Reja: Kirish O’quvchilar aqliy tarbiyasining mohiyati va mazmuni


O’quvchilar aqliy tarbiyasining mohiyati va mazmuni



Yüklə 66,75 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü66,75 Kb.
#176743
1   2   3   4   5   6
Ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va O’quvchilarning aqliy tarbiyasi ref rasmli zo\'r kirish xulosa

O’quvchilar aqliy tarbiyasining mohiyati va mazmuni
O`zbekiston mustakilligi tufayli mamlakatimiz xayotida katta o`zgarishlar ro`y bermokda. Mustakillik sharofati bilan milliy kadriyatlarimiz kayta tiklanib, buyuk allomalarimiz-Axmad Yassaviy, Nakshbandiy, al-Buxoriy, Amir Temur, Ulugbek kabi aql-zakovatli, buyuk siymolarning xayoti va faoliyatiga bo`lgan kizikish ortib bormokda. Mustakillik tufayli o`zbek xalkining aql-idroki, milliy urf-odatlari, ayniksa ma`naviyatimizning asosi bo`lgan insoniy fazilatlar kayta tiklanmokda. Yangi adolatli jamiyat kurish uchun ta`lim-tarbiya soxasi haqidagi bilimlar chukurlashtirilmokda.
Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga “Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman” mavzusidagi javoblarida: “Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma`naviy va axloqiy kadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e`tibor karatadi. Bu jarayon milliy istiklol goyasi va mafkurasiga, o`sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga asoslanadi”,- degan edilar (iyun, 2000).
Insonni uluglash, uning kadriga yetish, ayniksa o`sib kelayotgan yosh avlodni aql-idrokli, odobli kilib tarbiyalash, ularni kamolotga yetkazish soxasida Respublikamizda bir kancha ishlarni amalga oshirmokda.
Dunyo, inson, aql-zakovat, ma`naviyat- bular bir-biri bilan chambarchas boglikdir. Dunyo bunyod bo`libdiki, inson dunyo yuzini ko`ribdiki, o`zini inson sifatida anglabdiki, u o`zini borlikning eng mukammal mavjudoti sifatida aql-zakovati bilan tanib keladi. Inson ongi, tafakkuri va ma`naviyati tufayli shunday ustunlikka egadir. Inson dunyoga ma`lum bir maksad bilan kelmaydi. U o`zligini idrok etgandan so`ng xayotda yashashdan ma`no izlaydi va bu narsa uning xayoti mazmunini tashkil etadi. Insonlar bor, dunyoga keladilaru ketadilar, ulardan nom-nishon kolmaydi, xayotning ma`nosiga, kadriga yetmaydilar. Insonlar bor - mana shu kelishi bilan ketishi o`rtasidagi “umr” deb atalmish vaktga chakmokday chaknab, o`zlarining yorkin izini koldiradilar. Bu iz o`chmasdir. Mana shunday aql-zakovati bilan o`zidan keyin yaxshi ot koldiruvchilar ma`naviy yuksak insonlardir. Ma`naviy komil insongina shunday yuksaqlikka, avlod-ajdodlar kalbida zamonlar osha, asrlar osha yashashday sharafga sazovordir.
Demak, inson o`z xayoti va faoliyatini mazmunli o`tkazish uchun avvalo o`zini o`rab turgan borlikni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo`lishi lozim. Chunki inson aqli va uning xayotida muxim o`rin tutishi, aql-idrok tufayligina inson donolik, teran fikr, rostgo`ylik, to`grilik, uzokni ko`ra bilish, nafsning ko`yiga tushmaslik kabi xususiyatlarni amalga oshirishi mumkin. Xalkimizning “Akl insonning ko`rki”,”Akl suvdan tinik, oynaday ravshan” kabi naqllar bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham aql inson uchun goyat oliy ne`matdir. Akl bilan ilm-ma`rifat egallanadi, kasb hosil kilinadi, dunyo sirlari o`rganiladi. “Akl- yurak ichidagi nur, bu nur bilan haq yoki nohaq bilib olinadi”, “Akl o`z soxibini dunyo malomatlaridan kutkaradi”, “Akl- jonning xayoti,jon esa jasadning xayoti, tan esa jasadning xayoti!”, “Kishining nafsi aqldan ustun bo`lsa, unday odamning xayvondan farqi yo`k“.
Akl kishining o`z irodasi, kalbi va fikri asosida dunyoviy, xayotiy haqikatlarni anglash va ularga o`z faoliyatida ma`naviy-insoniy nuktai-nazardan amal kilishdir.
Akl insonlarning piri komili, murshidi, yagonasidir. Rux ishlovi, aql boshlovchidir. Inson aqli ila din va e`tikodni maxkam kiladi, shariat xukmlariga bo`ysunadi. Insonlarning do`sti uning aqlidir. Dushmani esa uning nodonligidir. «Ollox eng gazab kilgan kishi axmokdir. Chunki u eng aziz narsadan maxrumdir». Inson aqli tufayli yaxshilik bilan yomonlikni ajratadi. Olimlarning fikricha, aql ikki turli bo`ladi.. Insonni xayvondan ajratib turadigan tugma aqli Tabiiy va kasbiy bu tabiiydir. Inson tabiatdagi aqlni o`tkirlash va o`stirish faoliyati bu kasbiydir. Bu esa aqlni ishlatish, tajriba va ilm olish bilan hosil bo`ladi. U aqlni rivojlantirish uchun ham har bir kishi xayotdan tajriba orttirishi va ilm-ma`rifat o`rganishi zarur, har kimki, aqlga oshno bo`lsa, u jamiki ayblardan poklanadi, haqikatni, anglab, kamolotga yetadi.
Abu Nasr Forobiy yozadi: “Aklli deb shunday kishini aytamizki, unda o`tkir zexn, idrok bo`lishi bilan birga u fazilatli ham bo`lsin. Bunday kishi o`zining butun kobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o`zini saqlashga va tortishga karatgan bo`lmogi lozim. Shunday odamnigina aqlli va butun fikr yurituvchi deb atash mumkin”.
Bolalarning aqlli bo`lishida oila, maktab, keng jamoatchilikning ta`siri kattadir. Aklli bolalar kayerda bo`lmasinlar doimo ehtiyotkorlik bilan bilim va tarbiyali ekanligini namoyish etadilar. Ularni ko`rgan, suxbatida bo`lgan kishilar aqliga taxsin kilib raxmat aytadilar. Shu o`rinda 1447 yili Taft shaxrida 5-6 yoshli Alisherning mashxur olim, tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan bo`lgan uchrashuvini misol sifatida keltirish maksadga muvofikdir.
Bola mo`ysafidning savollariga burro javob berar edi.Uning o`zini tutishi, odobi mo`ysafidga yokib tushdi.
-Men chakirganimda o`rtoklaring kochib ketdi. Sen esa xuzurimga kelding, so`roklarimga yaxshi javob berding. Shuning uchun senga raxmat, umring uzok bo`lsin, boshing omon bo`lsin. Olim, fozil, bo`lib, yaxshi obro`ga erishgaysan, – mo`ysafid uni duo kildi.
Bundan ko`rinib turibdiki, aqlli bolalar hamma joyda kamolu-ta`zim bilan salom beradilar. Odob bilan munosabatda bo`ladilar.
Haqikatdan ham, aqlni ishlatgan kishi xayotida fakat ezguliklar kiladi va ezgulik ko`radi.
Lekin shuni aytish joizki, aql, zakovat jixatdan yetuk bo`lmagan inson xech kachon o`z Vatanini, o`z xalkini, o`z dinini, eng asosiysi o`zligini anglay olmaydi, o`zligini anglamagan inson esa mankurtga aylanib koladi. Bu esa ertangi porlok kelajagimizning xalokatidir. Bizning bu boradagi eng asosiy vazifamiz yoshlarni ma`naviy barkamol, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, yurt istikboli uchun kayguradigan komil insonlarni tarbiyalashimiz, ularni kamol toptirishimiz zarur.
Zero, yurtboshimiz I.A.Karimov aytganidek: «Ilm, ma`rifat biz uchun bugun ham o`z ahamiyatini yo`kotgani yo`k, yo`kolmaydi ham. Akl-zakovatli, yuksak ma`naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina oldimizga ko`ygan maksadlarimizga erisha olamiz». Yurtboshimiz I.A.Karimov aytganlaridek, yurtimizda farovonlik va tarakkiyot karor topadi. Shuning uchun ham komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor soxasi deb e`lon kilganmiz.
Komil inson deganda, biz avvalo ongi yuksak, mustakil fikrlay oladigan, xulk-atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-kochdi gaplar bilan aldab bo`lmaydi.U har bir narsani aql, mantik tarozusiga solib ko`radi, o`z fikri, o`yi, xulosasini mantik asosida kurgan kishi yetuk odam bo`ladi.
Darhaqikat, ilm-ma`rifatlilik kuch-kuvvat manbai, kalbga nur, o`ziga ziyo bagishlaydigan buyuk ne`matdir. Shu sababli ham inson xayotda kunt bilan ilmni o`rganishi tufayli aql-zakovati yuksaladi, baxtli xayot uchun kurashadi.
Bizga ma`lumki, inson xayoti uchun muxim bo`lgan ilm xikmatlarini o`rganishda ota-bobolarimizning faoliyati va ularning yoshlarga ko`rsatgan gamxo`rliklari bekiyosdir.
Xalkimiz orasidagi kuyidagi o`gitlar insonlarni ilm-ma`rifatga da`vat etuvchi buyuk kuchdir.
Inson uchun aql, eshik ochuvchi, axloqiy yo`l ko`rsatuvchidir. Yetuk axloq va odob insonning ziynati, donolarning fazilatidir. Aklli kishi axloqli bo`lsagina, xalkiga, mamlakatiga, yoru do`stlariga naf keltiradi. Alisher Navoiy o`zining aqli, ibratli axloqi, odobi bilan mamlakatiga, xalkiga xech kachon so`nmaydigan buyuk meros koldirdi. U o`zi xayot bo`lgan davrlardayok, aqli va axloqi bilan xalkiga, mamlakatiga ko`p foyda keltirdi, do`sti Sulton Xusayn Boykaroga davlatni adolat mezonlari asosida boshkarishga yordamlashishga intildi.Navoiyning dono maslaxatlari tufayli u ko`p falokatlarni oldini oldi, xalokatlardan kutulib koldi.
Akl – insonning epchillik, bunyodkorlik, insonparvarlik sifatlari majmuasidan iboratdir.
Abdulla Avloniyning yozishicha, aql-idrokning tantana kilishiga ishonmok lozim. Chunki,”Akl insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur, Rux ishlovchi, aql boshkaruvchidir.Inson aqli ila din va e`tikodini maxkam kilur, shariat xukmlariga buysunur”...
Rasuli Akram nabiiy muxtaram salloloxu alayxi vassalam shunday deganlar: “Ey insonlar! Aklingizga ta`voze kilingiz, Siz janobi haq buyurgan va kaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz”.
Allomalardan biri: “Agar aqlingni kuli nafsingni jilovini ushlasa, seni yomon yo`llarga kirmokdan saqlar, har narsa ko`p bo`lsa, baxosi arzon bulur, aql esa ilm va tajriba soyasida kancha ko`paysa, shuncha kimmatbaxo bulur”, demish.
Insonda nima asosiy rol o`ynaydi, aqlmi yoki odob degan savol ham ko`yilishi mumkin. Ularning ikkalasi ham muxim. Ikkalasini o`zida jamul-jam kilgan kishini barkamol inson, deb ayta olamiz. Xayotda bilimli, aqli ham joyida aziz, aql va odob kishilarni kalban bir-biri bilan boglaydigan ruxiy zamin desak ham xato bo`lmaydi. Donolar aytganidek: ”Kishida odob bo`lsa, ilm ham bo`lishi mumkin. Odob aqlga boglik narsa. Akl ustiga odob ko`shilsa, nur ustiga nur bo`ladi. Uluglik-aqlu odob bilan, boylik kadri saxovat bilan, kuvvat kadri baxodirlik bilan oshadi”.
Akl va odobning uzviy birlikda ekanligini bir muloxaza kilib ko`raylik. Akl, idrokka nisbatan dastavval kishining xulk-atvori ko`zga tashlanadi. Psixologlarning fikricha, birinchi taassurot shunchalik kuchliki, u bundan keyingi tasavvurlarga zamin bo`ladi. Ammo har doim ham shunday bo`lavermaydi. Oldin ko`z ma`kullaydi. Mexr ko`zda, degan gap bor xalkimizda.
Kishining aql-idroki bo`lmasa uning odobi yuzaki, sun`iy bo`ladi. Uning odamligini bilib turasiz, u odamiyligi va odamligining yo`kligidan nafratlanasiz. Xalkimizning o`zi chiroyligu so`xtasi sovuk, o`zi xunugu istarasi issik degan naqllari ham shu ma`noni beradi. Zukko odamning kalbi odatda pok bo`ladi. Kobiliyatsiz, xulk-atvori bekaror odamlarning yomon yo`llarga kirib ketishi xech gap emas. Odobsiz talabalarni ko`z oldingizga keltiring, o`zi talaba, ammo kilayotgan xatti-harakatlari gayri insoniy tarzda ko`pchilik ichida o`z xurmatini yo`kotadi, o`kibdi-yu, ukmabdi, degan ibora xuddi shundaylarga nisbatan aytilgan.
Insonlarning bilimi kanchalik keng va chukur bo`lsa, u shunchalik kamtar bo`ladi. Kamtarlik-donolikning belgisidir. Dono kishilar bilganlaridan ko`ra bilmaganlari ko`p ekanini tasavvur eta oladilar. Buyuk faylasuf Sukrotning: “Men bir narsani bilaman, u ham bo`lsa- xech narsani bilmasligimdir”,-degan fikrlarida ham shu ma`no bor. Fakat nodon kishilargagina o`zlari bilgan bilim haqikatning so`nggi chegarasidek bo`lib ko`rinadi.
Kishilarning bilimi, ilmi, amaliy malakalari rivojisiz jamiyat tarakkiyotini tasavvur etib bo`lmaydi. Muayyan ma`naviy ehtiyojlarga, axloqiy fazilatlarga ega bo`lmagan kishilarda ilm, fanni o`rganishga, xalol mexnat kilib xunar -kasbni egallashga, malaka oshirishga ehtiyojlari ham bo`lmaydi. Shu sababli jamiyat tarakkiyotining barcha boskichlarida avval yoshlarni tarbiyalab, keyin ularga ta`lim berganlar. O`zbek milliy pedagogikasidagi ta`lim-tarbiya ishlari tizimida ham axloq va aql tarbiyasi ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan.
Ma`rifatparvar alloma A.Avloniy inson aql-zakovati va ma`naviy kamolotining yo`llari ustida to`xtalib, shunday deb yozadiki: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun goyat mukaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o`z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko`rsatur, zexnimizni, fikrimizni kilich kabi o`tkir kilur, ilmsiz mevasiz daraxt kabidur”.
U ilmning ahamiyatini nazariy tomonini ko`rsatibgina kolmay, balki amaliy faoliyat uchun xayotiy zarurat ekanligini ham ta`kidlab o`tadi: ”Ilm bizni jaxolat karongusidan kutkarar, madaniyat, insoniyatni ma`rifat dunyosiga chikarur, yomon fe`llardan, buzuk ishlardan kaytarur. Yaxshi xulk odob soxibi kilur. Butun xayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz,sarovatimiz, mayishatimiz, ximmatimiz, gayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga boglikdur”.
Akl-zakovat, ehtiyoj ham ob`ektiv zaruriyatni ongli tushunish bilan boglik bo`lgan ma`naviyatdir, ya`ni anglagan maksadlar tizimidir. Binobarin, har bir davrning ehtiyojlari ham, ijtimoiy, iktisodiy tarakkiyoti ham ilmiy tafakkuri saloxiyati darajasi bilan belgilanadi.Biror muammoni xal etish imkoniyatlarini inson o`z aql-zakovati, bilimi, kuchi va irodasi bilan aniklaydi.



Yüklə 66,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin