Reja Kirish Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati Inqirozni bashorat qilishning turli XIL kontseptsiyalari Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy


Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati



Yüklə 176,83 Kb.
səhifə2/9
tarix02.06.2023
ölçüsü176,83 Kb.
#123999
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Kirish Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati Inqiroz

Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati

Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir. Iqtisodiy sikil deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir sikilni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitda vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi. Inqiroz fozasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bulib u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan istemol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini saqlaydi. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni ma’ruza salbiy turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik harakterni kasb etadi. Bu tashqi omillar ichidan qo’yidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar.
Oltin, uran, neft, va boshqa qimmatli resurslar, yirik konlarning ochilishi.
Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migrasiyasi, yer shari aholi migrasiyasi, yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi.
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir kurinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishlarning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faolikning mavsumiy tebranishlar ham mavjud bo’ladi. Masalan bayramlar arafasidagi harid qilish, istemolchilik tovarlarning faollik suratida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq ho’jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi. Iqtisodiy faolik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoillarga, yani uzoq muddatli davr, masalan 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi yoki pasayishiga bog’liq. Bu yerdashuni takidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh) o’zoq muddatli tamoil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos iqtisodiy faolikning tebranishni tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarishlar va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi.
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agar inqirozlar qo’yidagi shakillarda nomoyon bo’ladi.

  1. Qishloq ho’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarishni, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi.

  2. Narxlarning pasayishi, daromodlar va foydalarning kamayishi.

  3. Fermerlarning ommoviy ravishda xonavoyron bo’lishi ularning qarzlarining ortishi.

  4. Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi.

Qishloq ho’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos xususiyatlarga o’ziga xos xarakter kasb etadi. Agar inqirozlar sanaot sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz o’tgan asrning 70- yillarida 90-yillar o’rtasigacha davom qilgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin, aholining harid qobilyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchunchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80 yillargacha davom etdi. Agrar inqirozning cho’zilib ketishining asosiy sabablari qo’yidagilar.

  1. Yerga xususiy mulk manopoliyasi sharoitida u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi.

  2. Yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz suratda o’sib borishi. Yer rentasining avvolo absalyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi.

V) Ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarni o’tkazish va ijara haqini to’lash uchun ishlab chiqarishni ilgargi miqdorda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko’paytirib beradi. Agrar inqirozlar siklli harakterga ega bo’lmaydi. Qishloq ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut harakterga ega bo’lmaydi. Qishloq ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut harakterga emas, balki nisbiy xarakterga ega. Chunki, inqiroz ro’y bergan mamlakatda million – million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy sikl va siklli rivojlanishga mingdan ortiq qarashlar mavjudligi ta’kidlanadi. Biz ularning ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan asosiylariga tavsif beramiz.
Kitchin sikli – zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Kitchin (1926 y) moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari harakatida sotish narhlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni tadqiq qilishga o’zining e’tiborini qaratadi.
Juglar sikli – biznes – sikl, sanoat sikli, o’rtacha sikl va katta sikl kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7 – 12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narhdan tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan. K. Juglar (1819 – 1905 y) nomi bilan ataladi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatlifoydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko’proq yo’qotishga uchraydi. Uy – joy va sanoat binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investision tovarlar, avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o’zining rivojlanish uchun yuqori darajada raqobat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to’xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitda investision tovarlar zahiralarini ko’paytirish hyech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq foydalanishlari mumkin bo’ladi. Iqtisodiy jihatdan qo’lay davrlarda yani sikilning jonlanishi va yuksalish fozalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirganiga almashtiriladi. Ammo inqiroz davri kelganda korxonalar o’zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvatlari mavjud bo’lgan ayrim korxonalar, xatto istemol qilingan asosiy kapitalning o’rnini asosiy kapitalining o’rnini qoplashga ham harakat qilmaydi. Qisqa muddatli foydalanadigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. Aholi yoki keng istemolchilar qatlamiga iqtisodiy sikil turlicha ta’sir ko’rsatadi. Inqiroz davri boshlanganda, doimiy doromad oluvchi istemolchilar oila byudjetini qisqartirishga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni harid qilishni to’xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a’zolarini yeb-ichishi va keyinishi zarurligi tufayli oziqovqat mahsulotlari va keyim kechaklar, yani qisqa muddatda foydalanadigan istemolchilik tovarlarini harid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat bunday tovarlarini harid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investision tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada manopol mavqiyega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha manopol xukumdorlikka ega bo’lishi mumkin. Shu sababli talabaning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskor bo’lgan holatni qisqa muddatli foydaniladigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin.
Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuvi darajasining pastligi bilan harakterlanadi. Shu sababli ular siklining salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko’proq aks etadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va inovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi.
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko’pchilik iqtisodchilar tamonidan (iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar to’g’risida deb hisoblaydi). Iqtisodiy siklni tug’diruvchi muxim omillardan biri sifatida qaraladi. Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina uskunalarga talabning keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa to’liq tabiyki bu xol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.
Boshqa ichki omillardan qo’yidagilar ajratib ko’rsatiladi.

  • Shaxsiy istemolning o’zgarishi (qisqarish yoki kengayish);

  • Investisiyalar, yani ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarni vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi.

  • Ishlab chiqarish talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi iqtisodiy sikilning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko’lami tug’ri emas.

Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqish mumkin emas. Demak kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to’planish darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.



  1. Yüklə 176,83 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin