Reja: Kreditning ta’minoti tushunchasi va uning ahamiyati



Yüklə 445 Kb.
səhifə4/9
tarix15.03.2023
ölçüsü445 Kb.
#88054
1   2   3   4   5   6   7   8   9
muazzam opa

Kafolat xati – bank-kreditor va garant o‘rtasida shartnomani tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi
Bank kafolati shartnomasida qaysi majburiyatni ijro etilishi uchun kafolat berilganligi kimga (kreditor nomi) berilganligi va kim uchun (qarz oluvchi nomi) berilganligiga ko‘rsatilishi kerak Arbitraj sudlarining amaliyotidan kelib chiqqan holda bank kafolati shartnomasida qaysi majburiyatni ijro etilishi uchun kafolat shartlari aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa shartnoma tuzilgan deb hisoblanmaydi
Umumiy qoida sifatida garant kreditor oldida subsidiar (qo‘shimcha) javobgarlikni o‘ziga oladi Garantni va qarz oluvchini solidar javobgarligi bank-kreditorga nisbatan faqatgina qonunchilikda va shartnomada ko‘rsatib o‘tilganda belgilanadi
Jahon amaliyotida bank-garantning kreditor oldidagi majburiyatlarining bajarilishi quyidagi hollarda:
1) kafolat berilgan summa kreditorga to‘langanda;
2) belgilangan kafolat muddati tugagan paytda;
3) kreditor garantiya bo‘yicha o‘z huquqlarini rad etsa va ularni garantga qaytarsa;
4) kreditor garantni majburiyatlaridan holi etish to‘g‘risida yozma ariza orqali kafolat bo‘yicha o‘z huquqlarini rad etganda, kafolat beruvchi o‘z majburiyatlarini bajarishdan to‘xtashi mumkin.
Garant kafolat to‘xtatilganligi to‘g‘risida xabar olgandan keyin qarz oluvchiga bu haqda darhol ma’lum qilishi shart
Garant qarz oluvchidan bank kafolati bo‘yicha kreditorga to‘langan summani regress tartibida qoplashni talab qilish huquqiga ega
Xorij amaliyotida bank kafolati keng tarqalgan bo‘lib mustahkam raqobatchilik sharoitida bunday xizmat bozorida bank-garantlarning komission stavkasi garantiya (kafolat) summasidan 0,1-0,8% ni tashkil qiladi Iqtisodiy va huquqiy nobarqarorlik yuqori bank risklari sharoitlarida bu ko‘rsatkich 4-10% ni tashkil qilishi mumkin CHet el banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlarning kafolati sifatida davlat (hukumat), vakolatli banklar banklar konsorsiumi alohida banklar va sug‘urta kompaniyalari qatnashishi mumkin
Bizning amaliyotimizda ham hukumatimiz kafolati orqali Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot bankidan Evropa Tiklanish va Taraqqiyot bankidan yirik chet el banklaridan tijorat banklarimiz kredit olishmoqda
Kredit munosabatlarining asosiyhujjati bo‘lgan kredit shartnomasi qarz oluvchining kreditni o‘z vaqtida qaytarish majburiyatini ko‘zda tutadi Lekin amaliyot shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotdagi inflyasiya jarayonlari ssudaning qadrsizlanishiga qarzdorning moliyaviy ahvolining yomonlashuvi kreditni to‘lash muddatining buzilishiga olib kelishi mumkin SHuning uchun xalqaro bank amaliyotida kreditning qaytarilishini tashkil etishning mexanizmini ishlab chiqilgan Bu mexanizm quyidagilarni o‘zida mujassamlashtiradi:

  • Ssudani tushum (daromad) hisobidan qoplash tartibi;

  • O‘oplash tartibini kredit shartnomasida mustahkamlab qo‘yish;

  • Ssuda mablag‘ini o‘z vaqtida va to‘laligicha qaytarilishini ta’minlashning turli shakllaridan va manbalaridan foydalanish

Bank amaliyotida ssudalarni qoplash manbalari birlamchi va ikkilamchi manbalarga bo‘linadi Birlamchi manba sotuvdan kelgan tushum bo‘lib bu kreditni qoplashning asosiy manbai hisoblanadi Kredit ta’minotining ikkilamchi shakllari kredit qaytarilishining kafolat shakli hisobladi
Xorijiy bankirlar kredit shartnomasini tuzish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishda avvalo kreditni qoplashning birlamchi manbalarga tayanishni o‘z faoliyatining “oltin qoidasi” deb hisoblaydilar
Amaliyotda ko‘p hollarda kreditning qaytarilishida ma’lum risklar mavjud bo‘ladi Bu risklarga turli omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin Bu hollarda kafolat sifatida ikkilamchi manbalar ham talab qilinadi Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  1. mulk va huquq garovi;

  2. talablar va huquqlarni o‘tkazish;

  3. kafolat va kafillik sug‘urta

Kreditlarni qoplashning ikkilamchi shakllaridan foydalanish ko‘p mehnat talab qiladigan uzoq muddatli jarayon hisoblanadi SHunday bo‘lsada ushbu shakllardan bizning amaliyotimizda keng foydalaniladi CHunki iqtisodiyotimizdagi ko‘plab korxonalarning moliyaviy ahvoli ko‘ngildagidek emasligi tadbirkorlarnining bu sohadagi bilimlari etarli darajada emasligi shuni taqozo etadi

Yüklə 445 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin