Reja: kirish asosiy qism



Yüklə 40,02 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü40,02 Kb.
#119890
Anvar Obidjon she’rlari bolalar qalbi, ruhining yorqin ko’zgusi


Anvar Obidjon she’rlari – bolalar qalbi, ruhining yorqin ko’zgusi.
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM

1.ANVAR OBIDJONNI HAYOTI VA IJODI


2. ANVAR OBIDJON SHE’RLARI
3. ANVAR OBIDJONNING «BAYRAM LIBOSI» SHE’RI
Xulosa
Adabiyotlar

Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlogʻida tugʻildi. U sheʼr yozishni maktabda oʻqib yurganidayoq boshladi; dastlabki sheʼrlari “Gʻuncha” jurnalida eʼlon qilindi. Mehnat faoliyatini ham erta boshlab, yettinchi-sakkizinchi sinflarda oʻqib yurganida chekka mahallalar aholisiga tekin xizmat koʻrsatuvchi sayyor kinochiga shogird tushib, kasb oʻrgandi, paxta tayyorlash zavod-punktida traktorchilik qildi, konda burgʻulovchi boʻlib ishladi, Polosondagi kutubxonani boshqardi, Samarqand Moliya texnikumini tugalladi, 1966–1969 yillarda harbiy xizmatni oʻtadi… Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida sirtdan taʼlim oldi (1974–1979). Anvar Obidjon 1981 yili Toshkentga kelib, hozirgi “Yangi asr avlodi”, “Choʻlpon” nashriyotlarida, “Mushtum”, “Yosh kuch” jurnallarida, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritdi .U bolalar uchun ham, kattalar uchun ham qator qissalar, sheʼrlar, dostonlar, hikoyalar, pyesalar yaratdi. Hozirga qadar “Ona Yer” (1974), “Bahromning hikoyalari” (1980), “Ey, yorugʻ dunyo…”, “Olovjon va uning doʻstlari” (1983), “Alamazon i yego pexota” (1984), “Bezgakshamol” (hajviy gʻazallar, 1985), “Ketmagil” (1985), “Masxaraboz bola” (1986), “Akang qaragʻay Gulmat”, “Juda qiziq voqea” (1987), “Dahshatli Meshpolvon” (1989), “Yerliklar” (1990), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Bulbulning choʻpchaklari”, “Odobli boʻlish osonmi” (2001), “Tanlangan sheʼrlar”(2006), “Oʻq oʻtmas bolakay yoxud oltin yurak” (2011), “Ajinasi yoʻq jinkoʻchalar” (2015) kabi oʻttizdan ortiq kitoblari nashr etildi. Anvar Obidjonning dramaturg sifatidagi faoliyati “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” komediyasi (1983) Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilganidan boshlandi. Shundan eʼtiboran ushbu teatrda hamda Fargʻona, Qarshi, Qoʻqon, Guliston teatrlarida uning “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir”), “Samozvanets” (“Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”ning ruschasi), “Navroʻz va Boychechak”, “Alamazon” kabi pyesalari qoʻyildi. Oʻzbekfilm kinostudiyasida adib ssenariylari asosida “Tilsimoy ‒ gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli meshpolvon” komediyalari tasvirga olindi. Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1997 yilda “Shuhrat” medali, 2011 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Anvar Obidjon she’rlari – bolalar qalbi, ruhining yorqin ko’zsi. Uning asarlari o’zidek quvnoq, goh o’ychan, tili soda va shirin, xalqchil. Qahramonalir insonparvar, bag’ri keng, hazilkash bolalar. SHu tufayli shoir


barcha bolalar diliga osongina yo’l topa oladi. Anvar Obidjon so’zlarni
chertib-chertib, bolalarning yosh xususiyatlariga mansublarini tanlaydi va
o’z o’rnida ishlatadi. Bu uning deyarli brcha she’riy asarlariga xos fazilat.
Eng quvonarlisi shuki, bola Anvar Obidjonning she’rlarini tutilmasdan,
qiynalib-qoqilmasdan, erkin, ravon o’qiydi. SHoir she’r uchun chiroyli,
qiziqarli, original detallarni topa oladi.
Anvar Obidjonning «Bayram libosi» she’ri bolani ham kuldiradi, ham
o’ylatadi. Tariqvoy G’unchaoyga «ko’ylak tikib», «bayramda shod yur» ishi
uchun xonatlas sovg’a qilib keltiradi. Kirpi ham tikib berishga rozi bo’ladi,
lekin «faqat zo’rroq bichiqchi topib kelinglar» deb iltimos qiladi. «SHu payt
semiz Kalamush Kavakdan chiqib asta», «- Ko’ylakni, mana biz,
Bichamizda bir pasda» deydi. SHe’r quyidagi satrlar bilan tugaydi:
U ishni tez bajarib,
«Qoyilmisiz?!»deb qo’ydi.
… Keyin, ko’ylakdan ortgan
Qiyqimlarni eb qo’ydi.
SHe’rni o’qish bilan bola, albatta, kulib yuboradi va Kalamushning
badnafisligidan nafratlanadi. Anvar Obidjon badnafs bo’lmaslik kerak, degan
g’oyani chiroyli kulgu orqali ilgari suradi. SHe’r nafosat jihatdan ham,
ma’naviy jihatdan ham tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Anvar Obidjon she’riyatidagi eng ko’lamli mavzu – Ona Tabiat
va Bolalar. SHoir bu mavzuga ijodining boshlang’ich pallasidanoq qo’l urdi.
Bu muhim va ahamiyatli masalani yuksak badiiy tarzda yoritish uchun jiddiy
izlandi, vositalar, usullar, ohanglar topishga intildi. Uning 80-yillarda ketma-
ket e’lon qilingan «Dalalardan bolalarga», «Ajoyibxona», «Kulchalar», «Siz
eshitmagan
qo’shiqlar»,
«Botirvoyning
kundaligi»,
«Bulbulning
cho’pchaklari», «Ignalarim chiroyli», «G’alati maktublar» singari she’riy
turkumlari bu izlanishlarning samarasi bo’ldi. Mazkur turkumlar o’zbek
bolalar adabiyotida yangilik, alohida hodisa sifatida tan olindi, yuqori
baholandi. Ma’lumki, o’zbek bolalar adabiyotining ilk davrlaridayoq tabiat
mavzusi etakchilik qilgan. Agar boalar uchun tabiat mavzuida maxsus
yozilgan she’rlar yig’ilsa, ular ko’p jildlik kitoblarni tashkil etgan bo’lardi.
Ushbu yo’nalishda o’quvchiga ma’qul keladigan, avvalgilarga nisbatan
yaxshiroq asarlar yaratish, bu borada kashfiyot qilish nihoyatda murakkab bir
yumush edi. Anvar Obidjon o’z turkumlarida anna shu boqiy mavzuni bolalar
ongiga, dunyoqarashiga, ruhiyatiga mos tarzda badiiy talqin etishda o’izga
xoslik topa oldi. Uning she’rlarida tabiat turfa rang va ohanglarda namoyon
bo’ladi. SHoirning ona tabiat haqidagi she’rlarida hayotga, insonga muhabbat,
uning boqiyligiga ishonch tuyg’usi ko’zga tashlanadi, yosh kitobxon qalbini
hayajonga soladi. Ularda biz yuilan yonma-yon yashayotgan har bir jonzot,
har bir o’simlik tabiat in’om etgan tiriklikdan zavqlanadi, bu dunyoda
yashashning o’zi quvonch ekanligini tarannum etadi. SHoir ularda tashxis
(jonlantirish) va intoq (Odamlarday so’zlatish) san’atlaridan mohirlik bilan
foydalanib, turli jonzotlarni, hatto jonsiz narsalarni ham bolalarday hatti-
harakatlarida, so’zlatadi. YAratilgan obrazlarning ko’pchiligi goh monolog,
goh suhbat, goh qo’shiq, goh tarjimai hol, goh maktublar usullaridan
qalblarga bor haqiqatday bo’lib quyiladi. Ular benihoyat soddaligi va

16


samimiyligi, beozor kulgiga yo’g’rilganligi bilan o’quvchini o’ziga rom etadi.
Masala, 41 ta she’rdan tashkil topgan «Dalalardan - bolalarga» turkumidagi
«Loviya» she’riga e’tibor beraylik:
Hasad qilar Loviyalar

Menga Mosh, Qorako’z.


Mevalarim Silkitmasdan
Qalamqosh Asta uz.
Bir tupimda Yo’qsa,
YUz uya, Uyni ochishar,
Uya to’la Tirqirashib
Loviya. Qochishar.
Aniq ko’rinib turibdiki, she’r nihoyatda ixcham. Misralar bir va ikki
so’zdan tashkil topgan. Undagi voqea qahramonning o’z nutqi usulida ifoda
etilgan. Uning portretiga xos shtrixlar ham bor. Ritm ta’sirli. SHoir she’rda
haqiqatdan chekinmagan holda hayoliy-romantik obraz yaratgan. SHe’r
kichkintoylarni bir tupdagi yuzlab uyalarda yashaydigan «qalamqosh»
«qorako’z» o’simlikka o’zgacha nigoh bilan qarashga undaydi. YOki
«Bug’doy» nomli she’rni olsak, unda bu o’simlik haqidagi hammaga ma’lum
gaplar bilan cheklanib qolinmagan. SHe’rda romantik ruh bor. Bu ruh
Bug’doyning o’ziga xos olami borligini ta’sirli ko’rsatishga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, Bug’doy ham har bir tirik mavjudod singari urug’dan unadi,
o’sadi, hosilga kiradi. O’ziga xos hayot yo’lini bosib o’tadi. Demak uning
ham o’ziga yarasha olami bor. SHoir bu olamni bolalar qalbini hayajonga
soluvchi Bug’doyning o’z so’zlari (monologi) orqali ko’rsatishga erishgan.
… El kuylasa Oy chiqqanda
O’ynayman, Qo’noqqa,
Xirmon sari O’xshar
Bo’ylayman. Kumush o’roqqa
A. Obidjon. O’g’rilangan pahlavon. T. CHo’lpon. 2006 yil
SHe’rdagi samimiyat, nafis tasvir o’quvchi ko’z o’ngida sirli, sokin
tunning go’zalligidan zavqlanayotgan, osmondagi oyni «kumush o’roqqa»
o’xshashini kashf etgan Bug’doy siymosi gavdalanishiga sabab bo’ladi.
Bunday she’rlar bolalar qalbida ezgulikni, mehr urug’larini undurishi
shubhasizdir,
Mazkur

turkumda


yurtimizdagi
deyarli
hamma

meva
va

sabzavotlarning o’ziga xos dunyosi borligi mahorat bilan ko’rsatilgan. Ular
o’zlari haqida g’urur bilan, to’lib-toshib gapiradilar. Bu g’ururlanish aslo
maqtanchoqlik emas. Ulardagi shodlik va faxru g’ururning asosi shundaki,
ularni ona batiat inson uchun yaratgan. Inson ularni o’z mehnati bilan
parvarish qiladi, o’stiradi. Bu birlik, bu go’zal jarayon ikki tomondan ham
faxrlanish, cheksiz quvonch tuyg’ularini jo’sh urdiradi. SHoir o’simliklar
(uzum, olma, nok, anor, anjir va boshqa mevalar: qovun, tarvuz, bodring,
piyoz va boshqa poliz mahsulotlari) obrazlarini yaratishda ham o’ziga xos
uslubga sodiq qoladi. YA’ni ular mohiyatini badiiy jihatdan ochishda faqat
o’zlarini so’zlatadi. Hatto ular o’z portretlarini o’zlari chizadilar.
Ma’lumki, adabiyotda, jumladan bolalar adabiyotida bu kabi narsalar

(masalan uzum, olma) haqida sanoqsiz she’rlar yaratilgan. Anvar Obidjonning


eng kata yutuqlaridan biri shundaki, ular to’g’risida original asarlar yaratadi.
Fikrimiz quruq bo’lmasligi uchun tabiat alifbosi haqida turkum she’rlar
yaratgan mashhur bolalar shoiri Quddus Muhammadiyning «Uzum» she’ri
bilan Anvar Obidjonning «Uzum» she’rini qiyoslab ko’raylik.
Quddus Muhammadiyning tabiat tasviriga bag’ishlangan she’rlarida

tom ma’noda milliy ruh, o’zlikni his etish tuyg’usi yorqin ko’rinadi. Lekin


Quddus Muhammadiy va umuman ko’plab keksa avlod shoirlari bolalar
adabiyotiga bolalarni ahloqiy-ta’limiy tarbiyalashdagi qo’shimcha vosita deb
qarashni ma’qul deb o’ylashagan. Va qalamga olingan narsa haqidagi
ma’lumotlari kengroq, batafsilroq berishga intilishgan.
Mevalarim eng asili

18


YAshil ishkom bog’ uzumim.
Uchqorada qora kishmish
Parkentda bor tog’ uzumim.
Toyif, hasayn, kata qo’rg’on,
SHakarrangul ham shivilg’on.
Nimrang, naycha, muskat jono,
SHirin-shakar bol uzumim.
Keltirilgan she’rdan ko’rinib turibdiki, Quddus Muhammadiy bolaning

ruhiyati, his tuyg’usiga emas, balki ongiga, aqliga ta’sir etish, bilim doirasini


kengaytirish kabilarni asosiy maqsad qilib olgan. SHuning uchun shoir
uzumning turli navlari xususida bolaga quruq ma’lumot berish bilan
chegaralangan. Anvar Obidjon ham, bolaning ongini boyitishga urinadi.
Ammo u sal boshqacha yo’l tanlab, birinchi galda bolaning ruhiyatiga ta’sir
etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Buning uchun shoir uzumning badiiy
obrazini yaratadi. U jonli qahramon kabi bevosita o’zi haqidagi ma’lumotlarni
quvnoqlik bilan so’zlaydi:
Donolarim Kuzda
Marjoncha, Eb-eb to’yishar,
Bir boshim - Qishga
Naq bir jomcha. Osib qo’yishar.
Quritsangiz, YOsh-qarilar.
Dasturxonga Maqtar hatto
Fayzman. Arilar.
SHe’rda o’quvchi chehrasida beixtiyor kulgi paydo etuvchi samimiy

yumor borligi asarning qimmatiga qimmat qo’shadi.


SHoir she’rlarining badiiyligiga xos etakchi xususiyatlar yumor, ozgina

quvlik, sho’xlik, hazil, kinoya vositalarining mo’lligidir. SHunisi muhimki,


qahramonlarning fe’l-atvori kichkintoylarning tabiatiga mos, diliga yaqin,
so’zlari bolalar tiliga xos va tushunarlidir. U juda oddiy narsalardan ham

19


kulgili vaziyatlar yarata oladi. Misol uchun «Sarimsoqpiyoz» she’ri
qahramoni o’zini shu darajada kibrli, viqorli tutadiki, shuning o’ziyoq
o’quvchida kulgi uyg’otadi:
Ismim

Janob Sarimsoq…


Gapirgan yo’q
Ko’p uzoq.
SHe’r tushuallanmasidan shoir kutilmagan burilish yasaydi va beixtiyor

salobat bilan kerilib turgan Sarimsoqpiyozning haqiqiy yuzi ko’rinadi.


O’quvchi, yosh oshpazdan yozining badbo’yligini yashirayotgan maqtanchoq
ustidan qah-qah urib kuladi:
… Bo’lma anqov Mendek
Va sodda, Hidi shirinni…
CHiqarib qo’yma Hoy,
YOddan - Jiyirma burunni!
SHoir anna shunday kulgili vaziyatlar yaratish chog’ida batafsil

tasvirlash va ortiqcha tafsilotlarga berilib ketmaydi. U lo’nda fikr-tuyg’ular


ifodasi vositasida yaratilayotgan obraz bilan kitobxon o’rtasida jonli muloqot
o’rnatadi. Har bir qahramon o’quvchining yoniga kelib, o’zi haqida maroq
bilan,

chapanilanib


gapirayotgan
suhbatdoshga aylanadi, kitobxonga
samimiyat bilan bemalol murojaat qiladi. Masalan:
Murobboga YOki: Nega uzding
Qalaysan Bandimni?
Berishsa-ku Sog’indingmi?
YAlaysan. Mantini?
(«Maymanchak») («Oshqovoq»)
Ko’rib o’tganimizdek, bolalar olamida xayolot va haqiqat doimo

yonma-yon,


birgalikda yuradi. Anqar Obidjon she’rlarida nafaqat
o’simliklarning, balki hayvon va parandalar, turli hashorotlar dunyosi ham

20


bolalar olamiga anna shunday omuxtalikda taqdim etiladi. Ular ham xudi
o’simliklar singari o’z sirlari, dar dva tashvishlari, quvonchlar bilan
o’rtoqlashadilar. SHu tariqa shoir o’zining kichik o’quvchilari qalbida
tabiatga nisbatan hurmat, muhabbat uyg’otadi.
Anvar

Obidjon


«Ajoyibxona»
turkumining
muqaddimasida
ta’kidlaganidek, «Qumursqadan tortib Filgacha, Itbaliqdan tortib Kitgacha,
CHivindan tortib Lochingacha – hamma – hammasi xudi sizu biz kabi ona
Sayyoramizning teng huquqli farzandlaridir»
4
. SHoirning bu fikri faqat

jonzotlarga bag’ishlangan she’rlaringgina emas, balki butun ijodining asosiy


o’zak qismini tashkil etadi.
Anvar Obidjonning «Siz eshitmagan qo’shiqlar» turkumi o’zbek

bolalar adabiyotining yangi pog’onaga ko’tardi. Bu she’rlarida jonli va jonsiz


narsalar: bedana, sirtlon, xo’tik, sichqon, koptok, chirmanda, miltiqcha,
hattoki avtomobilu shippak, ruchkayu telefongacha o’ziga xos ohangda
ashula aytadi. SHoir hamma –hammasining o’z qo’shig’i, boshqalarga aytgisi
kelayotgan o’z so’zi borligini bolalar qalbi va ongiga navobaxsh satrlar orqali
etkazadi. Bu qo’shiqlarni tinglar ekansiz, har bir «xonanda»ning hayotga
bo’lgan muhabbatini, olamda mavjudligiga shukronalikni tuyasiz hamda
dunyodagi jamiki jonli-jonsiz narsalar ezgulikka, mehrga zor va tashna
ekanligini chuqur his etasiz. Eng muhimi bu qo’shiqlar kichkintoylarni
tevarak-atrofga befarq qaramaslik, shafqatliroq, rahmdilroq bo’lish, tabiatni
iloji boricha asrab-avaylash kerakligi borasida o’zlari uchun muhim xulosalar
siqarishga undaydi.
SHoir o’z qo’shig’ini o’zi ijro etayotgan har bir narsaning hayoti

ma’nosini, umr mazmunini imkon qadar teran ochishga alohida e’tibor beradi.


Qo’shiqlar musiqasi jonli-jonsiz narsalardan chiqadigan vozlarga mos tarzda
yaratilgan. Vozlarning turli-tumanligi musiqalarning rang-barangligini yorqin
4
Z. Ibrohimova. «Quvnoqlikka yashiringan iztiroblar». (SHoir adabiy portretiga chizgilar). Toshkent 2005

yil. 26-bet

21

ifodalab bergan. Masalan, miltiq otilganda undan «paq-puq» degan ovoz


chiqadi. «Miltiqcha qo’shig’i»ning kuyi anna shu tovushga hamohang
eshitildi:
Do’konlarda sotilaman, YOqtiraman mard o’rtoqni
Paq-puq. Paq -puq.
YOlg’ondan otilaman, CHo’chitaman lanj, qo’rqoqni
Paq-puq. Paq -puq.
Demak, o’yinchoq «shumtaka» miltiqcha hayotining mazmuni – mard

bola bilan o’rtoq bo’lish, lanj va qo’rqoqlikni cho’chitib, ko’nglini yozish.


Bu oddiy haqiqat asar mag’ziga san’atkorona singdirilgan.
Ma’lumki, hayotdagi, tabiatdagi narsalar tashki ko’rinishlari jihatidan

har xildir. Ularning ba’zilari go’zal, ayrimlar esa xunuk. Lekin mahoratli


yozuvchilar o’ta xunuk narsalarda ham o’ziga xos go’zallik borligini ko’rsata
oladilar. SHu jihatdan Anvar Obidjonning «Baqa qo’shig’i» nihoyatda
xarakterlidir:
Egnimda ko’k ko’ylagim, Kulcha ekan yuzlarim,
Vaq-vaqa-vaq. Vaq-vaqa-vaq.
Oldimda toshoynagim, SHahlo ekan ko’zlarim,
Vaq-vaqa-vaq. Vaq-vaqa-vaq.
Baqaning sho’x qo’shig’i, nihoyatda xushchaqchaq kayfiyati, tashqi

ko’rinishidan bu qadar mamnunligi beixtiyor yosh kitobxonni zavqlantiradi,


kayfiyatini ko’taradi. SHu bilan birga, uning qalbida tabiatning, garchi
ko’rinishi xunuk bo’lsa ham, beozor bir mavjudotiga nisbatan iliq tuyg’u
uyg’otadi. Uni tevarak-atrofga o’zgacha nazar bilan qrashga, har bir narsa
olamidagi go’zalliklarni ko’ra bilishga o’rgatadi. SHoir shu tariqa, tabiatga
oid ko’plab she’rlarida bolalarga, hatto sen uchun jirkanch tuyulgan
narsaning iqdir, degan falsafiy fikrni etkazishga intiladi.
Anvar Obidjonning narsalar va jonzotlar haqidagi she’rlarida ularning

dunyosidagi ham insonlarga xos Vatan, vijdon, or-nomus kabi ijtimoiy

22

tushunchalar mavjudligi ko’p hollarda ataylab bo’rttirib berilgan. Zero,


bundan ko’zlangan maqsad jajji kitobxon qalbida bu oliy tuyg’ularni yanada
yalangalatishdir.
Inson kindik qoni to’kilgan joyni Vatan deb bilganidek, tabiatdagi

jonzotlar ham tug’ilgan joylarini muqaddas maskan deb anglaydilar, unga


yoniqib sehr qo’yadilar. Masalan, shoirning «Tog’ qushi» she’rida qqfasdagi
tutqun Kaklik o’z Vatani tog’larni qo’msaydi. SHe’r ikki qismdan iborat
bo’lib, uning birinchi qismida Kaklikning polaponlik chog’lari haqida fikr
yuritiladi. YOshlik – dunyodagi jamiki mavjudotda eng go’zal, fusunkor
ranglarga, yorug’likka, ezgulikka va quvonchlarga to’liq bo’lishi bilan ajralib
turadi. Kaklikning ham yoshlik yillari o’z ona-Vatani – tog’lar quchog’ida
o’tadi. U o’z go’shasida nafaqat yayrab, emin-erkin yurardi, balki yoqimli
sayrashi bilan tevarak-atrofga go’zallik taratardi, yurtini quvonchlarga to’lib
madh etardi. SHoir qushning bu kunlarini bir qadar sokin, armonli xotira
tariqasida tasvirlaydi. SHe’rning ikkinchi qismida Kaklikning qafasdagi
hayoti, nihoyatda achinish, g’am-alam bilan ifoda etiladi:
Endi YOqimlidir
Ingrar qafasda Kaklikning
Kelmay uyqusi… Hatto yig’imi.
SHoir she’rini anna shunday kinoyali ohangda tugatadi. Vatanidan

ayrilgan qushning ingrab yig’ilishini sezmayotgan, aksincha, o’zganing


kulfatidan o’ziga huzur yaratganlarning ichki olami qora bo’yoqlarda ifoda
etiladi. Erkinlik va tutqunlikning qiyosiy ko’rsatilishi o’quvchini chuqur
o’ylantiradi, mushohada qilishga undaydi.
Vatan sog’inchiga bag’ishlangan «Kekcha Ari» she’ri ham diqqatga

sazovordir. Unda Keksa arii nabiralariga arilarning vatani bo’lgani haqidagi


ertakni takror-takror aytaveradi. Ertak nabiralarining sira joniga tegmaydi.
Kichkintoy arilar ertakni har gal jon quloqlari bilan tinglashadi. Ular
tutqunlik iskanjasida torayib ketganidek ko’rinayotgan ona-Vatan bqalbini o’rtayotganligini yurakdan his etadilar, Vatanning qaytadan ozod bo’lishi ularning ham ezgu orzusiga aylana boradi. SHoir Vatan ozodligi tuyg’uchi naqadar ulug’, muqaddas ekanligini, u nafaqat insonlarga, hatto biz nazarga bilib-bilmaydigan jonzotlarga ham xosligini keksa arii obrazi misolida, juda
oddiy, nihoyatda ta’sirli usulda o’quvchiga etkaza olgan.
Anvar Obidjonning «Boyqush» she’ri mag’ziga inson o’z Vatanini

faqat go’zalligi, boyligi uchungina sevmasligi, balki uni qanday bo’lsa


shundayligicha qabul qilishi kerak, degan falsafiy fikrni kichkintoylar qalbi va
shuuriga etkaza olgan. SHe’r savol-javob usulida yozilgan. Tabiiyki, faqat
kichkintoylar emas, balki kattalar ham nega qushlarning bir xiliga «Boyqush»
nomi qo’yilganligi bilan qiziqadilar. Axir bu qushlar nimasi bilan
atrofdagilardan o’zgacha? Boyligi nimalardan iborat? SHoir kichkintoylar
nomidan Boyqushga quyidagicha savol bilan murojaat etadi:
-Senga bita savol bor
Menga quloq sol, hoy qush,
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush.
Ayt-chi, nahot sen boysan?
Qush bu savolga ko’pni ko’rgan keksa donishmandlardan bosiqlik,

ayanch hissini uyg’otadigan hazin ohangda bitilgan. Tillaqo’ng’izning soqov


bo’lib qolishida chuqur ma’no bor. CHunki u kimlargadir nimalarnidir isbot
etish uchun, yoki o’zini, o’z ona tiliga cheksiz muhabbatini ko’rsatish
uchungina bunday qilmaydi, balki o’z vijdoni, or-nomusi oldida tozaligicha
qolish, yurtiga, jondoshlari manfaatiga sodiqligicha yashish uchun ham,
chigirtkadek sayrashdan ko’ra, soqov bo’lib yurishni afzal deb biladi. Bu
kichkina Tillaqo’ng’izning zo’ravonlikka, yovuzlikka nisbatan kata isyoni
edi.

SHoirning «Beozor kuchuk» she’rida talonchilarning, zo’ravonlarning


o’zgalar tinchiga zomin bo’lishi, o’zgalar rizqiga ko’z olaytirishi aslo kelishib


bo’lmaydigan hol ekanligi haqida so’z borgan. Bu she’rdagi voqealar avvalgi

25


she’rdagiga nisbatan boshqacharoq, bundagi «bosqinchini» jazolagan kuchuk
nihoyatda beozor, hech kimga yomonlik qilishni ham, urushishni ham
istamaydi. Ammo taqdir taqozosi bilan, uning uyiga «Serbet Ko’ppak»
bostirib kiradi:
Kirib birdan uyimga,
Tortib oldi suyakni.
Keyin
CHil-chil sindirdi
YUvindili tuvakni…
Anvar Obidjon uslubiga xos bo’lgan xususiyat - juda nozik, o’ta jiddiy

vaziyatni ham kulgili, ayni chog’da haqqoniy va tagdor qilib tasvirlash bu


she’rda ham yaqqol ko’rinadi. Kata odam uchun bir qadar kulgili ko’ringan
bu dastlabki misralardagi tasvirni kichkintoy ancha bosiqlik va jiddiylik bilan
qabul qiladi. CHunki u beozor kuchuk tomonidan hikoya qilinayotgan keskin
voqeaga loqayd tomashabin sifatida qaramaydi, balki kuchukning holatini his
etadi va she’r so’ngida Beozor kuchuk Surbet ko’ppakning iligidan tishlab
olishini adolat mezoni sifatida qoniqish bilan qabul qiladi.
Anvar Obidjonning ijtimoiy xarakterdagi she’rlari ko’pqatlamligi bilan

ham yaqqol ajralib turadi. Ularni bolalar ham, kattalar ham qiziqib o’qiydilar


va ma’naviy ma’nolarni o’z mushohadalari doirasida dilga singdiradilar.
SHoir «Sigir qo’shig’i», «Parvarda», «Yirtqich» kabi she’rlarida
kichkintoylarning dunyoni anglashga intilish jarayonlaridagi kattalar bilan
to’qnashuvi, ota-onalar va ьolalarning ba’zan bir-birlarini to’g’ri
tushunmasligi bois sodir bo’luvchi turli anglashilmovchilik oqibatida kelib
chiqadigan dramatik holatlarni kulgili tarzda ko’rsatadi. SHu ma’noda «Sigir
qo’shig’i»ni ko’rib chiqaylik:
Qand deb yig’lar buzog’im, Bilmaydiki esi past
Tinchimaydi qulog’im, Ko’k beda ham yomonmas,
Mo’-o’-o’. Mo’-o’-o’.

26


Ko’nmayapti u sira, Nima u – «qand» degani,
Bersam hatto kunjara, Arziydimi egani?
Mo’-o’-o’. Mo’ -o’-o’.
SHe’rdagi buzoqning onasidan «qand» so’rayotganligining o’ziyoq

bog’cha bolasi uchun kulgili tuyulsa, kichik maktab yoshidagi bola she’rga


jiddiyroq munosabatda bo’ladi, ona-Sigirning, birinchidan qand topish
imkoniyatiga
ega

emasligiga,


ikkinchidan,
bolasini
ovqatlanishga
qo’ndiralmay qiynalayotganiga uning rahmi keladi. Ayni paytda, Buzoqning
juda-juda «qand» egisi kelayotganini ham yurak-yurakdan his etib turadi.
CHunki, uning o’zi ham biron-bir shirinlikni nihoyatda egisi kelga vaqtlar
bo’lgan. Topilmasa, injiqliklar ham qilgan. SHuning uchun Buzoqning o’z
orzusiga erishishini chin dildan istaydi. O’smir esa bu she’r ustida yanada
teranroq fikrlaydi. U, dunyoda xashak, kunjara va ko’k bedadan boshqa
narsalar ham borligini bilmagan, umri davomida o’z turmushini boshqalarniki
bilan biron marta qiyoslab ko’rmagan soddagina ona-Sigirga qattiq achinadi,
bularning siymosida o’z qobig’iga o’ralib, atrof bilan mutlaqo qiziqmay,
qorong’ilikda yashayotgan insonni va yorug’likka intilayotgan bolani ko’radi.
Anvar Obidjonning ijtimoiy xarakterdagi she’rlari bolalarni ona-

Vatanga muhabbat, yaxshilikka sadoqat, adolatga intilish, ozodlik uchun


kurashish ruhida tarbiyalashdek muhim vazifalarni amalga oshishida kata
ahamiyatga ega.
Yüklə 40,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin