Reja: Kirish Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni


PEDAGOGLARGA XOS KREATIV SIFAT VA IJODIY - PEDAGOGIK FAOLIYAT MALAKALARI



Yüklə 54,81 Kb.
səhifə4/5
tarix18.12.2023
ölçüsü54,81 Kb.
#183946
1   2   3   4   5
Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarin-fayllar.org

3. PEDAGOGLARGA XOS KREATIV SIFAT VA IJODIY - PEDAGOGIK FAOLIYAT MALAKALARI.

Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi?


Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:



  1. ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;

  2. bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

  3. bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

  4. bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish



Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:

  • Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi

  • Hissiyotga boylik

  • Boy tasavvurga egalik

  • O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish

  • Mantiqiy fikrlash qobiliyati

  • Refleksiya qobiliyati

  • Ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik

  • Eruditsiya (bilag’onlik)

  • Ijodiy yo’nalganlik

  • Innovatsion qobiliyatga egalik

  • Tavakkal qila olish qobiliyati

  • Tafakkur tezligiga egalik

  • Ichki sezgining rivojlanganligi

  • O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati

  • Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik

Ko‘pgina pedagog-tarbiyachilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, ular o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.
Bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalar sog‘lig‘ini himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish maqsadida Qonunlar ishlab chiqilgan, uning mazmunida imkoniyati cheklangan bolalarning huquqiy mavqelariga asoslangan yo‘l-yo‘riqlar berilgan. Shuningdek, viloyatlarda maxsus maktab-internatlar, sog‘lomlashtirish muassasalari faoliyat olib bormoqda. U erda bolalar imkoniyatlari, psixologik, fiziologik xususiyatlariga xos tarzda ta’lim-tarbiya olmoqdalar, kasb-hunarga yo‘naltirilmoqdalar.
Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi, oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola shaxsini shakllantiradi, eng muhimi farzand oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablariga tayyorlanib, o‘rgatib boriladi. Shunday ekan alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalash jarayonida muhim vazifalarni amalga oshirishda ota-onaning o‘zi maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Oilaga imkoniyati cheklangan bolaning rivojlanishi va psixologik, fiziologik bilimlarini oshirib borishda tibbiy xodimlar, defektologlar va pedagog hamkorligidagi yordam lozim bo‘ladi. Mutaxassislarning maxsus korreksion-pedagogik yordamisiz ta’lim-tarbiya ishlari o‘z samarasini bera olmaydi.
Imkoniyati cheklangan bolalar alohida yordamga, individual ta’limga muhtoj. Ularda xarakatlarini boshqara olmaslik, diqqatining tarqoqligi, xotirasining sustligi, nutqining noaniqligi, dasturni o‘zlashtira olmasligi kabi nuqsonlar bilan ajralib turadi. Bu kamchiliklarni bartaraf etishda dastlab, buni keltirib chiqqan sabablarni o‘rganish va oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rmoq lozim deb o‘ylayman. Bunday bolalar tez charchashi, holsizlanishi, qobiliyatining sustligi, diqqatini uzoq vaqt bir narsaga qaratib tura olmasligi sababli imkoniyati cheklangan bolalar bilan shug‘ullanganda mashg‘ulotlarni o‘yin tarzida o‘yin vositalari va o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib borilishi, ko‘proq sensor o‘yinlardan foydalanilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin.
O‘tiladigan mashg‘ulotlarni ko‘lami tor lekin mazmunan boy bo‘lishi hamda tez-tez takrorlanib turishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Agar tarbiyachi bolaga muassasaga kelgan kunidan boshlab namuna ko‘rsatib unga muloyimlik bilan murojaat qilsa, xizmat uchun rahmat aytishni o‘rgatsa, ijobiy harakatlarni rag‘batlantirib borsa, yaxshi xulqli kishini o‘ziga ham atrofdagilarga ham xursandchilik keltirishini o‘z shaxsiy namunasi orqali bolalarga singdirib borsa, «mumkin», «mumkin emas», «rahmat», «kechirasiz», «minnatdorman», kabi so‘zlar vositasida atrofdagilarga mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishga erishadilar. Shunday qilib tarbiyachi bolalarni majbur qilmasdan o‘zining ijobiy shaxsiy namunasi orqali bolalarda ham ijobiy xususiyatlarni rivojlantirib, shakllantirib borishga erishishi lozim.
Alohida yordamga muhtoj bolalarga ta’lim-tarbiya berishda pedagogning oila bilan hamkorlikdagi faoliyati katta ahamiyatga ega bo‘ladi:

  1. Oila a’zolari bola alohida shaxs ekanligini esda tutishi, boshqa bolalar bilan taqqoslamasligi, rag‘batlantirib va rivojlantirib borishlari lozim;

  2. Bola muhitdagi kattalarning unga yordam kerak bo‘lganda doim tayyorligiga ishonishi;

  3. Bolani rivojlantirishda va ma’naviy tarbiya berishda kattalar, pedagoglarning hamkorligi va faol ishtiroki;

  4. Pedagoglar, ota-onalarning guruh hamda muassasa faoliyatidagi ishtiroki;

  5. Kattalar tomonidan bolaning qobiliyatini aniqlash va tushunish, uni erkin fikrlashga o‘rgatib borish.

Bunday hamkorlik ishlari maslahatlar, seminarlar, ochiq mashg‘ulotlar kabi tadbirlarni tashkil etish va ota-onalarni, jamoatchilikni ishtirok ettirish tarzida olib boriladi.
Bunday ishlar imkoniyati cheklangan bolalarni maktabgacha yoshdagi davrida ta’limning sog‘lom muhitiga kiritish yo‘nalishida shakllantirishning yana bir yo‘lidir. Bu usul inklyuziv ta’lim bo‘lib, bunday muhitda bolalarni sog‘lomlashtirish, rivojlantirish va ta’lim berish ishlari bolaning ichki tuyg‘ulari va harkatlari bilan uyg‘unlashib, katta ijobiy ahamiyat kasb etadi.
XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi.Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi oʻz ma’suliyatini anglashga ta’lim –tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga oʻz mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi oʻsishiga koʻmaklashuviga yordam beradi.Tarbiyachi oʻzi yashab turgan oʻlka hayotini bilishi tabiat vajamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol boʻlishi kerak


MTT dagi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, MTT da faoliyat yurituvchi murabbiy va tarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga
ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak.
Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi.

Yüklə 54,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin