Reja: kirish mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni O’zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish


Xususiylashtirishning asosiy kursatkichlari ( 2018-yil yanvar-mart xolatiga)



Yüklə 62,13 Kb.
səhifə9/11
tarix14.12.2023
ölçüsü62,13 Kb.
#177685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari-fayllar.org

Xususiylashtirishning asosiy kursatkichlari ( 2018-yil yanvar-mart xolatiga)13

Hududlar


Xususiylashtirilgan korxona va obhektlar soni


Davlat aktivlarini sotishdan olingan tushumlar


Birlik

Jamiga nisbatan foizda

Mln. so’m


Jamiga nisbatan foizda


O’zbekiston Respublikasi


213



84953,7

100%

Qoraqolpog’iston Respublikasi


26

12,2

1939

2,3

Viloyatlar





0,0




0,0

Andijon

14

6,6

486,7

0,6

Buxoro

3

1,4

727,1

0,9

Jizzax

5

2,3

774,7

0,9

O’zbekistan Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining mahlumotiga ko’ra, 2018 yilning yanvar-mart oylarida 213 ta korxona va obyektlar xususiylashtirildi.


Bu ishlarni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad qarovsiz holda bo’lgan bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlovchi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etib, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishdir. Bu esa, o’z navbatida, bozorlarimizni xaridorgir va import o’rnini bosuvchi ko’’lab yangi turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini tahminlash va turmush farovonligini bundan-da yuksaltirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini tahminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ularni himoya qilishning muhim yangi bosqichi bo’ldi. Bu farmon asosida Mamlakatimizda bir qator ishlarning bajarilishi muhim vazifa sifatida qo’yildi. Jumladan, prezidentimiz tomonidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifalardan biri, deb belgilanmoqda.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishga qaratilgan.
Jumladan, 2017-yil 23-fevralida prezidentimizning “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2017-yilgacha xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obyekt mavjud bo’lib, ulardan 22921 tasi hozirda faoliyat ko’rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko’ra ishlamaydi.
Bu korxonalarda moliyaviy resurslar, xomashyo materiallari hamda kommunikatsiya tarmoqlarining yetishmasligi, ushbu tarmoqlardan uzilib qolish holatlari mavjudligi, bino-inshootlarning yaroqsizligi, ishlab chiqarish uskunalari eskirganligi, mulkdorda aniq investitsiya loyihasining yo’qligi kabilar avval xususiylashtirilgan 4094 ta korxona faoliyatining to’xtab qolishiga sabab bo’lgan. Ishlamayotgan 1232 ta korxonalarning har biri 2000 kv.m.dan ortiq ishlab chiqarish maydoniga ega bo’lib hisoblanadi. Bunday toifadagi korxonalarning eng ko’’ qismi Surxondaryo (280 ta), Namangan (152 ta), Toshkent (141 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (119 ta) hissasiga to’g’ri keladi28.
Xukumatimiz tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2017-2018 yillarda 2825 ta korxona negizida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari doirasida 2,78 trln. so’m va 228,4 mln. AQsh dollari miqdorida investitsiya jalb qilinishi (shundan 1,28 trln. so’m va 137,7 mln. AQsh dollari bank krediti) orqali 25 mingdan ortiq yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda bajarilayotgan ishlardan biri sifatida ‘rezidentimiz Sh.Mirziyoev aytganlaridek, “Biz bo’sh turgan davlat mulki obhektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auktsionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. Shu maqsadda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi”29.
Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o’rinlarining ko’payishiga imkon yaratadi.
Milliy iqtisodiyotda xususiy mulk salmog’i dinamikasidagi tendentsiyalar. Davlat ukladining hissasi 1990 yilgi 85 foizdan 2000 y. 29,8 foizga, 2011 y. esa 18,7 foizgacha pasaydi. Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish, uni asosan xususiy mulkka sotish bo’yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilishi natijasida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari va obhektlari mulkchilik shaklini o’zgartirdi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 82,5 foizdan ko’prog’i, sanoat mahsulotining va pudrat ishlari hajmlarining 90 foizdan ortig’i, qishloq xo’jaligi va savdo sohasining deyarli barcha mahsuloti iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda.
Xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, iqtisodiyotda davlat ishtirokining kamaytirilishi hamda xususiy mulkchilikning roli va ahamiyati oshirilishi istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g’oyat muhim ustuvor yo’nalishi bo’lib qolmoqda. Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sohaga to’la erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifa etib belgilangan. O’zbekistan Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining mahlumotiga ko’ra, 2018 yilning yanvar-mart oylarida 213 ta korxona va obhektlar xususiylashtirildi.
Hisobot davrida eng ko’p xucuciylashtirilgan obyektlar soni Toshkent viloyatida 53 tani (jami Respublika bo’yicha xususiylashtirilgan obyektlar umumiy sonining 24,9 %), Surxondaryo viloyatida - 30 tani (14,1 %), Qoraqalpog’icton Respublikasida - 26 tani (12,2 %), Qashqadaryo viloyatida - 21 tani (9,9 %), Andijon viloyatida - 14 tani (6,6 %), Xorazm viloyati - 13 tani (6,1 %) tashkil etdi.



Yüklə 62,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin