Tarbiya turlari
Ta'lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlar turli yo'nalishlar bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalm ilal. axloqiy, estetik, m ehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga boTinadi. Institutsional belgilari bo ‘yicha oila, ta ’lim m uassasasi, ta ’lim m uassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, m axsus ta ’lim m uassasalaridagi tarbiyaga bo‘linadi.
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi m unosabatlar uslubiga ko ‘ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy konsepsiyalar bilan bog'liqlikda pragm atik, aksiologik, jam oaviy, individual tarbiya farqlanadi.
Aqliy tarbiya ta ’lim oluvchining intellekti, bilish im koniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga y o ‘naltirilgan. U ning asosiy vazifasi - ta ’lim oluvchilarni fan asoslari bo 'y ich a bilim lar tizimi bilan qurollantirish. U larni o‘zlashtirish natijasida tarbiyalanuvchda dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar: belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;
: dunyoqarashni shakllantirish;
:aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;
: bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
:shaxs salohiyati im koniyatlarini rivojlantirish;
: bilish faoliyatini shakllantirish;
:doimiy ravishda o‘z bilim larini to'ldirish. um um ta’limiy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish;
:ta ’lim oluvchilarni bilish faoliyati uslublari bilan qurollantirish;
: fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.
Jismoniy tarbiya — deyarli barcha tarbiyaviy tizimlarning ajralmastarkibiy qismi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari'.
:salomatlikni, to 'g ’ri jismoniy rivojlanishni mustahkam lash;
:aqliy va jism oniy ishchanlik qobiliyatini oshirish;
:tabiiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish va takom illashtirish;
:yangi harakat turlarini o ‘rgatish;
:gigienik malakalarni rivojlantirish;
:axloqiy sifatlarni tarbiyalash;
:doimiy va tizimli tarzda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish ehtiyojlarini shakllantirish;
: sog‘lom , tetik b o iish g a . o ‘ziga va atrofdagilarga quvonch ulashishga ishtiyoqni rivojlantirish.
Mehnat tarbiyasi - har tom onlam a barkam ol shaxsni shakllan-tirishining m uhim tam oyili.
Mehnat tarbiya jarayonida shaxs rivojining bosh om ili, dunyoni ijodiy o'zlashtirish, turli sohalardagi m ehnat tajribalarini egallash usuli umumiy ta ’lim ning ajralm as qismi sifatida yuzaga chiqadi.
Mehnat tarbiyasining asosiy vazifasi - bolalarni m ehnat jarayonlari, vositalari, predm etlari haqidagi bilim lar, ishlab chiqarish mehnatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan umum mehnat va maxsus ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Bundan tashqari m ehnat tarbiyasi quyidagi vazifalarni hal qiladi:
:Mehnatga samimiy munosabatni;
:mehnatga qiziqishni, chin dildan bajarilgan vazifadan zavqlanish hissini va m ehnatga oid bilimlarni amaliyotda qo‘llashni;
: mehnatdagi intizom lilikni tarbiyalash.
Axloqiy tarbiya - shaxsni har tomonlama rivojlantirishning muhim tarkibiy qismlaridan biri. Axloqiy tarbiyaning vazifalari jamiyatning shaxsga axloqiy talablarida aks etadi. Bu vazifalar o ‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
: axloqiy ongni, m ustahkam axloqiy e ’tiqodni;
:axloqiy his-tuyg‘uni;
:axloqiy xulq-atvor malaka va odatlarini;
:axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Estetik tarbiya - tarbiyalanuvchilarda estetik ideallar, ehtiyoj va qiziqishni rivojlantiruvchi tarbiya zanjiri va tarbiyaviy tizimlarning tayanch tarkibiy qism laridan biri.
Estetik tarbiyaning vazifalari:
:estetik bilim larni shakllantirish;
:estetik m adaniyatni shakllantirish;
:o‘tmishdan qolgan estetik va madaniy merosni egallash;
:borliqqa estetik m unosabatni shakllantirish;
: estetik his-tuyg’uni rivojlantirish;
:ta’lim oluvchilarni hayotda, tabiyatda, mehnatda go'zalliklarni yaratishga ishtirok ettirish;
:hayotiy faoliyatni go'zallik qonuniyatlari asosiga qurishga ehtiyojni rivojlantirish;
:hamma narsada: fikrda. ishda, tashqi ko‘rinishda go‘zal bo‘lishini shakllantirish.
Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadi - shaxsda bozor iqtisodiyoti sharoitlariga ham da m aqsadga m uvofiq iqtisodiy faoliyatni am alga oshira olish qobiliyatini shakllantirish. Bu m aqsad yaxlit vazifalarni hal qilish
yo ‘llarini izlab topishga imkon beradi:
: ta ’lim oluvchilarda iqtisodiy bilim larni egallash va iqtisodiy faoliyatga ehtiyojni shakllantirish;
: ularning asosiy iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar, qonunlar va jarayonlarni o ‘zlashtirishi;
:uddaburonlik, mas’uliyatlilik. mustaqillik, tadbirkorlikni rivojlantirish;
:ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'lgan m alakalarni egallash;
: bozor iqtisodiyoti sharoitida insonning tasodifiy qiyinchiliklarga imkon qadar psixologik tayyorgarligini shakllantirish.
Ekologik tarbiya ta’lim oluvchilam ing tabiat va insonning o‘zaro harakatining ilm iy asoslarini egallaganliklari bilan bog ‘liq. Uning maqsadi - atrof-muhit holati uchun shaxsning axloqiy m as’uliyatini tarbiyalash, barcha faoliyat turlarida ular haqida dom iy g‘am xo‘rlik zaruriyatini anglashga y o ‘naltirilgan ilmiy bilimlar, qarashlar, e'tiqodlar tizim ini shakllantirish.
Ekologik tarbiyaning vazifalari quyidagilarda aks etadi:
:tabiat haqidagi asosiy tushunchalar va ilmiy dalillarni o‘zlashtirish.
ESTETIK TARBIYA
tarbiyanmg boshqa shakllari kabi u ham o 'z diqqat-e tiborin shaxsga va ijtimoiy guruhga qaratadi. bstetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o'tkazishni o‘z oldiga maqsad va vazifa qilib qo'yadi.
Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisani anglatadi. Shuni ta’kidlash joizki, Qadimgi dunyoda umuman tarbiya
maqsadi estetik asosda namoyon boTgan. Masalan, qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolaming har tomonlama rivojlanishiga, "ruh va badan" hamohangligini qaror toptirishga yo‘naltirilgan edi. Aflotun va Arastu kabi zabardast mutafakkirlar ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir-biridan farqli tomonlari bo’lgani holda umumiylik ham mavjud bo‘lib,
u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq-atvor va fuqarolik xislat-fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan edi.
Avvallari estetik tarbiya o‘ta tor va bir tomonlama talqin qilinar. ya’ni uni san’at asarlarini to ‘g ‘ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at turini bilib olib, muayyan badiiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish
doirasida in’ikos etilar edi. B a'zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaraiar edi. Bulaming barchasi badiiy-estetik tarbiyaning vazifa va maqsadlari doirasiga kiradi.
Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi boTib, u estetik tarbiyaning asosiy mazmunini va maqsad yo‘nalishlarini toTa ifodalamaydi. Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi - munosabatlami san’at vositalari yordamida shakllantirishdir. Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani
bir-biriga tenglashtirish ham. qorishtirish ham, qarama-qarshi qo‘yish ham xato b‘lardi. Shuni nazarda tutish lozimki, estetik tarbiya san’at bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning asosiy mazmuni insonning voqelikka
estetik munosabatini faollashtirish va rivoj lantirishdan iboratdir. Voqelikka estetik munosabat o ‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan holda nisbiy mustaqillikka ham ega boTib, foydali-amaliy, ilmiy-nazariy mu-nosabatlami ham o ‘z ichiga oladi. Binobarin, voqelikka bo‘lgan inson
munosabatining xar qanday ko'rinishi estetik mazmundan ajralib qolsa, u asl insoniy mohiyatini yo‘qotib qo‘yadi.
Estetik tarbiyaning estetik ongni shakllantirish maqsadi va vazifasi ko'proq yosh avlodga taalluqli estetik ongni shakllantirish demakdir.
Estetik tomonsiz dunyoqarash chala, biryoqlama bo‘lib qolishi turgan gap, estetik dunyoqarash falsafiy, axloqiy va boshqa dunyoqarash sohalaridan bahramand bo‘lib, o ‘z navbatida ularni ham boyitib turadi.
Estetik tarbiya, eng avvalo, odamlaming estetik didlari shakllanishiga
katta ta’sir o‘tkazadi. Shaxs o‘zligi uning estetik didi orqali namoyon bo‘ladi. Estetik didda inson aqliy va hissiy dunyosi, orzu-umidlari, talabehtiyojlari, maqsad-manfaatlari ro‘yobga chiqishi ifodalanadi. Did faqat
kayfiyat baholarigina emas, balki inson faoliyati samaralari vositasida ham ifoda topadi. Inson faoliyatining barcha samaralarida uning didi aks etadi.
Estetik tarbiya o‘z diqqat-e’tiborini shaxs estetik ehtiyojlarini shakllantirishga qaratadi, xilma-xil o'ta murakkab talab-ehtiyojlarni birlashtiradi, uyg‘unlashtiradi va hamohang tarzda amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.
Estetik tarbiyaning inson talab-ehtiyojlari madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni ham beqiyosdir, zero insonning talab-ehtiyojlari madaniyatida muayyan mezon tuyg‘usi ham mavjud bo‘lishini, bu mezon tuyg'usi shaxsiy ehtiyojni jam iyat ehtiyoji bilan mutanosib tarzda olib borishni taqozo etadi. Ana shu mezon tuyg'usida yetuklikka erishish estetik tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir.
Estetik ehtiyoj faqat moddiy va m a’naviy go‘zalliklardan lazzatlanishgina emas, balki har qanday amaliyot sohasida narsalarni nafosat qonunlariga rioya qilgan holda yaratishni, faoliyatga go‘zallikni tatbiq qilishni ham bildiradi. Shu bois estetik tarbiya hayot jabhalarining hammasiga: o‘qish, mehnat qilish, ilmiy va texnik izlanish, jam oaviy faoliyatga tatbiq etilishi lozim bo‘ladi.
AXLOQIY TARBIYA
Axloq (arabcha - xulq-atvor m a'nosini bilA xloq-ijtim oiy ong,diradi) iitimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soiadigan qonun-qoidalar majmuidir.
Axloq - m a’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kam olotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy m e’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jism onan yetukligining m ezoni boMgan m a’naviy kam olotga erishib b o im ay d i. Axloq — shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali iam iyatdagi m unosabatlarni boshqarish m exanizm i. Axloq shunchaki munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg’unb shtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan am alga oshiriladi: xulq-atvorni rag'batlantirish va jazolash. A xloq
jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va ijtim oiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlarini ilgari suradi.
Axloq tushunchalari um um iy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas. hamma sohadagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar axloqiy kategoriya deb ataladi.Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo‘ylik, adolatlilik, m ehnatsevarlik. jam oaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o ‘zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tam oyillar deb ataladi.
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o'zlariga odam lar orasidan nam una tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi.
Axloqning asosiy qirralari (tam oyillari) - birdam lik (shaxsiy m anfaatlarning um um iylikning yuqori ko’rinishi sifatidagi ijtim oiylikka bo‘ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o 'z -o ‘zicha qadriyat va yakuniy m aqsad sifatida m unosabatda b o ‘lish). A xloqiy ongning o ‘ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yom onlik, burch. vijdon, sha’n, qadrqim m at kabilarni keltirib o 'tish mum kin. Yuqorida aytilganlarni e'tiborga olib, axloqning, jam iyat a ’zolarining faoliyatiga yo'nalganligi va uni boshqarilishi m a’nosida, faoliyatli tavsifini ko‘rsatib o 'tish to'gri bo ‘ladi.
Axloqiy me 'yorlar har bir inson va jam iyat uyg‘unlikda m avjud bo‘la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko‘p asrlik tajribasi natijasidir.
Insoniyat ham isha eng m uhim m aqsadlardan biri sifatida kishilarning ham korlikdagi yashashida uyg‘unlikka intilib kelgan. Axloq m e'yorlariinsonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash. ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan.
Axloq-me 'yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uchinchi dem entiidealiam l esa, shaxs o ‘zida tarkib toptirishni xohlagan me'yo r va sifatlar tarzida ajratib ko‘rsatish mumkin.
M e ’y o r - bir turdagi xulq-atvor. takrorlanadigan vaziyat, talab. standart, taqlid uchun m isol, ijtim oiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar ajdodlarning katta ijobiy aham iyatga ega tajribasini o ‘zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu xulq-atvorning ko'plab avlodlar tajribasida sinalgan m aqsadga m uvofiqligi aks etadi.
Qadriyatlar - ijtim oiy m unosabatlar va jamiyat a ’zolarim ning ijtimoiy ahamiyatli fazilatlari. Qadriyatlar xilma-xil tasnifga ega bo‘lib, eng um um iy tarzda m utlaq va nisbiy qadriyatlar' farqlanadi. A bsolyut qadriyatlar,
ya'ni umumiy ahamiyatli (obyektiv) tavsifga ega bo‘lib , ular o 'zida shubhasiz asoslangan, istalgan nuqtayi nazardan, turlicha m unosabatlar va barcha subyekt uchun ijobiy xususiyatga ega. U lardan tashqari, nisbiy ijobiy qadriyatlar ham m avjud bo 1 lib, ular faqat qanday dir m unosabat
bilan yoki m a’lum bir subyektlar uchungina ijobiy tavsifga ega b o ‘ladi.
Axloqiy tarbiya - yagona ijtim oiy tarbiya jarayonining tarkibiy qism i. Jam iyat tom onidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o ‘zaro bog'liq vazifani shart qilib q o ‘yadi: birinchidan, jam iyat ongida m e’yorlar, tam oyillar, ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar k o ‘rinishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablarni ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o ‘z xatti-harakatlarini yo'naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek, ijtim oiy xulqni boshqarishda ishtirok eta
olishi. y a ’ni boshqa kishilarga talab qo‘ya bilishi va ularning xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni ham da ular bilan b o g 'liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa
insonda shaxsning tegishli e ’tiqod, m a’naviy m oyilliklar. his-tuyg'ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlarni shakllantirishdan iborat bo'lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jam iyatda axloqiy tarbiya jarayonining m azm uni uning m aqsadlari bilan belgilanadi. Bu m aqsadlar ijtim oiy m unosabatlar tavsifi bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazm uni bolaning m a’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash ham da rivojlantirishni taqozo etadi.
HUQUQIY TARBIYA
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta ’limotni, chunonchi,
oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy,nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining m a'nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so'zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash. xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro
tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida bolalarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir.
1997-yil 29-avgustda, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” g ‘oyalari jam iyat va shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirish borasida qimmatli nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o ‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta’lim bolalarga huquqiy m e’yorlar,
qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u izchil,
uzluksiz. tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o ‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonining muhim bosqichidir. Huquqiy tarbiya berish orqali inson huquqlari va uni himoya qilish tizimi uzluksiz o‘rgatilib boriladi. Inson huquqlarini himoya qilish - Konstitutsiyaning asosiy prinsipi, 0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishi va pirovard maqsadi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning m a’ruza va nutqlarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi besh strategik yo‘nalish belgilab berilgan:
1) inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini vujudga keltirish;
2) inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqning umum e’tirof etgan prinsiplari va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish;
3) qabul qilingan qonunlarga og‘ishmay amal qilish mexanizmini ishlab chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustunligini ta ’minlash;
4) odil sudlov islohotini amalga oshirish yo‘li bilan butun sud tizimini demokratlashtirish;
5) aholi, ayniqsa, yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish.
O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi qonunchilik tizimini besh tarkibiy qismga bo‘lish mumkin:
: birinchisi. fuqarolarning shaxsiy huquqlariga oid qonunlar vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar, fuqarolarning murojaatlari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish, umumiy harbiy majburivat va harbiy xizmat,
muqobil xizmat to‘g ‘risidagi va boshqa qonunlar;
:ikkinchisi, fuqarolarning siyosiy huquqlariga oid qonunlar
«kamolot» birlashmalari, siyosiy partiyalar, saylovlar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish, kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari, ommaviy axborot vositalari, axborot olish erkinligi va kafolatlari, referendum to ‘g‘risidagi va boshqalar;
: uchinchisi, fuqarolarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qiluvchi qonunlar-mulkchilik, tadbirkorlik, yer, ijara, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, aholini ish bilan ta’minlash, garov, sug'urta, dehqon xo'jaligi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish,
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to ‘g ‘risidagi qonunlar, fuqarolik, mehnat, soliq, bojxona kodekslari;
:to ‘rtinchisi, insonningmadaniy-m a’naviy huquqlariga oid qonunlarfan, ta’lim, madaniyat, muzeylar, madaniy merosni himoya qilish, davlat tili to‘g ‘risidagi va boshqa qonunlar:
: beshinchisi, inson huquqlariga oid halqaro hujjatlar (ko‘p
tomonlama va ikki tomonlama)
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
- bolalarga huquqiy m e’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to'g'risida m a’lumotlar berish;
- bolalarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- bolalarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy m as’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- bolalar huquqiy madaniyati (huquqiy m e’yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to ‘g ‘ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstituttsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huauqiv madaniyat - shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o ‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
- keng ko'lamli ijtimoiy-huquqiy axborotli muhitning mavjudligi;
- shaxs huquqiy ongini shakllantirish;
- shaxs huquqiy faoliyatini y o ‘lga qo'yish.
Pedagogik jarayonda huquqiy ta’lim-tarbiyaning samaradorligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bolalarning huquqiy jihatdan tarbiyalanganligi quyidagi holatlar bilan oichanadi:
-bollalar tomonidan « 0‘zbekiston davlat va huquqi asoslari», «Konstitutsiyaviy huquq» kabi m ashg‘ulotlaming o ‘zlashtirilish darajasi, ya’ni, huquqiy bilimlarning muayyan darajasi;
- ularning umumjamiyat axloqiy-huquqiy m e’yorlariga amal qilishlari hamda maktabgacha ta’lim muassasasi va boshqa o ‘quv yurtlari ichki
tartib-qoidalari, shuningdek, bolalar qoidalariga rioya qilishlari, tartib-intizomni buzish hollarining kamayganligi, o ‘z-o‘zini nazorat qilish, xatti-harakatlari mohiyatini ongli tahlil etish qobiliyatiga ega ekanliklari - huquqiy ongning muayyan darajasi;
- ijtimoiy-huquqiy faolliklari (bolalar o‘z-o‘zini boshqaruv organlari, yoshlar uyushmalari, tabiatni muhofaza qilish, shuningdek, jam oat tashkilotlari hamda huquq-tartibotni himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyatini uyushtirishdagi ishtiroklari) - amaliy-huquqiy faoliyat ko‘lami.
Shaxsda huquqiy sifatlaming qaror topishi uning ijtimoiy-huquqiy
munosabatlar jarayonidagi ishtiroki darajasi va sifatiga bog‘liq. Doimiy ravishda, maqsadli tarzda huquqiy munosabatlarga kirishish shaxsda huquqiy madaniyat unsurlarining shakllanishiga olib keladi. Shu bois jamiyat mafkurasi, ijtimoiy tuzumda qaror topgan huquqiy munosabatlar mazmuni, uning g‘oyalari bolalar huquqiy madaniyatini shakllantirishda yetakchi o‘rin tutadi.
IQTISODIY TARBIYA
Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o‘ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma'rifatga, madaniyatga mansub bo‘lgan yurtlarning donishmandlari - eng mo‘tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida 0‘zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o‘z o ‘mi, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o 'z tariximizdan juda ko‘p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g’oyani yodga oling. Unga ko‘ra jamiyatning har bir fuqarosi - mansabi, tutgan o‘rni, ya’ni kim bo‘lishidan qat’iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o‘z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o‘z kasbining ustasi, lozim bo‘lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo'ladi.
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi har bir sohani qamrab olgani singari maktabgacha ta’lim muassasalarini ham qamrab olib, ularning iqtisodiy ahvolini qiyin sharoitga solib qo‘ydi. Iqtisodiyotdan xabari bor, tadbirkorlik qobiliyatiga ega, tashabbuskor va uddaburon bog‘cha mudiralariga bu holat unchalik sezilmadi. X o‘sh, iqtisodiyot nima o’zi? Uning bog’chalarga ta’siri nimada? Kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, m a’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy
ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziqovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o ‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari-kiyim -kechak, oziq-ovqat. uy-ro’zg’or buyumlari, bilim olish kabi ehtiyojtar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish kerak, degan muammolarga duch keladi.
Iqtisod qilish, tejashga odatlangan odamlar saodat va tinchlik bilan umr kechiradilar.
Iqtisodiyot kishilik munosabatlarining muhim va ajralmas qismi bo‘lib, uni samarali tashkil etish tabiiy ehtiyojlar (yeyish-ichish, kiyinish, yashash va hokazolar)ni qondirishga xizmat qilibgina qolmay, shaxsning m a’naviy
jihatdan kamolotga erishishida ham alohida ahamiyatga ega. Shu bois turli ijtimoiy tuzumlar davrida ham ishlab chiqarishni to‘g ‘ri tashkil etish, takomillashtirish, ilm-fan, texnika hamda texnologiya sohalarida kiritilayotgan yutuqlardan foydalanish masalalariga jiddiy e ’tibor qaratib
kelingan. Iqtisodiyot yetakchi yo‘nalishlardan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga sezilarli ta ’sir ko‘rsatishi bois baixha davrlarda ham har qanday davlat siyosatining asosini tashkil etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: “Fuqarolar endi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarning ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkor va tashkilotchisidir. Bunday yangicha yondashish atbatta pedagogika fanining keyingi rivojlanishiga katta ta ’sir ko‘rsatadi. Endi pedagogika
fani faqat ta’lim-tarbiya jarayonini nazariy, uslubik-amaliy ta ’minlovchi emas, komil insonning shakllanishi, rivojlanishini ta ’minlovchi keng sohalarni o ‘z ichiga ola boshladi. Endilikda pedagogika fani o‘z oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalarini qo‘ydi. Shuning uchun ham yangi ta ’lim konsepsiyasi qabul qilindi va unda keyingi rivojlantirishlarning barcha yo‘nalishlari qayta ko'rib chiqildi. K o‘p yillar davomida pedagogika siyosatga xizmat qilib kelgan va unda m a’lum chegaralanishlarga amal qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda u siyosatdan xoli bo'lgan holda erkin fan sifatida o ‘z rivojlanishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 0‘zbek pedagogikasi o‘z milliy xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi”.
Iqtisodiyot haqida bilimga ega, tadbirkorlik qobiliyati bor maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari tarbiyalanuvchilarga ehtiyojlar,
pulning paydo bo‘lishi, iqtisod, oila iqtisodi, bog‘cha iqtisodi, pul, bozor, mahsulot, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, savdodagi halollik kabi tushunchalami oddiy tilda soddalashtirib o‘rgatib boradilar. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida yangicha moddiy va iqtisodiy farovonlik haqidagi tuyg'ularni tarbiyalashga ahamiyat berish, ezgu maqsadga erishish malakalarini vujudga keltirish va takomillashtirish, halollik va fidoyilik odobini tarbiyalash masalalari bugungi kunda pedagogika fani oldida turgan masaladir.
XULOSA
Tarbiya jarayonida maqsadning aniq belgilanishi kutiladigan natijaga erishishni kafolatlaydi. Shuningdek, tarbiya jarayoni jamiyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, milliy g‘oya va mafkura asosiga qurilishi lozim. Respublikamizda tarbiya jarayonining asosiy maqsadi sifatida yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish belgilab olingan. Yuksak m a’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O 'z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana oladigan inson. 0 ‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand boTadigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Tarbiyaning insonparvarlashuvi. “Insonparvarlik” tushunchasi mohiyatini, uning turlari va ilmiy pedagogika bilan munosabatlarini qanday talqin qilish kerak? “Falsafa: qomusiy lug‘at”da insonparvarlik “Odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak m a'naviy fazilatlami rivojlantirishga g‘amxoirlik qilish g‘oyalari bilan sug‘orilgan dunyoqarash” sifatida qaraladi. “Pedagogik ensiklopedik lug‘at”da esa, insonparvarlik shaxs sifatida inson, uning erkin rivojlanishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon eta olishini qadriyat sifatida qabul qilish ekanligi uqtiriladi. Keng ma’noda insonparvarlik - insonni shaxs sifatida qadriyat deb belgilaydigan, uning erkinlik, baxtga boigan huquqi, o‘zining qobiliyatlarini namoyon etishi va rivojlantirishi, ijtimoiy institutlarning baholash mezonlarida inson ravnaqini hisobga oladigan qarashlaming tarixiy o‘zgaruvchan tizimi, insoniylik - odamlar orasida kutiladigan me’yoriy munosabat. Insonparvarlik asosida yana insonning cheksiz imkoniyatlari va uning komillikka doir intilishlari, o ‘z qobiliyatlari, qarasb-larini erkin namoyon etishga doir shaxs huquqini e’tirof etib turadigan, inson ravnaqini ijtimoiy munosabatlar darajasini baholash mezoni sifatida tasdiqlaydigan dunyoqarash tamoyili tarzida ham qaraladi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |