22
SHuning uchun nilning narxi tushib ketgani rost emish. Bundan avg’on savdogarlari
sezilarli zarar ko’rishgan. 1838-yili har bir tuya yukdan (16 pud) bir tillodan zarar
ko’rilgan ekan. Orenburg general-gubernatori Perovskiy ham afg’on
savdogarlarining Buxoro va Xivaga ko’plab ingliz tovarlarini olib kelayotganligini
e’tirof qilib, ularni rus tovarlariga nisbatan ancha past narxlarda sotayotganligidan
mamnun bo’lgan. Biroq, shunga qaramasdan ingliz tovarlarining xaridorlari kam.
Buning sababi afg’onlar ingliz tovarlarini Buxoro va Xiva tovarlariga ayirbosh
qilmasdan, faqat naqd pulga sotishadi, deb ta’kidlagan edi. Afg’onistonning ichki va
tashqi tranzit savdo aloqalarida mamlakatda yashovchi afg’on savdogarlari kabi
tojiklar, hindlar va eronlik savdogarlar katta rol o’ynagan. Ko’chmanchi afg’on
qabilalari hisoblangan povinda vositachi rolini bajargan.
Elfinston ma’lumotiga ko’ra, povinda orasida XIX asr boshlarida 3000 fsterl,
boylikka ega bo’lgan bir nechta savdogarlar bo’lgan. Ular O’rta Osiyo bilan
Hindiston o’rtasida hamkorlik qilgan. XIX asrning 40-yillarida Rossiyada Xiva
xonligi haqida bir qator maqolalar e’lon qilina boshlaydi. Jumladan, 1840-yilda
e’lon qilingan G.Gilmersenning “Xiva, v nineshnem svoem sostoyani” maqolasida
Xivaning Afg’oniston
bilan savdo qilishi, hattoki, Xivada 15 afg’on oilasi
yashaganligi, ular asosan savdo qilish uchun Xivaga kelishganligi, ba’zilari tabiblik
bilan ham shug’ullanganligi ta’kidlangan. U makolada karvonlardan boj solig’i pul
bilan olinishi va aniq soliq miqdori belgilanmaganligi, soliq avval Urganchda,
keyinchalik Xivada olinganligini xabar kiladi. U xonlikning qovun, tarvuz, qovoq,
sariq va oq sholg’om, turup, sabzi, qand, no’xot, piyoz, turk loviyasi, bodring,
kartoshka kabi ekin turlari haqida ma’lum kilib, Xivaning ho’l mevalarga boy
emasligi sababli juda qimmat bo’lganligini va uni faqat
badavlat kishilar sotib
olishganligini ta’kidlagan. Mayiz va jidda Mashhaddan keltirilgan va u aroq
tayyorlashda ishlatilgan. Bir pud Eron mayizi 16 tanga (8 rub.) turgan. Mahalliy
uzumdan kuchsiz aroq tayyorlangan va uning bir shtofi (chelakning o’ndan bir
qismiga barobar keladigan vino, aroq o’lchovi va shu miqdordagi aroq, vino) 5 tanga
turgan. Bir funt olma Xozaraspda taxminan 10 ko’p bo’lgan, tarvuz va qovunlar
arzon bo’lib, katta qovun 3 ko’pdan 5 kop.gacha sotilgan.
Gilmersen Xiva qo’shinlari qilich, nayza, miltiq bilan qurollanganligi,
sardorlari sovut kiyganligi, sovut Erondan keltirilganligini ta’kidlagan. 1840-yilda
bosilib chiqqan iikinchi maqolada Xivanig ichki va tashqi savdo aloqalari to’g’risida
ma’lumot berilgan. Mamlakat ichki savdosi unchalik muhim bo’lmay, unda asosan
g’alla va mayda narsalar, qullar sotilganligi xabar qilingan. Mazkur maqolada Xiva
butun Osiyoning savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgan, undan Hindiston, Xitoy,
Eron, umuman SHarqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga boradigan yo’llar
boshlanadi, deb uning geografik jihatdan qulay ekanligini e’tirof
qila turib, yana
Xivaning cho’l zunasida joylashganligi uchun o’zining mahsulotari bilan keng
savdo
qilolmaydi, deb qo’shib qo’yilgan.
23
Xiva Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo’llari kesishgan joyda
joylashgani uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o’taydigan joy bo’lib
qolgan. Sartlar Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib, ularni Orenburg va
Astraxanga yetkazib bergan va u yerda o’z tovarlarini yupqa movut, barxat, kumush,
tillo, qand, igna, ustara, pichoq, yupqa bo’z, ko’zgu, qog’oz, mis, qo’rg’oshin va
cho’yan idishlar, hamda boshqa Yevropa tovarlariga ayirbosh qilgan
1
. 1840-yillarda
Buxoroda bo’lgan Xanikov Buxoroning Xiva bilan savdo munosabatlari haqida
ma’lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o’tish qiyinligi sababli Buxoro Xivaga
kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari jo ’natgan.
Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan. Muallifning
yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom ettirish qiyin,
shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho’yan va teri buyumlarini ko’proq sotib
olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining
bir qismi Buxoroga ham olib
borilgan. Xiva xonligi haqidagi ma’lumotlardan biri 1843- yili «Manufaktur i
torgovlya» jurnalida nashr qilingan maqola hisoblanadi. Unda yozilishicha, Rossiya,
Eron, Qo’qon va Buxorodan metal buyumlar: qo’rg’oshin, miss, temir, cho’yan
oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo’li orqali Rossiya, Eron va Buxoroga
olib borilgan.
Maqolada 1837 -1838-yillardagi tillo va kumush tangalar kursining muntazam
o’zgarib turishi haqida ma’lumot beriladi. Xabardan Xivada muomalada bo’lgan
pullar kursi haqidagi ma’lumot ham o’rin olgan. Unda yozilishicha Xivada tillo pul
zarb qilingan. 1 tillo 26-35 tanga yoki 15 rubga teng kelgan, 2 tanga (kumush pul) 1
abbosiy chaqaga teng kelgan, 1 abbosiy 1 rubga tenglashtirilgan. Demak, 1 tillo
qiymat jihatidan 15 rubga mos kelsa, u holda 1 tanga 50 rus kop.ga to’g’ri kelgan.
O’sha paytda tillo va mis narxi oshib ketgan, ammo Erondan olinadigan kumush
narxi pasayib ketgan ekan, tillo 15 rubga ko’tarilgan. Mazkur makolada Xiva orqali
Rossiya Eron va Buxoro bilan savdo qilishi va Xivadan ketadigan tuyadan bir
zolotnikdan, Xivaga kirib keladigan tovarlardan esa 1/40 miqdorda soliq olinishi
xabar qilingan. Bozorlarda va savdo bo’ladigan joylarda boj solig’i olingan. Sotilgan
tuya uchun xazinaga 3 rub, ot, ho’kiz va qoramol uchun 1 rubl qo’ydan 50 ko’p soliq
olingan. G.I.Danilevskiyning «Opisanie Xivinskogo xanstva” asaridagi ma’lumotlar
orasida Xivaning Qo’qon kabi Hirot va Mashhad bilan to’g’ridan-to’g’ri savdo
aloqalariga ega emasligi, vaholanki, savdo karvonlari Erondan to’g’ri Marv orqali
o’tib, Xiva xonligining hech qayerida to’xtamay to’g’ri Buxoroga o’tib ketishi qayd
etilgan.
Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari,
fundamental asarlar, hamda rus axborotida e’lon qilingan maqolalar bizga Xiva
xonligi haqida, qolaversa xonlikning tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim
1
Xiva, ili geograficheskoye i statisticheskoye opisaniye Xivinskogo xanstva, sostoyashego teper v voyne s Rossiyey,
zaimstvovannoye iz raznix otechestvennix i inostrannix pisateley, s izobrajeniyami kostyumov i vida goroda Xivi. M.:
1840.
24
ma’lumotlarni berishi bilan hanuzgacha o’z qadrini saqlab qolmoqda. Ko’rib
o’tganimizdek, Xiva xonligi XIX asrda Rossiya bilan juda yaqin savdo-iqtisodiy
munosabatlariga kirishgan. Xonlik an’anaviy savdo aloqalarini davom ettirgan holda
Buxoro, Eron va Hindiston bilan ham munosabatlarni jadallashtirgan. Hattoki,
xonlik Rossiya bilan sharq davlatlari o’rtasidagi savdo munosabatlarida vositachi
davlat vazifasini ham bajargan.