«Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fainiga kirish, uning maqsadi va vazifasi. Reja: 1. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari. 2. Lokal kompyuter tarmoqlari 3. Korporativ tarmoq.
«Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari.
Fanni o’qitishdan maqsad - kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining qanday tuzilganliklari, qanday ishlashi va ishlatilishi, xamda kompyuter tizimlari va tarmoqlarida ishlash jarayonida yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - zamonaviy kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining funksional va strukturaviy tuzilishlari, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining qurilish asoslari, zamonaviy tarmoq texnologiyalari va ularning ko’rsatgichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
Xozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yakkol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali uzaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda:
ma’lumotlarni markazlashtirishda,
ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatish.
Ma’lumotlarni taqsimlab qayta ishlash borasida ko’pgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin:
bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar bozorning axvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi («talab-taklif»);
ijtimoiy ta’minot tizimi;
soliq;
har-xil turdagi xizmalar;
masofadan turib kompyuter ta’limi;
avia chiptalarni zaxira qilib qo’yish tizimi;
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.