Reja: kirish mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni O’zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish


O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari



Yüklə 62,13 Kb.
səhifə8/11
tarix14.12.2023
ölçüsü62,13 Kb.
#177685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari-fayllar.org

3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari

Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning Respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning mahlum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida quyidagicha tahrif beriladi:


Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obhektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir8.
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar bo’yicha fuqarolarga be’ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin:
1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish;
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy me’yorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng ehtibor berilmoqda. Birinchi prezidentimiz Sh.Mirziyoev tahkidlaganidek, “jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo’nalish bor. Bu – xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir.”9.
Qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-joy fondi to’liq xususiy mulk egalari tasarrufiga o’tkazildi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik, charm-poyabzal, mebel va farmatsevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa – davlat sektori bozor iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rol o’ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari mahlum darajada saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ulardan samarali foydalanish, umuman iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilinganligi va joriy etilganligini, ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining kafolati bo’lib xizmat qilishini tahkidlamoq zarur.10
Bu ishlarni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad qarovsiz holda bo’lgan bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlovchi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etib, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishdir. Bu esa, o’z navbatida, bozorlarimizni xaridorgir va import o’rnini bosuvchi ko’plab yangi turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini tahminlash va turmush farovonligini bundan-da yuksaltirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini tahminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ularni himoya qilishning muhim yangi bosqichi bo’ldi. Bu farmon asosida Mamlakatimizda bir qator ishlarning bajarilishi muhim vazifa sifatida qo’yildi. Jumladan, prezidentimiz tomonidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifalardan biri, deb belgilanmoqda.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obhektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishga qaratilgan.
Jumladan, 2017-yil 23-fevralida prezidentimizning “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2017 yilgacha xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obyekt mavjud bo’lib, ulardan 22921 tasi hozirda faoliyat ko’rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko’ra ishlamaydi.
Bu korxonalarda moliyaviy resurslar, xomashyo materiallari hamda kommunikatsiya tarmoqlarining yetishmasligi, ushbu tarmoqlardan uzilib qolish holatlari mavjudligi, bino-inshootlarning yaroqsizligi, ishlab chiqarish uskunalari eskirganligi, mulkdorda aniq investitsiya loyihasining yo’qligi kabilar avval xususiylashtirilgan 4094 ta korxona faoliyatining to’xtab qolishiga sabab bo’lgan. Ishlamayotgan 1232 ta korxonalarning har biri 2000 kv.m.dan ortiq ishlab chiqarish maydoniga ega bo’lib hisoblanadi. Bunday toifadagi korxonalarning eng ko’p qismi Surxondaryo (280 ta), Namangan (152 ta), Toshkent (141 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (119 ta) hissasiga to’g’ri keladi11.
Xukumatimiz tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2017-2018 yillarda 2825 ta korxona negizida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari doirasida 2,78 trln. so’m va 228,4 mln. AQsh dollari miqdorida investitsiya jalb qilinishi (shundan 1,28 trln. so’m va 137,7 mln. AQsh dollari bank krediti) orqali 25 mingdan ortiq yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda bajarilayotgan ishlardan biri sifatida ‘rezidentimiz sh.Mirziyoev aytganlaridek, “Biz bo’sh turgan davlat mulki obhektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auktsionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. Shu maqsadda 2018 yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi”12.
Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o’rinlarining ko’payishiga imkon yaratadi.
Milliy iqtisodiyotda xususiy mulk salmog’i dinamikasidagi tendentsiyalar. Davlat ukladining hissasi 1990 yilgi 85 foizdan 2000 y. 29,8 foizga, 2011 y. esa 18,7 foizgacha pasaydi. Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish, uni asosan xususiy mulkka sotish bo’yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilishi natijasida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari va obyektlari mulkchilik shaklini o’zgartirdi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 82,5 foizdan ko’prog’i, sanoat mahsulotining va pudrat ishlari hajmlarining 90 foizdan ortig’i, qishloq xo’jaligi va savdo sohasining deyarli barcha mahsuloti iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda.

Yüklə 62,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin