3.2.O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy
yo`nalishlari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o`tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. “Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub o`zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora- tadbirlar majmui.”9 Iqtisodiy islohotlardan ko`zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat ko`rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma`naviy- axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta`minlashdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
agrar islohotlar;
moliya-kredit va narx-navo islohoti;
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; - ijtimoiy islohotlar.
Mulkchilik munosabatlarini tubdan o`zgartirish - bu iqtisodiy islohotlarni bosh bo`g`inidir, chunki shu orqali ko`p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o`tishning shart-sharoitlari yaratiladi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq ho`jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo`ldi:
Respublikada va uning iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka egaligi, aholining ko'pchiligi qishloq xo`jaligda bandligi, iqtisodiy o`sishning
kup jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog`liqligi;
Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoatning kupgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to`qimachilik, yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo`jaligi mashinasizligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo`jaligiga bog`liqligi;
mustaqillik sharoitida qishloq xo`jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi.
Moliya-kredit sohasini isloh qilish iqtisodiy tizimni izchillik bilan bozor munosabatlariga o`sib utishida alohida o`rin egallaydi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti tanqisligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchun ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag` ajratish, xalq xo`jaligini rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohatlarning asosiy yo`nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarni erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulot ayrim turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o`rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi. Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va mahsulotlar bo`yicha erkin narxlarga o`tildi, barcha iste`mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimni yaratishni talab qiladi. Shunga asosan kuplab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi:
Davlat reja qo`mitasi;
Davlat ta`minot qo`mitasi;
Davlat narxlar qo`mitasi;
Davlat agrosanoat qo`mitasi va boshqalar.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman va shahar) ijrosiga boshqaruv vazifalarini bojorish uchun hokimlik joriy qilindi. Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug`urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi. Bu birqancha yo`nalishlar bo`yicha bordi.
Birinchi yo`nalish bo`yicha tovar xom ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu o`z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo`lishiga olib keldi.
Ikkinchi yo`nalishda kapital bozorining ishini ta`minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo`lmagan sug`urta kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo`nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo`lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o`z ichga oluvchi katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada islohotlarni amalga oshirish borasidagi respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishi zarur bo`lgan muassasalar (tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, Tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish orqali samarali raqobat muhitini yaratish maqsadida mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish, narxni ortiqcha tartibga solishdan voz kechish va davlatning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, oldimizda davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar monopoliyasining iqtisodiyot raqobatbardoshligiga salbiy ta’sirini yanada kamaytirish, imtiyoz va preferensiyalar berish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tartibga solish yukini pasaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar turibdi.
Tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni ta’minlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi.
Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar.
Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab
(iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi.