Reja Kirish Avtomatik boshqarishning ishlash prinsiplari va avt (1)
Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtrish ob'ekti
Reja:
Kirish
1. Avtomatik boshqarishning ishlash prinsiplari va avtomatik tizim modeli
2. Avtomatik boshqarish tizimini texnik vositalari va ularning funksional bloklari. Avtomatik boshqaruv ob’ekti
3. Avtomatik rostlash sistemalarining Klassifikatsiyasi
4. O’tish jarayonlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Hozirgi kunda mashinasozlik korxonalarining jadal sur’atlarda ishlashini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni dunyo bozorida raqobatlasha olishini ta’minlash maqsadida texnologik usullarning samaradorligi, jihozlarning ishonchliligi va ularning aniqligini oshirish hamda keng ko’lamda avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Innovasion g’oyalar va texnologiyalarni takomilashtirish hamda yaratish bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda fan-texnika, balki butun jamiyat taraqqiyotini avtomatlashtirishsiz tasavvur qilish qiyin, chunki avtomatlashtirilgan texnologiyalar qo’llanilmaydigan biror-bir sohani topish juda qiyin
Loyihanayotgan avtomatik liniyalar qancha murakkab bo’lsa, ularni o’rnatish variantlari shuncha ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida texnik masalalarni yechimi ularni loyixalash bosqichini bajarish davridan boshlanadi.
Avtomatlashtirilgan mashina tizimlarini loyihalashda ularning strukturasi va kompanovkasi variantlariga, prinsipial sxemalariga, samaradorlik, ishonchlilik, iqtisodiy effektivligi hisoblariga asoslanadi.
Mashinasozlikning avtomatlashtirish darajasi xozirgi kunda avtomatlashtirilgan mashinalar tizimlarini yaratishga qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarishning har xil bosqichlarini – zagotovka tayyorlashdan yig’ishgacha bo’lgan jaryonlarni o’z ichiga oladi. Bunda avtomatlashtirishni markazi yalpi ishlab chiqarishdan seriyali ishlab chiqarish tomon o’tib borishi bilan asoslanadi. Bu o’z navbatida yordamchi texnologik jarayonlarni ham avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish va iqtisodiy, tashkiliy hamda boshqaruv tizimi masalalarini yechimini topish bilan bog’liq.
Kompleks avtomatlashtirish doimiy ravishda texnik uskunalar(raqamli dasturda boshqarish tizimlari va dasturlari; oddiy mexanizmlardan elektron boshqaruv tizimlarigacha)ni takomillashtirib, bir tizimga keltirish usullaridan foydalanilgan holda ularning avtomatlashtirishning har bir bosqichida umumiy usullardan foydalanishni ko’zda tutadi. Bu o’z navbatida bir necha xildagi avtomatik liniyalarni loyihalash imkonini beradi. Demak, texnik taraqqiyotning rivojlanishini belgilovchi – mashinasozlikda mashina va mexanizmlarni loyixalashda va ularni ishlatishda tadqiqotning ilmiy asoslari namoyon bo’ladi.