20
— doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash
joyi, ishga
qabul qilingan vaqti va hokazo;
—
xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh
tarkibi, milliy tarkibi, nogironlar salmog‘i, ishchi va xizmatchilar,
ITX salmog‘i va hokazo);
—
xodimlar qo‘nimsizligi;
—
ish kunining davomliligi (to‘liq yoki qisman bandligi,
necha soat va qaysi smenada ishlashi, ta’tilning davomliligi va
hokazo);
—
ish haqi,
uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta’rif yoki
ta’rifdan yuqori to‘lov va hokazo;
—
davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan
ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat (ijtimoiy
ehtiyojlarga
ajratiladigan mablag‘)lar.
Qayd qilingan tashqi va ichki omillar ta’sirida mehnat
bozoridagi vaziyat o‘zgarib turadi va shunga mos ravishda
mehnat resurslariga bo‘lgan talab va taklif ko‘lami aniqlanadi.
Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish xodimlar
faoliyatini rejalashtirish jarayonining boshlang‘ich
bosqichi
bo‘lib, uni tuzishda
quyidagi ma’lumotlar asos vazifasini
bajaradi:
—
mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari;
—
tashkiliy
va texnik tadbirlar rejasi;
—
shtatlar ro‘yxati va bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish rejasi.
Aniqrog‘i, xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni rejalashtirishda
mahsulot ishlab chiqarish rejasi, mahsulot birligiga sarflanadigan
vaqt me’yori va bir yil uchun o‘rnatilgan ish vaqti fondidan
foydalaniladi. Amaldagi texnologiya darajasi doirasida
xodimlarga bo‘lgan talablarni rejalashtirish
uchun quyidagi
formuladan foydalaniladi:
21
Bu yerda:
T
i
–
i guruhdagi xodimga bo‘lgan talab me’yori (kasbi,
malaka darajasi);
q
i
– bir yilda
i mahsulotni ishlab chiqarish rejasi;
H
i
–
i mahsulotning bir birligiga mazkur guruh xodimi
sarflaydigan ish vaqti me’yori;
B
i
– mazkur guruhdagi bir nafar xodimga to‘g‘ri kelgan
yillik vaqt fondi.
Korxonaning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini rejalashtirish
mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan
talab va taklif
muvozanatiga bog‘liq.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab
taklifdan ko‘proq bo‘lsa,
ya’ni:
Dostları ilə paylaş: