Reja: Lizingning iqtisodiy mohiyati va turlari



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə3/6
tarix21.05.2023
ölçüsü46,98 Kb.
#119015
1   2   3   4   5   6
LIZING TURLARI111

a=
100
Bu erda, A- amortizatsiya ajratmasi summasi;
S- mol - mulkning balans qiymati;
NA- amortizatsiya ajratmasi me’yori.
Kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov quyidagi formula orqali aniqlanadi:




K

T

K * CK
100

Bu erda, K- kredit resurslar summasi;
Sk - kredit resurslaridan foydalanganligi uchun stavkasi.
Lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofat puli quyidagicha aniqlanadi:
K * C
'T' KOMUC
KOMUC 100
Bu yerda, Skomis - komission mukofat puli stavkasi.
Qo’shimcha xizmatlar to’lov miqdori asosan quyidagi aniqlanadi:
Qt = Xsaf + Xrek + Xboshqa
Bu yerda, Xsaf - bank xodimlarining safar xarajatlari;
Xrek - reklamalar xarajatlar summasi;
Xboshqa - boshqa xarajatlar summasi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 avgust 2002 yildagi «Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan kichik va xususiy tadbirkorlikni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlashda, shuningdek, mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlab chiqarilgan asbob- uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati rolini oshirish maqsadida chiqarilgan zaruriy me’yoriy hujjat bo’lib, mamalakatimizda lizing munosabatlarini rivojlantirishda yangicha bosqichni boshlab berdi.
Ushbu farmonga ko’ra 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab lizing to’lovlari - qo’shilgan qiymat solig’idan, lizingga berish uchun O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya va uskunalari - vakil bankning tegishli tasdig’i mavjud bo’lgan taqdirda boj to’lovlari va sotishga soliqlardan ozod qilindi.
Belgilab qo’yildiki, 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab lizing oladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar lizingga berilgan mulkka soliq to’lashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha ozod qilinadilar; lizing beruvchini
soliqqa tortish chog’ida u lizingga berish uchun mulk harid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa to’lovlarning summasi uning jami daromadidan chegirib tashlanadi.
Amaliyotda, tadbirkorlik faoliyatini yurituvchilar ko’pgina hollarda, bir-biriga muqobil darajada bo’lgan tanlovga duch keladi. Masalan, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun olinadigan uskunalarni moliyalashtirish samaralimi yoki bu uskunalarni ijaraga olib, ulardan foydalanish unumliroqmi? Ushbu masala nafaqat tadbirkorlar oldida, shuningdek uskunlarni ishlab chiqaruvchi oldida ham turadi. Mulk egasi uchun eng muhimi ijara to’lovlari hajmini belgilab olish va uskunalar ijarasining moliyaviy samaradorligini aniqlashdir. Ijaraga oluvchi esa, muqobil variantlar mavjud bo’lgan holda, o’zi uchun asosiy masalani, ya’ni uskunalarni ijaraga olishni yoki ularni harid qilishni hal qilishi zarur. Ikkala masala ham sof moliyaviy tamoyillar asosida hal qilinishi mumkin. Bu borada qaysi bir usuldan foydalanmaylik buning echimi pul oqimlarini bugungi o’lcham kontseptsiyasiga asoslanadi. Uskunalar uchun ijara haqi to’lovi quyidagicha aniqlanadi:
Aytaylik, R qiymatga ega bo’lgan uskuna n yilga ijaraga berilayapti. Uning qoldiq qiymati (ijara muddati oxirida) S ni tashkil etadi. Ijara to’lovlari oqimi vaqt omilini hisobga olgan holda eskirish qiymatiga teng bo’lishi lozim. Ijara to’lovi, yilda bir marotaba yilning oxirida to’lanadigan bo’lsa, uskunalarga safarbar etilgan mablag’larni belgilangan me’yorda ta’minlovchi bir marotabali ijara to’lovi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
P - SVn

Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin