Reja: Kirish O'zbekiston kompaniyalarning strategiyalari



Yüklə 355,63 Kb.
səhifə1/11
tarix26.12.2023
ölçüsü355,63 Kb.
#197851
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Kirish O\'zbekiston kompaniyalarning strategiyalari


MAVZU: O'zbekiston va xorijiy kompaniyalarning investitsiya strategiyalari: qiyosiy tahlil
(“Artel” korxonasi misolida)

Reja:
Kirish

  1. O'zbekiston kompaniyalarning strategiyalari.

  2. Artel” korxonasi rivojlanish tarixi.

  3. Artel” korxonasi ko’rsatkichlarining srategik tahlili (SWOT, M.Porter, PEST va BCG tahlillari).

  4. O'zbekiston va xorijiy kompaniyalarning investitsiya strategiyalari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishda o’zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg’ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilish, optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, ko’p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida korxonani strategik boshqarish muhim dolzarb masaladir.
Raqobatning o’sib borayotganligi bilan tavsiflanadigan bugungi biznes muhiti korxona va tashkilotlardan turli – tuman strategiyalarni ishlab chiqish va ular asosida samarali faoliyatni tashkil etishni talab qilmoqda. Buning uchun korxona va tashkilot rahbarlari strategik boshqarishga oid yyetarlicha bilim va tajribalarga ega bo’lishlari kerak. Darvoqe, ko’plab mahalliy xo’jalik subyektlarining boshqaruv xodimlari raqobatchilarni ortda qoldirish maqsadida turli xil qarorlarni qabul qilishlariga qaramasdan, ularning faoliyati zamonaviy boshqaruv nuqtai-nazaridan qaraganda, ma’lum bir strategiyalarga mujassamlashtirilmagan. Bu esa o’z navbatida mahalliy korxona va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyat istiqbollarini baholash va belgilashda ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes subyektlari tashqi muhit omillariga qarshi o’zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o’zgarishlarning o’z vaqtida hisobga olinishi va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi.
Korxona bozorda samarali faoliyat ko’rsatishi uchun iqtisodiy o’zgarishlar va noaniqliklarni oldindan ko’ra bilish, korxonani rivojlanish konsepsiyasini belgilash, korxona va uning bo’limlarini samarali boshqarishni olib borishni taqozo etadi.
Strategiya korxonaning samarali boshqarishda biznesga bog’liq bo’lgan juda ko’p raqobatbardosh harakatlari va qulay yo’llarini o’z ichiga oladi.
Umumiy ma’noda strategiya - bu korxonaning tutgan yo’lini mustahkamlashga, iste’molchilarning talabini qondirishga va o’z oldiga qo’yilgan maqsadlariga erishishga qaratilgan rejali boshqarishdir. Menejerlar korxona qaysi yo’nalishda rivojlanishni aniqlash va harakat usulini tanlashda asosli qarorlar qabul qilishi uchun strategiyani ishlab chiqadi.
Strategik boshqarish – strategiyasining mavjud bozorlar va tovarlarga bo’lgan yo’nalishi, korxonalarda strategik jarayonni shakllantirish va boshqarish, korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini tahlil qilish va boshqarish, strategiyalarini rejalashtirish va ijrosini ta’minlash, strategik o’zgarishlarni boshqarish jarayonlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Strategik boshqarish fani korxona va tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.
Strategiya korxonaning tashqi vaziyatiga va ichki holatiga qanchalik mos bo’lsa, shunchalik kam sonli o’zgarishlarni strategiyaga kiritish kerak bo’ladi. Strategiyani kelajakka mos kelmaslik darajasi oshib borgan sari, rahbarlikning yangi strategiyani yaratish ehtimoli ham oshib boradi.
Strategiyani yaratish shunday faoliyatki, bunda rahbarning faqat yaxshi niyati va ijodiy yondashuvi yetarli emas. Strategiyani yaratish chuqur boshqaruv tahlilini talab qiladi.
Korxonani samarali boshqarish uchun uning strategiyasini sifatli yaratish va sifatli tatbiq etish zarur. Strategik boshqarish fanining vazifasi yaxshi tashkil etilgan strategik boshqaruv asosida uzoq vaqt mobaynida korxonaning samarali faoliyatini ta’minlashdir.
“Strategik boshqarish” fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatini boshqarish, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganadi.
Menejerlar kompaniya strategiyasini yaratganlaridan so’ng, uni amalga oshirishlari va yaxshi natija olishlari lozim. Strategiyani hayotga tatbiq etish jamoani jalb eta bilishni, alohida boshqaruv ko’nikmalarini va turli vazifalarni yechishni talab qiladi. Strategiyani yaratish – bu bozorga yo’naltirilgan boshqaruv muammosi bo’lsa, uni hayotga tatbiq etish esa asosan operatsiyalarga, faoliyatga ya’ni insonlarni va xo’jalik jarayonlarini boshqarishga qaratilgan. Agar muvaffaqiyatli strategiyani yaratish vaziyatni oldindan ko’rish va tarmoqni chuqur tahlil etish, hamda tadbirkorlikka tashabusskorlik bilan yondoshish bo’lsa, strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish - bu rahbarning insonlarni motivlashi, ularni ehtiyojlarini qondirishi, hamda tashkilotning asosiy faoliyat turlarini va strategiyani amalga oshirishda topshiriqlarni bajarilishini ta’minlashdir.
Strategiyani amalga oshirish – bu asosan menejerning tashkiliy o’zgarishlarni amalga oshirishi, xo’jalikni to’g’ri yuritishi va ishchi-xodimlarni maqsadlarni bajarishga jalb etish jarayonidir.
Strategiyani yaratish va amalga oshirish tajribasiga va ko’nikmalariga ega menejerlarning e’tirof etishicha, samarali strategiyani yaratishga qaraganda uni amalga oshirish murakkab muammo hisoblanadi. ‘Umuman olganda qaysi tomonga yurish kerakligini aniqlash biz uchun qiyin vazifa emas, lekin tashkilotni shu yo’nalishda harakatlantirish murakkab vazifa’ deb ta’kidlaydi menejerlar. Strategiyani amalga oshirish uni yaratishga qaraganda murakkab hisoblanadi. Chunki keng ko’lamli tadbir-choralarni amalga oshirishni, muammoning ko’p sonli yechimi variantlarini, insonlarni boshqarish ko’nikmalarining mavjudligini, tashabusskorlikni shakllantirishni va boshqarishni, katta muammolarni yechishni va o’zgarishlarni amalga oshirishga nisbatan qarshiliklarni engishni nazarda tutadi. Yangi strategiyani e’lon qilinishi bu ijrochilar uni birdaniga qabul qilib, amalga oshirishga kirishdilar degani emas.

Ikkilanuvchilar, shubhalanuvchilar, ham ko’plab topiladi. Bundan tashqari kompaniya xodimlari strategiyani har xil talqin etishlari mumkin. Amalga oshiriladigan o’zgarishlarning kompaniya bo’linmalariga ta’sirini salbiy baholashlar natijasida qarshiliklar kuchayadi. Menejerlar yangi strategiyani amalga oshirishga kirishgan paytda, eskidan shakllangan manfaatlar, munosabatlar va tashkiliy usullar o’z-o’zidan yo’qolmaydi. Ushbu vaziyatlarni tartibga solish, noroziliklar va shubhalarning manbalarini bartaraf etish, manfaatdor tomonlarni kengaytirish, muammolarni yechishga yagona yondashuvni shakllantirish uchun samarali boshqaruv usullarini va ko’nikmalarini qo’llash talab etiladi. Tashkilotning muvofiqlik va kelishuvchanlik darajasiga qarab, strategiyani amalga oshirish muddatlari bir necha oydan bir necha yilgacha davom etadi.


Strategiyani amalga oshirish – bu strategiyani tashkilotning harakat dasturiga va natijalariga aylantirishni nazarda tutadi. Ushbu jarayon strategiyani yaratish kabi tashkilotning hamma boshqaruv kadrlarini qatnashishini talab qiladi. Har bir menejer ‘Strategik rejani bizga tegishli qismini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nima qilish kerak?’ degan savolga javob izlaydi. Strategiyani amalga oshirishni asosini kommunikatsiya tashkil etadi. Rahbariyat tashkiliy o’zgarishlarni amalga oshirishni juda Yuqori darajada tashkil šilishi lozim. Strategiya butun tashkilotni qamrab olishi ideal holat hisoblanadi. Agar tashkilotning ishlab chiqarish va moliyaviy maqsadlari amalga oshirilsa, strategiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi deyish mumkin.
Afsuski, strategiyani amalga oshirish past darajada strukturalangan. Ushbu sohada aniq maslahat berish ham murakkabdir, har bir menejer o’zining bilim va tajribasiga tayanadi. Ba’zi menejerlarda yaxshi natija bergan usullar boshqalarida salbiy natija berishi ham mumkin. Chunki menejerlarning qobiliyat darajasi va tashkiliy shart-sharoitlari har xildir.
Strategiyani amalga oshirish rahbariyatning boshqaruv qobiliyatiga bog’liq. Menejerlar strategiyani amalga oshirishda boshqaruvning avtoritar, demokratik va liberal usullaridan foydalanishi yoki boshqaruv vakolatini boshqa shaxslarga berishi mumkin.

Yüklə 355,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin