Reja: kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatishda husnixat darslarining ahamiyati



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə19/24
tarix03.01.2023
ölçüsü315,5 Kb.
#78333
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI

«Noto‘g‘ri jumla»
Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. 0‘quvchini suratni tasvir- lab berishi asnosida suratlarga tegishli bo‘lmagan jumlalami ham ishlatadi. 0‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlalami topishlari lozim.
0‘quvchilardan bu о‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, ku- zatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatib turib o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab tu- radilar. Har bir noto‘g‘ri jumlani topa bilish ulaming o‘ziga bo‘lgan ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi. Bu o‘yin-dan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin.
variant (Manba. T.G‘afforova va b.q. «Ona tili», 1-sinf uchun darslik. 2009-y. 36-bet, 62-mashq.)
Hasan tuxumlami joyiga qo‘ydi. Bir necha kun o‘tdi. Nigora koptogini yo‘qotib qo‘ydi. Qaldirg‘och bola ochdi.
(Nigora matnda yo‘q.)
variant. (Manba shu darslik, 52-bet, 96-mashq.),
Bobomiz Amir Temur bog‘lar yaratgan.
Bog‘larning ichiga saroy, hovuz, favvora qurdirgan. Gulnora kitob o‘qib o‘tirgan edi. U yerlarda mevali daraxt, chinor, gul ek- tirgan.
(Javob: Gulnora haqidagi jumla matnga tegishli emas.)
variant: (Manba shu darslik, 60-bet, 109-mashq.)
Buxoro qadimiy va navqiron shahar. Shaharda Labihovuz, Ko‘kaldosh kabi yodgorliklar bor. Dildora a’lochi qiz. Sayohatchilar Shohrud arig‘i bo‘yida sayr qiladilar.
(Javob: Dildora haqidagi jumla matnga tegishli emas.)
So‘nggi yillarda pedagogika nazariyasiga boshqa sohalardan bir qator yangi tushunchalar kirib keldi. Bu esa pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqada ekanligidan dalolat beradi. Tushunchalaming aksariyati texnika va iqtisod sohalaridan kirib kelgan bo‘lib, aynan shu sohalar insoniyat fikrining rivojlanishiga asos bo‘lmoqda.
Bugungi kunda ta’limning iqtisodiyligi va takomillashganligi, o‘qituvchi va o‘rganuvchi aloqalari, texnika va texnologiyalar, ta’lim iqtisodi, o‘qitishni kompyuterlashtirish kabi muammolarda turli-tu- man fikrlar bildirilmoqda.
«Innovatsiya - yangilik» so‘zining qachon pay do bo‘lganligi aniq bo‘lmasa-da, bu tushuncha umumiy fanlarga tabiiy fanlardan kirib kelganligi haqida fikrlar mavjud. Bunday yangiliklaming aksa­riyati qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va tibbiyot sohalarida joriy etilardi. Pedagogik termin sifatida esa innovatsiya tushunchasi, yan­gi tushunchalardan biri bo‘lib, unga turli ta’riflar va fikrlar bildiril­moqda.
Innovatsiya jamiyat paydo bo‘lishidan boshlab o‘zgarib kelin- moqda. Ba’zi pedagoglar innovatsiya so‘zini tor ma’noda ta’limni takomillashtirish, zamonaviylashtirish desa, boshqalari unga kengroq ta’rif bermoqda. Ta’lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalami, islo- hot, o‘qitishni zamonaviylashtirish, takomillashtirish, optimallashti- rish kabilar bilan almashtirmoqdalar. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradigan innova­tsion usuldir.
Quyida shunday interaktiv metodlardan namunalar keltiramiz.
«Tarmoqlar» metodi (klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi - bu metod o‘quvchilami biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilami mav- zuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikmi erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashga o‘rgatadi.
Bu metod biror mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilaming fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda ken- gaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mav­zuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilami shu mavzu bo‘yicha tasawurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Quyida biz 4-sinf ona tilidan «So‘z tukumlari» mavzusidagi takrorlash-umumlashtirish darsida fodalanish mumkin bo‘lgan klasterdan namuna sifatida misol keltiramiz:




Bu usul o‘quvchilami mustaqil fikrlashga undaydi, bilimlami o‘zlashtirishga mas’uliyat va qiziqishni tarbiyalaydi. 4-sinf ona tili darsida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:
Buning uchun o‘qituvchi xattaxtani uch qismga bo‘ladi. Birinchi qismiga «Bilaman», ikkinchi qismiga «Bilishni xohlayman», uchin- chi qismiga «Bilib oldim» deb yozadi. Keyin o‘quvchilarga mu- rojaat qilib, kim «Ot so‘z turkumi» haqida nima bilishini so‘raydi va o‘quvchilar fikrini «Bilaman» ustuniga yozadi. Sinfda fikrlar tu- gagandan keyin o‘quvchilarga yana murojaat qilib, «Ot so‘z turku­mi» haqida yana nimalar bilishni xohlashlarini so‘raydi. 0‘quvchilar bergan savollami xattaxtaning «Bilishni xohlayman» qismiga yozadi. 0‘quvchilar savollari tugagandan keyin o‘qituvchi «Ot so‘z turkumi» haqida ma’lumotlar yozilgan, oldindan tayyorlangan matn- lami o‘quvchilarga tarqatib chiqadi. 0‘quvchilar matnlar bilan ta- nishib chiqqanlaridan keyin fikrlashga o‘tadilar, yangi ma’lumotlami bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar. 0‘qituvchi o‘quvchilardan «Ot so‘z turkumi» haqida yana qanday yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishganliklarini so‘raydi va «Bilib oldim» ustuniga yozadi. Keyin uchala ustunni umumlastirib, birgalikda xulosa qilinadi.


Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin