Reja: Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy asoslari. Fanning predmeti va vazifalari. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Maktabgacha ta’limga kirish


Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 32,16 Kb.
səhifə3/10
tarix01.12.2023
ölçüsü32,16 Kb.
#170903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org

Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani jamiyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.


Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekaniigini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini bahoiashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san’atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabagacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishFani boshqa fanlardan biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi bilan ham bog‘liq holda rivojlanadi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.


Yüklə 32,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin