Reja lotin amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi uning boshlanishi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə1/7
tarix30.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#150980
  1   2   3   4   5   6   7
Lotin America va Afrika davlatlari 8- sinf

  • LOTIN AMERIKASI VA AFRIKA MAMLAKATLARIDA MILLIY OZODLIK KURASHLARI.
  • REJA
  • LOTIN AMERIKASI XALQLARINING MILLIY-OZODLIK KURASHI UNING BOSHLANISHI.
  • MEKSIKADA MUSTAQILLIK URUSHI. VENESUELA MUSTAQILLIGI. MUSTAQILLIK YOIIDAGI URUSHLARNING TUGASHI.
  • SHIMOLIY AFRIKADA MUSTAMLAKACHILIKNING O'RNATILISHL
  • TROPIK AFRIKA MAMFAKATLARI
  • MISR MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI OZODLIK KURASHI
  • Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi
  • Mustaqillik uchun kurashning boshlanishi. Lotin Amerikasida Ispaniyadan mustaqil bo` lish yo`lidagi ozodlik harakati borgan sari kuchayib bordi. Ispaniyadan yuborilgan amaldorlar, generallar va boshqa zobitlar mustamlakalarda katta boylik jamg`ardilar. Ular kreollarga mensimay qaraganlar. Kreollar orasida pomeshchiklar, savdogarlar, monaxlar va ruhoniylar taba­qa­lari mavjud edi. Ispaniya amaldorlari kreollarni mustamla­ka­lardagi oliy ma'muriy lavozimlarga yo`latmas, ular bilan takab­burona muomala qilar edilar. Kreollar Ispaniya xazinasiga to`­la­na­digan og`ir soliqlardan, mustamlakachi amaldorlarning be­bosh­ligidan va Ispaniya ma'murlarining mustamlakalarning bosh­qa davlatlar bilan savdosini taqiqlab qo`yganligidan aziyat chekkanlar.

Mustamlakachilik zulmi qishloq xo`jaligi va savdo-sotiqni yanada rivojlantirish uchun asosiy to`siq bo`lib qoldi. Shu sababli, mustamlakalarda mustaqil davlatlar tuzishga intilish kuchaydi, Ispaniyaning mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik harakati vujudga keldi. Kreollardan chiqqan ma'lumotli pomeshchiklar, va ayniqsa, zobitlar orasida ozodlik g`oyalari keng tarqaldi. Mustamlakalarda burjuaziya hali zaif edi. Shu sababli kreol dvoryanlardan chiqqan inqilobchilar ozodlik harakatiga boshchilik qildilar. Ozodlik harakatining arboblari xalq ommasining - hindular, metislar va mulatlardan chiqqan dehqonlar bilan hunarmandlarning, hatto Ispaniya hukmronligidan xalos bo`lish o`z qismatining yengillashuviga olib kelishiga umid bog`lagan negr qullarning ham madadiga tayandi.

  • Mustamlakachilik zulmi qishloq xo`jaligi va savdo-sotiqni yanada rivojlantirish uchun asosiy to`siq bo`lib qoldi. Shu sababli, mustamlakalarda mustaqil davlatlar tuzishga intilish kuchaydi, Ispaniyaning mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik harakati vujudga keldi. Kreollardan chiqqan ma'lumotli pomeshchiklar, va ayniqsa, zobitlar orasida ozodlik g`oyalari keng tarqaldi. Mustamlakalarda burjuaziya hali zaif edi. Shu sababli kreol dvoryanlardan chiqqan inqilobchilar ozodlik harakatiga boshchilik qildilar. Ozodlik harakatining arboblari xalq ommasining - hindular, metislar va mulatlardan chiqqan dehqonlar bilan hunarmandlarning, hatto Ispaniya hukmronligidan xalos bo`lish o`z qismatining yengillashuviga olib kelishiga umid bog`lagan negr qullarning ham madadiga tayandi.
  • Meksikada mustaqillik urushi. 1810- yilda mustamlakalarda ommaviy qo`zg`olon boshlandi. Amerika xalqlari o`zining ozodlik kurashida ko`pgina ajoyib vatanparvarlarni yetishtirib berdi. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari, eng kambag`al dehqonlar qo`zg`olonlarining yo`lboshchilari Migel Idalgo va Xose Morelosning nomlarini hozir ham hurmat bilan eslaydi.
  • Qishloq ruhoniysi Idalgoni mahalliy aholi, ayniqsa, hindular sevar edi. U hindularning tillarini bilardi. 1810-yilda Idalgo dehqonlarning eng kambag`al tabaqalariga mansub bo`lgan hindular bilan mulatlarni mustaqillik uchun kurashga va o`zlaridan tortib olingan yerlarni qaytarib olishga chaqirdi. Qo`zg`olon ko`targan hindular va mulatlardan butun bir qo`shin tuzildi. Idalgo quldorlarga o`zlarining hamma qullarini o`n kunlik muddatda ozod qilib yuborishni buyurdi va hindu jamoalari mustamlakachi ma'murlarga to`lab kelgan o`lponni bekor qildi. Biroq Ispaniya qo`shini qo`zg`olonchilarni qirib tashladi. Asir olingan Idalgo 1811- yilda otib o`ldirildi. Uning kallasi temir qafasga solinib, hammaga ko`rinadigan joyga osib qo`yildi.
  • Idalgoning eng yaqin safdoshi Morelos uning ishini davom ettirdi. Biroq Ispaniyaning muntazam qo`shini bu safar ham qo`zg`olonchilarni tor-mor etdi, Morelos esa otib tashlandi. Keyinchalik ozodlik harakatiga rahbarlikni badavlat pomeshchiklar qo`lga oldilar. Meksikadagi mustaqillik uchun kurash davom etdi. Nihoyat, 1821yilda Meksika mustaqillikka erishdi. Inqilob qullikni bekor qildi.
  • Venesuela mustaqilligi. Venesuelada mustaqillik urushiga Simon Bolivar rahbarlik qildi. U Janubiy Amerika xalqlarining eng mashhur qahramoni bo`lib qoldi. Bolivar venesuelalik badavlat kreol - pomeshchik va savdogar oilasida tug`ildi. Juda yaxshi ma'lumot olgan Bolivar Yevropabo`ylab safarqildi. «Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab tashlamagunimcha xotirjam bo`lmayman» - derdi u. Bolivar Venesuela ozodlik qo`shini tuzdi. U ispan qo`shinlariga qarshi olib borgan muvaffaqiyatli janglari uchun general unvoni va «Xaloskor» degan faxriy nom oldi. Bolivar faqat zamindor kreollargagina tayanib qolmay, qora tanlilar bilan hindularni ham kurashga otlantirdi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin