Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/7
tarix04.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#93286
  1   2   3   4   5   6   7
1. Kurs ishi.Yalpi talab yalpi taklif modeli


Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1.Yalpi talab va unga ta`sir etuvchi omillar
2.Yalpi taklif va unga tasir etuvchi omillar
3. AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Insonlar hayotida turli ehtiyojlar paydo bo’ladi. Bular moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlardir. Ehtiyojlar jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Ehtiyojlarning xarakteri, tuzilishi va ularni ta’minlash uslublari ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyot darajasi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tuzumning xususiyatlariga bog’liqdir. Ehtiyojlar ichida moddiy, iqtisodiy ehtiyojlar muhim bo’lib, ular ishlab chiqarish faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ishlab chiqarish ehtiyojlarining shakllanishi va taraqqiyotida asosiy rol o’ynaydi. Insonlar ehtiyoji, ularning iste’molini qondirish borasidagi talabga aylanadi. Talabning asosi ehtiyojdir. Bozor pul bilan ta’minlanmagan ehtiyojga ahamiyat bermaydi. Demak, har qanday tovarga yoki xizmatga tug’ilgan ehtiyoj, albatta, sotib olish quvvatiga ega bo’lishi lozim. Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj talabga aylanadi va xaridorlarning u yoki bu tovarni sotib olishga tayyorligini bildiradi1. Bozorda xaridorlar u yoki bu tovarga talab bilan, sotuvchilar esa, tovar taklifi bilan o’zaro uchrashadilar. Talab-bu, zarur tovarlar va xizmatlar miqdori bo’lib, to’lovga qobil ehtiyojdir. Talab tovarni sotib olishga tayyor xaridor holatini namoyon etadi. Talab, eng avvalo o’z hajmiga ega. Bozorning bir tovarga bo’lgan talab hajmi-bu xaridorlarning ma’lum bir davrda biror turdagi tovarlarning muayyan miqdorini sotib olish xohishlaridir. Talab hajmi mazkur mahsulot bahosiga va boshqa ta’sirlarga bog’liqdir. Masalan, xaridor daromadi, didi, boshqa tovarlar baholari va boshqalar. Bozorda talab qonuni namoyon bo’lib, u tovarning bozor bahosi bilan unga bo’lgan talab miqdori o’rtasidagi aloqaning teskari bog’liqligini ifodalaydi. Agarda ma’lum bir tovarning bahosi pasaysa, mazkur tovarga bo’lgan talab ortadi. Agarda, tovarning bahosi ortsa, u holda mazkur tovarga bo’lgan talab ozayadi. Demak, tovarning bahosi va unga talab miqdori o’rtasida qarama-qarshi munosabat mavjuddir. Talab qonuni tubandagi uch sharoitda amal qilmaydi. Chunonchi, avvalo, tovarlar baholarining o’sishi kutilishi munosabati bilan talabning o’ta kuchayishi sharoitida; ikkinchidan, pulni joylashtirish maqsadida qimmmatbaho oltin, antikvariat kabi kamyob tovarlarga munosabatda; uchinchidan, talabning bir tovardan ikkinchi sifatli tovarga kuchayishi sharoitida, talabning avvalgi muayyan bir turdagi, ma’lum sifatli va baholi tovardan yanada sifatliroq va qimmatroq tovarga kuchayishidir. O’z navbatida yuqoridagilarga asoslangan holda taklif bu iqtisodiyotda har qanday mumkin boʻlgan narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishga tayyor bolgan milliy ishlab chiqarishning real hajmidir.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin