Rеja: Kirish Organizm faoliyatida sеzgi organlarining roli. Ko`rish organining yosh xususiyatlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə4/5
tarix03.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#124348
1   2   3   4   5
1461230836 62275

Yaqindan ko’rish, miopiya - ko’rish nuqsoni; bunda yaqindagi narsalar yaxshi, uzoqdagilar esa xira ko’rinadi. Homiladorlik davrida onaning turli infeksion kasalliklar (gripp va boshqalar), anemiya bilan og’rishi; yotib o’qishga odatlanish, qorong’ida yoki engashib uzoq vaqt ko’zga dam bermay o’qish va boshqalar yaqindan ko’rishga sabab bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolalarda ko’z soqqasi kichkina bo’lib, bola 9—12 yashar bo’lganida u normal shaklni oladi. Ba’zan ko’z soqqasi uzunchoqlashib, qorachiqdan to’r pardagachabo’lgan masofa kattalashib ketadi.
  • www.arxiv.uz
  • Bunda uzoqdagi shakllardan keladigan parallel nurlar ko’zdagi to’r pardaga yetmay, o’rta yo’lda sinib, fokusga yig’iladi, natijada ko’riladigan buyum shakli to’r pardada aniq aks etmay kishi uzoqni yaxshi ko’rmaydi. Miopiya uch darajaga bo’linadi: yengil — 3,0 D gacha, o’rta — 3,0 D dan 6,0 D gacha va kuchli — 6,0 D dan yuqori. Miopiya darajasi ko’zga taqiladigan ko’zoynakning nur sindirish kuchiga qarab aniqlanadi. Taqilgan ko’zoynak shishasi nurlarni sindirishi tufayli ko’rinadigan tasvir to’r pardaga tushadi. Miopiya ko’z pardalari (oqsilli, tomirli, to’r parda) va muskullarini toliqtiradi, ular cho’zilib, ko’zning optik o’qi uzunlashadi, natijada miopiya zo’rayadi, bu ko’zning ko’rish qobiliyatini pasaytiradi.
  • www.arxiv.uz
  • Miopiyaning zo’rayishiga akkomodatsiya (ko’z gavharining dam qalinlashib, dam yupqalashish qobiliyati)ning ta’siri katta. Odatda, miopiya ko’z akkomodatsiyasi susaygan odamlarda ko’proq kuzatiladi, u naslga ham bog’liq.
  • www.arxiv.uz
  • Miopiyani kamaytirish, uni zo’raytirmaslik uchun dastlabki belgilariga ahamiyat berish kerak. Mas, agar o’quvchi doskadagi yozuvni uzoqdan yaxshi ko’rmasa, kitobni engashib o’qisa, kino yoki teatrlarda oldingi qatorga o’tirishga harakat qilsa, tezda ko’z kasalliklari vrachiga murojaat qilishi lozim. Vrach o’quvchini yaxshilab tekshirgach, lozim topsa, unga ko’zoynak yokikontaktli linzadan foydalanishni tavsiya etadi.
  • www.arxiv.uz
  • Miopiya ning oldini olish uchun ko’z gigiyenasiga amal qilish, ko’zni toliqtirmaslik, uzoq vaqt engashib turmaslik, boshni birdan qattiq egib yubormaslik lozim. Kuchli darajadagi miopiyada vrach maslahatlariga amal qilish zarur.
  • www.arxiv.uz

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin