Reja: Kirish I. Bob. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi



Yüklə 248,13 Kb.
səhifə2/3
tarix10.11.2022
ölçüsü248,13 Kb.
#68323
1   2   3
Reja Kirish I. Bob. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozorida

Xulosa va takliflar

  1. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

  2. Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.

  3. Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan qismi.

  4. Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to’liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.

  5. Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining debet va kredit qismlarida o’z ifodasini topadi.

Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini rivojlantirishi, o’zlarining resurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o’zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo’lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin ekan.


Yüklə 248,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin