Reja: Kirish Pul muomilasi tushunchasi. Pul muomilasining tuzilishi va uning sababalari



Yüklə 21,19 Kb.
tarix11.04.2023
ölçüsü21,19 Kb.
#96241
kurs ishi Sultonbek (1)


Mavzu: Pul muomilasining tuzilishi. Inflyatsiya.
Reja:
Kirish
1. Pul muomilasi tushunchasi. Pul muomilasining tuzilishi va uning sababalari.
2. Inflyatsiya uning sababalari va oqibatlari
3. Davlatning anti inflyatsion siyosati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bolgan baholarni muntazam osishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.


Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bolib iqtisodiyot tarmoqlari, jamgarma va istemol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xojaliklarning pul massasi va unga bolgan talabi ortasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu takidlab otgan omillar oz mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha tasir etishi mumkin.

Kurs ishining predmeti mamlakatimizda yuzaga kelayotgan inflyatsiya darajasi, kelib chiqish sabablari hisoblanadi.


Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi Ozbekiston Respublikasida inflyatsiyaning kelib chiqishini organib, uni bartaraf etish yollarini ishlab chiqishdan iborat.

1.Pul muomilasi tushunchasi. Pul muomilasining tuzilishi va uning sabablari.


Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. SHuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul agregatlari, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan.
Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi.Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng yoritilgan.
Pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka xukmronga aylangan. SHu asosda butun dunyo bo‘yicha xalkaro hisob — kitoblarda yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan.
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog‘oz pullarning tabiati ularning inflyawiyaga moyilligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari, byudjet taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni emissiya miqdori tovar aylanmasi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablariga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu, albatta, muomaladagi pul massasining o‘zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqarorligiga putur etadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi pasayadi, to‘lov balansining barqarorligi yo‘qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi tushadi va h. k.

Pul agregatlari dinamikasi (mlrd.so'm)



Sana

Keng manodagi pul massasi

Milliy valyutadagi pul massasi

Pul massasi

Mamlakatdagi naqd pullar

Milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozitlar

Milliy valyutadagi boshqa depozitlar

Chet el valyutasidagi depozitlar. Milliy valyutadagi ekvivalentda.

01.02.2013






















01.01.2014






















01.01.2015






















01.01.2016






















01.01.2017






















01.01.2018






















01.01.2019






















01.01.2020





















2.Inflyatsiya uning sabablari va oqibatlari


Inflyatsiya - bu tovarlar va xizmatlar baholarining o’sishi natijasida muomaladagi pul massasining ko’payishi va shuning natijasida pulning qadrsizlanishidir.
P.Graud va M.Polan tomonidan amalga oshirilgan va inflyatsiyaga bag’ishlangan jiddiy ilmiy tadqiqotlardan biri bo’lib, ushbu ilmiy ish 165 mamlakatni va 1969-1999 yillarni qamrab oladi1.
Mazkur tadqiqot mualliflari inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bo’lgan - pullarning o’sish sur’ati va inflyatsiya darajasi o’rtasida to’g’ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to’g’ri va statistik ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar.
Inflyatsiya sur’atlarining o’sishi bilan uning pullar taklifiga bog’liqligi yaqqolroq tarzda ko’zga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bo’lgan mamlakatlarda korrelyatsiya koefffitsienti 0,24 ga teng bo’lgan bo’lsa, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashdi.
P. Graud va M. Polanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan holda – past, oqilona va yuqori darajalarga ajratgan holda, pullar taklifi va inflyatsiya sur’atlari o’rtasidagi bog’liqlikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda, asoslab berilganligi inflyatsiya va milliy valyutaning nominal almashuv kursi o’rtasidagi bog’liqlik masalasiga oydinlik kiritadi.
XX asrning 70-yillariga qadar Fillips kashf etgan inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi aloqadorlik xususidagi ilmiy xulosa amaliy ahamiyat kasb etdi. Ammo 1970 yilga kelib “Fillips egri chizig’i” deb ataluvchi mazkur xulosa amaliy ahamiyat kasb etmay qoldi.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o’sishi, odatda, Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish bilan bog’liq. Byudjet siyosati va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik masalasi L. Katao va M. Terronzaning ilmiy ishida chuqur tadqiq qilingan.
Mazkur tadqiqotning jiddiyligi shundaki, L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat bo’yicha 1960 yildan 2001 yilgacha bo’lgan davrda inflyatsiya va byudjet defitsiti o’rtasidagi bog’liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo’lgan tendentsiyalarni baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish sur’ati bilan inflyatsiya darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslangan: inflyatsiyaning o’rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining YaIMdagi salmog’ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi.
Bunda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli statistik bog’liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida va inflyatsiya darajasi juda past bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli bog’liqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, L.Katao va M.Terronzalarning fikriga ko’ra, quyidagi omillar bilanizohlanadi:
hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi;
markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi;
moliya tizimining rivojlanganligi.
Iqtisodiy adabiyotda inflyatsiya va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi aloqadorlik masalasida kesin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir guruh iqtisodchi olimlar, shu jumladan, G.Xess va Ch.Morrislarning fikriga ko’ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o’sishi ham iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning fikriga ko’ra, baholarning unchalik sezilarli darajada bo’lmagan o’sishi ham inflyatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi.
Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavkasining o’sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi o’zida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk uchun qo’shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagiiqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga keladi.
Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M.A. Pivovarova, A.Kudrin va boshq.) inflyatsiyaning ma’lum darajasi sharoitida iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. M. Pivovarovaning fikriga ko’ra, inflyatsiyaning uncha yuqori bo’lmagan darajasi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, bunday sharoitda antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish ishsizlikning o’sishiga, iqtisodiyotning pasayishiga olib keladi4. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan qattiq nazorat o’rnatiladi.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bolgan baholarni muntazam osishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bolib iqtisodiyot tarmoqlari, jamgarma va istemol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xojaliklarning pul massasi va unga bolgan talabi ortasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu takidlab otgan omillar oz mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha tasir etishimumkin.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini osishi, yani pullarning miqdori osishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi.
1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bolib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va korsatiladigan xizmatlarga bolgan narx-navolar yiliga ortacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
2. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bolib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va korsatiladigan xizmatlarga bolgan narx-navolar yiliga ortacha 10% dan 100% gacha bazi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi kopayadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi ortasida pulning moddiylashtirish, yani milliy pul birligini jamgarishi emas, balki oltin, kochmas mulk holatida jamgarishi jarayoni kuchayadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va korsatiladigan xizmatlarga bolgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat korsataditi, narx-navo va ish haqi ortasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qolidagi qogoz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan taminlanmagn ortiqcha qogoz pullarni tolib-toshishiga olib keladi.
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz.
1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, krdit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi.
Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari ortasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;
2. Tashqi omillar oz mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga tasir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dune mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, energetika, neft, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan korinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yonalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yonalishda maxsulotlar, ishlar va korsatiladigan xizmatlarga bolgan narxlarni asossiz ravishda osib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yonalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi.
Buning natijasida xojalik yurituvchi subektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki vaboshqalarni) jamgara boshlaydi. Uchinchi yonalishda oltinga bolgan milliy pul birligida ifodalangan narx kotarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi ortasida oltinning toplanib qolishi, yani tezavratsiya amalga oshadi.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini osishi, yani pullarning miqdori osishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bolib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va korsatiladigan xizmatlarga bolgan narx-navolar yiliga ortacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari
Mahsulotlar va xizmatlarga narxni osishi natijasida pulning qadrsizlanishi
Milliy pul birligining xarid qilish qobiliyatini pasayishi.
Milliy pul birligining xorijiy valyutaga nisbatan kursini tushishi.
Aholi va xojalik subektlarida xorijiy valyutaning jamgarilishi.
Oltin va xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxini kotarilishi.
Mamlakat aholisida oltinning toplanishi.


Yillar


Oziq ovqat tovarlari


Nooziq ovqat tovarlari


Hizmatlar


2011


6,6


4,8


14,2


2012


5,1


4,3


16,5


2013


3,9


7,4


13,8


2014


2,2


7,3


11,3


2015


1,3


8,8


10,7


2016


2,5


7,2


9,6


2017


9,4


10,3


7,2


2018


14,1


10,4


14,8


2019


16,7


10,8


15,0
O'zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko'rsatgichlari.
(o'tgan yilning mos davriga nisbatan narxlarning o'sishi, foizdan)

3.Davlatning anti inflyatsion siyosati


2019 yilning avgustida iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,9 %ni tashkil etdi.Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 %ga qimmatlashdi.
2018 yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 %ga oshgan.
2018 va 2019 yillarning yanvar-avgust davrlaridagi oylik narxlar o‘zgarishi deyarli o‘xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o‘rtacha narxlar darajasining ko‘tarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib, avgust oyida iste’mol narxlari indeksi 100 %lik ko‘rsatkichdan yuqorini tashkil etgan. Biroq, taqqoslanayotgan davrlarning fevral-iyul oylaridagi narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lib, yanvar va avgust oylaridagi tavofut sezilarli darajani tashkil etgan (2018 va 2019 yillarning yanvar oylarida 2,7 % ga qarshi 1,5 %, 2018 va 2019 yillarning avgust oylaridagi ko‘rsatkichlar 0,3 %ga qarshi 2,9 %ni tashkiletgan).
Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020 yilning ikkinchi yarmida tariflar o‘sishining inflyatsiyaga ta’siri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi.
O‘tgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, ushbu sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 yilga kelib inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi.
Narxlarning o‘zgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyatsiyaga ma’lum darajada qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi.
2020 yil fevralda bazaviy inflyatsiya 2019 yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi.
Inflyatsiya darajasining pasayishiga, birinchi navbatda, fundamental omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (o‘tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta’sirining qisqarishi sabab bo‘ldi.
Mavsumiy tebranishlarning ta’sirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror bo‘lishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o‘sishi 2,4 foiznitashkil qildi (2019 yilning yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz).
Saqlash infratuzulmasining kengayishi va issiqxonalar tarmog‘ining rivojlanishi hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda narxlar o‘sishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi.
2020 yilning yanvar-fevral oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning o‘sish sur’ati 2019 yilning mos davriga (6,0 foiz) nisbatan 3,5 foiz bandga pasayib 2,5 foizni tashkil etdi.
Kredit portfeli umumiy o‘sish sur’atining pasayishiga qaramasdan bozorning turli segmentlarida kreditlarning o‘sish dinamikasi turlicha bo‘ldi.
Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi iste’mol va ipoteka kreditlari segmentida yuqori o‘sish sur’ati (5,2 foiz) kuzatildi (umumiy kredit portfeli o‘sishining 38 foizini tashkil qildi). Ushbu kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarning nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramasdan, ularga bo‘lgan talabning yuqoriligi quyidagilar bilan izohlanadi:
iste’mol kreditlar bozori nisbatan yangi bo‘lganligi uchun uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan yuqori talab;
iste’molchilar moliyaviy savodxonlik darajasining yuqori emasligi;
eng asosiysi, mamlakatda bir necha yillar davomida yuqori inflyatsiya kuzatilganligi sababli, iqtisodiyotda yuqori foiz xarajatlarini qaytarishning qiyin bo‘lmasligi to‘g‘risidagi fikrlarning saqlanib qolishi.
Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalarining nisbatan past ekanligi ushbu kreditlar hajmining 3,4foizga oshishiga sabab bo‘ldi.
Byudjet xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar muayyan darajada importga bo‘lgan talabning muvozanatlashuviga olib keldi. Xususan, 2020 yilning yanvar oyida importning yillik o‘sish sur’ati 23 foizgacha (2019 yilning yanvar oyida 43 foiz, fevral oyida 40 foiz) sekishlandi.
Noaniqlik va xatarlar. Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy muammolar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bunda ta’sir ko‘lami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning davomiyligi bilan baholanadi.
Iste’mol savatchasida sezilarli ulushga ega bo‘lgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga ma’lum bosimni yuzaga keltirishi mumkin.
Ichki narxlar darajasiga “koronavirus” ta’sirining bir martalik qisqa muddatli bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi orqali qoplanadi va natijada o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorlashadi.
Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma’lum darajada bosim yaratadi.
Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash, ma’lum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘izston) go‘sht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, go‘sht importi narxining oshishi o‘rta muddatli istiqbolda go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yana bir bor ta’kidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta’minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.
Inflyatsiya prognozi. 2020 yilning yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning pasayib boruvchi tendensiyasi kreditlarning yuqori o‘sishni oldini olish va fiskal intizomning kuchaytirilishi orqali iqtisodiyotda inflyatsiya bosimini va inflyatsiyaga nomonetar omillar ta’sirini pasaytirish, xususan tartibga solinadigan energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish jarayonini kelgusi yillarga qoldirmasdan amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Bunda, inflyatsiya darajasini prognoz doirasida ushlab turish quyidagilar omillar hisobiga ta’minlanadi:
umumiy fiskal balans taqchillik, O‘TTJ daromad va xarajatlari muvozanatlashuvini ta’minlagan holda, 2020 yilda tasdiqlangan parametrlarga (YaIMga nisbatan 2,7 foiz) to‘liq mos bo‘lishini ta’minlash;
banklar kredit portfelining mo‘tadil o‘sish sur’ati, ya’ni YaIMning nominal hajmi o‘sish sur’atidan oshmaydigan (25 foiz atrofida) darajada bo‘lishi hamda kelgusi davrda kredit bozorida segmentlashuv darajasining pasayishi bilan pul-kredit siyosatining joriy sharoitini saqlab qolish;
tashqi qarzning muvozanatli o‘sishi, xususan, xorijiy valyutadagi kreditlar o‘sishi va iqtisodiyotdagi qarz yukining muvozanatlashuvi hamda dollarizatsiya darajasining pasayishi.

Xulosa
Xulosa qilib, shuni aytib otish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga otish rejimining turli fazalarida bolganlari uchun, mazkur davlatlardagi istemol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi omillar tasirida juda ozgaruvchandir.


Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real tasiri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bolgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bolishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bogliqdir.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga otayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish lozim:
- milliy iqtisodiyotni soglomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini taminlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq istemol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini ozgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini ragbatlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yonalishda asosiy etiborni soliqlarning ragbatlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qollab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit yer, qochmas mulk, mehnat va qimmatli qogozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan ozgartirib turish.

Pul agregatlari dinamikasi (mlrd.so'm)

Foydalanilgan adabiyotlar

O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi T. 2017 yil


O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-son sonli Qarori

Internet saytlari.

http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti
http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti

http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti



http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi
Yüklə 21,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin