Birinchi elektr telegrafi 1837-yilda angliyalik ixtirochi Uilyam Kuk (1806-1879) va Charlz Uitson (1802-1875) yaratdi.
Morze kodlari
1843 yilda Amerikalik rassom Semyuel Morze (1791-1872) telegraf uchun yangi kodni ixtiro qiladi. Uning bu kodi Kuk va Uitson ixtiro qilgan kodlarni o’zgartirilgani edi. Semyuel Morze alifbodagi har bir harf uchun tire va nuqtadan ( “-” va “.” ) iborat kodlarni ishlab chiqdi. Xabar uzatishda uzoq signal tire (“-”)ni ifodalagan, qisqa signal esa nuqta bilan (“.”) ifodalangan. Morze kodi hozirgi kunimizda ham qo’llanilmoqda.
TELEFON ALOQASI
Ko’plab ixtirochilar odamlarning uzoq masofadan turib bir biri bilan so’zlashish imkonini beruvchi qurilma yaratishga harakat qilishardi. Bunday qurilmani yaratishda Aleksandr Grexem Bell (1847-1922) katta hissa qo’shdi
Birinchi telefondagi so’zlashuv 1876-yil 10-mart kuni bo’lgan. Bellning shimiga kislota quyiladi va u o’z hamkasbiga telefon orqali murojaat etib:-”Janob Uotson, siz hozir mening oldimga kela olasizmi, menga kerak bo’ldingiz”-deydi. Birinchi telefon stansiyasi 1877-yili Kannikuta (AQSh)da ochildi.
INTERNET
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Kommunikatsion kanal o’zi nima? Kommunikatsion kanallari va aloqa kanllari atamalri aslida bir ma’noni bildiradi.
Еlektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Simli – signallarni uzatish uchun fizik o‘tkazgichlar (еlektr simlar, kabellar, svetovodlar)
Simsiz – (radiokanallar, infraqizil kanallar) Umumiy olib aytganda bu holatda elektromagnit to’lqinlardan foydalaniladi.
Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo‘yicha aloqa kanallari quyidagicha bo‘ladi:
analogli (uzluksiz ) — axborot analog kanallar bo‘ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya`ni biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko‘rinishda uzatiladi;
raqamli — axborot raqamli kanallar bo‘yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, impulsli) signallar ko‘rinishida uzatiladi;
Axborot uzatilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda quyidagi aloqa kanallari bo‘ladi:
yarim dupleks — axborotning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda galma-gal uzatilishini ta`minlaydi;
dupleksli — axborotni bir vaqtning o‘zida ham to‘g‘ri, ham teskari yo‘nalishlarda uzatishga imkon beradi.
Kanalning o’tkazish qobiliyati.
Ma`lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel — bir vaqtning o’zida bir nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanali, masalan, shinali va ilmoqli topologiyali tarmoqlarda) foydalanadigan lokal hisoblash tarmoqlari uchun mijozlarning bu kanalga murojaat qilish masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Murojaat qilishning samarali bo’lishi uchun maxsus mexanizm — murojaat qilish usullari lozim.
Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o`zgartirishdir.
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o`zgartirishdir.
MODEM (Modulyator—Demodulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish qurilmasidir.
uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o`zgartirish;
qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o`zgartirish.