Reja: Kompyuter grafikasi


Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari



Yüklə 34,57 Kb.
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü34,57 Kb.
#108064
1   2   3
3 o\'lchov

Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
Xozirgi ko’nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:

  • poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;

  • ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;

  • taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar;

  • ikki o’lchamli animasiya dasturlari;

  • uch o’lchamli animasiya dasturlari;

  • ikki o’lchamli animasiya dasturlari;

  • ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari;

  • videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;

  • ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.

Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi.
Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish, saxifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va sho’nga o’xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so’nggi versiyalari tasvirlarning ko’p qatlamli to’zilmasini qo’llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar majmui kiritilgan.
Rastrli paketlardan tashqri poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun mo’ljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish lozim. Illstrator illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ihtiyoriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, so’ng ularni masshtablash, aylantirish(o’z uqi atrofida) va deformasiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn va ko’p varaqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega.
Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo’lda» chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o’zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko’pgipa muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin.
AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida foydalanuvchi yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin.
IBM va Macintosh muxitlarida uch o’lchovli modellashtirish uchun ko’pincha Alias/ Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu dastur yuqori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa maxsus modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni modellashtirish va deformasiyalash vositalariga ega.
IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar hosil qilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga Alias/ Wavefront firmasining Designer, Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin. Bu dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan ishlash hamda mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish masalasining yechimini topish mumkin.
Designer dasturi splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan birga geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega.
Designer imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. Studio dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar bilan ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, modellar va animasiyani taxrirlovchi maxsus vositalar qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. Shuningdek, bu dasturlar Silicon Graphics ning ko’pprosessorli modellarida ishlatilishi uchun qo’shimcha vositalar va imkoniyatlar bilan to’ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana Engineering Animation firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin. Bu dastur dizayn va muxandislik masalalarining vizual yechimini yaratish(xosil qilish) imkonini beradi.2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin. 2 o’lchovli va 3 o’lchovli grafikaning turli hil kasblarda ishlatiladi va ulardan ko’plab kino yaratuvchilar keng foydalanishadi.
Loyihalash — odam faoliyati yoki loyhani bunynyod qilish bo’yicha tashkilot, shunga o’xshashni bo’lishi, mumkin bo’lgan obekt holatlar jamlanmasi, ma’lum ob’ektni bunyod qilishni tavsiya qilish uni ekspluatsiyasi, hisobdan chiqishdir.
Loyihalash bir qancha bosqichlarni texnik topshiriqdan tortib to namunaviyni sinashgacha jarayonni o’z ichiga oladi. Loyihalash ob’ekti material predmet hisoblanadi. «Loyihalash» tushinchasi loyihani amalga oshirish jarayoni uni ichiga kirmaydi .
“Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanining maqsadi shundan iboratki: loiyhalashdagi ilmiy faoliyatda muhandislik mehnati unimdorligini ko’tarish va iulov muddatini qisqartirish; ishlanmalarni sifatini oshirish; yangi zamonaviy takomillashgan buyumlarni yaratish bilan o’sib borayotgan bozor raqobatida yashovchanlikni ta’minlashdan iboratdir.
Bu bilan mahsulotni yashash davrini qisqartirish va yangi bozorgir buyumlarni qisqa davirda yaratishni taqazo etadi. Mahsulotning yashash davri :

  • yangi mahsulotga talabni poydo bo’lishi;

  • yangi g’oyani poydo bo’lishi;

  • loiyhalash ( ishlab chiqarish) ommaviy mahsulotchiqarish;

  • ekspluatatsiya qilish, foydalanish;

  • keraksiz holatga kelish.

Loyihalash o’zining uslubiyatiga ko’ra, tarkibiga omillar va meyorlar faoliyati, subekt, ob’ekt va uning modeli va boshqalarni oladi

CAD-dastur yordamida loyihalash (konstruksiyalash)
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining kompyuter texnologiyasi bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va kompyuter texnologiyasi orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada echish metodlarini asosli tanlash lozim.
Fan quydagi mutahasislik bilimlarini egallash imkonini berishi kerak:
- zamonaviy uslublarni rivojlanish mashinaqurilish ishlab-chiqarishini loiyhalash-texnologik tizim va vositalarini ta’minlash;
- mashinasozlik buyimlari ishlovi va ekspluatatsiyasidagi CAPR TL pogressiv uslublari;
- komp’yuter texnikasidan foydalangan holda TL dagi matematik modellarni uslublarini bunyod qilish va tadqiq qilish.
Konstruksiyalash tushinchasi.Loyihalash jarayoni ichida, hisoblash bosqichlari bilan birga tajriba tadqiqoti, ko’pincha konstruksiyalash jarayoni deb yuritiladi.
Konstruksiyalash — ishlanadigan ob’ektni bunyod qilishni material obrazi faoliyati,natural ko’rinishini tuzish ishiva uning grafik aksi.(chizmasi, eskizi,komp’yuter modeli). Bu model va ko’rinishlar ,shuningdek buyimni bazibir ko’rinishlari konstruktsiya deb ataladi.
Ko’pincha «konstruksiya»so’zi «tuzilish», «ko’rinish»sifatida foydalaniladi, Konstruksiyalash ko’pincha amalga oshiriladi:
- chizma asboblar yordamida qo’lda, masalan chizma stolda;
- avtomatlashtirilgan holda  — loyihalash ishlarini avtomatlashtirish yordamida  loyihalash ishlarini avtomatlashtirish (LIAT);
Avtomatik (odam qatnashmasdan) intelektual information tizim yordamida (IIT).
Loyihalash, maqsadi bu nafaqat samarali funktsiyalar echimini izlashgina bo’lmay, balki turli insonlarni extiyojini qondirish , asoslangan oxirgi qabul qilingan holatni optimal loyihalash deb yuritiladi.
Bu 20 asrni ikkinchi yarmidan qabul qilingan nazariy tadqiqot operatsiya echimlari hisobiga va xisoblash texnikasini keng qo’llash, mahsus uslublar bilan bir qancha holatda va murakkab matematik masalalarni echish orqali qo’llanila boshlandi.
Optimal loyihalashda katta ahamiyat texnik topshiriq bosqichidagi loyihalanayotgan ob’ektga qo’yilgan to’liq talablar ro’ihati beriladi, bu ko’rsatkichlar o’rtasida sifat ko’rsatkichi hamda optimallashtirish mezonidir. Bu borada yapon firmalarini tashabbusi — «Biz texnikani bunyod etmaymiz, biz insonlarni bunyod qilamiz».
Ilmiy texnik mahsulotga namunaviy talablar: ishonchlilik, texnologiyalilik, standartlashtirish va unifikatsiya zararli ta’sirlarni chegaralash (ergonomiyalilik va ekologiyalilik) estetikalilik, tejamlilik patentli xuquq hisoblanadi
Tizimli loyihalash qo’yilgan fazifani kompleks echadi, aloxida ob’ektlar-tizim va o’zaro ta’sir va o’zaro aloqalarga, ularning o’zaro qismlari sifatiga,shuningdek tashqi muxitga, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologiyaga ta’sirlariga ularni faoliyat ko’rsatishiga ahamiyat beradi.
Tizimli loyihalashning omillari.
Tizimli loyihalash, tizimli yondoshishga asoslanadi. Tizimli loyihalashning omillariga: Amaliy foydalilik:

  • faoliyat maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak;

  • faoliyat maqsadli bo’lishi kerak;

  • faoliyat asosli va samarali bo’lishi kerak;

  • optimal variantni izlashga asoslanishi kerak;

Tarkibiy qismlar birligi:
Har qanday ob’ekt tizim sifatida ko’rilishi kerak; soda qismlar tizim osti sifatida ko’rilishi kerak;
Ishlangan ob’ekt odamlar uchun ko’rilishi bunyod qilinishi va ekspluatatsiya qilinishi kerak;
Loyihalash tuzilishning asosiy bosqichlari tarkibiga:

Yüklə 34,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin