Reja: “Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati



Yüklə 3,62 Mb.
tarix25.09.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#148473
Yakubjanova Feruza


Kreativ pedagogika fani
Mustaqil ishi
Mavzu: Kreativ pedagogika fanining o'qitishning asosiy shakllari
Bajardi: Yakubjanova Feruza
Tekshirdi: Xaydarov S.A.

Reja:

1.“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati.

2.Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.

3.Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari


Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo'llanila boshlaganiga hali u qadar ko'p vaqt bo'lmadi. Biroq, o'qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo'lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta'minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o'qitish metodikasi, ta'lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g'oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart- sharoitni yaratishga xizmit qiladi
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab “Kreativlik” tushunchasining ma'noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko'ra, “Kreativlik – o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui” sanaladi. Gardner esa o'z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshirilaigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim”. Emebaylning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “Muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish” demakdir.
Ko'plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o'rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o'rtasida hech qanday bog'liqlik yo'q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog'liq ekanligini ta'kidlaydilar. “Kreativlik” tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar
Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar. Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o'quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi.
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1.O'quvchilar tomonidan o'quv fanlarini past o'zlashtirayotgan va ularini o'rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e'tiborlarini fan asoslarini o'zlashtirishga jalb etish;
2.O'qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag'batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogik kreativlik – pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta'lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta'minlashga xizmat qiluvchi yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta'lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajada ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bo‘lishlari zarur: Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari:
  • bilishga oid (gnostik) malakalar;
  • loyihalash malakalari;
  • ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;
  • tadqiqotchilik malakalari;
  • muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
  • tashkilotchilik malakalari;
  • izchillikni ta'minlovchi (protsesssual) malakalar;
  • texnik-texnologik malakalar

O`qituvchining kreativligi, bu uning qat`iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g`oyalarni izlab toppish laoyiqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o`zaro bir-biriga bog`liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratsh imkoni beradi:
1. Intellektual (aqliy);
2. Axloqiy (o`z-o`zini boshqarish);
3. Motivatsion (maqsadiy);
4. Emotsianal (his hayajonli).
Kretiv layoqat quyudagi o`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan qismlardan iborat bo`ladi:
  • Kreativlik maqsad;
  • Ijodiy intilish;
  • Kreativ (ustanovka) qurish,
  • Kreativ yo`nalish;
  • Kreativ ifodali akt;
  • Kreativ o`z-o`zini boshqarish;
  • Kreativ faollik;
  • Kreativ intilishlar darajasi.

  • O`qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo`ladi va rivojlanadi.

Ijod madaniyat singari, inson hayotiga, demak, ta'lim tizimiga ham kirib borishi kerak. Binobarin, ijodiy pedagogikaning ijtimoiy fanlari tizimida ya'ni 25 pedagogikaning yangi tarmog'i sifatida rivojlanishi uchun qator shart-sharoitlar mavjud. Kreativ pedagogika - bu ijodiy ta'lim fani va san'atidir. Bu pedagogikaning majburlash pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi, tanqidiy pedagogika kabi pedagogika turlariga qarama-qarshi bo'lgan pedagogikaning bir turi hisoblanadi. Kreativ pedagogika o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, kelajagini yaratuvchisi bo'lishga o'rgatadi. Kreativ pedagogika, har qanday fanga, xoh matematika, xoh fizika, xoh tillar, xoh iqtisod bo'lsin, qo'llanilish mumkin bo'lgan pedagogikadir. Ma'lum darajada aytish mumkinki, uning metodologiyasi o'qitish va o'rganish jarayonini o'zgartiradi
Har qanday fan singari “Kreativ pedagogika” fani ham o'zining tarkibiy tuzilmasiga ega. Ushbu fan quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
  • kreativ ta'lim asoslari: maqsadi. vazifalari, ob'ekti, predmeti, sub'ektlari, mazmuni, metodologiyasi, shakllari, metodlari, vositalari, metodikasi va texnologiyalari;
  • - malakali kadrlarni tayyorlash va ular tomonidan kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda kreativ shaxsni shakllantirish bosqichlari

Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpeptsual holatlarini ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan iborat:
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi
Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o'ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida ob'ektiv ijodkorlikni amalga oshiriladi.
Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin