Reja: kirish asosiy qism I bob. Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusini o’rgatishning nazariy asoslari



Yüklə 165,5 Kb.
səhifə1/2
tarix20.10.2023
ölçüsü165,5 Kb.
#157860
  1   2
Mavzu 4-sinfda otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanish-hozir.org


Mavzu:4 sinf ona tili darslarida egalik qo‘shimchalarini o‘rganish tizimi
reja: kirish asosiy qism I bob. Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusini o’rgatishning nazariy asoslari

MAVZU: 4-SINFDA OTLARNING EGALIK QO’SHIMCHALARI BILAN QO’LLANISHI MAVZUSINI O’RGATISH METODLARI

REJA:

KIRISH


ASOSIY QISM

I BOB. OTLARNING EGALIK QO’SHIMCHALARI BILAN QO’LLANISHI MAVZUSINI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI

1.1 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusini o’rgatishning ahamiyati

1.2 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusini o’rgatish ustida ishlash texnologiyalari

II BOB. OTLARNING EGALIK QO’SHIMCHALARI BILAN QO’LLANISHI METODIKASI

2.1 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi tahlili haqida tushuncha

2.2 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi yo‘llarini ishlab chiqish

XULOSA


ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi.Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiyhuquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda”1, deya ta’kidlashlari ham bejiz emas. Biz ko’p hollarda o‘quvchini daryo o‘rtasida turib, suv izlayotgan shaxsga o‘xshatamiz.

Mamlakatimizda yoshlar ta’lim va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Yurtimizda xalqimizning ko‘p asrlik ezgu orzulari ro‘yobga chiqayotgan bugungi kunda madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biri “Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga,qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak”. Binobarin, “Mustaqil fikr yuritadigan to‘g‘ri va halol,jasur avlodni tarbiyalash davrimizning dolzarb muammolaridandir. Ha, bunday yoshlar kamolotida, albatta, badiiy adabiyot, xususan, bolalar adabiyoti katta rol o‘ynaydi. Chunki kichkintoylar alla, qo‘shiq, maqol, masal, topishmoq, tez aytish, ertak eshitib, o‘qib kamol topadilar. Bu janrlar vositasida ularning qalblari nurga to‘ladi, hayotga intilish, qiziqish hislari jo‘sh uradi. Ma’naviy tomondan ham yuksala boradilar. Xususan, kitobxonlikka mehr uyg‘otish, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtli matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg‘otish orqali o‘tkazish, ta’lim – tarbiya berishda alohida o‘rinni egallaydi. Adabiyot fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarga faqat bilim berishgina emas, balki tarbiyalashdan ham iborat. Bolalar adabiyotini o‘qitishda didaktikaning roli xususida fikr yuritish mazkur ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Kurs ishining metodlari:

pedagogik va badiiy adabiyotlarni o‘rganish;


kuzatish;


qiyoslash;


suhbat;

pedagogik tajriba;

savol-javob, so‘rovnoma


Kurs ishining maqsadi:Boshlangich sinf Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusini o’rgatishni rivojlantirishning usul va vositalari haqida tahlillar berish

Kurs ishining vazifalari:

Mavzuga oid pedagogik, ilmiy, psixologik, tarixiy, metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;


Metodik tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish.


Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob va 2 bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. OTLARNING EGALIK QO’SHIMCHALARI BILAN QO’LLANISHI MAVZUSINI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI

1.1 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusini o’rgatishning ahamiyati

Otlarda egalik qo’shimchalari. Bu mavzu boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu o’rganilgunga qadar, o’quvchilar “shaxs” tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o’rganmagan bo’ladilar. O’quvchilarga egalik qo’shimchasi shaxs, narsa birlik va ko’plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. SHularni hisobga olib, o’quvchilarni otlarda egalik qo’shimchalari bilan tanishtirishda o’qituvchi ishni sarlavhadagi “egalik” so’zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: “egalik” ega bo’lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo’shimchasi deganda biror narsaga ega bo’lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekaninn bildiradigan qo’shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo’shimchalari bilan qo’llanadi. Otga qo’shilgan egalik qo’shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o’qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi

Kitobim, kitobing, kitobi so’zlari so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi va o’quvchilar kitob – o’zak, -im, -ing, -i qo’shimcha ekanini aniqlaydilar. O’qituvchi kitob va kitobim so’zlarini taqqoslashni –im qo’shimchasining ma’nosi haqida o’ylab ko’rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o’quvchilar qo’shimchaning ma’nosi haqiida fikr yuritadilar, ammo kitobim so’zining ma’nosiga (mening kitobim – kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O’qituvchi qisqa tushuntiradi:

– Tilda uchta shaxs mavjud:

I shaxs – so’zlovchi

II shaxs – tinglovchi

III shaxs – o’zga

Hozir men sizga so’zlayapman, tushuntiryapman, demak, men – so’zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o’zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko’plik sonda qo’llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo’lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko’plikdagi uch shaxsdan bi­riga qarashli ekanini otga qo’shilgan egalik qo’shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so’ziga qo’shilgan -im qo’shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobniig egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo’shimchalari ham shunday tushuntiriladi).

Kitobimiz so’zidagi -imiz qo’shimchasi kitob so’zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko’p shaxsga (ko’p so’zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qo’shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo’­shilgan mana shunday qo’shimchalar egalik qo’shimchalari deyiladi. Egalik qo’shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi.

Egalik qo’shimchalari otlarga ikki variantda qo’shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi, qo’shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo’shimchalari, oxiri undosh tovushlar bi­lan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo’shimchalari qo’shiladi. SHundan so’ng o’quvchilar “Ona tili” darsligidagi qoidani o’rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.

O’quvchilarga egalik qo’shimchalari haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun matndan egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan otni topish, uni tarkibiga ko’ra tahlil qilib, egalik qo’shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo’shimchasini qo’shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.

Egalik qo’shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida esa egalik qo’shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog’lanib, so’z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.

Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so’zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o’rgatishda o’quvchilarning gapda so’zlarning bog’lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o’quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) ajratishga o’rganganlaridan so’ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so’zlarning bog’lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o’quvchi ot gapda qaysi so’z bilan bog’langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so’zlar bilan bog’langanda qo’shimchalar bilan o’zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o’quvchilar 1-sinfdayoq, so’z shakllarining o’zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so’z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O’quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so’z o’zgartuvchi) qo’shimchalar bilan tanishadilar, bu qo’shimchalar gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.

4-sinfdaot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozishga o’rgatish hisoblanadi.

Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o’rganiladi:

1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;

2) ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish;

3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o’rganish va u bilan bog’liq holda keli­shik qo’shimchalarining yozilishi haqida ko’nikma hosil qilish.

Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi – turlanish haqida tushuncha berish bilan o’quvchilarga kelishik qo’shimchalari gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi, o’zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so’roqlari, qo’shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi.

O’quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so’z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so’zlar bilan shakl yasovchi qo’shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog’lanishini kuzatadilar, bu qo’shimchalar kelishik qo’shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish tartibi, so’roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq qo’shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi.

O’quvchilar o’zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o’zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi: o’quvchilar avval gapda ot bog’langan so’zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so’roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o’qidi (nimani?) – kitobni, tushum kelishigi). Ular buni yaxshi o’zlashtirganlaridan so’ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi.

Ko’plikdagi otlarnnng turlanishini o’rganishda nutqda ko’plikdagi otlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini takomillashtirish maqsadi ko’zda tutiladi. O’quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so’rog’ini va bitta shaxs, narsani bildirishni aytadilar, (nima? – kitob, kim? – o’quvchi); o’qituvchi agar shu ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so’roqqa javob bo’lishini, qaysi kelishikni bildirishini so’raydi, ular qinalmay javob beradilar (nimalar? – kitoblar, kimlar? – o’quvchilar). 

Xulosa chiqariladi: ko’plikdagi otlar bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so’rog’iga javob bo’ladi. O’quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko’plikda turlaydilar va ko’plik qo’shimchasi doim kelishik qo’shimchasidan oldin qo’shilishini, so’roqlarini bilib oladilar.

Har bir kelishikni alohida o’rganishnipg vazifasi kelishikni o’rganish bilan bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish va o’quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi.

Kelishiklarni bilib olish maqsadida so’roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o’quvchilar, birinchidan, so’roqni otning yakka o’ziga emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog’langan so’zdan shu otga berishni o’rganishlari, ikkinchidan, kelishiklarning so’roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o’zlashtirishda gapning asosini aniqlagach, gapda o’zaro bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) belgilash, ot bog’langan so’zni topish, so’roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini, birlik yoki ko’plikda qo’llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni kinoga taklif qildi. Gap Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher – ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) – taklif qildi – kesim; taklif qildi (kimni?) – Nodirni (ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? yoki qaerga?) – kinoga (ot, jo’nalish kelishigida, birlik).

Kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishga qulaylik yaratish uchun har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o’rganish maqsadga muvofiq:

1. Kelishikning grammatik ma’nosi.

2. So’roqlari.

3. Qo’shimchasi.

4. Gapdagi vazifasi.

Kelishiklarni shu tarzda o’rganish ularni o’zaro taqqoslashni yengillashtiradi va ongli o’zlashtirishni ta’minlaydi.

Bir kelishik o’zining muhim belgilari (ma’nosi, so’rog’i, qo’­shimchasi, sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelshiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi otdan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish uchun o’quvchilar kelishik­larning muhim belgilarini puxta o’zlashtirishi talab etiladi, shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o’zlashtirib, bir kelishikni ikkinchisidan farqlash ko’nikmasini shakllantirishga katta o’rin beriladi.

Bosh kelishikning xususnyatlarini o’rganish bilan otning keli­shik qo’shimchasi yo’q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so’zni o’ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lishi, gapda ega vazifasida kelishi haqida o’quvchilarda ko’nikma hosil qilinadi; lug’atlarda otlar bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba’zan egalik qo’shimchasi olib qo’llanishi bilan tanishtiriladi.

O’quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar, bir qo’shimcha o’rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o’quvchilarda kelishiklardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini hosil qilish maqsadi ko’zda tutiladi. Bu maqsadga erishish uchun bu ikki kelishikning ma’nosi, so’roqlari, qo’shimchasi va gapdagi vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi.

Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma’nosini bildirib, gapda boshqa otga bog’lanadi, u bog’langan ot egalik qo’shimchasi bilan qo’llanadi (o’quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, ba’zan qaerning? so’roqlariga javob bo’ladi; 3) -ning qo’shimchasi bi­lan qo’llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi.

Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o’ziga olgan shaxs, narsa ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog’lanadi (vazifani bajardim, kitobni o’qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni? ba’zan qaerni? so’roqlariga javob bo’ladi; 3) -ni qo’shimchasi bilan qo’llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasini bajaradi.

O’quvchilarning bu ikki kelishik qo’shimchasidan nutqda to’g’ri foydalanish va ularni to’g’ri yozish haqidagi bilimini takomillashtirish uchun gapda otning qaysi so’z bilan bog’langanini aniqlash, so’roqlar o’rniga gapning mazmuniga mos so’zni kelishik bilan turlab qo’yish, tushirib qoldirilgan kelishik qo’shimchalaridan mosini qo’yib ko’chirish, tanlab ko’chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish diktantlaridan ko’proq foydalaniladi.

Boshlangich sinflar dasturiga ko’ra, o’quvchilarni qaratqich va tushum kelishigida otning belgisiz qo’llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi.

O’quvchilar jo’nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, jo’nalish kelishigi qo’shimchasining yozilishi tushuntiriladi: a) oxiri jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -ga qo’shilganda talaffuzda -ka eshitilishi, ammo aslicha yozilishi sinfga, ishga, SHavkatga kabi so’zlarni tovush-harf tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; b) o’quvchilar “Mehnat yetkazar har tilakka” kabi gapni o’qib, tilak so’zining o’zgarishini kuzatadilar; gapdagi tilakka bog’langan so’zni topadilar va shu so’zdan otga so’roq beradilar (etkazar (nimaga?) tilakka); bu jo’nalish kelishigining so’rog’i ekanini aytadilar; tilakka so’zi so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi va tilak – o’zak, -ka qo’shimcha ekani aniqlanadi; so’ng uni tovush-harf jihatidan tahlil qilinib, o’zakning oxiri -k undoshi bilan tugagani, qo’shimcha ham k undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. Suhbat usuli bilan xulosa chiqariladi: jo’nalish kelishigi qo’shimchasi oxiri k undoshi bilan tugagan otlarga -ka shaklida qo’shiladi. 

“Baliq qarmoqqa ilindi” gapidagi qarmoqqa so’zi ustida ham yuqoridagi kabi ishlanadi. Xulosani o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari chiqaradilar: oxiri q undoshi bilan tugagan otlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -qa shaklida qo’shiladi.

O’quvchilar o’rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, kelishik qo’shimchasi -da ning -ta bo’lib eshitilsa ham -da shaklida yozilishi tushuntiriladi. Ba’zi o’quvchilar o’rin-payt kelishigi o’rniga jo’nalish kelishigi qo’shimchasini ishlatib, xatoga yo’l qo’yadilar. Bunday xatoning oldini olish uchun o’quvchilar bilan fe’ldan jo’nalish va o’rin-payt kelishigida qo’llangan otga so’roq berib, so’z birikmasini topishni ko’proq mashq qilish va kelishiklarning so’rog’i va ma’nosiga qarab farqlashga o’rgatiladi. Masalan, bordi (qaerga?) – maktabga, bo’ldi (qaerda?) – maktabda; oldim (kimga?) – ukamga, ko’rdim (kimda?) – ukamda.

O’quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham reja asosida tanishtirilib, ularga kelishik qo’shimchasining yozilishi tushuntiriladi.

Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini ta’minlaydigan shartlar, birinchidan, maqsadga muvofiq mashq, tanlash, mashq materialini asta murakkablashtirib borish bilan o’quvchilarning mustaqqlligini oshirish, ikkinchidan, imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va o’quvchilarning nutqini o’stirish bilan bog’lab o’rgatishdir.

SHunday qilib, boshlang’ich sinflarda ot yaxlit holda o’rganiladi va uni o’rganish o’quvchilar shu so’z turkumining belgilarini, vazifasini o’zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish ko’nikmasini shakllantirishga qaratiladi.

Muayyan narsaning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi. Tegishlilik, egalik ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan affikslarni esa egalik affikslari deymiz. Egalik affikslari grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan: kitob+im, kitob+ing, kitob+i, kitob+imiz, kitob+ingiz, kitob+i so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari o‘zakdan anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zgaga tegishli ekanini ifodalash bilan bir qatorda, mazkur narsaning bitta yoki bir necha shaxsga qarashliligini ham bildiradi. Demak, egalik affiksidan anglashilgan birlik va ko‘plik tushunchasi narsaga emas, balki so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga kabi grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi.

1.2 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusini o’rgatish ustida ishlash texnologiyalari

Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi yoki o‘zgarishi mumkin: og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si

2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va belgini faqat kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan anglashilgan narsa va belgi kishilardan boshqa narsalarga ham nisbatlanadi: Mening ko‘ylagim, sening ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, dalaning havosi, qushlar ovozi kabi.

3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi: o‘qishing, hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi kabi. Barchasi, beshovi kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi.

4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan so‘z qaratqich kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq, egalik affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi: mening kitobim, sening kitobingkabi. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik affiksi qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oilakabi.

5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: tanishlardan bittasi, Mehmonlardan kattasi.

6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-izohlanmishli birikma hosil qilishi mumkin: Zarafshon daryo+si, chet tillar institut+i, sut kombinat+ii.

7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin egalik affiksi qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi qo‘shilishi mumkin: kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga.Egalik affikslarini olgan qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar kabi.

8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi mumkin: ertasi, kechasi (ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z).

Egalik affikslarining omonimiyasi va sinonimiyasi. Egalik kategoriyasiga xos 1, 2-shaxs affikslari so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi ba’zi qo‘shimchalar bilan shakldoshlik hosil qiladi: a) egalik va ot yasovchi qo‘shimchalar: bola+m, olma+m || chida+m, to‘pla+m;b) egalik va tuslovchilarning 1-shaxsi va ot yasochi qo‘shimchalar: ota+m, aka+m || keldi+m, yozdi+m || to‘pla+m, bog‘la+m; v) egalik va tuslovchilarning 2-shaxsi hamda ot yasovchi qo‘shimchalar: ona+ng, kitob+ing || o‘qi+ng, yoz+ing || yiri+ng; g) egalik affiksining 2-shaxs birligi va qaratqich kelishigining men, sen olmoshlariga qo‘shiladigan –ing shakli o‘zaro omonim bo‘ladi:kitob+ing || men+ing, sen+ing.

Egalik yoki –niki affiksi qo‘shilib kelgan so‘z ot kesim vazifasida ishlatilganda sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin: Bu- mening kitobim || bu kitob- meniki. Biroq bunday holda egalik affikslari o‘zi qo‘shilib kelgan otning shaxs va sonini ko‘rsata olish xususiyati bilan qarashlilik shaklidan farqlanadi.

Otga xos morfologik xususiyatlardan yana biri egalik kategoriyasidir. Predmet (keng ma'noda) ning uch shaxsdan biriga taalluqli (oid, tegishli) ekanligini ko'rsatuvchi umumiy ma'nolar va ularni ifoda qiluvchi shakllar tizimiga egalik kategoriyasi deyiladi.

Masalan:

Birlik Ko'plik

I shaxs. Mening kitobim, bizning kitobimiz.

II shaxs. Sening kitobing, sizning kitobingiz

III shaxs. Uning kitobi ularning kitobi

Misoldan ko'rinadiki, predmet so'zlovchi (I shaxs) tinlovchi (II shaxs) o'zga (III shaxs) ga bir predmet yoki ko'p predmet taalluqli bo'lishi mumkin. Mana shu egalik, oid tegishlilik ma'nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan shakllar ham mavjud.

O'zbek tilida egalik ma'nosi, asosan, morfologik usul bilan ifodalanadi.

Egalik, oidlik, tegishlilik ma'nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan qo'shimchalar egalik qo'shimchalari deyiladi.

Masalan: daftarim, vazifam kabi so'zlar tarkibidagi -im, -m qo'shimchalari shu so'z orqali ifodalangan predmetlarning har biri yakka bir shaxsga (mening daftarim, mening vazifam) taalluqli ekanligini ko'rsatsa, daftarimiz, vazifamiz so'zlari tarkibidagi -imiz, -miz qo'shimchalari ularning har biri I shaxsga ko'p shaxsga (bizning daftarimiz, bizning vazifamiz) tegishli ekanligini ifodalaydi. Demak, egalik qo'shimchalari shaxs ma'nosi bilan birga (shaxsning sonning (Birlik yoki ko'pligini) ham ko'rsatadi.

Egalik qo'shimchalari negizning so'nggi tovushi unli yoki undosh tovush bilan tugaganiga ko'ra ikki xil shaklda qo'llanadi.

Bir shaxsga oid Ko'p shaxsga oid

Unlidan so'ng undoshdan so'ng Unlidan so'ng undoshdan so'ng

I shaxs -m -im -miz -imiz

(bog'cha-m) (gul-im) (bog'cha-miz) (gul-imiz)

II shaxs. -ng -ing -ngiz -ingiz

(bog'cha-ng) (gul-ing) (bog'cha-ngiz) (gul-imiz)

III shaxs -si -i -si -i

(bog'cha-si) (gul-i) (bog'cha-si) (gul-i)

Egalik qo'shimchasini olgan ot, odatda, qaratqich kelishigidagi boshqa ot, olmosh yoki otlashgan so'z bilan o'zaro bog'lanadi: daftarning varag'i, mening vazifam, yaxshining so'zi kabi. Egalik qo'shimchasi otning gapdagi sintaktik vazifasini ko'rsatmaydi.

Egalik qo'shimchasini olgan otlarda yuz beradigan fonetik o'zgarishlar

Egalik qo'shimcha ba'zi otlarga qo'shilganda quyidagi fonetik o'zgarishlar ro'y beradi.

1. k, q, undoshi bilan tugagan ko'p bo'g'inlik so'zlarga shuningdek, bek kabi ayrim bir bo'g'inlik so'zlarga egalik qo'shimachasi qo'shilganda, k undoshi g undoshiga, q undoshi, g' undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak-tilaging, yurak-yuraging, kubok-kubogi, bek -begi kabi. Lekin ko'p bo'g'inli o'zlashma so'zlarga bir bo'g'inli ko'pchilik so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilganda k, q, undoshi asliga aytiladi va yoziladi: ishtirok-ishtiroki, ocherk-ocherki, erk-erki, huquq-huquqi, ravnaq-ravnaqi, yuq-yuqi kabi.

2. O'rin, qorin, burun, o'g'il, bo'yin, ko'ngil, singil kabi otlarga egalik qo'shimchasi qo'shilganda, ikkinchi bo'g'indagi i, u unlilari aytilmaydi va yozilmaydi: o'rin-o'rnim, qorin-qornim, burun-burning, o'g'il-o'g'lim, ko'ngil-ko'ngli, singil-singlim kabi

3. Parvo, obro', mavqe, mavzu, avzo so'zlariga I, II shaxs egalik qo'shimchalari qo'shilganda bir yo tovushi qo'shib aytiladi va shunday yoziladi: parvaoyim, parvoying, parvoyimiz, parvoyingiz, obro'yim, obro'ying, obro'yimiz, obro'yingiz kabi; III shaxs egalik qo'shimchasi parvo, obro', mavqe so'zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so'zlariga esa -si shaklida qo'shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y -undoshi bilan tugagan so'zga ham III shaxsda -si qo'shiladi: dohiysi kabi).

Otni o’rganishga tayyorlov bosqichi savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda o’quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo’lgan so’zlarni farqlashga o’rganadilar, so’zning leksik ma’nosiga e’tibor ko’proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so’zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko’nikmasi shakllantiriladi. So’zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o’xshash tomonlarini aniqlash, abstraktlashtirish ko’nikmasini o’stiradi. SHunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilar so’znnng aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, so’zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o’zlashtirish zarur.

Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O’quvchilar kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni nima? so’rog’iga javob bo’lgan otlardan farqlashga o’rganadilar. Bu bosqichda ular so’z­larni so’roq berish bilan farqlashni o’rganadilar, o’quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o’sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasi shakllana bo­radi.

4 sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.

“Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so’z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo’lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o’rnini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mavzuni o’rganishga bag’ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so’zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o’simliklar va hayvonlarni, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so’zlar guruhlarga ajratiladi. SHu so’zlarning hammasi uchun umumiy bo’lgan belgilar aniqlanadi: bu so’zlar shaxs, narsalarni bildirib kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’ladi.

Dasturga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilarini sifat va boshqa so’z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go’zallik, ishonch, sevinch, o’kinch, qo’rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o’quvchilar qiziqib so’rasalar, otning bolalar o’rgangan belgilari asosida (nima? so’rog’iga javob bo’lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko’rsatish uchun o’qituvchi o’qish kitobidan matn tanlab, o’quvchilarga matndagi otlarni topishni, so’ngra matnni shu so’zlarsiz o’qishni topshiradi. O’quvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib o’qiganda, matn mazmunini tushunib bo’lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o’rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so’zlarsiz bir-birimizga o’z fikrimizni tushuntira olmaymiz.

Ayrim til kategoriyalari bog’lanishining mohiyati yangi til kategoriyasini o’rganish ja­rayonida ochiladi, shuningdek, bir yoki bir necha til kategoriyasi o’rganilgandan keyin oydinlashadi. Masalan, so’zning leksik ma’nosi va uning morfemik tarkibi so’zning ma’noli qismlarini o’rganish jarayonida biryo’la muhokama qilinadi, chunki u yoki bu morfemaning rolini boshqacha yo’l bilan tushuntirib bo’lmaydi; o’qituvchi so’z tarkibini o’zgartiradi va shu bilan bog’liq holda so’z ma’nosiniig o’zgarishini ko’rsatadi, bu o’zgarish so’zning qaysi qismi (so’z yasovchi qo’shimcha) hisobiga hosil bo’lganini tushuntiradi: ish


Yüklə 165,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin