Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy diplomatik munosabatlari


 XIX asr davomida Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida munosabatlarning



Yüklə 104,63 Kb.
səhifə5/7
tarix13.07.2023
ölçüsü104,63 Kb.
#136477
1   2   3   4   5   6   7
Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya b-hozir.org

2.1 XIX asr davomida Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida munosabatlarning 
keskinlashuvi 
Xiva xonligining qo’shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalarini o’rganish uning
Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari majmuida ko’rib chiqsak maqsadga muvofiq
bo’ladi. Sababi, O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan tashqi iqtisodiy aloqalari
so’nggi o’rta asrlarda yildan - yilga tobora jadallashib borganligi va Rossiya
tovarlari O’rta Osiyo xonliklari orqali Xitoy, Hindiston, Eron va boshqa
mamlakatlarga kirib borganligi kuzatiladi. Demak, Xiva Rossiya bilan na faqat
siyosiy va iqtisodiy munosabatlar o’rnatgan, hattoki u Rossiyaning sharq davlatlari
bilan aloqasida vositachi davlat ham bo’lgan.
Rossiyaning Xiva va Buxoroga va ular orqali sharq davlatlariga jo ’natgan
savdogarlari va missiyalarining yozma bildirishnomalari, hisobotlari biz uchun
manba vazifasini o’taydi, chunki ularda Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayoti
haqida batafsilroq malumotlar talayginadir. Masalan: N.A.Xalfin Rossiyaning O’rta
Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarida xivaliklarning muhum rol o’ynashini
ta’kidlagan. Xivaliklar tuyalarda tovarlar bilan Buxoroga borishgan, u yerda buxoro
tovarlari va chet el mollarini olib Orengburg, qirgiz cho’llari orqali, yoki
Mang’ishloq va Kaspiy dengizi orqali Astraxanga borishgan. O’rta Osiyo bilan
Hindiston va Afg’oniston o’rtasidagi iqtisodiy-savdo aloqalari to’g’risida XIX
asrning 30-yillari boshlarida maxfiy topshiriq bilan Buxoroga safar qilgan ingliz
agenti Aleksandr Borns ko’p xarakterli ma’lumotlar beradi
1
.
A.Borns Astrobod bilan Xiva savdo aloqalari yo’lning notinchligi va doimiy
hujum xavfi tufayli unchalik taraqqiy etmaganligini bayon qiladi. Astrobodga bir
yilda bitta yoki ikkita Xiva karvoni kelgan bo’lib, ularning har birida 80 yoki 100
tuya yuk keltirilgan. Borns xabariga ko’ra, Xiva bilan Astrobod oralig’i karvon
uchun xatarli bo’lganligi sababli savdo karvonlari Kaspiy dengizining sharqiy
qirg’oqlari bo’ylab yurgan . XIX asrning 30-yillari boshlarida O’rta Osiyo
bozorlarida ingliz va rus tovarlari o’rtasidagi raqobat tobora kuchaya boradi. SHu
davrlarda ingliz tovarlari Afg’oniston orqali O’rta Osiyo xonliklariga, rus tovarlari
esa O’rta Osiyo xonliklari orqali Afg’onistonga ko’proq kirib kela boshlaydi.
Natijada afg’on savdogarlari xalqaro savdo munosabatlariga tobora keng jalb qilina
boshlangan. A.Borns xabariga ko’ra, afg’on savdogarlari rus yarmarkalariga ham
tashrif buyurishgan. Buxoro savdogarlari afg’on savdogarlarining ingliz tovarlarini
O’rta Osiyo bozorlariga olib kelayotganligidan narozi bo’lishgan
2
.
1838-yilda Qandahor, G’azna, Kobul, Qunduz, Balx, Buxoro kabi Xiva
karvonsaroylari ham nil bo’yog’iga to’lib ketgan. Ma’lumotlarga ko’ra 1838-yil
Buxoro bozorlarida nilning pudi ikki tillo-yu to’rt yoki besh tangadan sotilgan.
Lekin o’sha yillardagi bo’yoqlar sifati avvalgilardan ancha past bo’lgan ekan.
1
Ziyoev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. - T.: SHarq, 1998.
2
Abdurasulov A. Xiva (tarixiy-etnografik ocherklar). - T.: O’zbekiston, 1997



22
SHuning uchun nilning narxi tushib ketgani rost emish. Bundan avg’on savdogarlari


sezilarli zarar ko’rishgan. 1838-yili har bir tuya yukdan (16 pud) bir tillodan zarar
ko’rilgan ekan. Orenburg general-gubernatori Perovskiy ham afg’on
savdogarlarining Buxoro va Xivaga ko’plab ingliz tovarlarini olib kelayotganligini
e’tirof qilib, ularni rus tovarlariga nisbatan ancha past narxlarda sotayotganligidan
mamnun bo’lgan. Biroq, shunga qaramasdan ingliz tovarlarining xaridorlari kam.
Buning sababi afg’onlar ingliz tovarlarini Buxoro va Xiva tovarlariga ayirbosh
qilmasdan, faqat naqd pulga sotishadi, deb ta’kidlagan edi. Afg’onistonning ichki va
tashqi tranzit savdo aloqalarida mamlakatda yashovchi afg’on savdogarlari kabi
tojiklar, hindlar va eronlik savdogarlar katta rol o’ynagan. Ko’chmanchi afg’on
qabilalari hisoblangan povinda vositachi rolini bajargan.
Elfinston ma’lumotiga ko’ra, povinda orasida XIX asr boshlarida 3000 fsterl,
boylikka ega bo’lgan bir nechta savdogarlar bo’lgan. Ular O’rta Osiyo bilan
Hindiston o’rtasida hamkorlik qilgan. XIX asrning 40-yillarida Rossiyada Xiva
xonligi haqida bir qator maqolalar e’lon qilina boshlaydi. Jumladan, 1840-yilda
e’lon qilingan G.Gilmersenning “Xiva, v nineshnem svoem sostoyani” maqolasida
Xivaning Afg’oniston bilan savdo qilishi, hattoki, Xivada 15 afg’on oilasi
yashaganligi, ular asosan savdo qilish uchun Xivaga kelishganligi, ba’zilari tabiblik
bilan ham shug’ullanganligi ta’kidlangan. U makolada karvonlardan boj solig’i pul
bilan olinishi va aniq soliq miqdori belgilanmaganligi, soliq avval Urganchda,
keyinchalik Xivada olinganligini xabar kiladi. U xonlikning qovun, tarvuz, qovoq,
sariq va oq sholg’om, turup, sabzi, qand, no’xot, piyoz, turk loviyasi, bodring,
kartoshka kabi ekin turlari haqida ma’lum kilib, Xivaning ho’l mevalarga boy
emasligi sababli juda qimmat bo’lganligini va uni faqat badavlat kishilar sotib
olishganligini ta’kidlagan. Mayiz va jidda Mashhaddan keltirilgan va u aroq
tayyorlashda ishlatilgan. Bir pud Eron mayizi 16 tanga (8 rub.) turgan. Mahalliy
uzumdan kuchsiz aroq tayyorlangan va uning bir shtofi (chelakning o’ndan bir
qismiga barobar keladigan vino, aroq o’lchovi va shu miqdordagi aroq, vino) 5 tanga
turgan. Bir funt olma Xozaraspda taxminan 10 ko’p bo’lgan, tarvuz va qovunlar
arzon bo’lib, katta qovun 3 ko’pdan 5 kop.gacha sotilgan.
Gilmersen Xiva qo’shinlari qilich, nayza, miltiq bilan qurollanganligi,
sardorlari sovut kiyganligi, sovut Erondan keltirilganligini ta’kidlagan. 1840-yilda
bosilib chiqqan iikinchi maqolada Xivanig ichki va tashqi savdo aloqalari to’g’risida
ma’lumot berilgan. Mamlakat ichki savdosi unchalik muhim bo’lmay, unda asosan
g’alla va mayda narsalar, qullar sotilganligi xabar qilingan. Mazkur maqolada Xiva
butun Osiyoning savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgan, undan Hindiston, Xitoy,
Eron, umuman SHarqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga boradigan yo’llar
boshlanadi, deb uning geografik jihatdan qulay ekanligini e’tirof qila turib, yana
Xivaning cho’l zunasida joylashganligi uchun o’zining mahsulotari bilan keng savdo
qilolmaydi, deb qo’shib qo’yilgan.



23
Xiva Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo’llari kesishgan joyda


joylashgani uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o’taydigan joy bo’lib
qolgan. Sartlar Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib, ularni Orenburg va
Astraxanga yetkazib bergan va u yerda o’z tovarlarini yupqa movut, barxat, kumush,
tillo, qand, igna, ustara, pichoq, yupqa bo’z, ko’zgu, qog’oz, mis, qo’rg’oshin va
cho’yan idishlar, hamda boshqa Yevropa tovarlariga ayirbosh qilgan
1
. 1840-yillarda
Buxoroda bo’lgan Xanikov Buxoroning Xiva bilan savdo munosabatlari haqida
ma’lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o’tish qiyinligi sababli Buxoro Xivaga
kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari jo ’natgan.
Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan. Muallifning
yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom ettirish qiyin,
shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho’yan va teri buyumlarini ko’proq sotib
olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining bir qismi Buxoroga ham olib
borilgan. Xiva xonligi haqidagi ma’lumotlardan biri 1843- yili «Manufaktur i
torgovlya» jurnalida nashr qilingan maqola hisoblanadi. Unda yozilishicha, Rossiya,
Eron, Qo’qon va Buxorodan metal buyumlar: qo’rg’oshin, miss, temir, cho’yan
oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo’li orqali Rossiya, Eron va Buxoroga
olib borilgan.
Maqolada 1837 -1838-yillardagi tillo va kumush tangalar kursining muntazam
o’zgarib turishi haqida ma’lumot beriladi. Xabardan Xivada muomalada bo’lgan
pullar kursi haqidagi ma’lumot ham o’rin olgan. Unda yozilishicha Xivada tillo pul
zarb qilingan. 1 tillo 26-35 tanga yoki 15 rubga teng kelgan, 2 tanga (kumush pul) 1
abbosiy chaqaga teng kelgan, 1 abbosiy 1 rubga tenglashtirilgan. Demak, 1 tillo
qiymat jihatidan 15 rubga mos kelsa, u holda 1 tanga 50 rus kop.ga to’g’ri kelgan.
O’sha paytda tillo va mis narxi oshib ketgan, ammo Erondan olinadigan kumush
narxi pasayib ketgan ekan, tillo 15 rubga ko’tarilgan. Mazkur makolada Xiva orqali
Rossiya Eron va Buxoro bilan savdo qilishi va Xivadan ketadigan tuyadan bir
zolotnikdan, Xivaga kirib keladigan tovarlardan esa 1/40 miqdorda soliq olinishi
xabar qilingan. Bozorlarda va savdo bo’ladigan joylarda boj solig’i olingan. Sotilgan
tuya uchun xazinaga 3 rub, ot, ho’kiz va qoramol uchun 1 rubl qo’ydan 50 ko’p soliq
olingan. G.I.Danilevskiyning «Opisanie Xivinskogo xanstva” asaridagi ma’lumotlar
orasida Xivaning Qo’qon kabi Hirot va Mashhad bilan to’g’ridan-to’g’ri savdo
aloqalariga ega emasligi, vaholanki, savdo karvonlari Erondan to’g’ri Marv orqali
o’tib, Xiva xonligining hech qayerida to’xtamay to’g’ri Buxoroga o’tib ketishi qayd
etilgan.
Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari,
fundamental asarlar, hamda rus axborotida e’lon qilingan maqolalar bizga Xiva
xonligi haqida, qolaversa xonlikning tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim
1
Xiva, ili geograficheskoye i statisticheskoye opisaniye Xivinskogo xanstva, sostoyashego teper v voyne s Rossiyey,
zaimstvovannoye iz raznix otechestvennix i inostrannix pisateley, s izobrajeniyami kostyumov i vida goroda Xivi. M.:
1840.



24
ma’lumotlarni berishi bilan hanuzgacha o’z qadrini saqlab qolmoqda. Ko’rib


o’tganimizdek, Xiva xonligi XIX asrda Rossiya bilan juda yaqin savdo-iqtisodiy
munosabatlariga kirishgan. Xonlik an’anaviy savdo aloqalarini davom ettirgan holda
Buxoro, Eron va Hindiston bilan ham munosabatlarni jadallashtirgan. Hattoki,
xonlik Rossiya bilan sharq davlatlari o’rtasidagi savdo munosabatlarida vositachi
davlat vazifasini ham bajargan.



25


Yüklə 104,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin