Syujetli-rolli o‘yinlarning shartli real vaziyati bolaga o‘ziga tanish hayotiy obrazning qayta bajarishida yordam beradi. Bola harakatlarning o‘zidan, qush va xayvonlarga taqlid qilishdan quvonadi: qushchadek parvoz qiladi, quyonchadek sakraydi, toychoqdek chopadi. Shuning uchun ham o‘yin paytida kulgi, quvonchli xitoblar eshitilib turadi va o‘yin jarayonining asosida endi bolaking oddiy ijrochilik aktivligi, o‘yin obraziga kirishga dastlabki urinishlari qaror topadi.
Milliy o‘yinlarbolalarning kuch va qobiliyatlarini o‘stiradi, ularni xayotga tayyorlaydi. Xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari kabi milliy harakatli o‘yinlar xam uzoq tarix osha bizgacha yetib kelgan. Milliy o‘yinlar orqali bolaning nutqi o‘sadi, aqliy qobliyati rivojlanadi, jismonan epchil va baquvvat bo‘lib o‘sishi ta’minladi. O‘zbek milliy o‘yinlari bolalarni iymonli, e’tiqodli, aqliy barkamol, sog‘lom qilib tarbiyalashda yordam beradi.
Xulosa. Harakatli o‘yinlar ichida guruhning barcha bolalari bir vaqtda aktiv ishtirok etadigan o‘yinlar («Chumchuqlar va avtomobil», «Qimning zvenosi tezroq saflanadi», «Ayyor tulki» va boshqalar) ham bor. Shu bilan birga harakatlarning navbatliligi asosiga qurilgan («Quvlashmachoqlar», «Kim lentani tezroq tortadi», «Xaltachalarni almashtirish» va hakazo) foydali va qiziqarli o‘yinlar mavjud. Bu o‘yinlar irodani tarbiyalashga yordam beradi, o‘zini tuta bilishga o‘rgatadi. Biroq bunday o‘yinlarni noto‘g‘ri tashkil etilganda bolalar o‘yin topshiriqlarini bajarish uchun uzoq vaqt navbat kutib qoladi. Kutib qolish, statik holatlarning bir xilligi, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda qiziqishning, harakat reaksiyasi tezligining susayishiga olib keladi; katta yoshdagi bolalar arzimagan bahona bilan o‘yindan chalg‘iydilar, bu esa mazkur holning sabablarini hisobga olmagan tarbiyachida norozilik uyg‘otadi. Bunday paytda o‘yinda kichik guruh ishtirok qiladi va u uzoq davom etmaydi, bolalar aktiv bo‘lib o‘yin oxirigacha diqqat qiladilar.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.
Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.
T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.
Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.
Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014 Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.