Reja: kirish. Kurs ishining dolzarbligi,maqsadi va vazifalari


Ham kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə8/10
tarix31.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#60126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tuzlargidrolizi

Ham kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish.Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bulgan tuzlar ham kation, ham anionlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi OH- ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan kislota va asos hosil qiladi. Hosil bo`ladigan kislota va asosning kuchiga qarab, eritmaning muhiti yo kuchsiz kislotali yoki kuchsiz ishqoriy bo`ladi, masalan:
NH4CN + H2O  NH4OH +HCN
NH+4 + CN- + HOH NH4+ +OH- +HCN
bunda KNHOH = 1,79 10 –5, KHCN = 7,9 10-10 bo`lgani uchun eritma kuchsiz ishqoriy muhitni namoyon qiladi.
Juda kuchsiz kislota va juda kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi bir tomonlama bo`lib, oddiy sharoitdayoq oxirigacha boradi. Shuning uchun bunday gidrolizlanishga to`la gidrolizlanish deyiladi:
Cr2 S3+ 6H2O = Cr (OH)3 + 3H2S
Agar kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasi kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasiga qo`shilsa, ikkala tuzning gidrolizi ham oxirigacha boradi. Bu hodisaga birgalikda yoki hamkorlikda boradigan gidroliz deyiladi, masalan:
2FeCI3 + 3(NH)2S +6H2O = 2Fe(OH)3 + 6NH4CI +3H2S
2Fe 3++ 3S2- +6 H2O = 2Fe(OH)3 + 3H2S
Tuzlarning gidrolizlanishi miqdoriy jihatdan gidrolizlanish konstantasivagidrolizlanish darajasi bilan xarakterlanadi.
Na2CO3 +H2O  NaHCO3 + NaOH
CO32- +H2O  HCO-3 +OH-

Gidrolizlanish qaytar jarayon bo`lgani uchun unga massalar ta’siri qonunini tatbiq etish mumkin:



Muvozanat konstantasi K bunday hollarda gidrol izlanish konstantasi deyiladi va Kgidr- bilan ishoralanadi. (Gidroliz konstantasi ifodasiga suvning konsentrasiyasi yozilmaydi, chunki suvning miqdori o`zgarmas deb qabul qilinadi.)Gidrolizlanish konstantasining qiymati ortishi bilan gidrolizlanish ham ortadi.
Bir negizli kislota va bir negizli asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantalari bilan suvning ion ko`paytmasi (10 –14mol/l) hamda kislota va asosning dissosilanish konstantalari orasida quyidagicha bog`lanish bor:
(1)
Bunda(1) Kgidr -kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasi:
(2)
Bunda(2) Kgidr-kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasi:
(3)
Bunda Kgidr-kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantasidir.
Gidrolizlangan molekulalar sonining eritilgan umumiy tuz molekulalari soniga nisbati gidrolizlanish darajasi deyiladi va h harfi bilan belgilanadi.
Gidrolizlanish darajasi gidroliz natijasida hosil bo`ladigan kislota yoki asosning kuchiga, konsentrasiya va temperaturaga bog`liq bo`ladi. Tuz eritmasining konsentrasiyasi kamayishi bilan gidrolizlanish darajasi ortadi, masalan: gidrolizlanishi
Na2CO3 + H2O  NaHCO3 +NaOH
(t = 250C)tenglama bilan ifodalanadigan tuzning gidrolizlanish darajasi konsentrasiya kamayishi bilan quyidagicha o`zgaradi:

C(mol/ l) 0,2 0,1 0,05 0,01 0,005 0,001
h% 1,7 2,9 4,5 11,3 16 34
Temperatura ortishi bilan ham gidrolizlanish darajasi ortadi. Masalan: gidrolizlanishi quyidagicha
CrCI3 + H2O Cr(OH)CI2 + HCI (C = 0, 01 mol/ l)
ifodalangan tuzning gidrolizlanish darajasi temperatura ortishi bilan quyidagicha ortadi:
t0 (C0 ) 0 25 50 75 100
h (% ) 4,6 9,4 17 28 40
Gidrolizlanish darajasi bilan kuchsiz elektrolitlarning dissosilanish darajasi orasida o`xshashlik borligi ko`rinib turibdi.
Shuning uchun suyultirish qonunidan foydalanib, h bilan Kgidr- orasidagi bog`lanishni quyidagi tenglamalar yordamida ifodalash mumkin:
1.kuchli asos va kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanish darajasi h=0.01 bo’lganlari uchun va boshqa xildagi tuzlarning gidrolizlanish darajalarining formlalari bo’lib, umumiy holda quyidagicha bo’ladi:



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin