Reja: Kirish Asosiy qism Futbol o’yini paydo bo’lishi. Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi. Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 145,5 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü145,5 Kb.
#164696
1   2   3   4   5   6
Futbolda hujum taktikasi

Bayroqlar


Maydonning har qaysi burchaklarida balandligi 1,5 m dan oshmagan, uchi о‘tkir bо‘lmagan bayroq о‘rnatiladi. Bayroqlar о‘rta chiziqning har ikkala tomonida, yon chiziqdan 1m masofadagi uzoqlikda о‘rnatilishi mumkin.
Burchak sektori.
Burchak bayrog‘ilaridan о‘yin maydoni ichiga qarab 1m radiusda aylana tortiladi.
Darvoza.
Har qaysi darvoza chizig‘ining markazida darvoza joylashadi. Ular burchak bayroqlari bilan bir xil masofada joylashgan, tepadan gorizontal tusin bilan birlashtirilgan ikki vertikal xolatdagi ustundan iborat. Ustunlar oralig‘i - 7,32 m. Tusinning pastki qismidan tekis yergacha bо‘lgan masofa – 2, 44 m. Har ikki ustun va tusin kesishgan joy bir xil bо‘lishi va 12 sm dan oshmaslik kerak. Darvoza chizig‘ining eni ustunlar va tusin eni bilan bir xil bо‘ladi. Darvoza va darvoza orqasidagi yerga tо‘r о‘rnatiladi. Tо‘r ishonchli о‘rnatilgan va darvozabonga xalaqit bermaydigan bо‘lishi kerak. Darvozaning ustunlari va tusini oq rangda bо‘lishi kerak.
Musobaqa reglamenti.
Musobaqa tartibida agar match durang natija bilan tugasa qushimcha vaqt tayinlash yoki xalqaro yig‘in tomonidan tasdiqlangan match g‘olibini aniqlash tartibi tо‘g‘risidagi vaziyat kо‘zda tutilishi mumkin.
O‘yindan tashqari xolat.
О‘yinchining о‘yindan tashqari xolatda bо‘lishi о‘zidan о‘zi qoida bо‘zilishi bо‘lib hisoblanmaydi.
О‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘ladi agar:

  • Tо‘p va oxirgi raqib о‘yinchisidan kо‘ra raqib darvoza chizig‘iga yaqin bo’lsa.

О‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘lmaydi agar:

  • U maydonning о‘ziga tegishli qismida bо‘lsa.

  • U raqib jamoaning oxirgi о‘yinchisi bilan bir chiziqda bо‘lsa yoki

  • U raqib jamoaning oxirgi 2 о‘yinchisi bilan bir chiziqda bо‘lsa.

Qoida buzilishi va jazo
O’yindan tashqari holatda turgan о‘yinchi faqat shunday hollarda jazolanishi mumkin, agar tо‘pga tegish vaqtida yoki biror jamoadoshi tо‘pga zarba berayotgan vaqtda, u hakamning fikricha о‘yin faoliyatiga aktiv ishtirok etayotgan bo’lsa, aniqrog‘i:

  • о‘yinga aralashsa yoki

  • raqibining о‘ynashiga xalaqit bersa yoki

  • о‘zining joylashgan vaziyatiga kо‘ra ustunlikka ega bо‘lsa.

Qoida buzilmaydi.
О‘yindan tashqari xolat hisoblanmaydi agar о‘yinchi tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tо‘pni qabo’l qilsa:

  • Darvoza maydoni chizig‘idan zarbadan yoki

  • Yon chiziqdan tо‘p о‘yinga kiritilganda yoki

  • Burchak tо‘pi tepilganda.

Qoida buzilishi va jazo.
Har qanday о‘yindan tashqari xolat qoidasi buzilganda hakam erkin tо‘p tayinlaydi va bu qoida buzilgan joydan raqib jamoa о‘yinchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Jarima tо‘pi.
О‘yinchi quyidagi 6 xolatdan birortasini amalga oshirsa va bunda hakam о‘yinchining harakatini extiyotsizlik yoki о‘ta jismoniy zо‘ravonlik deb baxolasa jarima tо‘pga tepish xuquqi raqib jamoaga beriladi :

  • Raqibga oyok bilan zarba berish yoki zarba berishga harakat qilish.

  • Chalib yuborish yoki chalib yuborishga harakat qilishi.

  • Raqib ustiga sakrash.

  • Raqibga xujum qilishi.

  • Raqibga qо‘l bilan zarba berish yoki zarba berishga urinish harakat qilish.

  • Raqibni itarish.

Jarima tо‘pini tepish xuquqi raqib jamoaga ham berilishi mumkin agar о‘yinchi quyidagi 4 ta qoida buzilishiga yо‘l qо‘ysa.

  • Raqibdan tо‘pni olib qо‘yishda, tо‘pga yetib unga tegmasidan oldin raqibga tegsa.

  • Raqibni ushlab qolish.

  • Raqibga to’purishi.

  • Qasddan qо‘l bilan о‘ynash(о‘z jarima maydonida turgan darvozabondan tashqari)

Jarima tо‘pi qoida buzilgan joydan bajariladi.
11 metrlik jarima tо‘pi.
11- metrlik jarima tо‘pi yuqorida kо‘rsatilgan 10 ta qoida buzilishining har qaysisida tayinlanadi. Agar bu xolatlar о‘yinchi tomonidan о‘z darvozasi jarima maydonida sodir etilsa.
Bunda tо‘pning qayerda bо‘lishi hisobga olinmaydi, shu shart bilanki tо‘p о‘yinda bо‘lishi kerak.
Erkin tо‘p.
Erkin tо‘p tepish xuquqi raqib jamoaga beriladi agar darvozabon о‘z jarima maydonida turib quyidagi 5 ta qoidadan birortasini buzsa.

  • Tо‘pni tashlashdan oldin, qо‘lida 6 sekunddan ortiq tо‘pni ushlab tursa.

  • Tо‘pni tashlagandan sо‘ng, boshqa о‘yinchi tegmasidan yana tо‘pni qо‘l bilan ushlasa.

  • О‘z jamoadoshi tomonidan ataylab oshirilgan tо‘pga qо‘li bilan tegsa.

  • О‘z jamoadoshi tomonidan yon chiziqdan tashlangan tо‘pni qabo’l qilishda tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qо‘li bilan tegsa.

Shunday xolatlarda erkin tо‘p tayinlanadi, agar о‘yinchi hakam fikricha:

  • Havfli о‘ynasa.

  • Raqibning harakat qilishiga yо‘l qо‘ymasa.

  • Darvozabonning tо‘pni tashlashiga xalaqit qilsa.

Qoidada kо‘rsatib о‘tilmagan, boshqa har qanday qoida buzilishida, о‘yin tо‘xtalib о‘yinchiga ogoxlantirish beriladi yoki maydondan chiqarib yuboriladi.
Erkin tо‘p qayerda qoida buzilgan bо‘lsa о‘sha joydan bajariladi.
Intizomni buzuvchilarga qо‘llaniladigan xolatlar.
Ogoxlantirish bilan jazolanadigan qoida buzishlar.
О‘yinchi sariq kartochka olish bilan ogoxlantirish oladi, agar quyidagi yetti qoidaning birontasini buzsa.
1. Sportchiga xos bо‘lmagan xatti harakatlar.
2. Hakam qaroriga namoyishkorona norozilik bildirish ( sо‘z bilan yoki ishora bilan).
3. О‘yin qoidasini muntazam buzish.
4. О‘yinni yangidan boshlashni chо‘zish.
5. О‘yinni burchakdan, jarima yoki erkin tо‘p bilan yangidan boshlashda talab qilingan masofaga rioya qilmasa.
6. Maydonga hakam ruxsatisiz chiqish yoki qaytish.
7. О‘zboshimchalik bilan hakam ruxsatisiz maydondan ketish.
О‘yindan chetlatish bilan jazolanadigan qoida buzishlar.
О‘yinchi qizil kartochka kо‘rsatish bilan о‘yindan chetlatiladi. Agar quyidagi yetti qoidaning birontasini buzsa.
1. О‘yin qoidasining jiddiy buzilishi.
2. Zо‘ravonlik, qupollik xatti harakatlari.
3. Raqibga yoki boshqa shaxsga to’pirish.
4. Ataylab qо‘l bilan о‘ynab, raqibning gol urishiga xalaqit qilish yoki aniq gol urishi imkoniyatidan maxrum qilish(bu о‘z jarima maydonida turgan darvozabonga tegishl emas
5. Erkin tо‘p jarima yoki 11metrlik zarba bilan jazolanidigan qoida buzish bilan darvozaga harakat qilayotgan raqibni aniq gol urish imkoniyatidan mahrum qilish.
6. Ranjitadigan haqoratli sо‘zlar yoki odob ahloqqa tо‘g‘ri kelmaydigan ishoralar qilsa.
7. Bir match davomida 2ta ogoxlantirish olsa
Maydondan chiqarilib yuborilgan о‘yinchi maydon chegarasiga yaqin joylar va texnik zonalardan ham chiqib ketish kerak.Qizil yoki sariq kartochka faqat о‘yinchiga,zaxiradagi о‘yinchiga yoki almashtirilgan о‘yinchiga kо‘rsatilishi mumkin.
Jarima va erkin zarbalar.
Zarba xillari.
Zarbalar jarima yoki erkin zarbaga bо‘linadi.
Jarima zarbasida bо‘lganidek xuddi shunday erkin zarbada ham tо‘p zarba bajarilayotganda harakatsiz holatda bо‘lishi kerak, zarbani bajarayotgan о‘yinchi esa tо‘p boshqa о‘yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta tо‘pga tegishga haqqi yо‘q.
Jarima zarbasi.

  • Agar tо‘p jarima zarbasidan sо‘ng tо‘g‘ridan tо‘g‘ri, qarama qarshi jamoa darvozasiga tushsa,gol hisoblanadi.

  • Agar tо‘p jarima zarbasidan sо‘ng tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘z darvozasiga tushsa qarama-qarshi jamoa burchak tо‘pini tepishni qо‘lga kiritadilar.

Erkin zarba.
(SIGNAL) -Hakam qо‘lini boshi tepasiga kо‘targan xolda erkin zarba haqida signal beradi .U qо‘lini shu holatda zarba bajarilib tо‘p biron bir о‘yinchiga tegmaguncha yoki о‘yindan chiqmaguncha ushlab turadi.
Jarima va erkin zarba bajarilish joyi .
Jarima yoki erkin zarba jarima maydoni doirasida :
Himoyalanuvchi jamoa tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma о‘yinchilari tо‘pdan kamida 9,15m (10 yard) masofada joylashadi.
*Tо‘p о‘yinga kirmaguncha raqib jamoaning hamma о‘yinchilari jarima maydoni tashqarisida turadi.
*Qachonki tо‘p jarima maydonidan tashqariga chiqsa, tо‘p о‘yinda hisoblanadi.
*Darvoza maydoni doirasida bajarilishi kerak bo’lgan jarima yoki erkin zarba uning har qaysi nuktasida bajarilishi mumkin.
Xujumdagi jamoa tomonidan bajariladigan erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma о‘yinchilari tо‘pdan kamida 9,15m (10 yard) masofada joylashadi.
*Tо‘p о‘yinda hisoblanadi qachonki tо‘pga zarba berilib, u harakatda bо‘lsa.
*Darvoza maydonida bajarish uchun tayinlangan erkin zarba, darvoza chizig‘iga parallel bо‘lgan darvoza maydoni chizig‘ida qoida buzilgan joy yaqinida amalga oshiriladi.
Jarima maydoni tashqarisida bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma о‘yinchilari tо‘p о‘yinga kirmaguncha tо‘pdan 9,15 m masofa uzoqlikda joylashadi.
*Tо‘p о‘yinda hisoblanadi qachonki tо‘pga zarba berilib u harakatda bо‘lsa.
*Jarima yoki erkin zarba qayerda qoida buzilgan bо‘lsa о‘sha joydan bajariladi .
Qoida buzilishi va jazo.
Agar jarima yoki erkin zarba bajarilayotganda raqiblardan biri tо‘pga ruxsat berilgan masofadan kо‘ra yaqinroqda bо‘lsa.
*Zarba qaytariladi.
Himoyalanayotgan jamoaning о‘z jarima maydonida bajarayotgan jarima yoki erkin zarbasidan sо‘ng tо‘p tо‘g‘ridan tо‘g‘ri о‘yinga kirmasa.
*Zarba qaytariladi.
Maydon о‘yinchisi tomonidan (Darvozabon emas) bajariladigan jarima yoki erkin zarba .
Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng zarbani bajargan о‘yinga tо‘pga boshqa biror о‘yinchi tegmasdan oldin ikkinchi marotaba tо‘pga tegsa :(qо‘li b\n emas).
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini qо‘lga kiritadi.
Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng zarbani bajargan о‘yinchi tо‘pga boshqa о‘yinchi tegmasidan oldin ataylab tо‘pni qо‘li bilan о‘ynasa .
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini qо‘lga kiritadi.
*Agar qoida buzilishi zarbani bajargan о‘yinchi jamoasi jarima maydoni doirasida yuz bersa, 11m zarba tayinlanadi .
Darvozabon tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Agar, tо‘p о‘yinga kirganidan sо‘ng darvozabon tо‘pga boshqa biror о‘yinchi tegmasidan oldin (qо‘li bilan emas) qaytadan tо‘pga tegsa.
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini qо‘lga kiritadi .
Agar tо‘p о‘yinga kirganidan sо‘ng darvozabon tо‘pga biror о‘yinchi tegmasidan oldin ataylab tо‘pni qо‘li bilan о‘ynasa .
*Qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi,agar qoida buzilishi shu darvozabon jarima maydoni tashqarisida yuz bergan bо‘lsa, zarba qoida buzilgan joydan bajariladi .
*Qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi,agar qoida buzilishi shu darvozabon jarima maydoni ichida yuz bersa,zarba qoida buzilgan joydan bajariladi .
11-metrlik zarba.
Tо‘p о‘yinda bо‘lgan vaqtda о‘yinchilar о‘z jarima maydoni doirasida jarima tо‘pi tayinlanadigan 10ta qoidaning birortasini buzsa shu jamoa darvozasiga 11metrlik jarima zarbasi tayinlanadi, 11metrlik jarima zarbasidan kiritilgan gol hisoblanadi. Har qaysi taymning tugashida, asosiy yoki qо‘shimcha vaqt bо‘lishidan qat’iy 11metrlik zarba uchun vaqt qо‘shib beriladi.
Tо‘p va о‘yinchilarning joylashishi.
Tо‘p:
*11metrlik nuqtaga joylashtiriladi.
Zarbani bajaruvchi о‘yinchi kerakli tarzda aniqlanadi.
Himoyalanuvchi jamoa darvozaboni.
*Tо‘pga zarba berilmaguncha darvoza chizig‘ida ikki ustun oralig‘ida zarbani bajarayotgan о‘yinchiga yuzma-yuz turgan holatda qoladi.
Zarbani bajarayotgan о‘yinchidan boshqa о‘yinchilar turishadi.
*11metrlik nuqta orqasida .
*11metrlik nuqtadan kamida 9,15 m uzoqlikda.
Hakam.
*О‘yinchilar shu qoidada asosan joylarini egallamaguncha, 11m zarbani bajarish uchun signal bermaydi.
*11m zarba bajarilgani haqida qaror qabo’l qiladi.
Zarbani bajarish tartibi.
*11m zarbani bajaruvchi о‘yinchi tо‘pni zarba bilan tо‘g‘riga yо‘naltiradi.
*Tо‘p biror bir о‘yinchiga tegmaguncha tо‘pga ikkinchi marta tegmaydi.
*Tо‘pga zarba berilib u oldinga harakat qilsa,tо‘p о‘yinda hisoblanadi.
Tо‘pni tashlash.
Tо‘pni tashlash о‘yinni yangidan boshlash usuli hisoblanadi.
Tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tо‘pni tashlashdan sо‘ng urilgan gol hisoblanmaydi.
Tо‘pni tashlash tayinlanadi.

  • Qachonki tо‘p tо‘liq yon chiziqni yerdan yoki xavodan kesib о‘tsa.

  • Tо‘p yon chiziqni kesib о‘tgan joyda.

  • Tо‘pga oxirgi tekkan о‘yinchining raqib jamoasiga.

Tо‘pni tashlash xolati.
Tо‘pni tashlash vaqtida о‘yinchi.
- Maydonga yuzi bilan qaragan xolda.
- Tovonning bir qismi yon chiziqda bо‘ladi yoki yon chiziqning tashqarisida bо‘ladi.
- Tо‘pni tashlashni ikki qо‘llab amalga oshiradi.
- Tо‘p bosh orqasidan harakatga keltirib tashlaydi.
Tо‘p tashlashni bajargan о‘yinchi tо‘pga boshqa о‘yinchi tegmasidan oldin yana tegishi mumkin emas. Tо‘p maydonga tushishi bilanoq о‘yinda hisoblanadi.
Qoida buzilishi / Ruxsat berish.

Xulosa
Murabbiy o’yinning taktik rejasini qanday qilib tuzgan bo’lmasin, bu reja alohida futbolchilarning harakatlari bilan amalga oshiriladi. Ana shuning uchun ham individual taktik kamolotga erishmay turib, jamoaning o’yinini chiroyli va risoladagidek qiladigan aniq taktik harakatlarni oshirishni xayolga ham keltirib bo’lmaydi.


Futbol o’yinida taktika bilan texnika bir-biriga chirmashib ketgan bo’ladi. To’pni kimga va qanday uzatish lozim, raqibni dog’da qoldirish uchun aylanib o’tishni ishlatish kerakmi yoki to’pni sherikka oshirgan ma’qulmi, darvozaga qaysi paytda zarb berish zarur ekanligini Hal qilayotgan o’yinchi taktik tafakkurdan foydalanadi, ahd qilgan harakatini amalga oshirayotganda esa u texnik mahoratini namoyish etadi. Demak, texnika o’yinchining texnik rejalarini amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Texnik tayyorgarlik a’lo darajada bo’lsagina xilma-xil taktik harakatlarni bajarish mumkin.
Teng kuchli jamoalar uchrashuvida ulardan birining g’alabasiga ko’pincha mag’lub bo’lganlarda irodaning kamlik qilgani yoki jismoniy va texnik tayyorgarlik bo’sh bo’lgani sabab qilib ko’rsatiladi. Biroq futbol o’yinidagi g’alaba aksariyat hollarda taktik rejalar kurashi bilan belgilanadi.
Taktika ikki jamoaning jismoniy, texnik va ma’naviy-irodaviy tayyogarlikdagi darajalari teng bo’lganda, ulardan birining g’alaba qilishini ta’minlab beradigan muhim omildir. Yirik musobaqalardagi ko’plab misollar shundan dalolat beradi.
Ustalik bilan ishlatilgan taktikagina muvaffaqiyat keltira oladi. Ba’zan jamoalar har qanday raqibga qarshi o’ynaganda ham bir xil taktika ishlataveradilar. Taktik jihatdan bunday qashshoqlik, bir xillik mahoratning o’sib borishiga to’sqinlik qiladi. Har bir jamoa, ayniqsa, yuqori darajali jamoa xilma-xil taktik planda o’ynay bilishi kerak, bo’lmasa u, ayrim yutuqlari bo’lishiga qaramay, musobaqalarda katta g’alabaga erisha olmaydi.


Yüklə 145,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin