Reja: Kommunikatsiya tushunchasi va uning tashkilot samaradorligiga tasiri Tashkilotlardagi kommunikatsiyalar turlari



Yüklə 53,8 Kb.
səhifə7/8
tarix02.04.2023
ölçüsü53,8 Kb.
#92536
1   2   3   4   5   6   7   8
KOMMUNIKATSION JARAYON

Kommunikatsion jarayoni – bu ikki va undan ortiq odamlar o‘rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kommunikatsiya jarayonining asosiy vazifasi – almashish predmet i bo‘lgan axborotni tushunishni ta’minlash. Biroq axborot almashishning o‘zigina axborot almashishda ishtirok etuvchilarning samarali tillashishiga kafolat beravermaydi. Kam samarali axborot almashish natijasiga do‘stlar, oilaviy, mehnat jamoalarida har birimiz duch kelganmiz. Axborot almashish jarayonida to‘rtta tarkibiy qismlar qatnashadi: jo‘natuvchi, xabar (axborotning o‘zi), kan al (axborotni uzatish vositasi) va qabul qiluvchi. Ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan hamohang ishlashi, axbo rot ma’nosini yo‘qotmasligi kerak. Axborot almashinuv jarayonida har ikki tomon (jo‘natuvchi va qabul qiluvc hi) faol rol o‘ynaydi. Agar rahbar qo‘l ostidagilarga topshiriq bersa, shuning o‘zi axborot almashish boshlandi degan gap. Axborot almashish samarali bo‘lishi uchun xodim o‘z rahbariga topshiriqni qanday tushungani haqida xabar berishi, rahbar esa undan nimalar kutishini aytishi kerak. Topshiriqning o‘zi qanday qo‘yilis hi (to‘g‘rirog‘i, axborot) va axborotni uzatish vositasi muhim ahamiyatga ega. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hech qanday to‘siqsiz qabul qilsa, axborot almashgan hisoblanadi. Shuning uchun kommunikatsiya jarayoniga juda katta e’tibor berish kerak. Hozirgi paytda eng muhim komm unikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tilishi kompyuterlashtirish ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Xalqaro amaliyot iqtisodni kompyuterlar yordamida boshqarishni afzal ko‘rmoqda. Kompyuterlar yordamida axborot to‘planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar banki hosil qilinadi. Barcha axborotlar tez tayyorlanadi va tarqatiladi.
Kommunikatsiya – signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga biror vosita orqali uzatilishidir. Signal esa, o‘z navbatida, ma’lumot va axborotdan tashkil topgan xabardir. Signal, albatta, biror-bir aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi hisoblanishi mumkin. Insonlar so‘zlashganda, gapirayotgan kishi (yuboruvchi)signallarni yuborishda aloqa vositasi sifatida havodan foydalanadi.
Yüklə 53,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin