Reja: Kurashchining texnik xarakatlari



Yüklə 22,8 Kb.
tarix08.11.2022
ölçüsü22,8 Kb.
#68034
Kurash turlarining texnikasi taktikasini o‘rgatish


1-Mavzu: Kurash turlarining texnikasi taktikasini o‘rgatish
Reja:
1.Kurashchining texnik xarakatlari.
2.Kurashchining tik turishdagi asosiy xarakatlari.
3.Kurashchining taktik xarakatlari.
1.Kurashchining texnik harakatlari
Kurash texnikasi - kurashchining g’alabaga erishish uchun qo’llaniladigan,
qoidalarda ruxsat berilgan harakatlari yig’indisidir.
Usul - kurashchining g’alabaga yoki raqib ustidan ustunlikka erishish uchun hujum
qilinayotgan kurashchi holatini gilamga nisbatan o’zgartirishga qaratilgan
harakatidir.
Himoyalanish - kurashchining hujum qiluvchi tomonidan amalga oshirilayotgan
usulni to’xtatib qolishga qaratilgan harakatidir.
qarshi usul - kurashchining raqib usuliga qarshi javob usulini bajarishga qaratilgan
harakatidir.
Bog’lanish - tik turish holatidan boshlanib parter holatiga o’tish yoki aksincha
tartibda bajariladigan usullar uygunligidir.,
To’xtatb qolish - kurashchining raqib hujumini to’xtatib, keyin uni xafli holatga
o’tkazishga qaratilgan harakatidir.
Bosib turishlar - kurashchining ko’prik holatida turgan raqib kuragini gilamga
tekkazishga qaratilgan harakatidir.
Tashlashlar - tik turish yoki parterda raqibni gilamdan ko’tarish bilan bajarilgan va
uni xavfli holatga tushirib qo’yadigan usullardir.
o’tkazish - tik turishda usulni bajarish yo’llari, buning natijasida hujum qiluvchi
raqibini parterga turg’azadi.
Ag’darish - bu usullar natijasida kurashchi, raqibni gilamdan ko’tarmasdan turib, uni
xafli holatga tushurib qo’yadi.
o’girishlar - parterdagi usullar, ularni amalga oshirish natijasida kurashchi raqibni
gilmadan ko’tarmagan holda uni orqasi bilan gilamga ag’daradi.
Ushlab turishlar - kurashchiga raqibni gilamda orqasi bilan yotgan holatda ushlab
turishga yordam beradigan usullar.
Yuqoriga chiqib olishlar - parterda pastdagi holatda turgan kurashchiga yuqoridagi
holatga o’tib olishga yordam beradigan usullar.
Og’riq beruvchi usullar - bo’g’imni qayirish, qattiq bukish yoki paylarni ezish bilan
bog’liq bo’lgan usullardir, ular natijasida raqib og’riqlarni his qiladi.
Bo’g’ishlar - bo’yinni qisish bilan bog’liq bo’lgan usullar, ular natijasida raqib
bo’g’ilishni his qiladi.
Ma’ruza mashg’ulotlari
2.Kurashchining tik turishdagi asosiy harakatlari
Siltab - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni keskin burib, uning
orqasiga o’tib oladi.
qo’l tagidan o’tib- harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibning qo’li tagidan
o’tib, orqasiga turib oladi.
Aylanib - kurashchining aylanib bajaradigan harakati.
Cho’kkalab - harakat bo’lib, bunda kurashchi oyoqlarini oldinga uzatib o’tirish
orqali raqib orqasiga o’tib oladi.
Ag’darish
Zarba bilan - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi gavdasi va qo’llari bilan
raqibni turtadi.
qayirib - kurashchining harakati bo’lib, uning natijasida raqib o’z bo’yi o’qi atrofida
buriladi.
Tashlashlar
Oldinga engashib - usul bo’lib, uning natijasida raqibni gilamdan ko’tarib, vertikal
holatdan gorizontal holatga o’tkazadi.
Elkadan oshirib (burilib) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni qo’llari, qo’l va
oyog’i, boshi va oyog’i, kiymidan ushlab olib, tutib turgan elkalardan oshirib
gilamga tashlaydi.
Orqadan oshirib (yoqadan) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibga orqasi bilan
burilish va keyin oldinga egilib yoki oldinga yiqilish hisobiga harakatni bajaradi.
Orqaga egilib - usul bo’lib, bunda kurashchi gavdasini orqaga egib, keyin orqaga
yiqiladi.
Aylanib - usul bo’lib, bunda kurashchi gavdasini vertikal o’q bo’ylab aylantirib,
keyin yiqiladi.
Zarba bilan - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni gilamdan ko’tarib, uni bo’yi o’qi
atrofida aylantiradi.
O’tirib - usul bulib, bunda kurashchi gilamga o’tiradi, raqibga oyog’ini tirab, keyin
orqasi bilan dumalab, uni o’zini ustidan oshirib tashlaydi.
qayirib - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni gilamdan ko’tarib, bo’y o’qi atrofida
aylantiradi.
Kurashchining parterdagi asosiy harakatlari
o’girishlar
qayirib - kurashchining harakati bo’lib, raqibni uning bo’yi o’qi atrofida burish va
gilamga orqasi bilan o’girishga yordam beradi.
Yugurib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqib boshi atrofida navbatma-
navbat qadam tashlab harakatlanib uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Ustidan o’tib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi, raqibni qulidan yoki
Ma’ruza mashg’ulotlari
oyog’idan ushlab olib, uning ustidan harakatlanib, uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Yumalatib - harakatlar bo’lib, ularni bajarish paytida kurashchi, raqibni orqadan
ushlab olib va “ko’prik” holatiga o’tib, uni o’zining ustidan, oldidan oshirib, o’z
boshi tomonga o’giradi.
Orqaga egilib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi, “ko’prik” holatiga turib,
raqibni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Ustidan yumalatib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni oldinga
boshdan oshirib gilamga orqasi bilan o’giradi.
Yozilib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni gavdasini yoziltirib va
oldindan oyoqlarni o’rab yoki ilib olib, uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Og’riq beruvchi usullar
Yozilib - kurashchining harakati bO’lib, unda raqibning te-kis uzatilgan oyoq-
qo’llariga og’riq beruvchi usul qo’llaniladi.
qayirib - kurashchining harakati bo’lib, unda raqibning bukilgan oyoq-qo’llariga
(uning birini ikkinchisi atrofida aylantirish) og’riq beruvchi usul qo’laniladi.
qisib olib - kurashchining raqib ahil payllari yoki boldir mushagini ezish bilan
bog’liq bo’lgan va og’riqni sezishga olib keladigan harakati.
Bo’g’uvchi usullar
Siqib olib - kurashchining raqib bo’ynini bilagi yordamida siqib turish bilan bog’liq
bo’lgan va bo’g’ilishga olib keladigan harakati.
Tortib - kurashchining raqib kimonosi yoqasidan ushlab olib, uning bo’ynini siqish
bilan bog’liq bo’lgan va bo’g’ilishga olib keladigan harakati.
Usullar elementlari
Ushlab olishlar - qo’llar va oyoqlar bilan bajariladigan harakatlar, ular yordamida
kurashchi hujum yoki himoyalanishlarni amalga oshirish maqsadida raqib
gavdasining qandaydir bir qismini ushlab turishi mumkin.
Nomdosh bo’lmagan qo’l (oyoq)dan ushlab olish- kurashchining o’ng (chap) qo’li
yoki oyogi bilan raqibning chap (o’ng) qo’li yoki oyog’idan ushlab olish.
Nomdosh qo’l (oyoq) dan ushlab olish - kurashchining o’ng (chap) qo’li yoki oyog’i
bilan raqibning o’ng (chap) qo’li yoki oyogidan ushlab olish.
Oldindagi qo’l (oyoq)dan ushlab olish - parterda raqibning xujum qiluvchiga yakin
turgan qo’li (oyog’i)dan ushlab olish.
Uzoqdagi qo’l (oyoq) dan ushlab olish - parterda raqibning hujum qiluvchidan uzoq
turgan qo’li (oyog’i)dan ushlab olish.
qo’l tagidan bo’yinni ushlab olish - bunda o’ng qo’lni raqibning o’ng qo’li tagidan
o’tkazib, bo’yin ustida chap qo’l bilan birlashtirish yoki, aksincha, shu harakatni
chap qo’l bilan bajarish.
Ma’ruza mashg’ulotlari
qo’ltiqlar tagidan bo’yinni ushlab olish - (parterda orqadan-yondan) ikkala qo’lni
raqibning mos qo’llari tagidan o’tkazib, ularni bo’yin ustida birlashtirgan holda
ushlab olish.
Richag shaklida ushlab olish - nomdosh bo’lmagan qo’l tagidan qo’lni ushlab olib,
yuqoridan raqib bo’ynini ushlash.
Chalishtirilgan qo’llar bilan ushlab olish - raqibning gavda qismi yoki kiyimidan
chalishtirilgan qo’llar bilan ushlab olish.
Chalishtirilgan boldirdan ushlab olish - bunda raqib oyoq-qo’llari chalishtirilgan
holatda bo’ladi.
Kalit - hujum qiluvchi tomonidan raqibning mos qo’linining tirsakdan bukilgan
joyidan tirsak bukilgan joyi bilan ushlab olish va qul kaftini elkaga quyish.
qaychisimon ushlab olish - oyoklar holati bo’lib, bunda ular raqib gavdasining
qaysidir bir joyidan ikki tomondan o’rab oladi va chalishtiriladi.
Chalish - raqibga gilamda harakatlanishga halaqit berish maqsadida oyokning orqa
yoki yon qismini uning bitta yoki ikkita oyogi tagiga qo’yib to’sish.
qoqish - oyoq kaftining tag qismi bilan raqib oyog’idan urib tushirish.
Ilish - tizzalaridan bukilgan oyok bilan raqib oyog’ini ushlab turish yoki chetga
turtish.
Chirmash - raqib oyog’ini shunga mos oyok bilan boldir va oyok kafti yordamida
ilib olgan holda ushlab turish yoki chetga turtish.
Oldindan ilib otish - hujum qiluvchining oyoqning ichki qismi (asosan son) bilan
oldindan yoki oldindan-yondan raqib oyog’i yoki oyoqlarini orqaga-yuqoriga itarib
yuborish.
Orqadan ilib otish - tizzalardan bukilgan joy bilan (orqadan) raqibning tizzalari
bukilgan joyga urib, ko’tarib tashlash.
Ko’tarib yuborish - raqibni son (boldir) bilan o’z oldidan yuqoriga ko’tarib
yuborish.
qaychilar -raqib gavdasi ustidan oyoqlarning qarshi harakatlari va bir vaqtning
o’zida ikki tomondan uning gavdasining qaysidir bir qismiga ta’sir ko’rsatish.
3.Kurashchining taktik harakatlari
Sport kurashi taktikasi - bu bellashuvlar va musobaqalarda yuzaga kelgan muayyan
vaziyatlarda raqib xususiyatlarini hisobga olgan holda texnik iroda va jismoniy
imkoniyatlardan mohirona foydalanishdir.
Hujum uchun tayyorgarlik harakatlari - bu hujum harakatini bajarish uchun zarur
bo’lgan raqibning kutilayotgan va himoyalanish harakatini keltirib chiqarish
maqsadida bajariladigan kurashchining hujum harakatlaridir.
Taktik tayyorgarlik usullari - kurashchi harakatlari bo’lib, ular yordamida u hujum
yoki qarshi xujum uchun qulay sharoitlarni yaratadi.Razvedka - kurashchining raqib
to’g’risida ma’lumot olishga qaratilgan taktik harakatlaridir.
Ma’ruza mashg’ulotlari
Niyatni yashirish - kurashchining taktik harakati bo’lib, uning yordamida u raqibdan
o’zining asl niyatlarini yashiradi.
Xafv solish - kurashchining raqibni himoyalanishga o’tishga majbur qiluvchi taktik
harakatidir.
Aldamchi harakat (aldash) - hujum qiluvchi tomonidan oxiriga etkazilmaydigan va
raqibni himoyalanishga majbur qiladigan usullar, qarshi usullar, ushlab olishlar,
siltashlar, turtishlar va boshqa harakatlar.
qo’shaloq aldash - kurashchining taktik harakati bo’lib, haqiqiy usulni raqibga
aldamchi usul sifatida ko’rsatadi.
Chorlash - kurashchining taktik harakati bo’lib, shu orqali u raqibni faol harakatlarga
o’tishga majbur qiladi.
Teskari chorlash - kurashchining taktik harakati uning faol harakatlarni to’xtatib,
raqibni ham shunday harakatlarga chorlash maqsadida amalga oshiradigan harakati.
Cheklab qo’yish - kurashchining raqib harakatlari erkinligini cheklab qo’yadigan
taktik harakatlari.
Takroriy hujum - bir xil harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo’lgan taktik
harakat. Ushbu ketma-ket uyushtirilgan harakatlar ichida faqat oxirgisi hal etuvchi,
qolganlari esa aldamchi harakat hisoblanadi.
Muvozanatdan chiqarish - kurashchining taktik harakati bo’lib, u raqibni
nomustahkam holatni egallashga majbur qilish bilan birga kurashchiga hujumni
bajarish uchun qulay vaziyatni yaratadi.
Usullar kombinasiyalari - usullar uyg’unligi bo’lib, bunda boshlang’ich usullar
keyingilarini bajarish uchun qulay dinamik vaziyat yaratadi.
Yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar va atamalar sport kurashi nazariyasi hamda
usuliyatida keng qo’llaniladi. Taklif etilayotgan atamalar o’zgarmas va qat’iy emas.
U keyinchalik, shubhasiz, sport fanining rivojlanishi hamda yangi talablariga
muvofiq qisman o’zgartirib turilishi mumkin
Kurash - sport yakka kurashining ma’lum bir turi bo’lib, raqib ustidan
kozonadigan g’alaba, ma’lum bir harakatlar va usullar kamrovi yordamida amalga
oshiriladi.
Kurashda barcha usullar 7 nom bilan aytiladi va bajariladi: su-purma, chil, kuglsha,
yuk (yuklama), yelka, bardor, yonbosh. Budar esa bir necha yuzlab usullarga
bulinadi.
Kurash texnikasini (usullarini) tula-tukis tushunish, uni x,ar kanday xrlatda xam
bajara olish, ya’ni to’liq, egallash uchun, uning usullari, ikki kurashchining olishuvi,
usullarning qanday xolatda bajarilishi xaqida oldin tushunchaga ega bo’lishi kerak.
Kurashchilar olishuvga chiqqan vaqtlarida, gilamning chekkasida bir-birlariga
yuzlangan xolda tikka turadilar, ta’zimdan (1-rasm) sung xakamning ruxsati bilan
Ma’ruza mashg’ulotlari
belgilangan krida asosida kurashadilar.
Kurashchilarni tazim berish xolati 1-rasm.
ELEMENTAR TEXNIK HARAKATLAR
Kurashchining xolatlari
Kurashchining turishi xujum qilishga, ya’ni usul qullashga, himo- yalanishga va
qarshi usul qullashga ko’pay, osonlikcha og’irlik markazidan chiqib ketmaydigan,
har qanday,harakatni tezlik bilan bajarishga imkonli bo’lishi kerak. Turishlar ung,
chap va to’g’ri bo’ladi.
Kurashchining harakatlari va aldamchi harakatlari
Harakatning asosiy yo’nalishlari: oldinga, orqaga, chapga, ungga, chap-oldinga,
ung-oldinga, chap-orqaga yoki ung-orqaga bo’lishi mumkin. Harakat davomida
gilamdagi oyoq butun kaft yuzasi bilan kuyilishi shart. Harakat jarayonida
kurashchilarning butun gavda xolati muntazam nazorat ostida bo’lishi lozim.
Kurashchi qanchalik o’ziga ishonch bilan turgan bo’lmasin, raqib tomondan
bajarilgan har qanday siltab itarish yoki tortish, uning og’irlik markazini yuqotib
quyish xavfini tug’diradi.
SHuning uchun ham kurashchi doimo raqibning itargan yoki tortgan tomoniga
ixtiyoriy harakatda bo’lishi kerakligini, xech qachon esdan chiqmasligi kerakki,
kurashchi qalam tashlagan vaqtda juda qisqa fursatda bir oyoqqa tayanib qoladi va
og’irlik markazini yuqotib
qo’yish xavfi kuchliroq bo’ladi. SHuning uchun ham kurashchi hamma vaqtda va
xolatda ham to’g’ri harakatlana olishi kerak.
Kurashchi doimo bir xil harakat qilmasligi kerak, aks xolda buni raqib payqab qolib
muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin.
Xech qachon gilamda maqsadsiz harakatlanmasligi kerak. Har qanday xolatda ham
gilamda tez yaxshi harakatlana bilish kerak.
Ma’ruza mashg’ulotlari
Aldamchi harakatlarga gavda, qo’llar va oyoklar harakatlarini tez-tez almashtirib,
rejalashtirilgan xujumni sezdirmaslik, raqib diqqatini boshqa tomonga tortish kabilar
kiradi. Bunday harakatlar raqib kut-magan vaqtda usul bajarish imkonini beradi. Har
bir nuxta uzlashti-rilgan usulni aniq bajarish uchun 3—4 ta aldovchi harakatlarni
reja-lashtirish kerak.
Kurashda raqibni ushlashning xilma-hil turlari mavjud bo’lib, tajribali va yuqori
toifadagi kurashchilar ushlashlar turini yaxshi o’zlashtirgan, har biri qaysi bir usul
qanchalik samarali ekanligini puxta o’rganib chiqgan.
Kurashchi usul bajarish uchun qulay ushlashi: bu ushlash ayniqsa raqib o’z
ushlashini amalga oshirish uchun harakat qilganda bajariladi. Kurashchining raqib
ushlashiga javob ushlashi: Raqib o’z qulayligini xisobga olib ushlaganda kelib
chiqadigan qulay imkoniyatdan foydalanib ushlash, bunday ushlashda ham usul
bajarish mumkin.
Kurashchining ximoyalanish ushlashlari: Raqibni usul bajarishiga imkon
bermaydigan, unga xalaqit beradigan noqulay ushlash. Ammo bunday ushlash ham
ayrim xollarda usul bajarishga imkon beradi.
Ushlashlar jarayonida qo’yidagi qoidalarga qat’iy rioya qilinishi shart:
1. Ushlash paytida qullar erkinroq saqlansa, ular tez toliqmaydi va raqibga ta’sir
ko’rsatish chaqqonlik bilan amalga oshiriladi.
Ushlashni eng qulayini bajarib, texnik usulni tezkorlik bilan almashtirish kerak, aks
xolda raqib o’zini himoyalashga ulguradi.
3. Kurashchi o’z arsenalida har hil ushlashlarni puxta o’zlashtirgan va ular
yordamida har hil texnik usullar ko’rsata bilishi shart.
Oralik masofalar
Kurashchilarning oraliq, masofalari 5 xil bo’ladi:
1. Ushlashsiz masofa — kurashchilar bir-birlarini biron joyidan ushlamasdan, ammo
ushlash uchun qulay fursatni poylab har hil harakatdagi xolatlari (6-rasm).
6-rasm.
Ma’ruza mashg’ulotlari
2. Kurashchilarning uzoq, masofa — kurashchilar bir-birlarining bir yoki ikkala
yenglaridan ushlab turishlari (7-rasm)
7-rasm.
3. Kurashchilarning o’rta masofa - kurashchilar bir-birlarining yakgagini bir qo’llari
bilan yaktakning gavda qismidan, ikkinchi qo’l bilan yengidan ushlab turishlari
8- rasm
4.Kurashchilarning yaqin masofasi - kurashchilar bir qo’l bilan gavdani yoka yoki
yeng qismidan, ikkinchi qo’l bilan belbog’ning old yoki yon tomondan ushlab turgan
xolatlari (9-rasm).
9- rasm
5. Kurashchilarning o’ta yaqin masofasi - kurashchilar bir-birini quchoqlab olib,
gavda bilan bir-birlariga qisilib yoki oyoq. bilan ich-karidan chil solib turgan
xolatlari (10-rasm)
Ma’ruza mashg’ulotlari
6.Muvozanatdan chiqarish Raqibni muvozanatdan chiqarish usulning asosiy qismi
xisoblanadi. Muvozanatdan chiqarishning qo’yidagi asosiy yunalishlari mavjud :
Oldinga — ikki qo’l harakati bilan raqib oldinga tortiladi, gavdasi oldinga bukilib,
oyoqlar poshnasi gilamdan uziladi va raqibning umumiy og’irlik markazi (URM)
oldinga intiladi (11-rasm),
11- rasm
Orqaga — ikki qul harakati bilan raqib orqaga siltanadi, gavdasi orqaga bukilib,
oyok, uchlari gilamdan uziladi va URMning vertikal chizig’i orqaga siljiydi (12-
rasm).
12-rasm
Ungga — chap qo’lning harakati o’ngga-pastga, o’ng qo’l harakati ungga-yuqoriga,
raqibining ung oyog’ining tashqi tomoniga, chap oyoq. bilan ta’sir ko’rsatiladi.
URMning vertikal chizigi ung oyoqda utadi.
CHata — ung tomonga qilingan harakatlar simmetrik ravishda amalga oshiriladi,
faqat URMning vertikal chizig’ chap oyoqqa o’tadi (14-rasm).
Ungga-oldinga — chap qo’l bilan o’zidan yuqoriga, o’ng qo’l yordamida yuqori-
ungga harakat bajarilib, raqibning ung oyog’iga ta’sir ko’rsatiladi
Ma’ruza mashg’ulotlari
6. CHapga-oldinga — ungga-oldinga usuldagi barcha harakatlar simmetrik ravishda
bajarilishi shart.
13-rasm.
7. Ungga-orqaga — chap oyoq, bilan raqibga yaqinlashadi, chap qo’l harakati
o’zidan ungga-pastga yunalgan, o’ng qo’l esa o’zidan o’ngga va raqibning o’ng
oyog’iga ta’sir ko’rsatiladi (15-rasm).
8. CHapga-orqaga — ungga-orqaga usulidagi barcha harakatlar simmetrik ravishda
amalga oshiriladi. Faqat raqibning URMning vertikal chizig’i chap oyog’iga o’tadi.
Kurashchi raqibini muvozanatdan chiqarar ekan, o’zi mustaxkam turgan bo’lishi va
texnik usullar ko’rsatishga shay bo’lishi shart.
Kurashchi gilamda harakatda bo’lgan paytda uning og’irligi chap yoki o’ng
oyog’iga o’tadi va o’z mustaxkamligini yuqotib turadi. Olishuv paytida bunday
harakatlar yashin tezligida bajarilishi shart. Muvozanatdan chiqarish, raqib harakati
qaysi tomonga yunaltirilgan bo’lsa yoki yuzi yunaltirilgan tomonga bajarilsa
qulayrok, xisoblanadi. Muvozanatdan chiqarish texnikasini bir joyda mustaxkam
tuxtagan xolda o’rganishni boshlash kerak.
Bular asta-sekinlik bilan yaxshi o’zlashtirgandan keyin, harakat paytida
muvozanatdan chiqarish usullarini o’rganish lozim. Bunday maqsadlarga faqat
tinimsiz va muntazam mashqlar va mehnat orqali erishish mumkin.
Raqibga yaqinlashish uslublari
Kurashda usullar bajarilishi uchun gavdani tez va yengil har tomonga burilshiga
katta ahamiyat beriladi. Bu xujumda ham, ximoyada ham juda zarur. Burilishning
bir nechta asosiy shakllari mavjud:
O’ngga:
a) Kurashchi raqibining oldida to’g’ri turgan xolat (33-rasm). Ungga burilish uchun
kurashchi o’ng oyog’ini oldinga quyishi zarur, raqibning ung oyog’i oldida, bosh
barmog’i uchida, keyin yelkani raqibga o’girib, chap oyog’gini raqibning chap
oyog’i oldiga qo’yib, sung 180° burilib, ung oyoqni uchida burib, qulay xolatni
egallashi lozim.
Ma’ruza mashg’ulotlari
b) Kurashchi raqib oldida to’g’ri turgan xolat (17-rasm).
Ung tomonga burilish uchun u chap oyog’ining uchini raqibning chap oyog’i
oldiga
quyishi lozim, keyin raqibga yelkalarini bura turib, bir siltash bilan ung oyogini
o’zining chap oyog’i va raqibning chap oyog’i o’rtasiga quyishi zarur.
17-rasm
CHapga:
a) Kurashchi raqib ruparasida tuppa-to’g’ri turgan xolat. U chap oyog’ining
uchini raqibning chap oyog’i oldiga qo’yishi lozim, unga perpendikulyar xolatda
ichta qarab qo’yiladi. Keyin uni oldinga xolatidan 180° burib, raqibga yelkalar bilan
buriladi, bir vaqtning o’zida chap oyoq uchida burilib, kurashchi uchun qulay xolatni
egallashi shart, oyoq uchini yon tomoniga qaratgan bo’lishi kerak;
b) Kurashchi raqib qarshisida tikka turgan xolat. CHapga burilish uchun
kurashchi ung oyog’ining uchini raqibning ung oyog’i oldiga quyadi — yon
tomonga qaratilgan xolda. Unga yelkasi bilan burilar ekan, bir siltab o’zining chap
oyog’ini, o’zining va raqibning ung oyoqlari o’rtasiga qo’yishi shart.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar
Umumiy koidalar.?
Sport kurashining asosiy tushunchalari va atamalari?
Kurashchining asosiy xolatlari?
Kurashchining texnik xarakatlari?
Kurashchining tik turishdagi asosiy xarakatlari?
Kurashchining taktik xarakatlari?
Kurash texnikasi yagona tasnifining asosiy vazifalarini aytib bering?
Kurash texnikasi yagona tasnifining to’rtta darajasini tushuntirib bering?
Kurash usullarini ta’riflash uchun nimani bilish lozim?
Kurash usullarining to’liq nomlarini ta’riflashning asosiy qoidalarini sanab o’ting?
Ma’ruza mashg’ulotlari
O’z-o’zini tekshirish uchun testlar
Mахsus tехnik tаyyorgаrlik nimаgа yo’nаltirilgаn?
Spоrt kurаshidа yuqоri tехnik dаrаjаgа erishishgа.
Tехnik usullаrning tеzligini оshirishgа
Tаktik bilim vа mаlаkаlаrini tаshkil etishgа
Nаzаriy bilim vа mаlаkаlаrini tаshkil etishgа
Usullar bu -?
Maqsadga yo’naltirilga nhujum xarakatlari bo’lib ular yordamida kurashchi
raqibdan ustunlikka erishadi
Kurashchi raqibdan yengiladi hatti-harakatlar yordamida taktik vazifalarni hal etadi
pedagogic jarayondir
Musobaqa qoidalarida ruxsat berilmagan harakatlar qo’shimcha o’zgartirish kiritilib
ustunlikka erishadi
Ximoyalanish kurashchi raqibdan ustunlikka erishadi ishlashdagi holat
tayyorgarligiga egaligi qaratilgan
Sportchining texnik tayyorgarligi ……?
Musobaqa faoliyatida texnik harakatlarni oqilona qo’llash malakasini egallashga
qaratilgan pedagogic jarayondir
Maqsadga muvaffaqiyatli erishish hatti-harakatlar yordamida taktik vazifalarni hal
etadi pedagogic jarayondir
Kurash olib borish uchun zarur bo’lgan holatlar malakasini egallashga qaratilgan
pedagogic jarayondir
O’ng tomonlama tik turish juft holda ishlashdagi holat tayyorgarligiga egaligi
malakasini egallashlariga qaratilgan
Spоrt tехnikаsi dеgаndа nimа tushinilаdi?
Аniq spоrt turidа bеlgilаngаn хususiyatlаr, hаrаkаt vаzifаlаrini sаmаrаli hаl qilishni
tа’minlоvchi tехnik usullаr vа hаrаkаtlаr jаmlаnmаsi
Kurаshdа аsоsiy hаrаkаtlаrni bаjаrish оqilоnа fоydаlаnish
Kurаshdа mахsus hаrаkаtlаrni bаjаrish
Musоbаqаlаrdа yuqоri nаtijаlаrgа erishish
Kurashda asosiy usullar ………….?
Bu kurashchining hatti-harakatidan iborat bo’lib, ana shu hatti-harakatlar
yordamida kurashchidagi taktik vazifalarni hal etadi
Psixologik tayyorgarlik amaliy tayorlash hatti-harakatlar yordamida taktik
tayyorgarligiga egaligi
Nazariy ma’lumotlarga ega ekanligi ana shu hatti-harakatlar yordamida
kurashchidagi taktik vazifalarni
Taktik tayyorgarligiga egaligi hatti-harakatlar yordamida taktik vazifalarni hal etadi
tayyorgarligiga ijobiy tasir korsatishini ta’minlaydi
Ma’ruza mashg’ulotlari
Kurashda .....yoki ...... turish asosiy holat hisoblanadi. Ular qaysilar?
tik yoki to’g’ri
chap yoki o’ng
o’ng yoki tik
chap yoki to’g’ri
Kurashda asosiy mashqlar…….?
Tayyorlovchi harakatlarni va amallarni o’z ichiga oladi
Usullarni va kurashdagi barcha qoidalarni o’z ichiga oladi
Amallarni o’z ichiga oladi
Usul va texnikani o’z ichiga oladi
Foydlangan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yhati.
Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar.
1. N.X. Azizov “Belbog’li turkiston kurashi” Toshkent, O’qituvchi 1998 yil.
2.K.Borisov «‘raktika ruko’ashnogo boya» Uchbnoy osobiya od / ed 2003 god.
Qo’shimcha adabiyotlar.
1.Salimov R.S. Sport mashgulotining nazariy asoslari-Toshkent.
2.O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti.2005 yil-238 b.
Yüklə 22,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin