Reja: kirish.. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi


Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining



Yüklə 46,88 Kb.
səhifə8/13
tarix15.04.2023
ölçüsü46,88 Kb.
#98345
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bozor iqtisodiyotida ijtimoiy fondlar, ularning turlari va manbalari

3.Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining
amalga oshirilishi
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodi-yotni
rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va
raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini
tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni
shakllantirish vazifalaridir. Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariy va
amaliy asoslari hamda ustivor yo'nalishlari birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning
«O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobida ifodalab
Berilgan.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish
25
natijasida ikkita asosiy vazifa hal qilinadi:
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari
qo'liga topshiriladi.
Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik
muhiti vujudga keltiriladi.
Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini
olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik
muhitini vujudga keltirish esa, eng av-valo, mulkning davlat monopoliyasi
ekanligiga barham berish va bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat
ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli shakllariga-davlat, jamoa, xususiy
va boshqa shakllariga asoslangan ko'pdan-ko'p korxonalar tashkil qilishdan
iborat.
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga,
yagona xalq xo'jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan
tarmoq monopoliya tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug'iladi.
Monopoliyalashtiril-gan tuzilmalarni xususiylashtirishda ishlab chiqarishning
o'zini nisbatan ixchamlashtirish, korxonalarni texnikaviy, texnologik va
tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish loyihalarini ishlab chiqish zarur
bo'ladi.
Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek, turli xil koop-erativlar,
shirkatlar, ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va
o'rta korxonalarni tashkil qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan
qismini shakllanti-rishning ikkinchi qudratli jarayonidir.
O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari
26
saqlanib qolib, iqtisodiyotda sezilarli rol o'ynayveradi. Shu sababli, bunday
korxbnalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan
xo'jalik yurit-ish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular tijoratlashtiriladi, ya'ni
foyda uchun ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish
yo'lidagi muqarrar jarayondir. U eng awalo tanglik holatlariga barham
berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun
ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar -va xizmatlarning sifati va turini
o'zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishga undaydi, ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini
yaxshilashga, uning raqobatga bardosh-ligini oshirishga majbur qiladi.
Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o'rtasida qulay
muvozanatni ta'minlashga olib keladi. Kengroq ma'noda barqarorlashtirish -
bu eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning
keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir. Shuningdek, u
pul qadrsizlanishining oldini olish, to'lov balansini bir me'yorda saqlash
sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir
necha xil yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv
deb ataladi. U pulning qadr-sizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul
massasini hamda to'lovga qodir bo'lgan jami talabni keskin kamaytirish
hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yon-dashuvning
kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va
27
investisiya faoliyatining to'xtab qolishiga olib keladi.
Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini
rag'batlantirishga, tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish,
iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv.
Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan
qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha tadbirlar
bilan uzviy bog'lab olib boriladi.
Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda
ikkinchi yondashuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or
tuzilmasiga erishish uchun ustunlikka, is-tiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va
ishlab chiqarishlarni har to-monlama rag'batlantirish, eng muhim bo'g'inlarni
aniqlash (neftn, energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu
orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo'yicha amalga oshiriladigan
yondashuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab
olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga
olinadi.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan
monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta
tashkil qilishni qo'llab-quwatlash siyo-sati bilan birga qo'shib olib borilishi
zarur.
Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning
asosiy mezonlari quyidagilardan iborat bo'ladi:
1) ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo'l qo'ymaslik;
2) boshqalardan ustun bo'lgan tarmoqlarda ishlab chiqar-ishni
28
yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag'batlantirish;
3) davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining
barqarorligini ta'minlash;
4) pulning qadrsizlanishini to'xtatish;
5) to'lov balansi va davlat valyuta rezervlarining hola-tini yaxshilash;
6) muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi tur-mush
darajasini yaxshilash.
Byudjet intizomiga rioya qilish va uning kamomadini cheklash
barqarorlashtirishning hal qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni
barqarorlashti-rishda kredit-bank tizimini, pul muomalasini mustahkamlash,
valyuta munosabatlarini tartibga solish ham alohida o'rin tutadi.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy valyutani mustahkamlash
umummilliy vazifa hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligi,
uning ichki bozorda erkin almashinuvini ta'minlash uchun respublikada bir
qator dastur-larni amalga oshirish ko'zda tutiladi.
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror
ta'minlanishiga erishish. Bunda bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish va
ularning umumiy hajmida respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar
hissasini oshirib borish hal qiluvchi o'ringa ega bo'ladi.
Ikkinchidan, yetarli barqaror valyuta zaxiralariga ega bo'lish. Bunga
respublika eksport imkoniyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun
mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirish va ulaming jahon
bozoridagi mavqeini oshirish orqali erishiladi.
29
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so'mni qadrlash va xalq xo'jaligiga
sarflangan har bir so'mning foyda bilan qay-tishiga erishish. Buning uchun
qat'iy moliya-kredit siyosatini izchillik bilan o'tkazish zarur.
To'rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyasiyaga qarshi puxta o'ylangan
siyosat o'tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to'ldirish, naqd pul va
kredit emissiyasining o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga
yo'l qo'ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega.
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tishida iqtisodiyot tarkibiy
tuzilishini o'zgartirish vazifasi butunlay yangi xalq xo'jalik kompleksini
bunyod etishga qaratiladi. Bu esa iqtiso-diyotning tarmoq va hududiy
tuzilishini, ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini qayta
qurish, shuning-dek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish
nis-batlarini tartibga solishni talab qiladi.
Respublikada bozor munosabatlariga o'tish jarayonida:
«Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkirilashtirish jarayonini
izchillik bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mustaqilligini yanada
oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni
bartaraf etish - bu sohadagi o'zgarishlarning asosiy yo'nalishlaridir»12.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning hozirgi bosqichida mam-lakatni
modernizasiyalash va isloh etish asosiy strategik vazifaga aylandi, Bu borada
amalga oshirilishi lozim bo'lgan quyidagi ustuvor vazifalar mamlakatimiz
Prezidenti I.Karimovning Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senatining
qo'shma majlisidagi ma'ruzasida belgilab berildi:
30
- birinchidan, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqti-sodiyotni
yanada erkinlashtirish;
- ikkinchidan, xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini, un-ing
mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko'payishini ta'minlash;
- uchinchidan, kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi
ishlarni chuqurlashtirish va ko'lamini kengaytirish;
- to'rtinchidan, bank va moliya tizimlaridagi islohotlarni
chuqurlashtirish;
- beshinchidan, uy-joy kommunal xo'jaligini isloh qilish;
- oltinchidan, soliq siyosatini yanada takomillashtirish.13 Shunday qilib,
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish iqtisodiyotda yangi bozor
munosabatlariga asos soladi, iqtisodiy faoliyat erkinligi va tadbirkorlikni namoyon
etish uchun sharoit yaratib beradi, ijtimoiy-ma'naviy sohadagi ijtimoiy kafolatlarni
mustahkamlaydi.


Yüklə 46,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin