Reja: Kirish Vanyukov pechi



Yüklə 407 Kb.
səhifə1/5
tarix18.05.2023
ölçüsü407 Kb.
#116283
  1   2   3   4   5
Vohidov


Mavzu: Mis konsentratini Suyuq vannada eritish amaliyoti hisobi. (Vanyukov pechi)
Reja:
Kirish
1.Vanyukov pechi.
2.Suyuq vannada eritish jarayoni (VP).
3.Vanyukov pechi uchun ashyo tengligini hisoblash.
4.Klinkerning ratsional tarkibini va qaytar chang tarkibini hisoblash.
5.Shteynning miqdori va tarkibini hisoblash.
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish


Mis shteynini konverterlash davomida havo eritma hajmidan nihoyatda tez — 0,13 soniyada o‘tadi. Bunda kislorodni o‘zlashtirish darajasi 95 foizni tashkil qiladi. Hisobotlarga ko‘ra, har bir jarayonning daqiqasida suyuq vannadagi kislorodga muxtojlik faqat yuz mingdan bir qismigina qondiriladi. Bu esa reaksiyalarning nihoyatda tez o‘tishini ko‘rsatadi. Mis shteynini konverterlash ikki bosqichdan iboratdir: birinchi bosqichda temir sulfid oksidlanadi va flus qo‘shilib pechdan chiqariladi, ikkinchi bosqichda esa mis sulfidi oksidlanib xomaki mis olinadi. So‘nggi yillarda og‘ir sanoatda, ayniqsa, rangli metallurgiyada avtogen jarayonlar keng qo‘llanilmoqda. Avtogen jarayon deb, qisman tash­qa­ridan yoqil­­g‘i sarf qilgan holda, oltingugurtli birikmalarning oksid­lanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning jarayonga to‘la sarf­lanishiga aytiladi. Moskva po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir metal­lar metallur­giyasi” kafedrasi olimlari tomonidan taklif etilgan yangi jarayon “suyuq van­nada eritish” deb ataladi. Uzoq yillar davomida otasi, professor Vladimir Andreyevich boshlagan ishni sanoat miqyosida o‘g‘li, professor Andrey Vladimirovich Vanyukov tat­biq qilib, yuksak yutuqlarga erishdi va metallurgiya sanoa­tiga o‘ta unum­dorligi bilan ajralib turadigan yangi agregat olib kirdi. Pechni takomillashtirishda, uni har tomonlama zamonaviy jihozlashda Moskva po‘lat va qotishmalar instituti olimlari bilan birgalikda “Ginsvetmet” (rangli metallar bosh ilmiy tadqiqot instituti, Moskva shahri), “Gipronikel” (nikel ilmiy-loyiha tadqiqot instituti, Moskva shahri), “Kazminsvetmet” (Qozog‘iston rangli metallar vazir­ligi), Qozog‘iston Fanlar akade­miyasi olimlari hamda Norilsk va Balxash kon-metallurgiya kombinati, Ryazan ilmiy tadqiqot tajriba zavodi mutaxassislari va ilmiy xodim­lari faol ishtirok etishdi. Avvaliga sinov bir necha bora Ryazan tajriba zavodi pechida o‘tka­zilib, yaxshi natija bergach, 1986-yili Norilsk kon-metal­lurgiya kombina­tida to‘la sinovdan o‘tkazildi. Har tomonlama yaxshi nati­ja­lar olingach, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat o‘sha payt­da sobiq Ittifoq sanoatida ishlab turgan eritish pechlaridan, bal­ki rivojlangan chet eldagi ayrim pechlardan ham ustun ekanligi namoyon bo‘la boshladi. 1987-yilda Ittifoq Vazirlar Kengashining qaroriga binoan, A.V. Vanyu­kov­­­­­ning vafotidan so‘ng ushbu eritish pechiga “Vanyukov pechi”, jara­yonga esa “Vanyukov jarayoni” deb nom berildi. Asta-sekin ota-bola Vanyukov­­lar bosh­lagan ishni uning shogirdlari Moskva po‘lat va qotish­malar institutining “Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi” kafedra­sining mudiri professor, texnika fanlari doktori Valentin Petrovich Bistrov va Aleksey Yakovlevich Zaysevlar davom ettirib kelmoqda. Ular yildan-yilga “Vanyukov pechi”ni takomil­lash­tirib, yuqorida qayd etil­gan ikkita katta kon-metallurgiya kombinatida to‘la muvaffaqiyatli ishlashiga olib keldilar. Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq yillarda, asosan, o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukam­mal tako­mil­lash­gan bir ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan. Ana shu suv sovutkichlari yonidan doimiy kis­lo­­rodli havo furma orqali yon tomonidan purkab turiladi. Havo purka­­langan suyuq vannaga yuqoridan har xil hajmdagi qumoq shixta yuklab turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida eritmadan toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi.
mo’ri
1-rasmda ko‘rsatilganidek, pechning asosiy qulayligi har ikka­la yon tomonidan kislorodning to‘g‘ri shixta tushayotgan eritma ostidan purkala­nishidir. Bu ustki va ostki purkalanish jarayonlariga qaraganda ancha qulay va issiqlik massa almashinuviga o‘z ta’sirini yuqori me’yorda ko‘rsatadi. Undan tashqari, vannada erigan va hali erib ulgurmagan ashyo­lar aralash
­masi harakatining bir xilda biqirlashiga olib keladi. Ana shu eritmadagi bir xildagi doimiy ashyolarning aylanishi va biqirlashi mayda sulfidli zarra­larning bir-biriga to‘qnashishiga, buning natija­sida zarralarning yirikla­shuviga olib keladi. Eritmada jarayon qanday holatda ro‘y berishidan qat’i nazar (harakat, toshqol qovushqoqligi va hokazo), kattalashgan shteyn zarralari p
homashyo

toshqol
echning tubiga, shteyn fazasiga cho‘kadi [19].


tabiiy gaz

havo-kislorodli qorishma

shteyn




Yüklə 407 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin