Reja:
1.Kombinatorikaning asosiy elementlari;
2.Asosiy kombinatsiyalar ;
Kombinatorika – bu matematikaning chekli to‘plam elementlarini berilgan qoidalar asosida tanlash va
joylashtirish bilan bog‘liq masalalarni yechish usullarini o‘rganuvchi bo‘limdir. Bazi atoqli
matematiklar, masalan, fransuz
matematigi B.Paskal (1623-1662), sveytasriyalik matematik Ya.Bernulli (1654-1705), L.Eyler (1707-
1783), rus matematigi P.L.Chebishev (1821-1894) turli o’yinlarda (tanga tashlash, soqqa tashlash,
qarta o„yinlari va shu kabilarda) ilmiy jihatdan asoslangan qarorlar qabul qilishda kombinatorikani
qo’llashgan. XVII asrda kombinatorika matematikaning alohida bir ilmiy yo„nalishi
sifatida shakllana boshladi. Blez Paskal o’zining “Arifmetik uchburchak haqida
traktat” va “Sonli tartiblar haqida traktat” (1665-y.)
nomli asarlarida hozirgi vaqtda binomial koeffitsientlar deb ataluvchi sonlar haqidagi
ma’lumotlarni keltirgan. Fransuz matematigi P.Ferma (1601-1665) esa figurali sonlar bilan
birlashmalar
Nazariyasi orasida bog’lanish borligini bilgan. Figurali sonlar quyidagicha aniqlanadi. Birinchi tartibli
figurali sonlar: 1, 2, 3, 4, 5, … (ya„ni, natural sonlar); ikkinchi tartibli figurali sonlar: 1-si 1ga
teng, 2-si dastlabki ikkita natural sonlar yig’indisi (3), 3-si dastlabki uchta natural sonlar yig’indisi (6)
va hokazo (1, 3, 6, 10, 15, …); uchinchi tartibli figurali sonlar: 1-si 1ga teng, 2-si birinchi ikkita ikkinchi
tartibli figurali sonlar yig„indisi (4), 3-si birinchi uchta ikkinchi tartibli figurali sonlarlar
yig’indisi (10) va hokazo (1, 4, 10, 20, 35, …); va
Dostları ilə paylaş: |