Mavzu: Savod o‘rgatish tajribalarini tatbiq etish
Reja:
Kirish
I BOB. SAVOD O‘RGATISH DAVSLARINING ASOSIY MAZMUNI VA UNI O‘RGATISHDAGI IZCHILLIK
1.1. Savod o`rgatih davrida o`quvchilarni o`qishga o`rgatish
1.2. Savоd o`rgatish davrida grammatik оrfagrafik bilimlarni amaliy o`zlashtirish
II BOB.SAVOD O‘RGATISH DAVSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
2.1. Savod o`rgatish davrida interfaol metodlarni qo’llash orqali o`quvchilar faolligini oshirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dоlzarbligi. Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad qilingan va bu amalga oshirilayotgan ekan, bu jarayonda yoshlarning o’rni va roli alohida ahamiyatga ega. Zero, yoshlar bizning kelajagimiz, avlodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilg’or davlatlar darajasiga ko’tarish ularning bilimi, iste’dodi, jasorati, ma’naviy barkamolligiga bog’liq. Shuning uchun ham Prezidentimiz o’zining barcha asarlari va ma’ruzalarida yoshlar tarbiyasini markaziy o’ringa qo’yish bilan, uni davlat siyosati darajasiga ko’tardi. Bu haqida SH.M.Mirziyoyev shunday yozadi : ,, Biz halqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi ,farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli , dono va albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz , beqiyos ahamiyat kasb etadi .“
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Darhaqiqat, mustaqillik davrida yoshlar tarbiyasi uchun ularning qobiliyat va ist’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 1997- yil 29- avgustda qabul qilingan ,,Ta’lim to’g’risida “gi Qonunda va ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi “ da yoshlarni jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yuksak, aqliy jihatdan barkamol, ruhiy jihatdan qobiliyatli, zamonaviy ilm va kasb – hunarni mukammal egallagan, o’zining shaxsiy fikriga ega, vatanparvar, insonparvar va mehnatsevar shaxs qilib tarbiyalash ko’zda tutilgan.
Hozirda ta’lim tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayaninsh tobora qaror topib bormoqda va ko’ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakllantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo’lib bormoqda.
Binobarin, yosh avlodni yoshligidan ma’naviyatli qilib tarbiyalashga e’tibor etib borilsa, u o’zining katta samarasini beradi. Bu haqda Prezidentimizning O’zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri savollariga bergan tubandagi javobi e’tiborga loyiq : ,, Agar biz o’z kuchi ,salohiyatiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan mamlakatlarning ilg’or kishilari bilan teppa- teng muomala qila oladigan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata oladigan, bu murakkab, beshafqat hayotning past-u baland, chang-u tor ko’chalaridan Olloh bergan aql –zakovati bilan to’g’ri yo’lni topa olishga qodir bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirsak , o’ylaymanki o’z maqsadimizga to’la erishgan bo’lamiz “.
Yurtboshimizning bu fikrlari yosh avlodni boshlang’ich sinflardayoq ma’naviy barkamol inson qilib tarbiyalashni taqozo etadi.
Kurs ishining obyekt. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim insonning bilim va tarbiya olishida poydevor vaifasini o‘taydi. Boshlang’ich sinflardagi ona tili ta’limi sohasining asosiy maqsadi bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, og’zaki va yozma nutqini hamda tafakkurini o’stirish, ularni shaxs sifatida shakllantira borishni amalga oshirish, ularda bilim olishga bo’lgan qiziqishni o’stirish, faollik, mustaqillik, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlari o’stirish hisoblanadi. Ayniqsa, ,,O’qish va nutq o’stirish “ dasturi asosida tashkil qilinadigan boshlang’ich sinf o’qish darslari o’quvchilarni har tomonlama rivojlangan ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashda alohida o’rin tutadi. Boshlang’ich sinf ,,O’qish kitobi” darslarida turli badiiy va ilmiy ommabop asarlardan hamda xalq og’zaki ijodidan namunalar berilgan. Bunday asarlarni o’rgatishda o’qituvchiga eng yaxshi ko’makdosh esa ko’rgazmali qurollar hisoblanadi.
Ma’lumki, savod o’rgatish jarayonidagi o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish , ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratbir.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Boshlang'ich sinf ona tili o'qitish metodikasiga doir tadqiqotlar orasida savod o'rgatish metodikasiga doir ishlar salmoqli o'rinni egallaydi. Xususan, T.Ashrapova va M.Odilovalarning "Ona tili o'qitish metodikasi", K.Qosimovaning "Boshlang'ich sinf ona tili o'qitish metodikasi", K.Qosimova , S.Matchonov va boshqalarning "Boshlang'ich sinf ona tili o'qitish metodikasi" o'quv qo`llanmalarida, M.Yusupovning "O`qish va yozuv darslarining samaradorligini oshirish" kitobida bu masala o'z aksini topgan. Bundan tashqari ommaviy ilmiy-uslubiy nashrlarda ham ko'plab maqollarda bu masalaning u yoki bu jihati o'rganilgan. Shunday bo'lsa-da, hozirgi kun talablaridan kelib chiqib savod o'rgatish davri darslarining mohiyatini ochib berish, ularning qurilishini o'rganish muhim vazifalardan biri bo'lib qolaveradi. Shu nuqtai nazardan mazkur kurs ish mavzusi dolzarb hisoblanadi.
I BOB. SAVOD O‘RGATISH DARSLARINING ASOSIY MAZMUNI VA UNI O‘RGATISHDAGI IZCHILLIK
1. Savod o`rgatih davrida o`quvchilarni o`qishga o`rgatish
O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasiga o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak o’qish va yozish malakasi harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilishi jarayonidir. Malaka o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
Bu ko’nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga aylanmagan bo’lishi mumkin. Masalan bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib uni daftarda yoza olmasligi yoki o’quvchi harflarni tanib, ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi.
O’qish va yozish kishi nutq faoliyatini turi bo’lib, u nutqqa oid malakadir. O’qish malakasini ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og’zaki hikoya qilish, o’zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Maktabda o’qitishning muvaffaqiyati savod o’rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog’liq.
O’quvchini savod o’rgatish jarayonida elementar o’qish va yozishga o’rgatishda o’quvchilarning faoliyat ko’rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo’lishi, o’z fikrini og’zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalgam oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi yozishi zarur. O’qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o’qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko’pincha o’qilgan matnni yuzaki yodlab olishga to’g’ri keladi.
Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o’stiradi. O’quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad o’qish va yozishni o’rganish hamda hozirda bajarish shart bo’lgan kundalik maqsad – topishmoqni o’qish va javobini toppish, so’z va gaplarni o’qish rasm asosida so’zlar berish kabilar turadi. O’zbek tili yozuvi ya’ni fanematik yozuvdir. Har bir yozuv uchun, har bir fonema uchun mahsus grafik shakl olingan.
O’qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o’qish va yozish faoliyatida o’quvchi uchun qiyinchilik tug’dirgandek tuyulsa – da, aslida o’qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tizimdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko’p emas. O’qish va yozishni o’zlashtirish uchun tovush va harflarning o’zaro munosabatiga oid qoidalarni o’zlashtirish kifoya.
Savod o’rgatish metodikasida o’zbek tili tovushlar va harflar tizimining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
O’qish darslari davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish. So’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o’rgatiladi.
Xat-savod o’rgatish davrida bolalarni bosma harflar bilan yozma harflarning o’xshash tomonlarini farqlab bosma harflarning yozma ravishda ko’chirib yozishga ham o’rgatish foydalidir. Chunki ular ko’pincha bosma harflarni aralashtirib yozib qo’yadilar. Shunday paytda ular e’tiborini yozuv namunalariga jalb qilish, yozuvlarini to’g’ri va chiroyli bo’lishiga erishmoq lozim.
Alifbe davrida bolalarga tovush harfni o’rgatishda dastlab yozilishi talaffuziga mos keladigan so’zlar tanlanadi. Bolalarni yozuvga o’rgatishda so’z tarkibidagi harflarning to’g’ri, aniq yozilishi va qo’shilishiga daftarlarni ozoda tutishga bolalar e’tibori tortiladi. Bu davrdagi darslarni maqsadga muvofiq tashkil etish o’quvchilar bilimining kelgusida pishiq- puxta bo’lishiga mustahkam zamin yaratadi.
O’qituvchining bu sohadagi muvaffaqiyatlari uning dars o’tish usullari, darsda qo’llaydigan didaktik materiallarga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Buning uchun o’qituvchi doimo izlanishi, har darsda yangi-yangi usullarni joriy qilishi, o’z bilimini boyitib borishi lozim. Savod o’rgatish ishlarini to’g’ri tashkil qilish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim.
1. Ta’limning didaktik jihatlariga e’tibor berib uni so’nggi yutuqlar bilan to’ldirib borish.
2. O’quvchilarning yosh va fiziologik jihatlariga e’tibor berish.
3. Ularda mustaqil faoliyatni rivojlantirish usullarini keng qo’llash.
4. O’qish va yozishning uzvuyligiga e’tibor berish.
5. alifbo va unga qo’shimcha materiallardan ijobiy foydalanish.
Savod o’rgatishning har bir bosqichi o’zining muhim pedagodogik didaktik qirralari bilan ajralib turadi. Masalan alifbogacha bo’lgan davr turli xil rasmlardan, chizmalardan, nuqtalardan, va boshqa vositalardan keng foydalanadi.
Shuningdek bolalar O’qituvchining savollariga javob berishga rasmlarga qarab fikrlashga va o’zlari ko’rgan, eshitgan narsalar voqealar haqida erkin so’zlashga odatlana boradilar.
Savod o’rgatishda ta’ lim – tarbiyaning zamonaviy tamoillariga xalq pedagogikasi an’ analariga milliy qadriyat va ahloqning odob mezonlariga qat’iy rioya qilish o’quvchilarning ruhiy holatlari va o’qish o’rganishga qiziqish darajalarini hisobga olish yozuvga o’rgatishda ularning tovush – harflarni aniq farqlay olishga e’ tabor beriladi.
Savod ta’limidagi asosiy maqsad va vazifa bolalarga yozish va o’qishni o’rganishga ishonchhosil qilishdan iborat.
Ma’lumki, savod o’rgatish jaroyonidagi o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tushuntirish, ularning to’g’ri tallaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakillantirishdan iborat. Shuningdek oquvchilar lug’atini boyitish tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan muhim o’rin tutadi .
Tayyorgarlik davri o’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda ozgalar nutqini eshitish diqqatni to’plash, til birliklarini (tovush bo’g’in so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi vazifalar ini anglash kabi xususiyatlar shakllantiradi. Bular o’quvchilarning o’qishini muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
O’qishga o’rgatish uchun, avvlo, o’quvchi tovush va harf bilan tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni Ajratiish tamoyiliga amal qilionadi. Harf bilan tanishtirish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
2. So`z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o’rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O’qituvchi oy rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini ayadi. O’quvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. Oquvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi.
3. O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf arashlashtirib qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodlaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlrini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alaifbodan ko’rsatadilar. shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish ustida ishlanadi.
Ma’lumki “Alifbe” sahifalarida bogin tuzilishi murakkablashib boradi. Shuning uchun o’qituvchi har bir bo’gin tuzilishining murakkabligiga qarab ish
Har bir piredmetda bo’lgani kabi o’qish darslarida ham talim tarbiya birligiga e’tibor beriladi. O’qish darslarida tarbiya o’qilgan matinning ongli o’zlashtirilishiga bog’liq. Birinchidan, o’quvchi matnda fikr nima haqda borayotganini anglasagina, o’zida shunday sifatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo’lish uchun o’qishning zarurligini anglaydi. Ongli o’qishni taminlashda matn bilan unga ishlangan mazmunlui rasmlar o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatini qaratish lozim. bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Rasmni kuzating matnda nima haqida gap boradi?
2.Rasmda nima tasvirlangan?
3. Rasm bilan matn norasida bo’g’lanish bormi?
4. Matn mazmunini rasmga qarab so’zlb bering.
Demak o’qish o’qilganlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim, shundagina matndagi asosiy fikr, ilgri surilayotgan g’oya o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladi.
Savod o’rgatishning birinchi kunidayoq o’qish ongli bo’lishi, bolalarni ongli o’qishga o’rgatish juda muhim. So’roqlar yordamida o’qilganlarni bola qandy tushingani aniqlanadi, tekshiriladi. Sharoitga qarab muammoli holatni yaratish zarur. Bunday holat “Alifbe” dan yoki harf terish matosidan, o’qiladigan topishmoqdan yoki muammmoli savolni keltirib chiqardigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilish mumkin. Masalan: Qishda qushlar qyerga uchib ketadi?
Ongli o’qishni ifodali o’qishdan ajrtib bo’lmaydi. Ammo analitik o’qishning birinchi bosqichida ifodali o’qish mumkin emas, chunki bolalar so’zda urg’uli bo’g’inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so’roq ohgangini hatto, orfaepik to’g’ri o’qishni hm bilmaydilar. Shuning uchun analitik o’qish bosqichida so’zni yaxlit, orfoepik qayta o’qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o’qish to’g’ri intonatsiyaga, ifodalilikkka o’rgatadi, o’qishning ongli bo’lishiga yordam beradi.
O`qishning ongliligini va tasirchanligini taminlash uchun matn mazmunini o’quvchilarning ko’rgan –kechirganlari taassurotlari bilan bog’lash lozim. Shunda o’quvchida o’qishga, o’rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o’zlashtirishni amalga oshirishda lug’at ustida ishlash ham muhimdir. So’zlarning ma’nosi ustida to’xtalish fikrni oydinlashtiradi, mtinni tushinishga yordam beradi.
She’r, tez aytish, topishmoq qo’shiq maqol hikmatli so’zlardan o’qitish yod oldirish ham o’quvchilarning o’qishga qiziqishini oshiradi, o’qish malakasini shakillantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Boshlng’ich sinflarda o’qish darslarinin g uchdan ikki qismi o’qishni mashq qilishga ajrtilishi lozim.
Yangi material o’tganiladigan o’qish darsida asosiy ish turlari quyidagilardir:
1. O’rganiladigan yangi tovushli so’zni bo’g’in tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Bunda yangi tovush ajratiladigan so’zni o’quvchilar rasm asosida o’zlri tuzgan gaplar ichidan oladilar. Tokvushni ajratishda shu sdo’zning mo’deliga asoslanadilar. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish ularning artikuliatsiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi.
2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriuladi. Bo’g’inlar o’qitiladi.
3. So’zlarni avval xattaxtadan keyin “alifbedan “o’qish. harf bo’g’inlaridan harf terish kartonida so’z, so’z birikmasi gap tuzish va ularni o’qish so’z m’nosida ustiuda ishlash.
4. Mtanni o’qish va tahlil qilish, uni qayta o’qish, rasmning matnga bog’liqligini belgilash.
5. Nutq o’stirish: lug’atni boyitish, so’z birikmasi gap, bog’lanishli hikoya tuzish
6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo’yiush, yangi o’rgfanilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o’rganilganlar o’rganilgan lar bilan qityoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash.
7. O’rganilganlrni mustahkamlsh darsida yangi trovush ajratiladi , yangi harf biln tanishtirish mashqidan tashqari, barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek, qo’shimcha so’zlar va matnlar bilan ishlanadi; matinni o’qish va tahlil qilishga, ko’rgazma vositalar bilan ishlanadi; matnni o’q ish va tahlil qilishga, ko’rgazma vositalar bilan ishlashga, nutq o’stirishga, o’yinlr qiziqarli materiallarga, ilgari o’rganilgan tovushlar va harflrni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamityat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
8. Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bo’g’inda dastrlab undosh , keyin esa unlui o’qiladi, yopiq bo’g’inda esa unli bilan tugagan ochiq bo’g’inni o’qib, keyingi undosh o’qiladi va so’zni yaxlit o’qishga o’rgatiladi. O’quvchilarga asta-sekin bo’g’inlab o’qishdan sintetik o’qishga tayyorlab boriladi. Bunda yangi so’zni xattaxtaga ktta bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan o’qiladi, kesma harf, bo’g’in bilan yoziladi.
9. sujetli (rasmning asosiy mzmunini aks ettiradign) rasmga qarab o’qituvchi yordamida, uning yo’llovchi savolllari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va tahlil qilish.
1.2 Savod o'rgatish davrida grammatik - orfografik bilimlarni amaliy
o'zlashtirish
Savod o'rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o'zlashtira boradilar, ya'ni ularga mavzu tushintirilmaydi. bolalar og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o'quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyingi sinflarda o'rganiladigan mavzularni o'zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod o'rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Omon, Tolib, Lola, Naima kabi juda ko'p ismlarni o'qiydilar va kishilarning ismlari o'qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o'zlashtira boradilar. Bu bilan ular keyinroq o'rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o'zlashtirishga tayyorlanadilar.
Til-dil, olti-oldi kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni o'zlashtirishga, son-sana, gul-gulchi-guldon-gulzor, bog'-bog'bon, kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish esa bolalarni "O'zakdosh so'zlar" mavzusini o'zlashtirishga tayyorlaydi.
Propedevtik mashqlar tizimi boshang'ich sinflar grammatika va imlo dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma'lum nutq tajribasi, til qoidalarini, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so'zlar bilan bog'langanda o'zgarishini kuzatish tajibasi to'plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o'quvchilar nazariy umumlashmalarni o'zlashtiradilar, bular asosida esa gramatik tushincha va arfografik qoidalar shakllanadi. Gap ustida ishlash. Fikr almashish, aloqa - aralashuv gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni o'qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni to'g'ri yozishga oid amaliy bilimlar savod o'rgatish davridan boshlab shakllantiriladi.
O'quvchilarda nutq, uning og'zaki va yozma shaklda bo'lishi, nutqning gaplardan hosil bo'lishi va gap haqida amaliy tushincha darslikdagi mazmunli rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun o'qituvchi rasm yuzasidan 3-4 so'zli savollar tuzib keladi.
Masalan:
1. Rasmda nima tasvirlangan?
2. Aziz dalada nima qiladi?
3. Kimlar bog'da olma teryapti?
O'quvchilar javobi gap nusxasi xattaxtada quyidagicha tasvirlab beriladi.
O'quvchilar javobidan nima hosil bo'lgani aniqlanadi. So'ng o'qituvchi xattaxtada hikoyaning nusxasi chizilganini aytadi. o'quvchilar nusxalarni kuzatadilar.
O'qituvchi birinchi nusxa 1-berigan savolning - gapning javob gapi ekanini aytadi. So'ngra o'quvchilarga nechta savol berilganini aniqlash topshirig'i beriladi. Ularga "Chiziqning boshi nima uchun burchakli? Oxiriga nima qo'yilgan?" kabi savollar bilan murojat qilinadi. Ular "3 ta savol-3 ta gap berilgan edi, shuning uchun 3ta javob -3ta gapning nusxasi chizilgan" deyishadi. O'quvchilarning javobi hisobga olgan holda gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan ko'rsatilishi, oxiriga gapning tugaganligini bildiruvchi tinish belgisi nuqta qo'yilgani tushintiriladi. o'quvchilarning javobini tartiblashtirib va to'ldiri, quyidagicha xulosa chiqariladi. Demak nutqning gaplardan tuzilar ekan. Nutqda 2,3,4 ta va undan ham ko'p gap bo'ladi. gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan belgilanadi, gapning tugagan joyiga nuqta qo'yiladi.
Navbatdagi darslarda gapning boshqa xuo'tilayotgan mavzu va rasmlarga bog'liq holda o'rgatib boriladi.
Umuman, xat-savod o'rgatish jarayonida o'qish va yozuv darslarida gap, gapning so'zlardan tuzilishi, gapda so'zlarning alohida alohida yozilishi gapning oxiriga mazmuniga qarab nuqta, so'roq, undov belgisi qo'yilishi, gapning birinchi so'zi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushincha beriladi.
Gap yuzasida quyidagicha mashq turlarida foydalanish mumkin:
1. O'qituvchi va o'quvchilardan biri aytgan gapni o'quvchilarning xattaxtada chizma shaklida tasvirlashi va tushintirishi.
2. O'qituvchi tavsiya qilgan gap chizmasini o'quvchilarning izohlashga va unga mos gap tuzishi. Bunda o'qituvchi tuzadigan gap alifbe va yozuv daftarlaridagirasmlar asosida bo'ladi.
3. Berigan mazmunli rasm asosida tuzilgan hikoyadan o'rganilayotgan tovush-harf qatnashgan so'z bor gap ajratib olinib, uning chizmasi xattaxtada chizdiriladi. Shundan so'ng o'sha so'z bo'g'in -tovush jihatdan tahlil qilinadi.
4. Rasm asosida uzilgan hikoyadan istalgan gapning chizmasini xattaxtada ifodalash. Bunda o'quvchilarning gapni bir butin holda xotirasida saqlagani, gapga xos xususiyatlarni ongli o'zlashtirgani aniqlanadi. Bu jarayonda bir necha o'quvchiga bir necha gap chizmasi chizdirilishi mumkin.
5. Hikoyadan berilgan chizmaga mos gapni ajratib olish va izohlab berish.
6. Hikoyadagi har bir gapning nusxasini chizdirish. Hikoya dastlab 2-3, so'ng 4-5 gapli bo'lishi zarur. Tuzilgan hikoyani o'qituvchi qayta aytib turadi, o'quvchilar bittadan uni xattaxtada ifodalaydi. Hikoyaning nusxasi shu tariqa xattaxtada o'z isodasini topadi.
Misol:Mana katta dala, Bolalar bodring terdilar.
Dehqon ularga rahmat aytdi,
7. Kartochkalar bilan. bunda bir necha o'quvchilarga quyidagicha shakllar chizilgan kartochkalar tarqatiladi.
So'ngra ularga har bir kartochkani o'z o'rniga qo'yib, gab tuzish va tushintirib berish topshirig'i beriladi. Bunday topshiriqlar o'tirgan o'quvchilarga kartochkalarda bajarilishi mumkin. Hech bo'lmaganda o'quvchilarning to'g'ri bajarilgan-bajarilmaganini so'rash lozim. Gapni so'zlar qo'shib kengaytirish va uni chizmada ifodalash. Bunda o'qituvchi gapdagi narsalarning belgilarini topishga undovchi savollar beri b turiladi. (Qanday? olmalar, qachon? terdi, qayerdan? terdi va shu kabi). Bunday ishlarni o'quvchining bilish faolligini oshiradi, darsga qiziqish uyg'otadi. Bu jarayonda o'quvchilar gapning yozilishi bilan bog'liq imloviy bilimlarni egallab boradilar, ularning gapni to'g'ri tuzish malakalari rivojlanadi, hikoyada (matnda)gaplar bir-biri bilan mazmunan bog'liq bo'lishini anglashga tayyorlab boradi.
Yuqoridagi mashqlar savod o'rgatish darslari davomida izchil uyushtirib boriladi. Bu xil mashqlar o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan tipik xatolarni xatolarning (gap chegarasining farqlamaslik) oldini olish imkonini yaratadi.
O'quvchilar gapning ohangiga, to'ztamlariga e'tibor berib, uni chegaralab olishga o'rganadilar.
So'z ustida ishlash. Bu yo'nalishda quyidagicha ishlar amalga oshiriladi.
1. So'zning to'gri, adabiy-arfoepik talaffuzi va o'qilishini o'rgatish.
2. So'z ma’nolarini tushintirish.
3. O'quvchilar nutqiga yangi so'zlarni kiritib borish, ya'ni lug'atini boyitish.
4. So'zlarni adabiy jihatdan to'g'ri qo'llashga o'rgatish.
5. Berilgan so'zni imlo jihatdan to'gri yozishga o'rgatish.
Bu jarayonda mazmunli rasm asosida yoki predmetlarning o'zi yordamida har bir aytilayotgan nom so'z ekanligi tushintiriladi, "so'z" tushinchasi shakllantiriladi. Bu o'rinda gapning so'zlardan tuzilishi aytib o'tiladi. "Bo'g'in" mavzusi o'tilganda sozlarning bo'g'ilarga bo'linishini bilib oladilar.
So'z ustida ishlash jarayonida quyidagicha og'zaki mashq turlaridan foydalanish mumkin.
1. Bir xil qo'shimchali so'zlardan topish.
Masalan: ishla, tuzla, sozla, gulzor, mevazor paxtazor, va boshqalar.
2. Ohangdor so'zlar topish.
Misol: bosh, tosh, osh, tutun, butun, kukun, va boshqalar.
3. Ma'nodosh so'zlar topish. Bunda darslikdagi matndan ma'nodoshi bor so'zlar tanlab olinadi va "Bu so'zni boshqa qaysi so'z bilan almashtirish mumkin?" deb so'raladi.
Masalan: vatan, yurt, el, mamlakat, diyor va boshqalar.
4. Shakldosh so'zlar topish. Bunda 2 ta gap berilib ulardagi bir xil yozilgan so'zni topish aytiladi. Soz topilgach, uning ma'nolari gaplar vositasida tushintirilib beriladi.
Misol: Yozda dam oldik. Xatni qalam bilan yoz!
O'quvchilarga mana shunga o'xshash misollar topish vazifasi beriladi.
5. Qarama - qarshi ma'noli so'zlar topish.
Misol: yaxshi-yomon, baland-past, oq-qora, odobli-odobsiz, katta-kichik va boshqa.
6. Ko'p ma'noli so'zlar yordamida birikmalar tuzish. Odamning ko'zi - uzukning ko'zi, taxtaning ko'zi...... Bunda o'qituvchi boshlab beradi va qator o'quvchilar tomonidan davom ettiriladi.
7. Berilgan so'zni qatnashtirib so'z tuzish. Bunda berilgan so'zni qatnashtirib gap yoki maqol aytish topshirig'i berilishi memkin.
Misol: Kitob: Kitob - bilim manbai. Vatan: Men vatanimni sevaman.
So'z ustida ishlash jarayonida kesma harf va kesma bo'g'ilar yordamida yozma mashqlar tashkil etiladi.
1. O'rganilayotgan sahifadagi bir bo'g'inli so'zlarni kesma harflardan tuzish va o'qish: nok, nay, osh, oy, ip, tom, do'st, qand, baxt va boshqa.
2. Ustunchadagi ikki va uch bo'g'inli so'zlarni kesma harf va kesma bo'g'inlardan tuzish va o'qish.
Misol: t-to-mon, o-ta, mit-ti.Bir soz asosida bir necha so'z tuzish va o'qish:
4. Berilgan so'zning bo'g'inlarini yoki ayrim harflarini almashtirib, yangi so'z tuzish va o'qish.
Misol: osmon-somon, Zilola-Hilola, qovoq-tovoq va boshqa.
5.So'z bo'g'inlaridan yoki harflardan birini olib tashlab, yangi so'z hosil qilish va uni o'qish.
Misol: Noila-nola (yoki oila), guldon-don (yoki gul), ziyrak-zirak va boshqa.
6.Berilgan so'zga -chi, -la, -zor qoshimchalarini qo'shishhosil bo'lgan yangi so'zning ma'nosini izohlash.
Misol: ish-ishchi, ishla, gul-gulchi, gulzor, va boshqa.
7.So'zga harf, bo'g'in yoki tutuq belgisi qo'shib, yangi so'z hosil qilish va uni o'qish: O't-o'tloq, bog'-bog'bon,bil-bilim, sher-she'r va boshqa.
8.Berilgan chizma asosida so'zlar tuzish va ularni o'qib, ma'nosini izoxlash,
Misol:
Bu chizma asosida qush-qushcha, do'p-pi, ruch-ka, kabi so'zlar tuziladi. O'yin tarzida olib boriladigan bu kabi ish turlari o'quvchilarning lug'atini boyitish bilan birga, o'qishga qiziqish uyg'otadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va so'zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
II BOB. SAVOD O‘RGATISH DAVSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
2.1. Savod o`rgatish davrida interfaol metodlarni qo’llash orqali o`quvchilar faolligini oshirish.
Kеyingi paytlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida jiddiy o`zgarishlar ro`y bеrdi. Natijada avvallari an’ana bo`lgan ta’lim jarayonida qo`llanadigan mеtоdlar o`rniga yangi zamоnaviy pеdagоgik tехnоlоgiyalarga asоslangan intеrfaоl mеtоdlar kirib kеla bоshladi. Mavzularning o`quvchilar tоmоnidan o`zlashtirilishi va ularning mustaqil fikr yuritishlariga undash bеvоsita o`qituvchi faоliyatiga bоg`liqdir. Zеrо, yangi ta’lim standartlarini o`zlashtirish kafоlati yangicha zamоnaviy mеtоdlarni qo`llashni talab etadi.
Ta’lim tizimidagi islоhоt munоsabati bilan bоshlang`ich ta’lim оldiga qo`yilgan talablar o`qish darslarida pеdagоgik tехnоlоgiyalarning rivоjlantiruvchi, diffеrеnsiatsiya, shaхsni muayyan maqsadga yo`naltirish, izlanish, muammoli o`qitish, mustaqil ish usullaridan fоydalanishni taqоzо etmоqda. Shuni hisоbga оlgan hоlda boshlang`ich sinf o`qish darslarini samarali tashkil etishga yordam bеradigan, o`quvchining faоlligini оshiradigan mustaqil ish, yarim izlanishli muammоli o`qitish, musоbaqa–bеllashuv mеtоdlaridan, turli intеrfaоl mеtоdlardan fоydalaniladi. Darslarni aqliy hujum, mustaqil tahlil, ta’limiy o`yin, turli sahna ko`rinishli andazasiz usullardan foydalanib uyushtirishga alоhida e’tibоr qaratiladi.
Savod o`rgatish davrida ham o`quvchilarning mavzuni chuqur o`zlashtirishlarini, uni tahlil qila оlishlarini ta’minlash kеrakligini hisоbga оlgan hоlda mеtоd tanlashga e’tibоr qaratiladi. Bunda intеrfaоl mеtоdlarni qo`llash maqsadga muvоfiqdir. Chunki zamоnaviy ta’limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri оrtiqcha ruhiy va jismоniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt оrasida muayyan nazariy bilimlarni yеtkazib bеrish, ularda ma’lum faоliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarini hоsil qilish, shuningdеk, o`quvchilar faоliyatini nazоrat qilish, ular tоmоnidan egallangan bilim, ko`nikma hamda malakalar darajasini bahоlash o`quvchidan yuksak pеdagоgik mahоrat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qatоr rivоjlangan mamlakatlarda bu bоrada katta tajriba to`plangan bo`lib, ushbu tajriba asоslarini tashkil etuvchi mеtоdlar intеrfоal mеtоdlar nomi bilan yuritilmоqda. «Intеrfaоl» atamasi ingilizcha “interact”-o`zarо tasirlashishi (yoki “interaction”-o`zarо ta’sir) so`zidan оlingan bo`lib, birоr faоliyat yoki ma’lumоt o`zarо muоmalada, o`zarо bahs- munоzara, dеbat usulida, fikrlashni asnоsida, hamjihatlik bilan hal qilish ma’nоsini anglatadi. Bugungi kunda ta’lim amaliyotida intеrfaоl mеtоdlarning «Aqliy hujum», «Klastеr», «6x6», «Guruhlarda ishlash» «Qarоrlar shajarasi», “Qadamba-qadam”, “Venn diagrammasi” kabi ko`rinishlaridan fоydalanishmоqda. Shuningdеk, o`qish darslarining andоzasiz nоan’anaviy ko`rinishlari ham ta’lim jarayonida qo`llanilmоqda.
Ta`lim jarayonida o`quvchilarning bilimga qiziqishlari ham muhim ahamiyatga ega. Psixologik adabiyotlardan qiziqishning ikki turi bizga ma`lum.
Qiziqishning birinchi ko`rinishi myayyan paytda, muayyan faoliyat jarayonida qo`zg`aladigan qiziqish bo`lsa, ikkinchisi, maqsad qiziqishi bo`lib, tashqi ta`sir natijasida o`quvchi oldiga muayyan maqsadini qo`yib, uni shunga qiziqtirishdir. Har bir o`qituvchi o`z faniga nisbatan barqaror, bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga erishishlari lozim. “Ona tili” faniga qiziqtirish dars mashg`ulotlarini qiziqarli tashkil etish, тopshiriqlarning rang-barangligiga erishish, ko`rgazmali, aydiovizual va texnik vositalardan unumli foydalanish, dars mashg`ulotlarining amaliy yo`nalishini kuchaytirish, o`quvchini ta`lim jarayonining sub`ektiga aylantiradi.
“Doirada berilgan harflar asosida so`z tuz” o`yini. O’quvchilarda doira ichida 8 ta harf taqdim etiladi. O`quvchilar shu harflar ishtirokida so`zlar hosil qiladilar. Belgilangan vaqtda ko`p so`z hosil qilgan o`quvchilar yoki guruh g`olib sanaladi. Bu o`yinni, ayniqsa, unli va undosh tovushlarni o`rgangandan keyin o`tkazish maqsadiga muvofiq bo`ladi. Agar o`quvchilar e`tiboriga a, u, b, z, f, s, t harflari berilgan bo`lsa, ular bu harflarni qatnashtirib, bu, sab, tuz, bo`ta, aft, saf, bas kabi so`zlar hosil qiladilar.
“Keyingi bo`g`inni top” o`yini.
Berilgan bo`g`inlar ishtirokida so`z tuzish tushuntiriladi. Qaysi o`quvchi ko`p so`z tuza olsa, “besh” baho bilan mukofatlanadi. Masalan, bo, bo’, jo’, ni, lo, sa, mu, no, hu, ko.
Bola, bobo, bozor, bodom, ... Bo`gin, bori, bo`liq, bo`zchi ... Jo`ja, jo`ra, jo`xori, jo`na.
Nima, nizom, nido, nihol, ... Lola, lochin, lobar, lozim ... Savob, sarob, sadaqa, salom ...
“Talaffuzda adashmang” o`yini
O`qituvchi o`quvchilarga x va h yoki f-p tovushlari ishtirok etuvchi so`zlardan aytishni topshiradi. O`quvchilar ikki guruhga bo`linib, topshiriqni bajarishlari mumkin. Shunda kim so`zni noto`g`ri aytsa, o`yindan chiqadi. Mavzu asosida so`zni aytgan o`quvchi shu so`zni taxtada yozadi va imlosi bilan taqqoslanadi. Belgilangan vaqtda eng ko`p to`g`ri so`z aytgan o’quvchiga, sinfda o`quvchilar o`z qo`llari bilan yasagan o`yinchoqlardan sovg`a sifatida beriladi.
Namuna:
Shoh – davlat boshlig`i
Shox – novda, daraxtning shoxi Xil-xil - saralangan – tanlangan Hil-hil - ezilib pishgan
Uhladi-xafa bo`ldi, “uh” tortdi. Uxladi – uxlamoq - dam olmoq Hol-ahvol – (hol)ni so`radi.
Xol – odam tanasida bo`ladigan xol.
“Sirli kataklarni to`ldir” o`yini. O`quvchilarga kataklarni to`ldirib, tovushdosh so`zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, toy so`zini soy so`zigacha davom ettirish talab etiladi.
Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy Tavsiya etilgan so`zlar.
bosh, tosh, osh, qosh, yosh, rosh bol, pol, tol, sol, gol, mol, xol, hol
Savod o`rgatish darslarini turli no`ananaviy shakllarda tashkil etish pedagogik texnologiyaning eng muhim talabi sanaladi. Ana shu noan`anaviy dars shakllaridan biri “O`rganilgan yoki o`rganilayotgan bilimlar olamida sayohat” darslaridir. O`quvchilar sinfda o`tirib, bilimlar olamida sayohat qiladilar. O`qituvchi dars jarayonida beriladigan o`quv topshiriqlarini to`rt-besh “bekat”ga ajratadi. Muayyan bir “bekat” dagi o`quv qiyinchiligini enggan o`quvchi, o`qituvchi rahbarligida ikkinchi “bekat” ga yo`l oladi. Barcha o`quv qiyinchiliklarini yenggan o`quvchilar bilimlar mamlakatini zabt etadilar.
XULOSA
O’zbekiston Respublikasida yosh avlodning ta’lim-tarbiya ishlariga alohida e’tobor qaratilgan. Xususan, O’zbеkistоn Respublikasi Оliy Majlisining IX sеssiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida» gi Qоnun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” yosh avlоdni tarbiyalashning tamal toshlari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Agar biz o’z kuchi, salohiytiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan mamlakatlarning ilg’or kishilari bilan teppa-teng muomala qila oladigan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata oladigan, bu murakkab, beshavqat hayotning past-u baland, chang-u tor ko’charidan Alloh bergan aql- zakovati bilan to’g’ri yo’lni topa olishga qodir bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirsak, o’ylaymanki, o’z maqsadimizga to’la erishgan bo’lamiz”. Yurtboshimiz ta’kidlagan maqsadni amalga oshirishda hamda mustaqil yurtimizga munosib farzandlarni tarbiya qilishda boshlan`gich talim juda muhim o’rin tutadi. Bоshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’limning eng muhim bosqichidir. Bоshlang’ich ta’limda boshlan`gich sinf o’quvchilariga ta’lim- tarbiya bеrishdagi muhim vazifalarning asоsiy qismi o’qish darslarida amalga оshiriladi. Savod o’rtgatish davrida o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o’qish va yozish ko’nikmasi deyiladi.
Bu ko’nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga aylanmagan bo’lishi mumkin. Masalan bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib uni daftarda yoza olmasligi yoki o’quvchi harflarni tanib, ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini osil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi.
O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasiga o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak o’qish va yozish malakasi harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilishi jarayonidir. Malaka o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
O’qish va yozish kishi nutq faoliyatini turi bo’lib, u nutqqa oid malakadir. O’qish malakasini ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og’zaki hikoya qilish, o’zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Maktabda o’qitishning muvaffaqiyati savod o’rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog’liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. – T.: “O`zbekiston” nashriyoti., 2009. 56bet.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PQ-451 sonli Qarori.
3. Davlat Talim Standartining boshlang’ich ta’lim o’quv dasturi (yangi tahrir) 2010
4. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogic mahorat.Toshkent.
5. Abdullayeva Q., va boshqalar “Savod o’rgatish darslari” T., “O’qituvchi”1996
6. Bo’ri Ziyamuhammedov, Mamarajab Tojiyev. Pedagogik texnoloya- zamonaviy o’zbek milliy modeli. O’zbekiston. Toshkent. 2009.
7. Ma’qulova B. va boshqalar., «Husnixat» Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti,
8. Safarova R., M. Inoyatova, M. Shokirova, L. Shermamatova “Alifbe” (qayta ishlangan 8-nashri). Toshkent. “Ma’naviyat” 2010 yil.
9. To’hliyev. B. Nutqiy faoliyat va adabiy ta’lim. Og’aki va yozma nutq muammolari. T-2010 6-sahifa.
10. G’affarova T. va boshqalar. Boshlang’ich sinflar uchun ona tili va o’qishdan didaktik materiallar. “Ilm-ziyo” nashriyoti., T. 2004 y. 77 bet.
11. G’ulomova X. va boshqalar. «1-sinfda ona tili darslari»,
T.,«Sharq» nashriyoti., 2003 yil. 96 bet.
12. Husanboyeva.Q Adabiyot-ma’naviyat va mustaql fikr shakllantirish omillari. “A. Navoiy” nashriyoti. 2009 y, 25-bet.
13. Yusupov. M. O’qish va yozuv darslari samaradorligni oshirish, Namangan., 1990 y, 84- bet.
14. Yusupov M., Boshlang’ch sinf o’qish darslarining o’ziga xos xususiyatlari. Namangan. 1992 y 36- bet.
15. Qosimova K., Safo Matchonov va boshqalar. “Ona tili o’qitish metodikasi”. Toshkent. “Noshir” nashriyoti 2009 yil. 365 bet.
Dostları ilə paylaş: |