Reja: Kirish I bob o‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida turli san’at va janrlarning yaratilishi


Musiqa ijodiyotiga xos janrlarida B. Bafoyevning o’rni



Yüklə 23,23 Kb.
səhifə2/2
tarix26.09.2022
ölçüsü23,23 Kb.
#64174
1   2
jjjjchokirov nomidagi davlat xalq cholg‘ulikjuy

Musiqa ijodiyotiga xos janrlarida B. Bafoyevning o’rni.

Musiqa ijodiyotiga xos janrlarning barchasida M.Bafoyev qalam tebratgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U qaysi janrda ijod qilmasin, asarning katta-kichikligidan qat’iy nazar, asosiy e’tiborini uning shakliga emas, balki mazmuniga jalb etadi. Shu bois ham uning asarlarini tinglaganda, darhol milliylik ruhi sezilib turadi. M.Bafoyev o‘z bastakorlik mahorati bilan yevropacha shakllarni Sharqona mazmun bilan uzviy bog‘laydi, ya’ni yevropacha madaniyatni Sharq madaniyati bilan chambarchas bog‘lash natijasida ajoyib asarlar yaratilishi mumkinligini o‘z ijodi orqalib isbotlaydi.
Vatan, tarixiy voqealar, tarixiy qahramonlar, buyuk shaxslar va tarixiy obidalarni madh etuvchi qator asarlarning yaratilishi shular jumlasidandir. Mana shunday asarlardan biri M.Bafoyevning bir pardali “Nodira” telebaletidir. Tarixiy shaxslarni madh etuvchi ushbu asar Yulduz Ismatova librettosi asosida 1992-yilda yozilgan. Asar mazmuni quyidagicha:
Umarxon saroyida shoira Uvaysiy yashaydi. U saroydagi kanizaklarga, ya’ni qizlarga she’r yozishni, o‘qishni kattalar bilan muomala qilishni o‘rgatadi. Ular ichida Nodira degan qiz shoh Umarxonni sevib qoladi va istirobda yashaydi. U she’rlar yozib shoh huzuriga kiradi. Shoh uni bir, ikki, uch marotaba qaytaradi. Mening she’rlarim unga yoqmas ekan, men shoira bo‘la olmayman deb kuyinadi. Ustozi Uvaysiy unga dalda beradi va o‘z maslahatlari bilan kuch bag‘ishlaydi. Nodira yana ilhomlanib she’r yozadi va nihoyat Umarxonga uning she’rlari yoqib qoladi. U Nodiraga nisbatan muloyim bo‘ladi. Xullas, ular ikkovlari til topishadi va nihoyat ularning to‘ylari bo‘ladi. To‘ydan keyin esa Nodira irodali mardonovor xarakterda bo‘ladi. Shoh esa oldingi shahdidan pasaygan, lekin Nodiraga hurmat ila muomalada bo‘ladi. Nodira birdan oldingi davrini eslaydi va asar boshida yangragan lirik mavzu bilan telebalet yakunlanadi1
D.Zokirov orkestri uchun maxsus yaratilgan asarlardan yana biri bu M.Bafoyevning Xurshid Davron librettosi asosida ijod etgan “Buxoroi-Sharif” teleoperasidir. Buxoroning 2500 yilligiga bag‘ishlangan mazkur asar ikki doston va yigirma ikki naqshni o‘z ichiga oladi. Teleopera ilk bor 1997-yili Buxoro shahrining yubileyiga bag‘ishlangan konsertda lavhalar tarzida ijro etilgan. O‘zbekiston televideniesining “Yoshlar telekanali” fondida shu asar asosida suratga olingan ikkita videofilm mavjud. Lekin ularga faqat ayrim naqshlargina kiritilgan, xolos.
M.Bafoyev xalq cholg‘ulari orkestri uchun birinchi bo‘lib teleopera va telebalet yozgan izlanuvchan ijodkordir. Uning doston janriga xos badiiy xususiyatlar bilan ishlangan “Buxoroi- Sharif” teleoperasi asosan konsertlarda va videofilmlarda namoyish etiladi. Teleoperaning bosh qahramoni baxshi bo‘lib, u asarni boshlab beradi hamda birin-ketin kelgan qismlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘lab boruvchi “ko‘prik” vazifasini bajaradi. Birinchi doston Buxoroning tarixi, uning tarixiy obida va yodgorliklariga bag‘ishlangan. Ikkinchisida esa Buxoroda ijod etgan tarixiy shaxslarning yorqin siymolari madh etiladi.
Teleoperada dostonchi, badiiy o‘qish ustasi, orkestr, xor, yakkaxon xonanda va sozandalar ishtirok etadilar. Partitura xalq cholg‘ ulari orkestrining katta tarkibiga mo‘ljallab yozilgan. Orkestr ohanglarini yangi buyoq va o‘zgacha tembr bilan boyitish maqsadida fortepiano cholg‘usi kiritilgan. Shuningdek, u kompozitor tasavvur etgan cholg‘ularning o‘rnini ham to‘ldiradi. Har bir xonan-da esa ma’lum bir qahramon yoki tarixiy shaxsni madh etadi va ko‘z o‘ngimizda o‘sha obraz gavdalanadi. Birinchi doston – to‘q-qizta, ikkinchisi – o‘n uchta naqshdan iborat2.
Qahramon Komilovning “Ozod Vatan” oratoriyasi 1999-yili shoir Muhammad Ali so‘ziga yozilgan. Besh qismdan iborat bo‘lgan asar quyidagicha nomlangan: Birinchi qism “Ozod Vatan”, ikkinchi qism “Otabek”, uchinchi qism “Fitrat”, to‘rtinchi qism “Cho‘lpon qo‘shig‘i” va beshinchi qism “Ozod Vatan”. Oratoriyada xalq cholg‘ulari orkestri, xor, yakkaxonlar, dutorchi qizlar ansambli va estrada simfonik orkestrining kamonli cholg‘ular guruhi ishtirok etadi.
Birinchi qismda muallif Amir Temurning harbiy yurishlarini ifoda etishga harakat qilgan. Ikkinchi qism A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani qahramoni “Otabek” haqida bo‘lib, u Kumush bibi vafotidan so‘ng, rus bosqinchilariga qarshi kurashish uchun Turkistonga yo‘l oladi. Shu yerda qo‘shin to‘plab, jangga otlangani ifodalanadi. Uchinchi qism “Fitrat” deb nomlangan. Bu qismda muallif taniqli ma’rifatparvar shoir Abdurauf Fitrat hayotini ifodalashga harakat qiladi. Fitrat Toshkentda qahramonlarcha mustaqillik uchun kurashgan shaxslardan biridir. Uning niyatlari amalga oshmaganligi tufayli alamli isyonda o‘tib ketadi. Bu asarda muallif Fitratning naqadar o‘z yurtiga, o‘z Vataniga sadoqatli ekanligini, Vatan deb jon berish unga yorug‘ yo‘l ekanligini ifodalaydi. To‘rtinchi qism – “Cho‘lpon qo‘shig‘i”dir. Cho‘lpon she’rlari mazmunidan kelib chiqqan holda Muhammad Ali ularni davom ettiradi. Shoirning o‘sha davrda qilgan orzu umidlari shu kunda amalga oshgani o‘zbek halqining baxtidir. Beshinchi qism, “Ozod Vatan” asarning yakuniy qismidir. Bu qismni Qahramon Komilov mustaqilligimizning sakkiz yilligiga bag‘ishlab yozgan3.
2000-yillarning boshida O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Badiiy jamoalar direksiyasi qoshidagi Doni Zokirov nomli Davlat xalq cholg‘ulari orkestri yangi ijodiy dovon sari intilayotgan jamoa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu davrda Botir Rasulov, Jo‘ra Ortiqov, Dilshod Mutalov kabi bir qator dirijyorlar orkestr faoliyatini davom ettirish uchun ko‘maklashdilar. Ular o‘z ish tajribalari, dirijyorlik texnikasi, orkestrni boshqarish malakasi va har biri o‘ziga xos ijro talqinlari bilan sozandalar ijro mahoratini oshirish hamda ularning dunyoqarashini boyitishga yordam berdilar. Ijrochilar ham o‘z navbatida musiqiy asarlar mazmunini to‘laqonli yoritishga astoydil intildilar.
2002-yil mazkur orkestr badiiy rahbari va bosh dirijyori lavozimiga mohir sozanda, mahoratli va malakali dirijyor Hikmat Rajabov taklif etildi. 65 kishidan iborat sozandalar jamoasi uni iliq kutib oldi. U ham sozandalar bilan do‘stona munosabatda o‘z faoliyatini boshladi. Birinchi galda orkestrning jonkuyar ijodkorlari – D.Zokirov, M.Bafoyev, F.Alimov, H.Rahimov kabi kompozitorlarning partituralarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan bosh dirijyor o‘zidan oldingi ustozlarining ijodiy faoliyatini munosib davom ettirishga kirishadi. Xususan, jamoa bilan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Oltin fondi” uchun asarlar ijro etib, uni magnit tasmasiga muhrlaydi, tez-tez televidenie va radio orqali chiqishlar qilib, xalq olqishiga sazovor bo‘ladi.



1 А.Таshmatovaning Doni Zokirov nomidagi davlat xalq cholg‘ ul ar i orkestri nomli Monografiyasida asar haqida batafsil ma’lumot berilgan. 77-84 betlar.

2 Bu asar haqida А.Таshmatovaning “Buxoroi-Sharif” nomli o‘quv-uslubiy qollanmasida batafsil ma’lumot berilgan.

3 А.Таshmatovaning Doni Zokirov nomidagi davlat xalq cholg‘ ul ar i orkestri nomli Monografiyasida asar haqida batafsil ma’lumot berilgan. 86-94 betlar.

Yüklə 23,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin