Reja: Kirish Tashkiliy farmoyish hujjatlari Majlis bayoni va ma’lumotnoma mazmuni


Tashkiliy faoliyatni tartiblashtirish (alohida xususiyatlari)



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə5/6
tarix22.09.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#146620
1   2   3   4   5   6
Majlis

1. Tashkiliy faoliyatni tartiblashtirish (alohida xususiyatlari):
* tashkiliy tuzilmaning qaysi bir pog’onasida turishidan qat’i nazar, har bir menejer maqsadli faoliyatni amalga oshirish davomida o’z rahbari, o’zi, hamkasblari va qo’l ostidagi xodimlari uchun qanday va qancha axborot zarurligini aniq bilishi lozim;
* menejer shaxsiy faoliyati uchun zarur bo’lgan axborotning miqdoriy o’lchamlari va sifatiy ahamiyatini baholay bilishi, xuddi shu kabi tashkiliy tuzilmaning har bir pog’onasida turgan boshqa xodimlarning ish unumdorligini ta’minlash uchun qanday va qancha axborot zarurligini (axborot almashuvidagi me’yor) belgilay olishi shart;
* menejer o’z faoliyati davomida bitta yoki bir necha ishchi (xodim) bilan alohida suhbatlashishi, butun jamoa bilan tez-tez uchrashib turishi kerak;
* tashkilot miqyosida axborot almashuvini yo’lga qo’yish va takomillashtirish uchun tashkiliy faoliyatni rejalashtirish, rejalarni amalga oshirish va butun jarayonni nazorat qilish tamoyillaridan to’g’ri va unumli foydalana bilishi lozim;
* yangi ish rejalarini, tashkiliy faoliyat maqsadini hamda strategiyasini muhokama qilish va belgilab olish, ish jarayonini nazorat qilish, nazorat yakunlari bo’yicha hisobot talab etish menejerning vakolati doirasidagi imkoniyatlaridir;
Muqobil aloqa o’rnatish tizimi tashkiliy tuzilmadagi umumiy ish jarayonini boshqarish va nazorat qilish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mazkur tizim faoliyatini yo’lga qo’yish va takomillashtirishning mumkin bo’lgan ayrim variantlari:
* muayyan tashkiliy masalalarni muhokama qilish maqsadida xodimlarni tashkilotning bir bo’g’inidan boshqasiga o’tkazish;
* xodimlarga so’rovnoma bilan murojaat etish.
Bunda ushbu xildagi ma’lumotlarni to’plash imkoniyatlari paydo bo’ladi:
* xodimlar o’z ish vazifalarini to’liq va to’g’ri anglab yetdilarmi?
* ish jarayonida xodimlar qanday ehtimoliy yoki hayotiy muammolar bilan to’qnash kelishi mumkin?
* xodimlar o’z ish vazifalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan axborotni o’z vaqtida va to’liq olyaptilarmi?
* ish boshqaruvchi rahbarlar quyidan kelayotgan takliflar, fikr-mulohazalarni tinglash va qabul qilishga tayyormi; xodimlar istiqboldagi faoliyatiga va mavqeiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashkiliy o’zgarishlar haqida xabardor etilganmi va h.k.

Xulosa
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.



Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin