Aholi daromadlarining mazmuni, turlari va shakllanish manbalari — копия
Aholi daromadlarining mazmuni, turlari va shakllanish manbalari.
Reja:
Kirish
I.Bob. Aholi daromadlari mazmuni.
1.1.Fuqarolarning daromadlari, ularning turlari va shakllanish manbalari.
1.2.Daromadlarni farqlash muammosi
1.3.Aholining turmush darakasi ko’rsatkichlari
II.Bob. Aholi daromadlari shakllanish manbalari.
2.1.Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi
2.2.Aholi iste’moli. Iste’mol manbalari va uning tarkibi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qildi. Yil nomi prezidentning bugun, 20-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qilindi.
“– Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, har yilgi prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakat hayotida muhim voqeadir. Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek, kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi. Bu yilning oxirida ham shu an‘anaga sodiq qolindi.
O‘zbekistonda har bir yilni hayotning maʼlum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va хizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har хil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli хil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi.
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi хaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiyiqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga хos хususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.