Reja: Kirish. Asosiy qism


mehnat va ish haqi hisobi



Yüklə 41,71 Kb.
səhifə4/4
tarix10.03.2023
ölçüsü41,71 Kb.
#87320
1   2   3   4
Mavzu Korxonaning shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi, mehnatg

3. mehnat va ish haqi hisobi
0‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kengesi Qarorlari, 0‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (shartnoma) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlaming ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlas^i vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Quyidagi ishlar, ya’ni:
- harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida; (O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasining to‘rtinchi qismi, 37- moddasi va 40-moddasining beshinchi qismi.)
- favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda; (0‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 16, 24 va 25-moddalari.)
- sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan; (0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 42, 88, 155-moddalari va 13- bobi (“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati”)).
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi. Mehnat Kodeksi mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki bekor bo‘lishi bilan bog‘laydigan muddatning o‘tishi uning boshlanishi belgilangan kalendar kunining ertasidan e’tiboran boshlanadi. Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ulaming ijtimoiyiqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutlaq huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lolmaydi. Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir. Ishsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno). Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bodmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq toManadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boMgan shaxslar uchunularning kasb tayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoshini, sog‘lig‘i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi. Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq toianadigan jamoat ishlarida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgani taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan: - ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta; - ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o‘n uch kalendar hafta mobaynida to‘lanadi. Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi: -ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi); —xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim; —ishning boshlanish kuni; -mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati; -mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari. Tarif stavkasi — ish vaqti uchun toManadigan mehnat h aqi miqdorini pul ko‘rinishida ifodalanishidir. Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsiyentlari ko‘rsatiladigan hujjatdir. Lavozim maoshi - bu xodim tomonidan to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish haqi miqdoridir. Odatda, lavozim maoshlari mehnati vaqtbay usulda to‘lanadigan ishchilarga o‘matiladi. Xususiy tadbirkorlik byudjet sohasidan farqli o‘laroq mustaqil ravishda mehnat haqining shakli va tizimini, mukofotlami, ustamalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni va rag‘batlantirish to‘lovlarini mustaqil belgilashi mumkin. Davlat tarif stavkalari va okladlarini hodimlaming lavozimi, malakasi va ular bajaradigan ishning murakkabligidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishda baza sifatida foydalanish mumkin. Korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimini mustaqil belgilaydilar.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi Qonuni 3-bandiga muvofiq, «Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona, deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi». Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va «xususiy korxona» degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va «xususiy korxona» degan so‘zlarni yoki «XK» abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. Xususiy korxona yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, muhrga, banklarda hisob-kitob schotiga ega bo‘ladi. U o‘z filiallari, sho‘ba korxonalari va vakolatxonalarini tashkil etish huquqiga ega. Xususiy korxona mulkdor tomonidan, uning tegishli mol-mulki negizida tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaning:

  • ustavini tasdiqlaydi;


  • korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi;


  • korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi;


  • xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi;


  • shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi; banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.

Xususiy korxona mulkini asosiy va aylanma mablag‘lar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa pul- moddiy boyliklar tashkil qiladi. Xususiy korxona o‘z mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ni, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilangan narxlar va tariflar bo‘yicha sotish huquqiga ega.Korxona egasining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplangandan, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, shuningdek, kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan so‘ng qoladigan daromadi (foydasi) uning o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi. Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumning nomi yoki ramzi va boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatilib, albatta, markirovka qilinishi kerak.Xususiy korxonalar xodimlarni tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilib, yozma shaklda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha yollaydilar. Ular O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga, ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilashga, mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilinishini ta’minlashga majburdir. Yollanib ishlayotgan shaxslar mehnatiga shartnoma yoki kontraktda ko‘rsatib o‘tilgan haq miqdori davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.


Foydanilgan adabiyot va internet sahifalari.


1. Wikipedia
2. fayllar.org
4. hozir.uz
5. aim.uz
6. O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002
y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
7. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996
y. 30 avgust.
8. Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g.
Yüklə 41,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin