Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy diplomatik munosabatlari


I - BOB. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy



Yüklə 104,63 Kb.
səhifə3/7
tarix13.07.2023
ölçüsü104,63 Kb.
#136477
1   2   3   4   5   6   7
Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya b-hozir.org

I - BOB. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy 
diplomatik munosabatlari 
1.1

XVI - XVII asrlarda Xiva xonligi va Rossiya munosabatlar 
XVI asrdan boshlab tarix sahnasida muhim iz qoldirgan O’rta Osiyo
xonliklaridan biri Xiva xonligidir. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi o’zining
geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yo’li bilan taminlanganligi
sababli O’rta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan bo’lgan. Xiva xonligi karvon
yo’llari ustida joylashgan. Ayniqsa, u Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalarida
muhim o’rin egallagan. Xiva xonligi G’arb bilan SHarq o’rtasidagi savdoda faol
qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi keng ishtiroki uning
hunarmandchilik taraqqiyoti bilan bog’liq. Xonlik poytaxti bo’lgan Xiva shahri
hunarmandchiligi uzoq tarixiy ananalarga ega. O’rta asrlarda shahar
hunarmandchiligi ixtisoslashtirilgan edi. Jumladan, Xivada gilam to’qish, yog’och
o’ymakorligi, to’quvchilik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari mavjud bo’lgan
1
.
1753-yil Xiva va Buxoroda bo’lgan rus savdogari D.Rukavkin paxta ekinining
mo’lligi va hunarmandchilik korxonalari ochish uchun davlatning ma’lum tartib
qoidalarining yo’qligini yozadi. Uning xabariga ko’ra, bu yerda hech qanday ruxsat
olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish mumkin bo’lgan. Bu
o’rinda albatta xivaliklarning xususiy korxonalarni ochishga davlat tomonidan
to’siqning bo’lmaganligi etirof etiladi. XIX asrning 30-40-yillarida Xivada
hunarmandchilik sohalarining eng muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan.
Zargarlar tilla buyumlar, taqinchoklar yasashda feruza, koral, marvarid, lal, zumrad,
rangli shisha, sapfir kabi toshlardan ko’p foydalangan. XIX asrning ikkinchi
yarmida saqlanib qolgan hunarmandlar va savdogarlar nomlari, Xiva bozorlarida
tovarlar xilma-xilligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Jumladan, pazachi-er
haydash asboblari yasovchilar, xarrak-temirchilar, kuchanchi-buyincha yasovchi
ustalar, misgar, zargar, pichoqchi, qinchi, bo’yoqchi, choponfurush, telpakdo’z,
konchi, kovushdo’z, tavoqchi, qulfgar, kiyizfurush, juvozchi, sholikor-
sholitegirmonida ishlovchi, qassob, tuzchi, kallapoz-qo’y kallasi sotuvchilar,
baliqchi, nonvoy, choy va tamaki sotuvchilar, baqqollar, yog’och furushlar,
ko’mirchi, shamchi, sovunchi, sarrof, jarchi va boshqalar
2
.
Bozorlarda bazi hunarmandlarning do’konlari ham bo’lib, mahsulotni shu
yerda ham tayyorlagan va ham sotgan. Demak, do’kon ham korxona, ham rasta
vazifasini o’tagan. Masalan: temirchi, misgar, tunkachi, sandiqchi va boshqalar.
Po’stindo’zlar, ipak mato to’quvchilar, etikchilar va boshqalar uylarida ishlaganlar,
va bozor kunlari mahsulotni bozorga olib chiqib sotganlar56. Xiva ananaviy metall
buyumlar ishlab chikarish markazi bo’lib, XIX asrning o’rtalarida u yerda 38 misgar
bo’lgan. Shunday qilib, Xorazmning hunarmandchiligi iqtisodiy hayotda muhim rol
1
Munirov Q. Xorazmda tarixnavislik (XVII-XX asr boshlari). - T.: 2002.
2
Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. - T.: SHarq, 2000.



5
o’ynagan. Eng muhim badiiy buyumlar yasash ananalari Xorazm ustalaridan meros


bo’lib kelgan. Mamlakatda hunarmandchilikning rivojlanishi bevosita iqtisodiy
taraqqiyotga, ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga zamin yaratgan.
Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning azaldan
moddiy va ma’naviy madaniyat markazi bo’lib kelganligini, xivaliklarning boshqa
davlatlar bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini davom ettirib kelganligini XVI asrda ham
kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat beradi.
Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan savdo
aloqalarida bo’lgan. Xivaning tashqi iqtisodiy aloqalarini Xivaga kelgan rossiyalik
va chet ellik elchilarning, hamda Rossiyaga borgan xivalik elchilarning keltirgan
ma’lumotlarini tahlil qilish asnosida yoritishga harakat qilamiz. Jumladan, 1585-yil
11-noyabrda xivalik elchi Xo’ja Muhammadning Rossiya podshosi Fedor
Ivanovichga keltirgan tortiqlari orasida tillo zari yuritilgan har xil ranglar bilan
bo’yalgan, qimmatboho mashhad kamoni ham bo’lgan . Bu esa Xivaning Eron bilan
savdo qilganligining bir isboti hisobanadi A.Chuloshnikov XVI asr o’rtalarida
Moskva davlatining O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yoritish
jarayonida rus hukumatining Hindistonni bilishga intilishini ham e’tibordan chetda
qoldirmagan. Ko’rib o’tilganidek, XVI asr ikkinchi yarmidan e’tiboran Rossiya
Hindistonga boradigan karvon yo’llarini qidirib O’rta Osiyo va Eronga maxsus
elchiliklar jo ’natgan edi. Bu vaqtlarda Roosiya bilan Hindiston o’rtasida bevosita
iqtisodiy munosabatlar yo’lga qo’yilmagan bo’lsa ham, hind tovarlari o’rtaosiyolik
savdogarlar orqali Rus yerlariga kirib kelgan.
A.CHuloshnikov o’rta asrlarda O’rta Osiyo bilan Rossiya o’rtasida savdo
aloqalarining quyidagi usullari mavjud bo’lganligini e’tirof qiladi. Birinchidan, shox
va xonlar o’rtasidagi savdo bo’lib, ular ishonchli vakillari-shaxslar, mehmonlar va
savdogarlar orqali amalga oshirilgan. Ikkinchidan, xususiy savdogarlarning erkin
tovar ayirboshlashi, va nihoyat, uchinchidan, hadya tariqasida xon va elchilarning
nodir buyumlarni ayirboshlashi. XVII asrda ham Xiva xonligi bilan Rossiya
o’rtasida elchilik va savdo aloqalari davom etgan
1
. Elchilar Xiva xoni nomidan rus
podshosiga tortiqlar olib borgan.
Hadyalar tarkibida hind tovarlari ham bo’lgan. Masalan, 1641-yil noyabrda
Xiva elchisi Muhammad Amin Bahodir tomonidan 100 ta hind viboykasi olib
kelinganligi, elchining o’zida boshqa tovarlar qatorida 100 bo’lak hind chiti, 4
idishda nil bo’yog’i bo’lganligi ma’lum. 1646-yil 1-sentyabrda xivalik elchi Nazar
Nodirqulov Astrobodda yo’lda kelayotgan vaqtida o’g’irlangan tovarlari ro’yxatida
boshqalar qatori 6 ta hind dokasi, 5 ta hind tillo izufrey, 9 ta hind viboykasi, qo’y
terisidan ishlangan 10 ta hind bosh kiyimi bo’lgan.
1645-yilda Xiva xoni Abulg’ozixon hind podshosiga xat yozib, unda ilgarilari
urganch xonlari hind shoxlari bilan tinchlikda yashashgan va savdogarlar bir-
1
Ne’matov T. Xiva va Rossiya munosabatlari tarixidan (XIX asrning 20-50 yillari.) - T.: «Qizil O’zbekiston», «Pravda
Vostoka» va «O’zbekistonni 87 Surx» birlashgan nashriyoti, 1959.



6
birlarining tomonlariga qatnab turganligini aytib, endilikda ikki mamlakat


o’rtasidagi o’sha do’stlik va savdo aloqalarini davom ettirishni taklif qilgan. Hozirda
esa Urganch xoni Hindiston shoxi bilan do’stlik aloqalari o’rnatgan bo’lib,
savdogarlar bir-birlarining mamlakatiga qatnab turadi, deb bu haqda 1646 yil 7
noyabrda Astraxanga borgan Xiva elchisi SHayxbobo ma’lumot bergan. SHu kabi
xabarlar asosida XVI-XVII asrlarda Xiva bilan Hindiston o’rtasida do’stona siyosiy
va iqtisodiy savdo munosabatlari o’rnatilgan, deyish mumkin. 1667-yil 19-dekabrda
Xiva elchisi Po’lat-Muhammad mahkamada Xiva xoni Hindiston shoxi bilan bordi-
keldi qiladi va savdogarar har ikki tomonga borib erkin savdo kiladilar deb javob
bergan. Urganchdan Hindistonga quruqlik yo’li bilan bir yarim oyda boradi, degan.
Ularning tovarlari kindyaki, doka, qalampirmunchoq, dolchin, buyoq va boshqa
tovarlar
1
.
Rus elchisi Ivan Fedotov 1669-yil 13-iyunda Xiva xoni Anusha xon huzurida
bo’lgan va Rossiyaga qaytib kelgach, o’z axborotida buxoroliklar va xivaliklar bir-
birlari bilan o’zaro savdo qilishi, bozorlarda uchratgan tovarlari, ularning narx-
navosi haqida ma’lum qilgan. U Urganchlik savdogarlar Buxorodan viboyka, ip
gazlama va rang-barang ipak matolari keltirishini, lekin, buxorolik savdogarlarning
Xiva va Urganchga kam kelishini e’tirof etgan. SHu bilan birga I.Fedotov hindlar va
balxliklar Xivaga kelishmaydi hamda Xivada hind omborlari ham yo’q, deb xabar
beradi. Qizig’i shundaki, elchi Xiva bozorlarida sotilayotgan tovarlar narxini
Astraxanda sotilish narxi bilan taqqoslab, bu tovarlarni Rossiyada sotishdan foyda
chiqmaydi, deb hisoblagan63. I.Fedotov ko’rsatmalaridagi hindlar va balxliklarning
Xiva bilan savdo qilishmasligi haqidagi xabari ikki yil avval, ya’ni 1667-yildagi
Xiva elchisi Po’lat Muhammadning bergan ma’lumotlariga zid keladi. Aftidan,
I.Fedotov sharq davlatlarda savdoning o’ziga xos tamonlaridan bexabar bo’lgan.
Ko’p holatlarda O’rta Osiyo xonlari bilan Hindiston shoxlari o’rtasidagi savdo
A.CHuloshnikov eslatib o’tgan savdo usullari orqali amalga oshirilgan.. Mahmud
ibn Vali “Bahr-ul asror” asarida Balx viloyati, uning jug’rofik o’rni, odamlari, poliz
va sabzavot ekinlari haqidagi bo’limda u yerda yetishtiriladigan va chetdan olib
kelinadigan mahsulotlar haqida xabar berib, Xorazmdan ko’ktarnay qovuni,
Buxorodan qora qovun, mulla payandagi va daroyi, Samarqandning zagare qovuni
va gilosi, shimoliy Xitoyning shaftolilari, Xorazmning tut daraxtlari, Marg’ilonning
charxi deb atalgan o’riklari, Samarqandning sangak olmasi va boshqalarning Balxga
keltirilganligi va hattoki u yerda yetishtirila boshlanganligini ta’kidlaydi. Demak,
Xorazm qovunlari Balxda ham mashhur bo’lgan. Ma’lumki, qovun suvsiz o’smaydi,
ko’p sug’orilsa unchalik shirin ham bo’lmaydi.
Mahmud ibn Vali Xorazmda sug’ormasdan qovun yetishtirish siri haqida
ma’lumot beradi. Uning yozishicha, yantoqning uzun tomiri uzunasiga kesilib, unga
qovun urig’i joylashtiriladi, ya’ni ekiladi. Qovun o’sib chiqib, pishgunga qadar
1
Russko-indiyskiye otnosheniya v XVII veke. Sbornik dokumentov. M., IVL., 1958.



7
yantoq ildizi suvi bilan oziqlanadi. Bunday qovun katta va shirin bo’lgan. Bu kabi


qovun yetishtirish usuli hozirgi kunda ham Buxoro viloyatining ba’zi cho’l
xududlarida qo’llaniladi.Mahmud ibn Vali Xorazmning rus yerlari bilan savdodan
katta foyda olishini ta’kidlab o’tgan edi. Xulosa shuki, XVI-XVII asrlarda Xiva
xonligi doimo rus davlatining diqqat markazida bo’lgan. Elchilarning va o’rta asr
mualliflarining bergan ma’lumotlariga ko’ra, xonlik Hindiston bilan yaqin savdo
aloqalarida bo’lgan. XVIII asrda Rossiya O’rta Osiyo xonliklari bilan yakin savdo
aloqalari o’rnatishga jadal kirisha boshlaydi. Bu davrda dengiz savdosining
ahamiyati ortib bora boshlaydi. Savdogarlar Astraxandan Kaspiy dengizi orqali
Mangishloqqa, u yerdan quruqlik bilan Urganch, Xiva va Buxoroga borishgan.
O’rta Osiyodagi agrar masalalar bilan shug’ullangan Ye. Zelkina o’rta asrlar
boshlarida Yevropa bilan Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalarida O’rta Osiyoning
alohida o’rni bo’lganligi, bu davrda savdo-sotiq juda ham gullab yashnaganligi,
ammo, XVI-XVII asrlarda bu savdo bir oz sekinlashgan bo’lsa, XVIII asrda yana
jonlanish sezilganligini ta’kilaydi. Muallif o’rta asr bozorlaridagi qul savdosiga ham
e’tiborini qaratgan. Qulchilik bozori ko’proq Xivada bo’lganligi extimol. Zelkina
ma’limotiga ko’ra, Xivaning katta bozorlarida 200 tagacha qullar bo’lgan, O’rta
Osiyoda qullar mehnati samarasiz bo’lib, ular asosan uy ishlarida va dalalarda
ishlatilgan. U Xiva va Buxoroning Eron bilan chit, movut va qullar orqali qizg’in
savdo qilganligini ta’kidlaydi. XVIII asrning 40-yillari oxirlaridan Erondagi ichki
vaziyatning og’irligi va g’alayonlar hind savdosiga o’zining salbiy ta’sirini
ko’rsatgan. Eronda xonavayron bo’lgan hind savdogarlari endilikda e’tiborlarini
O’rta Osiyo savdosiga qaratishga majbur bo’lgan. Avvallari unchalik rivojlanmagan
hind savdosi, XVIII asrning ikkinchi yarimida muntazam davom etadigan va keng
miqyosda olib boriladigan bo’ldi.
Demak, birinchidan, Xiva xonligi Eron bilan savdo aloqalari o’rnatgan
bo’lgan, ikkinchidan xiva tovarlari hind savdogarlari qo’li bilan Rossiyaga olib
borilgan, uchinchidan hindlar Eron orqali Xiva-Rossiya savdosida vositachi rolini
bajargan. XVIII-XIX asrlarda Xiva xonligi muayyan dinamik taraqqiyot bosqichiga
erishgan edi. Qo’shni Buxoro amirligi, Qozoq juzlari va bebosh turkman
urug’larining murakkab o’rovi sharoitida bo’lishiga qaramay, xonlikda ba’zi stabil
holatlar kuzatiladi. SHu davrda Xiva o’zining tashqi savdo munosabatlariga ham
katta ahamiyat bergan. Lekin to’plangan materiallar shuni ko’rsatadiki, Xivaning
tashqi iqtisodiy munosabatlari ko’proq Rossiya va u orqali g’arb mamlakatlari
tomon intilgan. Xuddi shuningdek, G’arb mamlakatlarining, xususan, Angliyaning
Xivaga qiziqishi va u orqali Eronga chiqish tendentsiyasi paydo bo’lgan. Aslida bu
intilish XVI asrdan boshlab kuzatiladi. Masalan, Angliyaning Moskvada tashkil
etilgan savdo kompaniyasi Ioan Grozniy yorlig’i bilan A.Jenkinson rahbarligidagi
savdo ekspeditsiyasiga sabab bo’lgan.
Bu o’rinda Xivaning sharq mamlakatlari bilan savdo munosabatlari qanday
kechgani masalasi yetarli darajada ma’lumotlar bilan ta’minlangan emas. Bu haqda



8
XVI-XIX asrlar orasida Xivaga kelgan ko’plab savdo karvon ekspeditsiyalari


tomonidan berilgan hisobotlardagi ma’lumotlargagina tayanilishi mumkin. SHu
bilan birga Xivaga jo ’natilgan G’arb mamlakatlarining, xususan, Rossiya va
Angliyaning XVIII-XIX asrlar davomidagi savdo ekspeditsiyalari ma’lumotlariga
ham alohida to’xtalishni maqsadga muvofiq deb topdik. Jumladan, 1726 yilda
Xivadan Subxonqulibek boshliq elchilik missiyasi Peterburgga kelib Yekaterina 1
saroyida qabul qilingan. Elchilikning maqsadi Petr 1 davrida Bekovich-CHerkasskiy
ekspeditsiyasining halokati tufayli uzilib qolgan savdo-iqtisodiy munosabatlarni
tiklash edi. Holbuki, Xiva tomonidan Petr 1 ga qadar Rossiya bilan aloqalar o’rnatish
maqsadida 1585-yilda Xo’ja Muhammad boshchiligidagi, 1641-yilda Muhammad
Amin Bahodir, 1646-yilda Nazar Nodirqulov, shu yilning o’zida SHohbobo
rahbarligidagi bir qancha elchilik missiyalari va nihoyat Petr 1 ning o’zi davrida
SHoxniyozxon elchiligi amalga oshirilganligi yuqorida ta’kidlab o’tildi. XVIII
asrning 20-40-yillari Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan aloqalarida biroz
sustkashlik seziladi. Bu holat Bekovich - CHerkasskiy ekspeditsiyasining halokati
tufayli 1716- yildagi Rossiya bilan Xiva o’rtasidagi savdo iqtisodiy aloqalarining
to’xtatilishi bilan bog’liq edi
1
.
1726- yilda Peterburgga xivalik elchi Subxonkulibek keladi. U rus hukumati
oldiga Rossiya bilan Xiva o’rtasida savdo munosabatlarini qaytadan yurgizish
masalasini qo’yadi. 1726- yil 17- sentyabrda Oliy maxfiy kengash Rossiyadan
Xivaga savdogarlarni jo ’natish xivaliklar uchun ham, Xivadagi rossiyaliklar uchun
ham foyda keltiradi, axir savdoning taqiqlanishidan ham xazina va ham savdogarlar
zarar ko’rmoqda, degan xulosaga kelgan edi. Subxonqulibek elchilik missiyasiga
javoban Rossiya Oliy maxfiy kengashi Xiva bilan savdo munosabatlari o’rnatish
to’g’risida maxsus qaror chiqargan va Astraxandagi tayanch punktidan foydalanib,
o’sha paytlarda Rossiya bilan savdo aloqalarida mashhur bo’lgan Samarqandlik
Yodgor Alimov rahbarligida Xivaga rus savdo karvoni jo ’natiladi.
1728-yilda Xivaga jo ’natilgan ushbu karvon boshlig’i Yodgor Alimovga
Rossiya savdo aloqalari uchun nafaqat Xiva haqida, balki Buxoro, Samarqand, Balx,
Badaxshon, Koshg’ar, Toshkent, hatto Boburiylar Hindistonining Kobul va Laxor
shaharlarigacha - qanday imkoniyatlar borligini o’rganish vazifasi topshirildi. Ushbu
savdo karvonini himoya qilish uchun Yoyiq kazaklaridan tuzilgan otliq askarlar
ajratildi. Yuqoridagi Oliy maxfiy kengash qarorida Astraxanda va Rossiyaning
boshqa shaharlarida Xiva va Buxorodan keltirilgan mollar bilan savdo qilishga
ruxsat berilgan edi. 1729-yilda Yodgor Samarqandiy Rossiyaga Buxoro va Xiva
xonlari nomidan elchilik yorliqlari bilan keladi. Xususan, unda Xiva xoni Rossiya
savdogarlarining xavfsizligini ta’minlash majburiyatini olgan edi.
Ikki yildan so’ng, ya’ni 1731-yilda Xiva xoni Ilbarsxon Astraxan gubernatori
Izmaylovga maktub jo’natib, karvonlarning xavfsizligini ta’minlash haqida
1
A.Asqarov – “8.O’zbekiston xalqlari tarixi”.2 jild. T.: “Fan”,1994



9
majburiyat olgan. Xon karvonlarni Astraxandan kemalarda Mang’ishloqqacha, va u


yerdan quruqlik yo’li bilan Xivagacha keladi. Xon Mang’ishloqda savdogarlar
uchun tuyalar va himoya qilish uchun otliq askarlar hozirlab qo’yishni o’z
zimmasiga olgan. Savdo karvonlari Xivadan Rossiyaga qaytishda yana Mang’ishloq
orqali qaytishi va uning himoyasini tashkil qilishi va agarda favqulodda baxtsiz
hodisa sodir bo’lsa, xon hamma aybni o’z zimmasiga olishi va ko’rilgan zararni
to’lashi eslatilgan. Agarda karvon bilan baxtsiz hodisa dengizda sodir bo’lsa, u holda
xon javob bermasligi ham ta’kidlangan. Xon savdo karvonlarining talanishini iloji
boricha kamaytirish va avvalgi savdo ishlarini qaytadan kengaytirishga umid
bog’laganligini bildirgan edi. Xuddi shunday mazmundagi majburiyatlar Xiva xoni
tamonidan 1734 1736- yillarda takrorlangan edi. Va nihoyat, 1731-yil Rossiya
hukumati polkovnik I.I.Garber rahbarligida Xiva va Buxoroga qo’riqchilar bilan
savdo karvoni jo ’natadi. Unga savdo yo’llari xaritasini tuzish, Xiva va Buxorodagi
iqtisodiy ahvol haqida ma’lumotlar to’plash, Xiva va Buxoroning savdo aloqalari,
ularga bir yilda qanday tovarlar va qancha miqdorda kerakligi haqida ma’lumotlar
to’plash topshirilgan edi. Bundan tashqari, Garberga Hindistonga borish yo’lini
aniqlash, oltin va qimmatbaho toshlar bor joylar haqida ma’lumotlar yig’ish vazifasi
ham yuklangan edi.
1732-yili yuqoridagi ko’rsatmalar asosida jo’natilgan karvon yo’lda qozoq
sultoni Botirxon tomonidan talangani sababli maqsadga erishaolmagan. SHuni
alohida ta’kidlamoq kerakki, Rossiyaga O’rta Osiyodan keltirilayotgan tovarlar
orasida Eron tangalari ham bo’lgan. Masalan, 1749-yil Orenburg orqali Astraxanga
14 savdogar 17896 rublik 17 partiya tovarlar, shu jumladan, 10532 rublik 15 pud 10
funt og’irlikdagi kumushdan iborat bo’lgan 3 partiya tovarlar keltirilgan partiya
kumush bu “abbosiy” deb ataluvchi eronning kumush tangalari hisoblangan.
O’rtasoiyolik savdogarlar kumushni Orenburgda tovarlarga ayirbosh qilishgan.
Kumushlar Moskvadagi pul zarbxonalarida har zolotnigi (rus o’lchov birligi), ya’ni
misqoli (4.25 grammga teng og’irlik o’lchovi) 18 kop.dan yoki bir pudi 691 rubldan
qabul qilingan. Rossiyaga kumush tangalar Xiva va Buxorodan o’rtaosiyolik
savdogarlar orqali keltirilgan. Demak, XVIII asr o’rtalarida Xiva bilan Eron
o’rtasida savdo aloqalari qalinroq bo’lgan, degan xulosa qilish mumkin.
Xiva va Buxorodan Astraxanga tovarlarni o’rtaosiyolik savdogarlar, ya’ni
xivaliklar, buxoroliklar va turkmanlar olib kelgan. 30-yillarda Astraxanga keltirilgan
jami tovarlarning taxminan 51% o’rtaosiyoliklar zimmasiga tushgan. Ular orsida
xivaliklar yetakchi mavqeni egallagan. 1734-1735-yillarda o’rtaosiyolik savdogarlar
Astraxanga 17 ming rublik tovar olib kelgan bo’lib, shundan 13 minggi xivaliklar
zimmasiga tushgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, Astraxan orqali Rossiya bilan
Xiva va Buxoro xonliklari o’rtasidagi savdoda xivalik savdogarlar muhim o’rinni
egallaganlar. Astraxan bojxonasiga keltirilgan tovarlarni ro’yxatga olish kitoblarida
O’rta Osiyodan Rossiyaga keltirilgan tovarlar ro’yxati, tovarlarning o’lchov miqdori
va narxlari haqidagi ma’lumotlarga asoslanib Rossiyaning O’rta Osiyo bilan



10
savdosida xivalik savdogarlar yetakchi o’rinni egallaganliklariga umid qilish


mumkin.
Xivaliklar o’zlari bilan mahalliy tovarlar qatori Eron va Hindiston tovarlarini
ham Astraxanga olib borganliklarini ko’rishimiz mumkin. Xiva xonligi tarixi va
uning qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari to’g’risida anchagina ma’lumotlar
mavjud. Ma’lumotlarning aksariyati Rossiya tomonidan O’rta Osiyo xonliklarini,
Eron va Hindistonni o’rganish maqsadida jo’natilgan elchilar va diplomatlar
tomonidan yig’ilgan dalillardan iboratdir
1
. 1734- yili Angliya bilan Rossiya
o’rtasida Rossiya orqali sharq mamlakatlari bilan tranzit savdo yo’llaridan
foydalanish haqidagi bitim tuziladi. Bitim imzolangach, darhol, Rossiya
kompaniyasining ingliz vakillari Rossiya orqali Eronga boradigan qulay savdo
yo’llarini qidira boshlaydilar va shu maqsadda O’rta Osiyo, Ozarbayjon va Eronga
bir necha xufiya ekspeditsiyalari tashkil qildilar. Shu maqsadda, 1739-yili «Rus
kompaniyasi»ning vakillari Djon Elton va Mungo Gremlar Xiva va Buxoroga
jo’natilgan edi. Lekin Nodirshoxning O’rta Osiyoga hujumi xavfi haqidagi xabarni
eshitgach, ular Astraxandan to’g’ri Eronga ketishni afzal ko’rishgan. Bu boshlangan
ishni yakuniga yetkazish maqsadida 1740- yil fevralda «Rus kompaniyasi» Xiva va
Buxoroga yangi ekspeditsiya uyushtiradi.
Uning tarkibida Georg Tompson va Regnald Xogg kabi josuslar bor edilar.
Ular Xiva va Buxoroda savdo-sotiq sharoitlarini o’rganishlari kerak edi. Mazkur
ekspeditsiya Rossiyaning janubi-sharqiy chegaralari va Qozog’iston cho’llari orqali
yo’lga tushadi. G.Tompson va R.Xogglarning kundaliklari Eronda bo’lgan «Rus
kompaniyasi» savdogari Jonas Xonvey kitobida nashr qilingan. Bu kitobdan,
muallifning va XVIII asrning birinchi yarmida Eronga kelgan boshqa
yevropaliklarning yo’l kundaliklari o’rin olgan. Ushbu kitobdagi ma’lumotlar XVIII
asrning 30-40-yillarida O’rta Osiyo shaharlari, Ozarbayjon va Erondagi ichki va
tashqi savdoning ahvoli, shaharlar hunarmandchiligi to’g’risidagi xabarlardan
iborat. G. Tompson va R.Xogg 1740-yili 9-sentyabrda Yoyiq shahri orqali
Qozog’iston cho’llari, Orol dengizining shimoliy-g’arbiy qirg’oqlari orqali o’tib
Xivaga kirib kelishgan.
Ingliz josuslari Xivadagi ichki savdoning holatini tahlil qilib, ular faqat
Buxoro va Eron bilan savdo qiladilar, hayvon, mo’yna va terilarni qirg’iz (qozoq-
A.R) va turkmanlardan oladilar deb, xabar qiladi. Qirg’izlar va turkmanlar xivaliklar
uchun xavfli qo’shni hisoblanishgan ekan. Xivada uncha ko’p bo’lmagan paxta
ekilgan, o’rtacha sifatli qo’y terisi (qorako’l bo’lishi mumkin), uncha ko’p
bo’lmagan xom ipak yetishtirgan va ipakdan mahsulot ishlab chiqarilan. SHunday
qilib, ular Xivada ingliz sanoatini qiziqtiradigan xom ashyo manbai kam deb qayd
etishadi. Hind tovarlariga kelsak, G.Tompson va R.Xogglar bu yerda bo’lganlarida
hind tovarlarini ko’rishmagan. Ular Xivaning Buxoro va Eron, hamda qo’shni
1
Yunusova L.I «Torgovlya gorodov Sredniy Azii, Azerbaydjana i Irana v 30-40-x gg. XVIII v. (po yevropeyskim
istochnikam) //Pozdnefeodalniy gorod Sredney Azii. T.: 1990.



11
ko’chmanchilar bilan savdo qilganliklarini e’tirof etishgan.


Inglizlar Xivada o’zlarining tovarlari uchun bozor ham qidirgan, lekin
izlanishlar natijasida ular Yevropa tovarlariga xivaliklarning ehtiyoji kamligini
sezishgan. SHuning uchun bu yerda foydali savdo qilishga ko’zi yetmay, foydadan
ko’ra sarf-xarajat miqdori oshib ketadi, deb hisoblashgan. Boj masalasida,
musulmon bo’lmaganlarning tovarlaridan 5%, musulmonlarnikidan esa 2,5% boj
solig’i olingan. Demak, ingliz tovarlari uchun imkoniyatlar ancha cheklangan
bo’lgan. «Rus kompaniyasi» josuslari Xivada, Nodirshox qo’shinlari Xivani
egallashganigacha, ya’ni, 1740-yili 15-dekabrgacha qolishgan. Ular o’z tovarlarini
eronliklarga sotib bo’lishgan, ammo pullarini hali olishmagan ekan. R.Xogg
eronliklarga nasiyaga bergan mollarining pullarini olish maqsadida Xivada qolgan,
so’ng Rossiyaga qaytmoqchi bo’lgan. G. Tompson esa Buxoroga jo ’nagan. R.Xogg
faqat 1741-yili aprel oyida Xivadan jo ’nab ketishga muvaffaq bo’lgan. Yo’lda
o’g’rilar tomonidan talangan R.Xogg Orenburg orqali 1742-yil bahorda Peterburgga
yetib borgan. Buxoroga kelgan G.Tompson savdo aloqalarining ilgarigi davrga
nisbatan yomonlashganligini ko’radi. U Buxoroda yetishtiriladigan va ishlab
chiqiladigan mahalliy mahsulot turlari bilan, Buxoro bozorlari va uning tashqi savdo
aloqalari bilan qiziqadi. G.Tompson buxoroliklarning yevropa tovarlariga ehtiyojini
o’rganib, buxoroliklarning yevropa tovarlariga talabi kamligini, movut kabi
tovarlardan faqatgina bosh kiyim tikishda foydalanishini aniqlagan. U yevropa
tovarlarini Buxoro bozorlariga olib kelib, tavakkal qilishdan foyda yo’q, degan
xulosaga keladi. G.Tompson Buxoroda boj solig’i olinishiga o’z e’tiborini qaratgan.
Buxoroda hamma keltiriladigan mollardan 1%, olib chiqiladigan mollardan
esa 10% soliq olingan. Tinchlik davrlarida boj solig’idan keladigan foyda yiliga
1000 dukatni tashkil qilgan. Xuddi shunday, Xiva xoni xazinasiga tushadigan boj
solig’i foydasi yiliga 100 dukatgacha yetgan. SHundan ko’rinib turibdiki, Xivada
Buxoroga nisbatan savdo aylanishi ancha past bo’lgan. Bu kabi xolatni biz XVI asr
o’rtalarida Xiva va Buxoroga kelgan A. Jenkinson ma’lomotlarida ham uchratgan
edik. Bir asr muqaddam Jenkinsonning bergan fikrini G.Tomson va R.Xogglar ham
tasdiklab turibdi. Har ikkalasi Buxoro bozorlarida o’zlari olib kelgan movutga
xaridor topa olishmagan va bu yerda Yevropa tovarlari narxi hu darajada pastki
tavakkal qilib, xatarli yo’llar bilan tovarlarni olib kelib sotishdan foyda yo’q, degan
xulosaga kelishgan. Aftidan, G.Tompson va R.Xogglar ushbu ma’lumotlarning
Rossiya orqali o’tishini hisobga olib, rus hukumatining va rus sanoat doiralarining
diqqatini ataylab chalg’itishga uringan ko’rinadi.
Mazkur ekspeditsiyadan keyin G.Tompson Buxoroga, R.Xogg esa Peterburga
qaytib ketadi. Xuddi shu davrda Ozarbayjon, Eron va Kaspiybuyi viloyatlarining
o’rganilishi natijasida inglizlar bu xududda savdo qilish foydali deb bilishgan. Ular
bu xududlardan nafaqat ingliz tovarlari uchun bozor, balki xom ashe manbai sifatida
foydalanishni afzal ko’rishgan. Yuqorida zikr etilgan D.Elton va M.Gremlarning
ekspeditsiyasi o’z yo’nalishi bo’ylab vaziyatni o’rganib, ular Mashhadda savdo



12
kontorasini ochib, u orqali ingliz mollarini Eron, Afg’oniston, Hindiston va O’rta


Osiyoga tarqatish mumkin degan xulosaga keladilar. Buning uchun tovarlarni
Londondan Peterburgga, so’ng Astraxan, u yerdan Kaspiy dengizi orqali Astrobod
va so’ng Mashhadga olib kelishi kerak edi.
SHunday kilib, ekspeditsiyalar natijasida ingliz savdogarlari orzulariga
erishgan. D.Elton va M.Gremlar Kaspiy dengizi bo’ylarida ingliz savdosini
kengaytirishdan katta foyda olish mumkin deb hisoblashgan. Hatto Eron shoxi
Nodirshoxning o’g’li Rizoqulidan «Rus kompaniyasi»ga savdo qilish uchun
imtiyozlar berish haqida farmon ham olgan edi. Yuqoridagi ikkita kompaniya
vakillarining bergan ma’lumotlarini tahlil qilish natijasida ularning bir biriga
qarama-qarshi xulosaga kelishgani ma’lum bo’ldi. D.Elton bilan M.Grem Volga-
Kaspiy savdo yo’li Eronga borish uchun juda qulay va bexavotir, hamda bu yerda,
Eron va Ozarbayjon viloyatlarida ingliz savdosini kengaytirish Angliya uchun katta
foyda keltiradi, deb hisoblashgan. SHunisi e’tiborga molikki, XVIII asrda hind
savdogarlari Astraxanda ham savdo qilishgan ekan. Ma’lumotlarda hind
savdogarlarining turli mamlakatlardan, xususan, Xiva va Buxorodan Astraxanga
tovarlar olib kelganligi qayd etiladi. Jumladan, 1733-1734-yillarda hind savdogarlari
Rossiyaga, xususan, Astraxanga Bokudan 126 to’p, Gilyandan 56 to’p, Darbanddan
12 to’p, Xivadan 3 to’p va Buxorodan 1 to’p tovarlar; 1744-1745- yillarda
Gilyandan, Bokudan , Darbanddan, SHemaxadan 1 to’p tovar Lar keltirgan. Lekin
1744-1745-yillarda O’rta Osiyodan hind savdogarlarining mol olib kelganligi
daftarlarda qayd qilinmagan ekan.
XVIII asrning birinchi yarmida hindlarning O’rta Osiyo bilan savdo aloqalari
biroz kamroq bo’lgan. Jumladan, 1737- yil hind savdogarlari Xivadan 1187- rublik,
1739-yil 1740 rublik va 1742-yil 1181 rublik tovar keltirgan. Ma’lumotlarga ko’ra,
xiva va buxoro ip gazlamalari, paxtasi, oshlangan qo’y terisi va qo’zi terisini Eronda
sotib olishgan. Demak Xivadan hind savdogarlarining Xiva tovarlarini kam olib
kelishining sababi, bu tovarlarni hindlar Erondan sotib olib, so’ng Astraxanga
keltirilganligi ekan. Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning
ko’rsatmalari, elchilarning kundaliklarida e’lon qilingan xabarlar bizga Xiva
xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim ma’lumotlarni berishi bilan
hozirgi kunda ham o’zining qimmatini saqlab qolmoqda. Keltirilgan dalilalarga
asoslanib, Xiva xonligi XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Eron, Hindiston va Rossiya
davlatlari bilan qizg’in savdo va diplomatik munosabatlarni yo’lga qo’ygan deyish
mumkin.



13


Yüklə 104,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin