan vermikulit - oltin rangli tangacha ko’rinishidagi yuqori darajada g’ovakli sochiluvchan material bo’lib, tabiiy vermikulit 1000-1100 0С haroratda pishirilayotganda shishirish yo’li bilan olinadi. Shishirilganda hajmi 25 marta kattalashadi. Zichligi 80-150 kg/m3; λ =0,11 Вт/ (м ּ ◌ºС). Suv shimuvchanligi juda yuqori bo’lib massasi bo’yicha 300 % va undan yuqori bo’lishi mumkin. Shishgan vermikulitdan plitalar, yarim tsilindrlar, segment va boshqa buyumlar tayorlanadi.