Shunday qilib, lokal tarmoqlarning farq qiluvchi belgilari quyidagicha: · uzatishning yuqori tezligi, katta o‘tkazuvchanlik imkoniyati; · uzatishning xato darajasi pastligi (yoki, yuqori sifatli aloqa kanallari). Ma’lumotlar uzatish qo‘yiladigan ehtimolli xatosi 10~7–10~8 bo‘lishi kerak; · effektli, tezlik bilan almashuvni boshqarish mexanizmi. · Chegaralangan, tarmoqga ulanadigan aniq ma’lum bo‘lgan kompyuterlar soni.
Lokal tarmoqlar tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon yaratadi. Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin.
Lokal tarmoqlar tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon yaratadi. Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin.
Biroq lokal tarmoqlar ba’zi kamchiliklarga ega, ularni doim esda tutish kerak. Uskunalar sotib olish va tarmoqli dasturli ta’minot, ulanuvchi kabellarni o‘tkazish va personalni o‘qitish qo‘shimcha moddiy xarajatlardan tashqari yana mutaxassis bo‘lishi kerak, u tarmoqni ishlashini nazorat qilib turadi, uni takomillashtiradi, resurslarga kirishni boshqaradi, bo‘lajak nosozliklarni to‘g‘rilaydi yani u tarmoq admi-nistratoridir. Tarmoqlar kompyuterlarni joyini o‘zgartirish, boshqa joyga o‘tkazish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yadi, chunki bunda birlashtirilgan kabellarni qaytadan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, tarmoqlar kompyuter viruslarini tarqatishga ajoyib muxit hisoblanadi, shuning uchun kompyuterlardan avtonom foydala-nishga qaratadi himoyalash masalalarga ko‘proq etibor berishga to‘g‘ri keladi.
Tarmoqlar nazariyasini asosiy tushunchalarini eslatib o‘tamiz, ular server va kliyent. Server deb tarmoqni abonenti (uzeli) bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etib, o‘zi esa boshqa abonentni resurslardan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi.