Reja: Kirish Yalpi milliy (ichki) mahsulotning iqtisodiy mazmuni va uning tarkibi. Yalpi milliy (ichki) mahsulotni hisoblash usullari. Yalpi milliy (ichki) mahsulotni ko‘paytirish yo‘llari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


Yalpi milliy (ichki) ma’sulotni ko‘paytirish yo‘llari



Yüklə 39,61 Kb.
səhifə4/5
tarix03.06.2023
ölçüsü39,61 Kb.
#124512
1   2   3   4   5
Reja Kirish Yalpi milliy (ichki) mahsulotning iqtisodiy mazmuni

3. Yalpi milliy (ichki) ma’sulotni ko‘paytirish yo‘llari.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. U muayyan davrda rezident va norezidentlar tomonidan mamlakat hududida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini aks ettiradi.
Lekin har qanday yaratilgan tovar va xizmatlar ham YAIM tarkibida hisobga olinmasligi mumkin. Tovar yoki xizmat YAIMda aks ettirilishi uchun u tugallangan bo‘lishi lozim. Masalan, non ishlab chiqarishni olaylik. Faraz qilaylik, fermer xo‘jaligida 1 million so‘mlik bug‘doy yetishtirildi. Yetishtirilgan bug‘doy tegirmonga olib boriladi va u yerda unga aylantiriladi, unning qiymati 1,5 million so‘mni tashkil etsin. U holda bug‘doyni unga aylantirishda qo‘shilgan qiymat 500 ming (0,5 million) so‘m bo‘ladi. Endi, un tayyor non ishlab chiqarish uchun non sexlariga jo‘natiladi, non ishlab chiqarish qiymati 1,8 million deb faraz qilsak, u holda un mahsulotidan non ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 300 ming so‘m (1,8 million-1,5 million=0,3 million yoki 300 ming so‘m)ga teng bo‘ladi. Demak, non ishlab chiqarishda yaratilgan jami qo‘shilgan qiymat 1 million.+ 0,5 million.+0,3 million.=1,8 million. so‘mga teng bo‘ladi.
Mana shu tarzda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning qiymatlari hisoblanib, ularning yig‘indisi olinsa, yaratilgan YAIMning qiymati hosil bo‘ladi. Ushbu usul iqtisodiyotda YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deb ataladi.
Milliy iqtisodiyotda YAIMni bosh¬qa usullar yordamida ham hisoblash mumkin. Ulardan biri - daromadlar usulidir. Ushbu usulga ko‘ra, YAIM – mamlakatdagi barcha iqtisodiy birliklar tomonidan olingan daromadlarning yig‘indisidir.
Bu nimani anglatadi? Ma'lumki, iqtisodiy birliklar turlicha bo‘lishi mumkin: yollanma ishchilar, tadbirkorlar, sarmoya egalari (investorlar), yer egalari, aksiyadorlar va hokazo. Yollanma ishchilar mehnat haqi ko‘rinishida daromad oladi. Tadbirkorlarning daromad manbai foyda, kapital egalarining daromadi esa foiz ko‘rinishidagi daromadlar hisoblanadi. Yer egalarining daromadi renta va aksiyadorlarning daromadi esa dividend hisoblanadi. Ta'rifga ko‘ra, ushbu daromad turlarining yig‘indisi mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotga teng bo‘ladi.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning keng tarqalgan usullaridan yana biri - yakuniy iste'mol (xarajatlar) usulidir. Ushbu usulda YAIM uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari, davlatning joriy xarajatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy xarajatlari, investitsiya xarajatlari va sof eksportning (eksport va import orasidagi farq) yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ushbu usul yordamida aholining xarajatlari va uning tarkibi, investitsion faollik va mamlakatning tash¬qi dunyo bilan aloqalarini iqtisodiy jihatdan baholash mumkin.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzada ta'kidlaganidek, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foizga o‘sdi». Bu esa mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan faol ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning natijasidir.
2015 yilda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,5 foizni, qishloq xo‘jaligi 16,6 foizni tashkil etgan. YAIM hajmining ortishi aholi turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Birinchidan, YAIMning ortishi aholi daromadlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili 1 tonna pomidor yetishtirilib, kilosi 1500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, jami daromad 1,5 million so‘mni tashkil etadi. Bu yil esa xuddi shu yer maydonidan pomidor yetishtirishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda 1,5 tonna pomidor yetishtirilib sotilsa, jami daromad 2,25 million so‘mni (pomidor narxi o‘zgarmagan deb olinsa) tashkil etadi.
Ikkinchidan, yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi natijasida byudjetga kelib tushuvchi soliq tushumlari hajmi ortadi. Bu esa davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Uchinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining ish bilan bandligi ortadi.
To‘rtinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida ichki bozorlar to‘ladi va mahsulotlarning narxi bar¬qarorlashadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. 
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot ko’lamida ish ko’radi. Milliy iqtisodiyot - faoliyati millat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan xo’jalik sub’ektlarining davlat miqyosidagi hatti - harakatini ifoda etadi. milliy iqtisodiyot ochiq yoki yopiq tavsifga ega bo’lishi mumkin. Ochiq iqtisodiyot - bu, boshqa mamlaktlar bilan o’zaro manfaatli shartlar asosida savdo-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi iqtisodiyotdir. Yopiq iqtisodiyot- bu, barcha tovar va xizmatlarni o’zida ishlab chiqarishga intiluvchi, boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni cheklashga harakat qiluvchi iqtisodiyotdir.
Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi. Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi, uni o’rganuvchi fan makroiqtisodiyot deb yuritiladi. Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadati harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi: a) pozitiv makroiqtisodiyot; b) normativ makroiqtisoiyot. Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o’rganadi. Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo’limi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o’zaro farqlab olishimiz zarur. Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini, resurslarning to’liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to’lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o’rganadi. Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o’zaro bog’liq uch jihatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: 1) milliy iqtisodiyot; 2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 3) jahon xo’jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o’zaro munosabatlari masalasi. Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari hisoblanadilar. Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblasalar, iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildiradilar. Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z tasarrufida mavjud bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi.

XULOSA
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. U muayyan davrda rezident va norezidentlar tomonidan mamlakat hududida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini aks ettiradi.
Lekin har qanday yaratilgan tovar va xizmatlar ham YAIM tarkibida hisobga olinmasligi mumkin. Tovar yoki xizmat YAIMda aks ettirilishi uchun u tugallangan bo‘lishi lozim. Masalan, non ishlab chiqarishni olaylik. Faraz qilaylik, fermer xo‘jaligida 1 million so‘mlik bug‘doy yetishtirildi. Yetishtirilgan bug‘doy tegirmonga olib boriladi va u yerda unga aylantiriladi, unning qiymati 1,5 million so‘mni tashkil etsin. U holda bug‘doyni unga aylantirishda qo‘shilgan qiymat 500 ming (0,5 million) so‘m bo‘ladi. Endi, un tayyor non ishlab chiqarish uchun non sexlariga jo‘natiladi, non ishlab chiqarish qiymati 1,8 million deb faraz qilsak, u holda un mahsulotidan non ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 300 ming so‘m (1,8 million-1,5 million=0,3 million yoki 300 ming so‘m)ga teng bo‘ladi. Demak, non ishlab chiqarishda yaratilgan jami qo‘shilgan qiymat 1 million.+ 0,5 million.+0,3 million.=1,8 million. so‘mga teng bo‘ladi.
Mana shu tarzda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning qiymatlari hisoblanib, ularning yig‘indisi olinsa, yaratilgan YAIMning qiymati hosil bo‘ladi. Ushbu usul iqtisodiyotda YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deb ataladi.
Milliy iqtisodiyotda YAIMni bosh¬qa usullar yordamida ham hisoblash mumkin. Ulardan biri - daromadlar usulidir. Ushbu usulga ko‘ra, YAIM – mamlakatdagi barcha iqtisodiy birliklar tomonidan olingan daromadlarning yig‘indisidir.
Bu nimani anglatadi? Ma'lumki, iqtisodiy birliklar turlicha bo‘lishi mumkin: yollanma ishchilar, tadbirkorlar, sarmoya egalari (investorlar), yer egalari, aksiyadorlar va hokazo. Yollanma ishchilar mehnat haqi ko‘rinishida daromad oladi. Tadbirkorlarning daromad manbai foyda, kapital egalarining daromadi esa foiz ko‘rinishidagi daromadlar hisoblanadi. Yer egalarining daromadi renta va aksiyadorlarning daromadi esa dividend hisoblanadi. Ta'rifga ko‘ra, ushbu daromad turlarining yig‘indisi mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotga teng bo‘ladi.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning keng tarqalgan usullaridan yana biri - yakuniy iste'mol (xarajatlar) usulidir. Ushbu usulda YAIM uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari, davlatning joriy xarajatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy xarajatlari, investitsiya xarajatlari va sof eksportning (eksport va import orasidagi farq) yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ushbu usul yordamida aholining xarajatlari va uning tarkibi, investitsion faollik va mamlakatning tashqi dunyo bilan aloqalarini iqtisodiy jihatdan baholash mumkin.


Yüklə 39,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin